Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “TARBIYA” FANINI O‘QITISHNING SHAKL, USLUB VA VOSITALARI'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “TARBIYA” FANINI O‘QITISHNING SHAKL, USLUB VA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kаsbіy-mеtоdіk tаyyоrgаrlіk / tuzlima / mezon / ijtimoiy faoliyat / krеаtіv yondashuv / іntеgrаtsіya. / professional-methodical training / structure / criterion / social activity / creative approach / integration.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sultanova N.R.

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida Tarbiya fanini o‘qitishning usullari, zamonaviy yondashuvlari hamda pedagoglarning іlg‘оr хоrіjіy tаjrіbаlаrnі о‘rgаnіsh, о‘qіtіshnіng dіdаktіk аsоslаrіnі іshlаb chіqіsh, pеdаgоgіk shаrt-shаrоіtlаrnі yаrаtіsh, faolіyаtinіng mаzmunі vа tuzіlmаsі, mеzоnlаrіning shаkllаngаnlіk dаrаjаlаrі haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORM, METHODS AND TOOLS OF TEACHING THE SCIENCE OF "EDUCATION" IN UNIVERSAL EDUCATION SCHOOLS

In this article, the methods, modern approaches, and advanced foreign experiences of pedagogues, the development of didactic foundations of education, the creation of pedagogical conditions, the content and structure of activity, and the degree of formation of criteria are discussed in this article. you will have information about.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “TARBIYA” FANINI O‘QITISHNING SHAKL, USLUB VA VOSITALARI»

Sultanova N.R.

Urganch davlatpedagogika instituti 1-bosqich magistranti

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA "TARBIYA" FANINI O'QITISHNING SHAKL, USLUB VA VOSITALARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida Tarbiya fanini o 'qitishning usullari, zamonaviy yondashuvlari hamda pedagoglarning ilg 'or xorijiy tajribalarni o'rganish, o'qitishning didaktik asoslarini ishlab chiqish, pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, faoliyatining mazmuni va tuzilmasi, mezonlarining shakllanganlik darajalari haqida ma 'lumotlarga ega bo 'lasiz.

Kalit so 'z: kasbiy-metodik tayyorgarlik, tuzlima, mezon, ijtimoiy faoliyat, kreativ yondashuv, integratsiya.

Sultanova N.R.

1st stage graduate student Urganch State Pedagogical Institute

FORM, METHODS AND TOOLS OF TEACHING THE SCIENCE OF "EDUCATION" IN UNIVERSAL EDUCATION SCHOOLS

Annotation. In this article, the methods, modern approaches, and advanced foreign experiences of pedagogues, the development of didactic foundations of education, the creation of pedagogical conditions, the content and structure of activity, and the degree of formation of criteria are discussed in this article. you will have information about.

Key words: professional-methodical training, structure, criterion, social activity, creative approach, integration.

Kirish. Jahonda oliy ta'limni tashkil etish va mazmunan yangilash, fan hamda ishlab chiqarish bilan integrasiyalashuvini ta'minlash, ta'lim imkoniyatlarini orttirish sohasida keng qamrovli ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda zamonaviy ta'lim tendensiyalariga muvofiq o'qituvchilarining jahon standartlari darajasida o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlashga qodir, ijtimoiy faol, mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim sharoitida o'qituvchining metodik tayyorgarligiga qo'yiladigan talablar doimiy o'zgarib borayotgan bir paytda ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish, o'qitishning didaktik asoslarini ishlab chiqish, pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, faoliyatning mazmuni va tuzilmasi, mezonlari va shakllanganlik darajalari, metod, vositalari, modeli, o'qitish sifatini oshirish, shuningdek, pedagogika oliy ta'lim muassasasida bo'lajak bos o'qituvchilarining Tarbiya fanini o'qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy

hamda amaliy asoslarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda esa o'qituvchining mustaqil olgan bilimlarini kundalik hayotda amaliy, mustaqil, kreativ va integratsion qo'llash imkoniyatini yaratish, ko'nikma va malakalarni takomillashtirish usullarini ishlab chiqish kerak bo'ladi. Respublikamizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizimida bo'layotgan o'zgarishlar va qabul qilinayotgann me'yoriy-huquqiy hujjatlarda ko'rsatib o'tilgandek har bir o'qituvchi oldiga ta'limga yangicha yondashuvni olib kirish, metodik, ilmiy, innovatsion va zamonaviy talablarga javob berish, shu bilan bir qatorda boshlang'ich ta'lim uchun xos bo'g'inlarni ajratish, uni rivojlantirish va takomillashtirish imkonini beradi.

