Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA DАRSDАN TАSHQАRI ОLIB BОRILАDIGАN MА’NАVIY-MА’RIFIY TАDBIRLАRNI TАSHKI ЕTISH'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA DАRSDАN TАSHQАRI ОLIB BОRILАDIGАN MА’NАVIY-MА’RIFIY TАDBIRLАRNI TАSHKI ЕTISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
20
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
tаrbiyаviy ishlаr tizimidа tаdbirlаr / tаrbiyаviy tаdbirlаrni tаshkil еtish / ularning yo‘nalishlari / tadbirga tayyorgarlik ko‘rish bosqichlari / yangi yil bayram tadbiri

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sohibaxon Muhammadjonovna Asqarova

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida dаrsdаn tаshqаri оlib bоrilаdigаn mа’nаviy-mа’rifiy tаdbirlаrni tаshki еtish, ularning yo‘nalishlari, tadbirga tayyorgarlik ko‘rish bosqichlari va misol tariqasida yangi yil bayram tadbiri ssenariysi berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA DАRSDАN TАSHQАRI ОLIB BОRILАDIGАN MА’NАVIY-MА’RIFIY TАDBIRLАRNI TАSHKI ЕTISH»

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA DАRSDАN TАSHQАRI ОLIB BОRILАDIGАN MА'NАVIY-MА'RIFIY TАDBIRLАRNI TАSHKI ЕTISH

Sohibaxon Muhammadjonovna Asqarova Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida darsdan tashqari olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashki еtish, ularning yo'nalishlari, tadbirga tayyorgarlik ko'rish bosqichlari va misol tariqasida yangi yil bayram tadbiri ssenariysi berilgan.

Kalit so'zlar: tarbiyaviy ishlar tizimida tadbirlar,tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish, ularning yo'nalishlari, tadbirga tayyorgarlik ko'rish bosqichlari, yangi yil bayram tadbiri

DISCOVERY OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL EVENTS WHICH ARE CARRIED OUT OUTSIDE THE CLASSROOM IN GENERAL EDUCATION

SCHOOLS

Sahibakhon Muhammadjonovna Askarova Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: This article describes the organization of extracurricular spiritual and educational events in secondary schools, their directions, stages of preparation for the event, as well as, as an example, the scenario of the New Year's festive event.

Keywords: events in the system of educational work, organization of educational events, their directions, stages of preparation for the event, New Year's holiday event

Ta'lim muassasalarining tarbiyaviy ishlar tizimida tadbirlar alohida o'rinni egallaydi. Tarbiyaviy tadbirlarning eng muhim hususiyati ularning ommaviyligidir. Darhaqiqat tarbiyaviy tadbirlarga pedagoglar va tarbiyalanuvchilar ham bevosita ishtirok etadilar. Bundan tashqari tarbiyaviy tadbirlar ta'sir kuchining ortiqligi bilan harakterlanadi. Shu boisdan ham, ta'lim muassasalarining barchasida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishga alohida e'tibor qaratiladi. [1]

Tarbiyaviy tadbirlar o'zining mazmuniga ko'ra turli - tumandir. Ularni shartli ravishda quyidagi yo'nalishlarga ajratish mumkin.

- Ma'naviy - ahloqiy, ma'rifiy tarbiyaga doir tadbirlar. Bularga suhbatlar, baxs, munozara, ma'ruzalarni kiritish mumkin.

- Bayram tadbirlari. Bularga zamonaviy, diniy bayramlar (hosil, gul, navro'z, ro'za hayit, qurbon hayiti kabilar).

- Tarixiy kunlar (sanalar)ga bag'ishlangan tadbirlar (Konstitutsiya kuni, mustaqillik kuni, 8 - mart, o'qituvchilar kuni, yangi yil kuni, bolalarni ijtimoiy himoyalash kuni kabilar).

