Научная статья на тему 'PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINI TUZILISHI VA UNING PSIXOLOGIK MODELI'

PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINI TUZILISHI VA UNING PSIXOLOGIK MODELI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6247
399
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy kompetentlik / psixologik / pedagoglar / ta’lim-tarbiya / ijtimoiy muhit. / professional competence / psychological / pedagogues / education / social environment.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Vaydulla

Ushbu maqolada pedagogning kasbiy kompetentligi tuzilishi va uning psixologik xususiyatlari, o’qituvchida kasbiy kompetentlik xususiyatlarni tarkib toptirishning psixologik omillari keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE STRUCTURE OF THE TEACHER'S PROFESSIONAL COMPETENCE AND ITS PSYCHOLOGICAL MODEL

In this article, the structure of the professional competence of the pedagogue and its psychological characteristics, the psychological factors of the composition of the professional competence characteristics of the teacher are mentioned.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINI TUZILISHI VA UNING PSIXOLOGIK MODELI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINI TUZILISHI VA UNING

PSIXOLOGIK MODELI Vaydulla Madinabonu

Samarqand davlat chet tillar instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7437736

Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogning kasbiy kompetentligi tuzilishi va uning psixologik xususiyatlari, o'qituvchida kasbiy kompetentlik xususiyatlarni tarkib toptirishning psixologik omillari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: kasbiy kompetentlik, psixologik, pedagoglar, ta'lim-tarbiya, ijtimoiy muhit.

СТРУКТУРА ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГА И ЕЕ

ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ МОДЕЛЬ

Аннотация. В данной статье упоминаются структура профессиональной компетентности педагога и ее психологические характеристики, психологические факторы состава характеристик профессиональной компетентности педагога.

Ключевые слова: профессиональная компетентность, психолог, педагоги, образование, социальная среда.

THE STRUCTURE OF THE TEACHER'S PROFESSIONAL COMPETENCE AND ITS

PSYCHOLOGICAL MODEL

Abstract. In this article, the structure of the professional competence of the pedagogue and its psychological characteristics, the psychological factors of the composition of the professional competence characteristics of the teacher are mentioned.

Keywords: professional competence, psychological, pedagogues, education, social environment.

Hozirgi zamon ta'lim-tarbiya sohasini maxsus tayorlangan, kasbiy kompetentlikga ega, ta'lim-tarbiya jarayonida psixologik bilim, malaka, ko'nikmalarni natijadorlik tamoyillari asosida qo'llaniladigan Pedagog siz tasavvur etib bo'maydi. "Kompetentlik" tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o'rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo'lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo'lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo'sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o'zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o'rinda shu va shunga yondosh g'oyalar yuzasidan so'z yuritiladi.

Inglizcha "competence' tushunchasi lug'avniy jihatdan bevosita "qobiliyat' ma'nosini ifodalaydi, mazmunan esa "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbny malaka, mahorat va iqtidorni namayon eta olish"ni yoritishga xizmat qiladi. "Kompetentlik" tushunchasi ta'lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi.[1]

Qobiliyat tushunchasi nafaqat pedagogik, balki birichi navbatda psixologik tushuncha hisoblanadi va psixologiya fani orqali o'rganiladi, o'qitiladi. Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishi.

1658

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.

Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha yoritiladi.

1. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub'ektlar bilan muloqotga kirisha olish.

2. Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik va psixologik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo'lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi. Ular o'zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

O'qituvchilar psixologik xususiyatlarini o'rganib ular bilan individual yondoshivini tashkil etadi.

S psixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda sog'lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o'z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish; S metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta'lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to'g'ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo'llash; S informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma'lumotlarni

izlash, yig'ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish; S kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o'zining ijodkorlik

malakalariga egaligini namoyish eta olish; S innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish; S kommunikativ kompetentlik - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar

bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish. S Shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o'sishga erishish, malaka darajasini oshirib

borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish. S Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg'or texnologiyalarni

o'zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish. S Ektremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to'g'ri harakatlanish malakasiga egalik.2]

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o'ziga xos jihatlari o'rganilgan. Bunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova, va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin. O'z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi. O'zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o'ziga xos jihatlari o'ranilgan bo'lib, ular orasida B.Nazarova va S.Musinov tomonidan olib borilgan tadqiqot o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko'ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida

1659

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi. Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo'lishda o'z ustida ishlash, o'z-o'zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O'z -o'zini rivojlantirish vazifalari o'zini o'zi tahlil qilish, boshqarish va o'zini o'zi baholash orqali aniqlanadi

REFERENCES

1. Абрамов А.В. Методика подготовки учителей математики в учебно-научном педагогическом комплексе: Автореф.дис. ... канд.пед.наук. -М., 1993.-30с.

2. Ismailovich A. S. PROBLEMS OF IMPROVING PSYCHOLOGY OF HEALTHY LIFESTYLE OF UZBEK FAMILY //Scientific reports of Bukhara State University. - 2020.

- Т. 4. - №. 1. - С. 313-318.

3. Saidov A. SOCIAL PSYCHOLOGICAL SIGNIFICANCE OF THE FORMATION OF A CULTURE OF A HEALTHY LIFESTYLE IN THE FAMILY //Science and innovation. -2022. - Т. 1. - №. B7. - С. 867-871.

4. Sharifjon To'lqin o'g A. et al. TA'LIM-TARBIYA TIZIMI VA O'QITUVCHILAR FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI //MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. -2022. - Т. 1. - №. 11. - С. 57-60.

5. Ismailovich S. A. Socio-Psychological Problems of Educating an Independent-Minded, Creative Person in the Educational Process //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 4-7.

6. Azamat, S. (2022). On The Basis Of National Values To Raise A Healthy Generation In The Family. Journal of Positive School Psychology, 6(10), 2417-2420.

7. Саидов А., Джураев Р. Баркамол авлодни тарбиялаш-соглом турмуш тарзини шакллантиришда спортнинг урни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 203-208.

8. Саидов А. pedagogik mahorat: ёшлар уртасида соглом турмуш тарзини шакллантириш устувор вазифа сифатида //центр научных публикаций (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

9. Саидов А. СОГЛОМ ВА БАРКАМОЛ ШАХСНИ ТАРБИЯЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК МАСАЛАЛАРИ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2021. - Т. 1. - №. Special issue. - С. 262-266.

10. Саидов А., Джураев Р. Воспитание гармоничного поколения-роль спорта в формировании здорового образа жизни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2.

- С. 203-208.

11. Saidov A. Historical roots of formation of healthy lifestyle culture psychology in the family //International Journal of Pharmaceutical Research. - 2020. - Т. 12. - №. 4. - С. 628-630.

12. Ismoilovich, S. A. SOCIO-PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF THE FORMATION OF THE PSYCHOLOGY OF A HEALTHY LIFESTYLE OF FAMILIES

13. Saidov A., Avulkhairov F., Razakov F. SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE PROBLEM OF THE FORMATION IN THE FAMILY OF PERCEPTIONS OF A HEALTHY LIFESTYLE OF YOUNG PEOPLE AND THE STATE OF ITS STUDY //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. B7. - С. 1432-1436

14. Axmedov, A. (2022). The negative effect of internet gambling on youth psychology. AsianJournalof Multidimensional Research, 11(5), 76-79

1660

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

15. Diyorugli, A. A. (2022). The negative effect of public culture on youth consciousness and its social psychological features. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5), 289-291.

16. Ugli, AkhmedovA. D., et al. "Depressive Behavior in Sports Competitions and Their Characteristics of Will-sustainability."JournalNX, vol. 6, no. 04, 2020,pp. 50-53

17. Axmedov, A. (2022). OMMAVIY MADANIYATNING YOSHLAR ONGIGA SALBIY TA'SIRI VA UNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Science and innovation, 1(B7), 1115-1118.

18. Axmedov, A. (2022). OMMAVIY MADANIYATNING YOSHLAR ONGIGA SALBIY TA'SIRI VA UNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Science and innovation, 1(B7), 1115-1118.

1661

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.