Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIMI TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH ISLOHOTI DAVRIDA PEDAGOG KADRLARNING RAQAMLI KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MASALASI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIMI TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH ISLOHOTI DAVRIDA PEDAGOG KADRLARNING RAQAMLI KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
29
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Sherzod Karimov Farxotovich

Yangi O‘zbekiston sharoitida Ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan sohalar qatorida maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqishda inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish har qachongidan dolzarbligini yo‘qotmay kelmoqda. Ijtimoiy soha yo‘nalishining ta’lim tizimidagi pedagog kadrlarning pedagogik mahoratini yanada rivojlantirishining yangi tendensiyalari namoyon bo‘lib, sohani raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim muhitini yaratish orqali sohaga zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar tadbiq qilininishi muhim vazifalardan biri sifatida belgilab berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIMI TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH ISLOHOTI DAVRIDA PEDAGOG KADRLARNING RAQAMLI KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MASALASI»

UMUMIY O'RTA TA'LIMI TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH ISLOHOTI DAVRIDA PEDAGOG KADRLARNING RAQAMLI KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

MASALASI Sherzod Karimov Farxotovich

Oliy ta'limi tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent shahri,

Olmazor tumani, Ziyo ko'chasi, 3-uy E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10810127

Yangi O'zbekiston sharoitida Ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan sohalar qatorida maktab ta'limini yangi bosqichga olib chiqishda inqilobiy o'zgarishlarni amalga oshirish har qachongidan dolzarbligini yo'qotmay kelmoqda. Ijtimoiy soha yo'nalishining ta'lim tizimidagi pedagog kadrlarning pedagogik mahoratini yanada rivojlantirishining yangi tendensiyalari namoyon bo'lib, sohani raqamli texnologiyalarga asoslangan ta'lim muhitini yaratish orqali sohaga zamonaviy va ilg'or texnologiyalar tadbiq qilininishi muhim vazifalardan biri sifatida belgilab berildi.

Raqamlashtirish jarayoni jamiyatning har bir bo'g'iniga kirib borayotgan bir davrda mamlakat hayotining ijtimoiy sohalarni transformatsiya qilishda texnologiyalarni tadbiq etish orqali O'zbekistonda umumiy o'rta ta'limi tizimi islohotlarini yangi bosqichga olib kelishini ta'minladi. Bu borada, o'qituvchi xodimlarnining kasbiy rivojlanishining uzluksiz tizimini tashkil etish asosida maktab ta'limi sohasidagi rahbar, pedagog kadrlarning zarur kompetensiyasi, ko'nikmalari va malakasini oshirish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 17-yanvaridagi 25-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining "Hayot davomida o'qish" tamoyili asosida A.Avloniy nomidagi ilmiy tadqiqoti instituti tomonidan amaliyotga joriy qilingan, kasbiy elektron platforma yordamida maktab ta'limi pedagog kadrlari o'z bilim ko'nikma va malakalarini oshirish tizimi yaratildi.

O'tgan davr mobaynida, ya'ni 2023-yilning 20-dekabrida tashkil etilgan "Raqamli ta'lim texnologiyalarining joriy etish masalalariga bag'ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi" doirasida quyidagi masalalar muhokamasi bo'lib o'tgan edi:

• raqamli transformatsiya jarayonida rahbar va pedagog kadrlarning "Hayot davomida ta'lim olish" tamoyili asosida uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil etishda erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar;

• maktabgacha va maktab ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etishning zamonaviy tendensiyalari;

• ta'lim jarayoniga raqamli ta'lim texnologiyalarini joriy etishga innovatsion yondashuvlar;

• uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida zamonaviy raqamli ta'lim muhitini yaratish masalalari;

• maktabgacha va maktab ta'limi tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish istiqbollari

Ta'lim jarayonida sun'iy intrellekt texnologiyasi imkoniyatlarini kengaytirish bugungi zamonning rivojlanish tendensiyalaridan biridir. Bugungi jamiyatning yangi davrga mos intellektini rivojlantirish imkoniyatlarini o'rganib chiqqan holda, ta'lim sohasi oldiga yangi talabalarni qo'yadi va keng qamrovdagi ta'limiy islohotlarni amalga oshirish zarurligini ta'kidlaydi. Pedagogik texnologiyalar yordamida ta'lim berish bosqichiga yangicha mazmun ya'ni

sun'iy intellektni joriy etish orqali nafqat bugungi davr muammolariga yechim izlash, balki ta'lim sifati samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishda hamda kelajak jamiyatlari uchun zarur pedagog kadrlarni ishlab chiqarishda zamonaviy yondashuvlarni talab qilishi bilan chambarchas bog'liqdir. Aynan ta'lim jarayonida o'qituvchi xodimlarning bilim, ko'nikma va pedagogik mahoratlarini sezilarli darajada oshirib, bugungi zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish yo'li orqali ta'lim jarayonini yangi bosqichga olib chiqish uchun zamin yaratdi.