- Musabaqa tarzidagi tadbirlar (o'tkir zehnlilar mushoirasi, o'yla, izla, top! musobaqasi, ko'rik - tanlov kabilar)

- O'yin tarzidagi tadbirlar (sport o'yinlari)

- Uchrashuvlarga bag'ishlangan tadbirlar (adabiyot, san'at, fan, madaniyat vakillari, ilg'or kishilar, mehnat fahriylari, tibbiyot, huquq tashkilotlarining vakillari bilan)

- Ijtimoiy foydali faoliyatga qaratilgan tadbirlar (shanbaliklar, hasharlar, o'simliklarni parvarish qilishga doir topshiriqlar, keksa ota - onalarga, nogironlarga yordamlashish kabilar)

- Sayr - sayohatga qaratilgan tadbirlar (tabiat quchog'iga, ishlab chiqarish korxonalariga, tarixiy joylarga, muzeylarga)

- Adabiy - badiiy kechalar shaklidagi tadbirlar.

- Tug'ilgan kun, ta'tilga chiqish, nafaqaga chiqishlarni nishonlashga doir tadbirlar.

Tarbiyaviy tadbirlar ta'lim muassasalarining tarbiyachi, o'qituvchi, guruh murabbiylari hamda ta'lim muassasalarining "tarbiyaviy ishlar" rejasida o'z ifodasini topgan bo'ladi.[1]

Ma'lumki, har qanday tarbiyaviy ishlarning shu jumladan tadbirlarning ham samarasi o'z - o'zidan yuzaga kelmaydi. U avvalo tadbirlarga oldindan puxta tayyorgarlik ko'rilishiga bog'liqdir. Shu boisdan ham tadbirlarni o'tkazishga bir muncha vaqt ilgari tayyorgarlik ko'riladi.

Tayyorgarlik davrida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

- o'tkaziladigan tadbir uchun ishchi dastur tuziladi;

- tadbir mavzui bo'yicha man'balar, ma'lumotlar to'planadi;

- o'quvchilar bilan o'tkazilajak tadbir yuzasidan fikr almashiniladi;

- tadbir jarayonida bevosita qatnashuvga ishtirokchilar tinglanadi;

- tadbirning o'tkazilish kuni belgilanadi, joyi tanlanadi;

- tadbirga taklif etiluvchilar aniqlanadi;

- tadbir uchun stsenariy tayyorlaniladi;

- tadbir o'tkaziladigan xonani jihozlash masalalariga kirishiladi;

Tayyorgarlik ishlari yakunlangach, asosiy qismga o'tiladi.

Bunda:

- tadbir dasturi bo'yicha belgilangan xona tayyor holiga keltiriladi;

- tadbirga tashrif qiluvchilar kutib olinadi va joylashtiriladi;

- tadbirga mas'ul bo'lgan shaxs tomonidan tantanali ravishda ochiladi va dastur mazmuni bilan ishtirokchilarni tanishtiriladi;

- ssenariy asosida tadbir olib boriladi;

- tadbirni qiziqarli va ta'sirchanligini oshirish maqsadida badiiy me'yor, manolog o'qish, kuy, ashullalar (mavzu asosida)dan o'z o'rnida qo'llaniladi (bular stsenariyda ham aks etgan bo'lishi zarur).

Tadbirning yakunida mehmonlar kuzatiladi, tadbir jarayonida qatnashganlar (o'qituvchi, o'quvchilar) rag'batlantiriladi.

Tadbirdan so'ng o'quvchilar bilan o'tkazilgan tadbirdan olingan ta'ssurotlar bo'yicha suhbatlar o'tkazilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda tarbiyaviy tadbirlar o'zining jozibadorligi, rang - barangligi jihatidan o'quvchilarda shakllantirilishi lozim bo'lgan sifatlarni tarkib topishiga yaqindan yordam beradi.

E'rtiboringizga yangi yil bayram tadbir ssenariysini havola etaman.

Yangi yil bayram ssenariysi

Sahnada buvi ikki nabirasi bilan o'tiribdi.

Gerda - Buvijon bu yil yangi yilni qanday kutib olamiz.

Kay - Albatta qorbobo, qorqiz tashrif buyuradi, mehmonlar kelishadi.

Sahnaga qor malikasi musiqa ostida kirib keladi.

