Научная статья на тему '“UMUMIY PEDAGOGIKA” FANI TARAQQIYOTINING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

“UMUMIY PEDAGOGIKA” FANI TARAQQIYOTINING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
323
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kreativ kompetentlik / innovatsion kompetentlik / kommunikativ kompetentlik / Shaxsiy kompetentlik Texnologik kompetentlik / ektremal kompetentlik / kasbiy kompetentlik / kompetentsiya / o’qituvchi madaniyati. / creative competence / innovative competence / communicative competence / personal competence / technological competence / extreme competence / professional competence / competence / pedagogical culture.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sattorov, Vaxob Nakshbandovich

Ushbu maqolada ijtimoiy fanlar, globallashuv sharoitida o‘qituvchilarni tayyorlash darajasi, uning kasbiy va shaxsiy fazilatlari, qadriyatlari, munosabati va qiziqishlari, o‘z tafakkurining kasbiy rivojlanishi, kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishi.Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etishi. Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi. Pedagogning o‘z ustida ishlashi hissiy rivojlanishi, ko‘nikma va malakasi, o‘qituvchi madaniyatining uslubiy jihatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRIORITY DIRECTIONS OF THE DEVELOPMENT OF THE SCIENCE OF "GENERAL PEDAGOGY".

This articles is about social sciences, the level of teacher training in the process of globalization, its professional and personal characteristics, people, relationships and actions, the professional development of one is thinking, the acquisition of professional competence, and the development of its developer. What qualities was reflected based on professional competence. What qualities of competence the pedagogue can highlight in himself. The emotional development, skills and qualifications of the teacher working on himself, the methodological diversity of the teacher's culture

Текст научной работы на тему «“UMUMIY PEDAGOGIKA” FANI TARAQQIYOTINING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

"UMUMIY PEDAGOGIKA" FANI TARAQQIYOTINING USTUVOR

YO'NALISHLARI

Vaxob Nakshbandovich Sattorov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti p.f.n., dotsent [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ijtimoiy fanlar, globallashuv sharoitida o 'qituvchilarni tayyorlash darajasi, uning kasbiy va shaxsiy fazilatlari, qadriyatlari, munosabati va qiziqishlari, o 'z tafakkurining kasbiy rivojlanishi, kasbiy kompetentlikka ega bo 'lish, uni izchil ravishda oshirib borishi.Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etishi. Pedagog o 'zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi. Pedagogning o 'z ustida ishlashi hissiy rivojlanishi, ko 'nikma va malakasi, o 'qituvchi madaniyatining uslubiy jihatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Kreativ kompetentlik, innovatsion kompetentlik, kommunikativ kompetentlik, Shaxsiy kompetentlik Texnologik kompetentlik, ektremal kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kompetentsiya, o 'qituvchi madaniyati.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается уровень подготовки педагогов в условиях социальных наук, глобализации, их профессиональные и личностные качества, ценности, взгляды и интересы, профессиональное развитие их мышления, приобретение профессиональной компетентности и ее последовательное повышение. Какие качества отражаются в основе профессиональной компетентности. Какие компетентностные качества педагог может выделить в себе. Освещены работа воспитателя над собой, эмоциональное развитие, умения и навыки, методические аспекты педагогической культуры.

Ключевые слова: творческая компетентность, инновационная компетентность, коммуникативная компетентность, личностная компетентность, технологическая компетентность, экстремальная компетентность, профессиональная компетентность, компетентность, педагогическая культура.

ABSTRACT

This articles is about social sciences, the level of teacher training in the process of globalization, its professional and personal characteristics, people, relationships and actions, the professional development of one is thinking, the

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

acquisition of professional competence, and the development of its developer. What qualities was reflected based on professional competence. What qualities of competence the pedagogue can highlight in himself. The emotional development, skills and qualifications of the teacher working on himself, the methodological diversity of the teacher's culture

Key words: creative competence, innovative competence, communicative competence, personal competence, technological competence, extreme competence, professional competence, competence, pedagogical culture.

Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o'rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo'lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo'lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo'sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o'zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o'rinda shu va shunga yondosh

g'oyalar yuzasidan so'z yuritiladi.

( • ^

Inglizcha "competence" tushunchasi lug'aviy jihatdan bevosita "qobiliyat" ma'nosini ifodalaydi. Mazmunan esa "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish"ni yoritishga xizmat qiladi

V_J

"Kompetentlik" tushunchasi ta'lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari

natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik "noan'anaviy

vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga

kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni

bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib

boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi.

( ! ^ Kas biy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun

zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori

darajada qo'llay olinishi v_J

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida BKMning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.[ 1. 27 b.]

Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo'ladi:

- murakkab jarayonlarda;

- noaniq vazifalarni bajarishda;

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

- bir-biriga zid ma'lumotlardan foydalanishda;

- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo'la olishda.

Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis: o'z bilimlarini izchil boyitib boradi; yangi axborotlarni o'zlashtiradi; davr talablarini chuqur anglaydi; yangi bilimlarni izlab topadi; ularni qayta ishlaydi va o'z amaliy faoliyatida samarali qo'llaydi. Kasbiy kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi:

1-rasm. Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlar

Kasbiy kompetentlik sifatlari quyidagi mazmunga ega:

1. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko 'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub'ektlar bilan muloqotga kirisha olish.

2. Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo'lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi. Ular o'zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

1) psixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda sog'lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o'z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;

2) metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona

3) tashkil etish, ta'lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to'g'ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo'llash;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

4) informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma'lumotlarni izlash, yig'ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish;

5) kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy, ijodiy yondashish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish qilish;

6) innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;

7) kommunikativ kompetentlik - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglash, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish.

3. Shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o'sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

4. Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

5. Ektremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to'g'ri harakatlanish malakasiga egalik.

Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o'ziga xos jihatlari o'rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.

O'z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi: [2, 59]

2-rasm. Pedagogik kompetentlikning muhim tarkibiy asoslari (A.K.Markova)

O'zbekiston sharoitida ham pedagogga xos kasbiy kompetentlik, uning o'ziga xos jihatlari o'rganilgan bo'lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

tadqiqot o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko'ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi: [B.Nazarova ]

3-rasm. Pedagogik kompetentlikning muhim tarkibiy asoslari (B.Nazarova)

Pedagogik kompetentlikka ega bo'lishda o'z ustida ishlash va o'z-o'zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O'z-o'zini rivojlantirish vazifalari o'zini o'zi tahlil qilish va o'zini o'zi baholash orqali aniqlanadi.[5, 98]

O'z ustida ishlash - mutaxasisnng kasbiy kompetentlik hamda shaxsiy, individual sifatlarni izchil rivojlantirib borish maqsadida tizimli amaliy harakatlarni tashkil etishi

Mutaxassis, shu jumladan, pedagogning o'z ustida ishlash quyidagilarda ko'rinadi: kasbiy BKMni takomillashtirib borish; faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish; kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish; ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish; salbiy odatlarni bartaraf etib borish; ijobiy sifatlarni o'zlashtirish. Pedagogning o'z ustida ishlashi bir necha bosqichda kechadi. Ular: Pedagogning mutaxassis sifatida:

r la hl

ci qi

s o

m

O'z faoliyatini tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash

Yutuqlarini boyitish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq qarorga kelish

Ushbu qaror bo'yicha amaliy harakatlarni samarali tashkil etish yo'llarini zlas

uv-

Xato va kamchiliklarni takrorlamaslikka intilish

-f

Qabul qilingan qarorning izchil bajarilishini doimiy nazorat qilib borish

4-rasm. Pedagogning o'z ustida ishlash bosqichlari

1

2

3

4

5

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

- aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;

- pedagogik j arayon samaradorligini, o 'zining ishchanlik faolligini oshirish;

- izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o'zlashtirish;

- ilg'or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo'lish;

- faoliyatiga fan-texnikaning so'nggi yangiliklarini samarali tadbiq etish;

- kasbiy ko'nikma va malakalarini takomillashtirish;

- salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo'lida olib boradigan amaliy harakati uning o'z ustida ishlashini ifodalaydi. [3, 176]

Pedagoglarning o'z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha olishlari qo'l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir. Modelda o'z ustida ishlash bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi. Har bir bosqich uchun belgilangan vazifalarning samarali hal etilishi navbatdagi bosqichga o'tish imkonini beradi. Ma'lum bosqich vazifalari hal etilgach, pedagog bu holatni alohida bandda qayd etadi (1-jadval):

1-jadval. Pedagogning o'z ustida ishlash modeli

Bosqichlar Ularda amalga oshiriladigan vazifalar Qaydlar

1-bosqich

2-bosqich

3-bosqich

4-bosqich

5-bosqich

Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo'lishida o'zini o'zi tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O'zini o'zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o'z amaliy harakatlari mohiyatining o'rganilishidir

O'zini o'zi tahlil qilish orqali pedagog o'zini o'zi ob'ektiv baholash imkoniyatiga ega bo'ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo'lishida ularning

o'z-o'zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir.

{

O'zini o'zi baholash (O'O'B) - shaxsning o'z-o'zini tahlil qilishi orqali o'ziga baho berishi. O'zini o'zi baholash sub'ekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o'ziga ob'ektiv baho berish, o'zidan qoniqishni ta'minlaydi

V_

O'z-o'zini baholash shaxsning qobiliyatini o'z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O'z-o'zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita

\

J

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1), Jan., 2023

tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi pedagogning ham o'zini o'zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi.

O'zini o'zi samarali baholash omillari:

1. O'zini tushunish (o'zi haqida aniq ma'lumotlarga ega bo'lish).

2. Shaxs sifatida o'z qadr-qimmatini anglash (o'zi to'g'risidagi ijobiy ma'lumotlarni to'plash).

3. O'zini-o'zi nazorat qilish (o'zi to'g'risidagi shaxsiy fikrning atrofdagilar tomonidan unga berilayotgan bahoga mos kelishi. [6. 28 b.]