Tadqiqot metodlari. Bugungi kunda jamiyatimiz hayoti, ta'lim sohasidagi islohotlar bilan birgalikda asos vazifasini bajaruvchi boshlang'ich ta'limda muhim o'zgarishlar ro'y berdi va bu jarayon izchillik bilan davom ettirilmoqda. Rivojlanishlar asosida bir qancha bosqichlar borligi ham sir emas. Tarixga nazar tashlasak, XVII asrda Yevropada ta'lim muassasalari yetarli emas va ta'lim darajasi past edi. 1642-yilda Germaniyadagi boshlang'ich maktablar dasturlariga asos bo'lgan "Got maktab Nizomi" yozildi. Va, bu nizom boshlang'ich ta'limning ahamiyatini kengroq anglanilishi uchun mahim qadamlardan biri sifatida e'tirof etiladi. Unga muvofiq quyi, o'rta va oliy maktablarda ta'lim rejalashtirilgan bo'lib, quyi sinfda bolalar 5 yoshdan qabul qilingan, ular imtihonlardan o'tgunlariga qadar o'qishgan ammo 14 yoshdan oshmagan. Lekin maktablarda professional o'qituvchilar yetarli bo'lmagan. Faqatgina XVII asrning oxiriga kelib Fransiyada o'qituvchilar tayyorlash SanktCharlz seminariyasida tashkil etildi, bu har yili 20-30 o'qituvchilardan oshmasligi kerak edi. Bu orqali ta'lim tizimida ta'lim beruvchilarni ahamiyati yuqori darajada ekanligiga oid qarashlar bir necha yillar avval paydo bo'lib, bu o'tgan davr mobaynida shakllanib borgan.

Tadqiqot natijalari. Oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilarni faoliyatga tayyorlashda pedagogik mahorat, shaxsiy sifatlar, o'quvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash layoqati kabi mavjud ijtimoiy talablarga mos bo'lishi zarur. O'qituvchilarining tayyorgarlik darajasi, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, zamonaviy pedagogik va axborot ta'lim texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha ko'nikma, malakalarni rivojlantirishni ham taqozo etadi.

Xulosa qilib aytganda, o'qituvchilar mehnat bozoridagi kuchli raqobatga bardoshli kadrlarni tayyorlashda muhim o'rin tutadi. Yangi va zamonaviy O'zbekistonning ijtimoiy hayotidagi va uning ta'lim sohasidagi demokratik o'zgarishlar - demokratlashtirish, ta'lim muhitining diversifikatsiyalash, ijtimoiy ta'lim buyurtmasining dispersiyasi, turli-tuman, darsliklar, o'quv rejalari, ta'lim muassasalarining yuzaga kelishi O'zbekistonda o'qituvchilar tayyorlash tarixidagi ahamiyatli o'xshashliklari to'g'risidagi xulosaga kelish imkonini beradi.

Tadqiqot munozaralari. Pedagogning shakllanishi bosqichini qamrab olgan holda quyidagi tavsiyalarni keltirib o'tamiz:

1. Maqsadlarini o'zgartirish. Pedagogika fani maqsadi talabaning o'z pedagogik faoliyati va ijtimoiy-huquqiy, axborot-texnologik, tilga oid sohalarda asosiy kompetentliklar kasbiy shakllanishi bilan bog'liq bo'lgan kasbiy vazifani yechish tajribasini egallashida ko'maklashishdan iborat.

2.Mazmunini o 'zgartirish. "Pedagogik faoliyatga kirish" mavjud kursga o'zgartirishlar kiritish: jumladan, kursga "Kasbiy faoliyat va o'qituvchining kasbiy kompetentligi»kirish modulini kiritish; kursni amalga oshirishda talabada boshqa kasbiy vazifalarni yechish zarurati kontekstida uning kasbiy mustaqil ta'limni loyihalash va amalga oshirish qobiliyati bilan bog'liq bo'lgan kasbiy vazifalarni yechish tajribasi shakllanishiga ko'maklashishga e'tibor qaratish.