Qor malikasi - Hoy, bolakay, sen menga o'tgan safar olib ketganimda mangulik so'zini yozib bermading, endi uni yozib berishing kerak. Yur men bilan!

Kay - Yo'q men sen bilan ketmayman!

Qor malikasi - Qo'rqayapsanmi! Sen qo'rqoqmisan!

Kay - Qo'rqoq emasman!

Qor malikasi - Unda kel qo'limdan ushla!

(Kay qor malikasini qo'lini ushlaydi, qor malikasi Kayni davradan olib chiqib ketadi.)

Gerda - Buvijon qor malikasi Kayni olib ketdi!

Buvi - Endi nima qilamiz? Yangi yilni Kaysiz qanday kutib olamiz?

Gerda - Men albatta yangi yil bayramiga Kayni olib kelaman.

Buvi - Yo'q seni u yerlarga yubora olmayman!

Gerda - Men albatta topib kelaman kuting! (sahnadan Gerda chiqib ketadi)

Buvi - To'xta Gerda! To'xta qizim! (buvi ham sahnadan chiqib ketadi)

Archa tagida Gerda o'ylanib o'tiradi. Sahnaga GNOMlar kirib keladi.

Raqs. "Mittivoylar"

GNOM - Gerda sen hafa bo'lma albatta Kayni topasan. (Gerdani sahnadan olib chiqib ketadi)

Boshlovchi: - Gerda yo'l yuribdi, yo'l yursa ham mo'l yuribdi. Tasodifan 19-maktabga kelib qolibdi.

Gerda - Men qayerga kelib qoldim?

Ikki tomondan Boshlovchilar kirib keladi.

1-boshlovchi: Xush kelibsiz, Gerdaxonim.

2-boshlovchi: Davramizga marhabo!

Gerda - Men qayerga kelib qoldim?

1-boshlovchi: Siz 19 maktabga keldingiz. Bugun biz Yangi yil bayramini o'tkazmoqchimiz.

2-boshlovchi: Keling davramizga qo'shiling.

Gerda - Men Kayni topishim kerak.

1-boshlovchi: Gerda bizning bayramimizga "Yaxshilik farishtasi" keladi

2-boshlovchi: U sizga albatta yordam beradi.

1-boshlovchi: Keling bizning mehmonimiz bo'ling!

(Gerda o'tiradi)

1-boshlovchi. Assalomu alaykum azizlar qalbi quyoshlar

Mehringiz nuridan barhamand yoshlar

Yurakdan aytamiz so'z uchun kalom

Ta'zim aylab aytamiz salom assallom.

Assalomu alaykum qalbi quyosh mehri daryo, qalbi mehr quyoshiga limmo-lim aziz ustozlarimiz, qalblarida yoshlarcha shijoati, balalarcha quvnoqlikka to'la o'quvchi yoshlar.

2-boshlovchi. Saratonning quyoshidan bo'lsin salom,

Qor so'ragan tog'-u toshdan bo'lsin salom.

Salom bo'lsin tanti dehqon bardoshidan bo'lsin salom,

Salom bo'lsin oqillar-u donolarga

Salom bo'lsin bo'layotga shodiyonaga.

1-boshlovchi. Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan chin ko'nglimizdan tabriklaymiz. Sizlarga uzoq umr sihat-salomatlik va oilalaringizga tinchlik totuvlikni tilaymiz. 2024-yilda barcha o'ylagan niyatlaringiz ro'yobga chiqishini tilab qolamiz.

1-boshlovchi. Hozir 6-sinf o'quvchilari ijrosida raqs tomosha qilamiz

2-Bosh. Bolalar Qorbobomiz bir oz kechga qolyaptilarmi? Kelinglar qorbobomizni chaqiramiz.

Sahnaga yalmog'iz kampir kirib keladi.

Yalmog'iz kampir. - Mazza qilib Qorboboni yo'ldan adashtirib sovg'alarini yashirib keldim. Endi bobolarning bayrami bo'lmaydi, bo'lsa ham sovg'a ololmaydilar Ha-ha-ha-ha!

1-boshlovchi - Hush kelibsiz Buvijon.