O'z-o'zini baholash darajasi shaxsning o'z-o'zidan qoniqishi yoki qoniqmasligini belgilab beradi. Bunda o'z-o'zini baholash ko'rsatkichlari shaxs imkoniyatlariga mos kelishi lozim. O'zini o'zi oshirib yoki pasaytirib ko'rsatish o'z-o'zini baholash ko'rsatkichlarining noto'g'ri bo'lishiga olib keladi.

Ko'plab manbalarda shaxs tomonidan o'z-o'zini baholash quyidagi formula asosida aniqlanishi ko'rsatilgan:

O'O'B = yutuqlar / o'zini yuqori baholashga intilish (yoki O'O'B = Yu / O'YuBI)

Formulaga ko'ra, qandaydir yutuqqa erishgach, shaxs tomonidan o'zini o'zi yuqori baholash (yutuqlar hissasini oshirish) yoki o'ziga nisbatan qo'yayotgan talablarni pasaytirish ro'y beradi.

Bizningcha, O'O'Bda xolislikka erishishda quyidagi formula qo'l keladi:

O'O'B = yutuqlar / o'z-o'zini rivojlantirish vazifalari (yoki O'O'B = Yu / O'O'RV)

Ushbu formula bilan ishlashda pedagog quyidagi o'zini-o'zi baholash modeliga tayanib ish ko'rishi mumkin (2-jadval):

2-jadval. O'zini-o'zi baholash modeli

№ Mavjud yutuqlar O'z-o'zini rivojlantirish vazifalari

1.

2.

3.

Ushbu model asosida o'z-o'zini baholash nihoyatda oson kechadi. Bordiyu, erishilgan yutuqlar soni o'z-o'zini rivojlantirish vazifalariga nisbatan ko'p (1 dan katta) bo'lsa, u holda pedagog yuqori darajada kasbiy kompetentlikni namoyon etadi. Bordi-yu, yutuqlar va belgilangan o'zini o'zi rivojlantirish vazifalari o'zaro (1 ga) teng bo'lsa, u holda u o'zida o'rta darajadagi kasbiy kompetenlikni ifodalaydi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Agarda, yutuqlar soni belgilangan rivojlantirish vazifalaridan kam (1 dan kichik yoki 0 ga teng) bo'lsa, u holda pedagogning kasbiy kompetentlik darajasi past hisoblanadi va bu holat pedagogdan o'z kasbiy kompetentligini rivojlantirishga jiddiy e'tibor berishini talab qiladi.[4, 79]

Shunday qilib, bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida yuzaga keladigan kuchli raqobatga bardoshli bo'lish ehtiyoji har bir mutaxassisni o'zida kasbiy kompetentlik va unga xos sifatlarni tarkib toptirishga undaydi. Kompetentlik negizida muayyan sifat (ijtimoiy, maxsus (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ), shaxsiy, texnologik va ekstremal kompetentlik kabi)lar namoyon bo'ladi. Pedagogning kasbiy kompetensiyasi o'quv-tarbiya jarayonni samarali tashkil etilishini ta'minlaydi. Kasbiy kompetensiyaga ega bo'lish uchun pedagog o'z-o'zini izchil rivojlantirib borishga e'tiborni qaratishi zarur.

REFERENCES

1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quv qo' llanma. - T.: TDPU, 2003. - 174 b.

2. Markova A.K. Xarakteristika psixologiya professionalizma Znaniya Maskva.1996. 312b.

3. Slastenin V.A., Podbimova L.S. Pedagogika - innovatsionnaya deyatelnost. -M.: Magistr, 1997. - 221 s.

4. Sattorov.V.N., Mamarajabov SH.E Kasb ta'limi metodikasi. O'quv qo'llanma TTESI. T.2015.-182b.

5. Nazarova B.A.Pedagogika kollejlari bulg'usi o'qituvchilarni kasbiy layoqatini tarbiyalash. Avtoreferat .Toshkent.2009.22 b.

6. Muslimov N.A. Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish. Monografiya. -T.: Fan, 2004. - 128 b.

7. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОС^ИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-

8. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

9. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

612.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

10. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

11. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

12. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

13. Абдурашидова, Н. А., & Хасанов, М. (2022). ЁШЛАР ДУНЁКАРАШИДА ДИН ВА АХЛОКДИНГ УЗАРО МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 1226-1235.

14. Ramatov, J. S., Valiev, L. A., & Xasanov, M. N. (2022). XIX ASRDA HINDISTONDAGI IZHTIMOII-FALSAFIY JARAYONLAR.

15. Кушаков, Ф. А., Хасанов, М. Н., Баратов, Р. У., Раматов, Ж. С., & Султанов, С. X. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОНДА ИНСОН ХУКУКЛАРИ ВА СУЗ ЭРКИНЛИГИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 803-810.

16. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА КАДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

17. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

18. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

19. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

20. М.Н.Хасанов, Д.А.Хафизов, Р.Х.Тоиров, & Х.К.Болтабоев. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙ ЯШАГАН ДАВРДАГИ ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ .

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 137-140. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/new/articl e/view/62 7

21. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3(10), 582-586.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.