Sun'iy intellekt imkoniyatlari shu kabi jarayonlar uchun ta'lim maqsadlariga erishishdagi muhim qadamlarni taqdim etadi. Hozirgi ta'lim transformatsiya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqishda integratsiyalashuv orqali ta'lim tizimi oldiga yangi vazifalarni qo'ydi. Pandemiya dvridan so'ng, o'quv faoliyat amaliyotlarida raqamli texnologiyalar, shuningdek, pedagog kadrlarning zamonaviy ta'lim muhiti uchun raqamli kompetensiya va ko'bnikmalarini rivojlantirish talabini namoyon qildi. Shu bilan birga ta'limning innovatsion yondashuvlari ya'ni "inson + texnologiya" tamoyili asosida blended learning (aralash ta'lim) kabi modellarini yangilashda katta salohiyat zarurligini ko'rsatib berdi.

XXI asr davrida pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishni to'liq qamrab olgan, "Hayot davomida o'qish" tamoyilining joriy etilganligi ta'lim tizimini raqamlashtirish islohotlari davrida tub burilish bo'lib, ta'lim uchun yangi jarayonlar davrining raqamli transformatsiya bosqichlarini joriy etisilishi faol amalga oshirildi. Shuningdek, pedagog kadrlar "Hayot davomida o'qish" tamoyili asosida bugungi kunga kelib, uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi yordamida umumiy o'rta ta'lim tizimi pedgog kadrlari tomonidan ta'lim olishning muqobil shakllaridan foydalanishlari ta'minlandi, ya'ni:

• Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olish - o'qituvchi xodimlar tomonidan asosiy ish joylaridan ajralgan holda ixtisoslahtirilgan ta'lim muassasalarida ta'lim olishni nazarda tutib, ko'chma (xodimning yashash hududi) va stajirovka shakllari yordamida tashkil etilishi mumkin bo'ladi.

• Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish - pedagog xodimlarning o'z mehnat faoliyati davomida o'quvchilarning ta'til kunlari va o'qituvchining metodik kunlari davrida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish masofaviy shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

• Masofaviy ta'lim - Bu jarayonda axborot kommunikatsiya va Internet texnologiyalari yordamida masofaviy ta'lim dastur va o'quv rejalari asosida pedagog xodimlarning zarur bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega bo'ladi. Uzluksiz kasbiy riojlantirish jarayoni muayyan masofaviy ta'lim tizimlari orqali ta'lim jarayoni muvofiqlashtiriladi va boshqariladi.

• Dual ta'lim - Umumiy o'rta ta'limi tizimi pedagog kadrlar Dual ta'lim shakli orqali o'quv kursning nazariy bilimlarini ta'lim muassasa yoki tashkiloti professorlari tomonidan o'quv axborotlarga ega bo'lishi, o'quv kursning amaliy qismi o'qituvchi xodimning ta'lim berayotgan muassasasida o'tashi belgilanadi.

• Mustaqil ta'lim - o'qituvchi xodimlar tomonidanlavozimi va o'z mutaxassisligi bo'yicha zamonaviy bilim, malaka va ko'nikmalarni uluksiz kasbiy ta'lim muhiti orqali mustaqil o'zlashtiradi. Pedagogik mahorati malaka talablari asosida elektron platformadan foydalangan holda nazorat materiallari yordamida diagnostika qilinadi. Disgnostika tahlillariga muvofiq, pedagog kadrning mustaqil ta'lim trayektoriyasi yaratiladi va unga mos o'zlashtirishi loim bo'lgan o'quv modular majmuasi o'qituvchi tomonidan aniqlanib, tarkibidagi mavjud o'quv mosullar mustaqil holda o'zlashtiriladi.