2-boshlovchi- Kirib kelayotgan yangi yilingiz bilan.

Yalmog'iz kampir- Rahmat.

1-boshlovchi- Bolalar Qorbobomiz bir oz kechga qolyaptilarmi?

Yalmog'iz kampir- Qorbobo kela olmaydilar. U kishi qarib qolib yo'llarini topa olmayaptilar.

2-boshlovchi- Yo'q Buvijon Qorbobomiz keladilar, biz hozir ularni chaqirsak albatta eshitadilar.

1-boshlovchi- Kelinglar qorbobomizni chaqiramiz. Bolalar: Qorbobo (3 marta) Davraga qorbobo kirib keladi.

Qorbobo: - Assalomu-alaykum Bolajonlar mehri daryo ustozlar va aziz mehmonlar.

Boshlovchi - Hish kelibsiz, Qorbobo! Davramizga marhabo Biz ayttamiz qo'shiq Sizga yoqishi aniq

Yalmog'iz boshlovchilar orqasiga yashinib oladi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Qorbobo - Bolalarim sizlar yolmog'izni ko'rmadingizmi? U meni yo'ldan adashtirib sovg'alarimni o'g'irlab ketdi Bolalar yalmog'izni topib bering Bolalar topib beradilar

Qorbobo - Ha sen yalmog'iz kampir hech yomonliging qolmas ekanda.

Yalmog'iz kampir - Bobojon kechiring endi bunday qilmayman.

Qorbobo - Yo'q kechirmayman O'tgan safar ham shunday ishlarni qilgan eding.

1-boshlovchi - Bobojon bugun bayram kechira qoling.

2-boshlovchi - Keling unda bolalar yalmog'izga topishmoq aytsinlar Agar topishmoqni topa olsa Bayramimizda ishtirok etadi topa olmasa chiqib ketadi.

Bolalar topishmoq aytadilar.

1-boshlovchi- Bobojon o'quvchilarimiz juda ko'p qo'shiqlar va raqslar o'rganishgan ularni tomosha qilaylik.

Qorbobo - Mayli qizim.

Qo'shiq. "Archa qoshig'i".

Davraga Qorqiz kirib keladi va o'z sherini aytadi.

Qorbobo - Qizim yaxshi yetib keldingmi? Sovg'alarni olib keldingmi?

Qorqiz - Ha, bobojon sovg'alarni olib keldim.

2-boshlovchi - Hush kelibsiz, Qorqiz

1-boshlovchi - Siz davraga kirib kelganingizda go'yoki yulduz porlagandek bo'ldi

2-boshlovchi - Bobojon jaji bolajonlarimiz she'rlar yodlab kelishgan Navbatni ularga beraylik

I -sinf. She'rlar

Boshlovchi.-Bobojon bolalarimiz siz bilan o'yin o'ynamoqchilar O'ynaysizmi? Qorbobo - Albatta.

Boshlovchi Bolalarimiz juda choqqon va epchil siz toliqib qolmaysizmi?

Qorbobo - Yoq

O'yin

Qorbobo charchab stulga o'tirib qoladi

Qorbobo:- Haqiqatdan ham bolalar juda chaqqon ekanlar Meni juda charchatib qo'ydilar. Juda terlab ketdim

1-boshlovchi - Aytdikku charchab qolasiz deb endi sizga 3-sinf o'quvchilari raqs tushib beradilar Raqs O'yin

Davradagi o'quvchilardan 4 kishi tanlab oladi, ularga olma beriladi. Ular olmani yeyishi va ichidagi savolllarni olishi kerak.Songra o'qituvchilardan taklif etadi va birgalikda shartlar o'qiladi.

1-shart- Yoqimli ishtaha (Limon yeyiladi)

2-shart- Suhbat (Darsga kech qolgan o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi suhbat )

3-shart- Duet (Duet aytiladi) 3-shart- Vals tushadi

G'olib chiqqan juftlikka sovg'a beradi

Gerda - Rahmat bolajonlar juda chiroyli Tadbir tayyorlabsizlar Men Kayni topishim kerak

1-boshlovchi- Gerda mana davramizga Yaxshilik farishtasi kirib kelmoqdalar.