3. Pedagogika va boshqa fanlar o'qituvchilarining o'zaro aloqalarini o 'zgartirish. "Jamoaviy»ish prinsipidan foydalanish. Mazkur prinsip mazmunining asosi pedagogika o'qituvchisi tomonidan belgilanib, u tayyorgarlikning: o'quv kurslarini rejalashtirishdan integratsiyalangan attestatsiyagacha bo'lgan barcha bosqichlarida amalga oshiriladi..Kutiladigan natijalar hamda ularni baholash shakllari va usullarini o 'zgartirish. Pedagogika fanlarini o'zlashtirishning kutiladigan natijasi talabaning ijtimoiy-huquqiy, mustaqil ta'limni loyihalash va amalga oshirish qobiliyati (malakasi) bilan bog'liq bo'lgan kasbiy vazifalarni yechish tajribasini egallashi hisoblanadi. Talaba mazkur guruh vazifalarini yechish tajribasini egallashi jarayoni. Bo'lajak o'qituvchi metodik tayyorgarligi mazmunida o'qituvchilik malakalari emas, balki tarbiyaviy ish malakalari birlamchi hisoblanadi. O'qituvchilik mahorati o'qitish va tarbiyaviy malakalarning umumiyligi. Natijada o'qitishning muhim funksiyalari (ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi) hamda o'qituvchi faoliyatining mazmuni o'quvchilarning faol va ongli bilishga oid faoliyatlarini boshqarishdan iborat xulosaga keladi. Bu esa o'z navbatida o'qituvchilarining pedagogik va metodik faoliyatini tashkil etish kasbiy o'z-o'zini rivojlantirishga nisbatan mas'uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Pirovard natijada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va salohiyatini oshirishga erishiladi. O'qituvchilarini Tarbiya fanini o'qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni pedagog kadrlarning tayyorgarligi, pedagog jarayonlarni tashkil etishi va boshqarishi, fan yutuqlaridan xabardor bo'lishi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o'zlashtirishi, ta'limni insonparvarlashtirishi va demokratlashtirishi, ta'lim oluvchi shaxsiga yo'naltira olishi, ta'limni milliy yo'naltirilganligini ta'minlashiga asoslangan innovasion faoliyatga tayyorlash bilan belgilanadi. Ilmiy manbalar tahlili va kuzatishlarimiz natijalari shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash, ularning pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish uchun, avvalo, o'quv-metodik ta'minotning komponentlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy manbalarda "o'quv-metodik ta'minot»tushunchasiga turlicha ta'riflar berilgan. O'quv - muayyan holat, shart-sharoitni yaratuvchi imkoniyatlar uyg'unligi, ayrim holat va shart-sharoitlardir. Metodik - biror jarayonni o'rganish va amalga oshirish uchun tizimli usullar orqali yondashuvdir. Shundan kelib

chiqqan holda o'quv-metodik ta'minot - muayyan o'quv yurtida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun lozim bo'lgan o'quv-metodik hujjatlar va o'qitish hujjatlarini tizimli ishlab chiqishni anglatadi.

Fikrimcha, o'quv-metodik ta'minot - muayyan ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya jarayonini to'liq va samarali tashkil qilish hamda o'tkazishga asoslangan o'quv reja va dasturlar, shunga muvofiq tayyorlangan o'quvmetodik majmualar, o'qituvchilar uchun mo'ljallangan innovatsion yondashuv asosidagi o'quv-metodik materiallar (o'quv qo'llanma, metodik ko'rsatmalar, didaktik materiallar, o'quv-metodik vositalar) majmuasidir. Qisqa qilib aytganda, o'quv-metodik ta'minot bu - barcha o'quv-metodik hujjatlarning jamlanmasi, kelgusida amaliyotda qo'llaniladigan ta'lim jarayonining tizimli loyihasi hisoblanadi.

Ilmiy adabiyotlarda o'quv jarayonining dastlabki bosqichi o'rganilayotgan mavzu doirasida axborotlar to'plash bilan xarakterlanishi ta'kidlab o'tilgan. Ma'lumki, boshlang'ich ta'limda o'rganiladigan o'quv fanlari ta'limning keyingi bosqichlarida o'rganiladigan fanlar uchun propedevtik materiallar (fanlar yuzasidan qat'iylik asosida, aniq maqsad sari quyi bosqichda o'rganiladigan axborotlar) bilan ta'minlashni nazarda tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Botirova Z. Makatbgacha yoshidagi bolalarda mehnat tarbiyasi tarbiyaning muhim turi sifatida. Eurasian journal of technology and innovation. Innovative Academy Research Support Center. Open access journal www.in-academy.uz. Accepted: 07th April 2023. Volume 1, Issue 4, April 2023 ISSN 2181-2020. Page 67.

2. Haydarova M.X. Scientific-Theoretical fundamentals of imroving the methodological training of future primary school teachers to teach the subject of education // Turkish online journal of qualitative inquiry (TOJQI) Volume 12, Issue 10, October. 2021.: P. 786-792.)

3. Imoilova Z. Zamonaviy o'qituvchining pedagogik mahorati va pedagogik texnikasini oshirishda boshqaruv san'atidan foydalanish. "Oliy taTim»jurnal 7 son.

2020 y. 92 - b.

4. Ismoilova Z.K. Zamonaviy o'qituvchining pedagogik mahorati va pedagogi texnikasini oshirishda boshqaruv san'atidan foydalanish // Zamonaviy ta'lim. -T., 2020. - 7 (92)-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.