• Malaka oshirishning muqobil shakllari - umumiy o'rta ta'limi tizimi pedagog kadrlarning malakasini oshirishining muqobil shakllari tarkibiga darsliklarga muallif qilish huquqiga ega bo'lish, doktotlik ilmiy unvoniga ega bo'lish maqsadida dissertatsiya ishini himoya qilish, xalqaro va Respublika darajasidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib borish, ilmiy-tadqiqot natijalari asosida xalqaro indeksatsiyalangan bazalarda (Scopus, Web of Science) kabi e'tirof etilgan ilmiy jurnallarda o'z maqolalarini nashr ettirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida muqobil malaka oshirish shakllarining ro'yxati ularga beriladigan kredit ballari ko'rsatilgan holda vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Bundan tashqari, o'qituvchining kasbiy ta'lim yo'nalishida intellektual salohiyat imkoniyatlarini kengaytirishi, ilmiy asoslangan o'quv adabiyot materiallari bilan tanishishi, shu bilan birga, dunyoqarashi doirasini kengaytirishi va tafakkur darajasini rivojlantirishi maqsadida sohadagi ilmiy adabiyotlar, ilmiy mazmunga ega maqolalar bilan tanishib borishi bu maktab o'qituvchisining ta'lim jarayonidagi ko'nikma va malakasini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Raqamli dunyoda esa shaxs, ya'ni borliqni kuzatuvchi, raqamli texnologiyalar olamida faol, kreativ inson sifatida gavdalanadi. Inson tomonidan yaratilgan raqamli muhitda turli resurslar, ko'p o'lchoviga ega obyektlar va tarmoq yo'nalishlari faoliyati sabab to'yinadi, o'zgartiriladi va boshqariladi. Raqamli vosita va texnologiyalar inson hayotini, atrof-muhitidagi jamiki odamlar o'rtasidagi muloqot shakllari, inson tafakkuri va qadriyatlari, xulq-atvor strategiyalarini, jamiyat a'zosi sifatidagi ijtimoiy faoliyat turlarini o'zgartirishga undaydi.

Bugungi kunda raqamli muhitdagi shaxs real va virtual dunyoda barcha teng hisoblanib, raqamli voqelikdagi paydo bo'ladigan qiyinchilik va xavflarni yengib o'tishni o'rganishi lozim bo'lgan "bugunning mavzusi" sifatida qarab kelinmoqda.

Axborot kommunikatsiya texnologiya imkoniyatlaridan foydalanish zaruratiga aylanishi bilan pedagog kadrlarning raqamli ko'nikmalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan bir ekanligi ta'lim jarayonida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bu jarayonda zamonaviy raqamli ta'lim platforma imkoniyatlaridan foydalangan holda, o'qituvchidan raqamli kompetensiya, ko'nikmasi va savodxonligini shakllantirish talabi raqamli ta'lim muhitining asosiy vazifasiga aylandi.

Raqamli ko 'nikma tarkibi

1. Onlayn ta'lim jarayoni o'quv material

2. Interfaol va vizual material

э. Raqamli ta'lim platforma

4. Vebinar

5. LMS

6. Masofaviy malaka oshirish

7. O'quv resurs

8. Elektron portfolio

9. Multimediaviy kontent

10. Masofaviy ta'lim vositasi

11. O'quvchi bilan muloqot

1-rasm. Raqamli ko 'nikmalar tarkibi

Ta'lim islohotlarini to'liq anglash uchun raqamli iqtisodiyot sohasida "raqamli ko'nikma" tushunchasi ta'lim jarayonini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatini, zamonaviy pedagog kadrlarga qo'yiladigan asosiy talablarni belgilashda muhim ahamiyatga egaligini ta'minlaydi. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida shaxsdagi bilim va zamonaviy axborot texnologiyalar, dasturiy mahsulotlardan ta'lim muhitida foydalanish qobilyatini tavsiflovchi raqamli savodxonlik va ko'nikmalarga asoslanadi.

Xulosa qilib aytganda, Raqamli savodxonlik insonning mehnat faoliyati davomida AKT imkoniyatlarini o'zlashtirishi, zarur o'quv axborot manbalaridan olingan ma'lumotlarni tahlil qilishi va baholashi natijasida universal qobilyatlari raqamli ta'lim muhiti uchun zarir ko'nikmalari shakllantiradi.

REFERENCES

1. Xalq talimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivolantirish tizimini tashkil etish tartibi to'g'risidagi Niomni tasdiqlash haqida. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.01.2022 yildagi 25-son https://lex.uz/ru/docs/-5828765

2. Uzluksiz kabiy rivojlantirish elektron ta'lim platformasi. https://onlinedu.uz/

3. Raqamli ta'lim texnologiyalarining joriy etish respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi https://trm.uz/uz/yangiliklar/Raqamli-ta%CA%BClim-texnologiyalarining-joriy-etish-masalalariga-bag%CA%BBishlangan-respublika-ilmiy-amaliy-konferensiyasi-o%CA%BBtkazildi

4. Zongkai Yang. Empowering Teaching and Learning with Artificial Intelligence. Frontiers of Digital Education, 2024, 1(1): 1-3 https://doi.org/10.3868/s110-009-024-0002-5

5. Насонова НА. ВОПРОСЫ ДИСТАНЦИОННОГО ИЗУЧЕНИЯ НОРМАЛЬНОЙ АНАТОМИИ ЧЕЛОВЕКА https://phsreda.com/e-articles/10218/Action10218-96592.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.