2-boshlovchi- Ular albatta sizga yordam beradilar. Yaxshilik fatishtasi Qizchalar bilan raqs tushib beradi.

1-boshlovchi- Assalomu-alaykum Yaxshilik farishtasi.

2-boshlovchi- Sizni bizga yordamingiz kerak.

Yaxshilik farishtasi- Yangi yil yangi yil yangi baxt va omatlar olib kelsin.

1-boshlovchi- Qor malikasi Kayni o'girlab ketibdi.

2-boshlovchi- Uni qaytarishga yordam bering. Musiqa ostida Qor malikasi va Kay kirib keladi Yaxshilik farishtasi- Qor malikasi sen Kayni qaytarib ber.

Qor malikasi- Yo'q u menga MANGULIK so'zini yozibberishi kerak

Gerda- Kay ukajon yur ketamiz

Kay - men MANGULIK so'zini yozishim kerak

Gerda - Kay (yeglaydi)

Kay- Gerda nega yeg'layapsan? Yur uyga ketamiz Gerda - Rahmat sizlarga Menga katta yordam berdingiz Qor malikasi- Kay ketma, to'xta

Yaxshilik malikasi- Qor malikasi yomonliklaringni yangi yilda tashlab bizning davramizga qo'shilgin (Uni sehrlaydi)

Qor malikasi- Bolalar yangi yilingiz qutlug'bo'lsin Qorbobo- Sizlarni yana bir bor Yangi yil bilan tabriklayman. Qorqiz- Sizga Yangi yilda yaxshiliklar yor bo'lishini tilab qolaman

Hamma "Yangi yil" qo'shig'ini kuylaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E. Qobilova. Musiqa o'qitish metodikasi va maktab repertuari. O'quv qo'llanma, Farg'ona. "Farg'ona" nashriyoti, 2020 yil.

2. S.M.Askarova. Xor va xorshunoslik. O'quv qo'llanma. "Ilm va fan" nashriyoti. Toshkent 2023

3. Sohibaxon, Askarova. "PECULIARITIES OF ORGANIZATION OF MUSICAL-RHYTHMIC ACTIVITY IN MUSIC CULTURE CLASSES." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.3 (2023): 536-539.

4. Мадаминов, Н. "БОЛАЛАРНИ УЗБЕК ХАЩ ЧОЛЕУ АСБОБЛАРИ ВОСИТАСИДА ИЖОДКОРЛИГИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ." Oriental Art and Culture 3.4 (2022): 782-787.

5. Kobilova, Ezozxon Bakirovna. "Classical music and youth education." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.9 (2022): 126-130.

6. Аскарова, Сохибахон Мухаммаджоновна. "ОСОБЕННОСТИ ПЕВЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА ШКОЛЬНИКОВ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 874-878.

7. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

8. Tursinovich, Nosirov Dilmurod. "STRATEGIES FOR THE FORMATION OF VOCAL HEARING AS WELL AS THE DEVELOPMENT OF VOCAL SKILLS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.03 (2023): 97-103.

9. Shodiyeva, G. "MUSIQA MASHG'ULOTLARIDA AXBOROT KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH." Interpretation and researches 1.1 (2023).

10. Tillakhujayev, O. "THE SCIENCE OF MUSIC AND THE ROLE OF KNOWLEDGE OF MUSIC LYRICS IN THE FORMATION OF THE MUSICAL CULTURE OF YOUNG PEOPLE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 175-178.

11. Sabirovna, Rasulova Saida. "MUSIQA O 'QITISH DARSLARIDA DIDAKTIK PRINSIPLAR." Conferencea (2022): 44-47.

12. Fozilov, Kakhramon. "MUSICAL THEORETICAL LEGACY." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

13. Madaminovich, Fozilov Qahramon. "METHODS OF INCREASING THE STUDENTS'COMPETENCE THROUGH THE CREATIVITY OF RUSSIAN

COMPOSERS IN MUSIC LESSONS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 132-136.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.