Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT KOMUNIKATSIYON TEXNOLOGIYALARNING O’RNI'

TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT KOMUNIKATSIYON TEXNOLOGIYALARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
228
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
masofaviy ta'lim / elektron ta'lim / ta'limni boshqarish tizimi / o’quv kontentini boshqarish tizimi. / distance learning / electronic training / learning management systems / control systems of educational content.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — B. Turdikulova, O. Rixsiboyev

Maqolada AKT, oliy ta'lim tizimida masofaviy ta'limni joriy etish texnologiyalari, ta'limni boshqarish tizimlarining funksiyalari, ularga qo’yiladigan talablar xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS

In the article is considered some aspects of distance learning technology introduction into higher educational institutions.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT KOMUNIKATSIYON TEXNOLOGIYALARNING O’RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TA'LIM JARAYONIDA AXBOROT KOMUNIKATSIYON TEXNOLOGIYALARNING

O'RNI

Turdikulova BarnoToirkulovna

Guliston davlat universiteti Sirtqi bo'lim Masofaviy ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

Rixsiboyev Oybek Alisherovich Guliston davlat universiteti Sirtqi bo'lim Masofaviy ta'lim kafedrasi stajyor o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7433065 Annotasiya. Maqolada AKT, oliy ta'lim tizimida masofaviy ta'limni joriy etish texnologiyalari, ta'limni boshqarish tizimlarining funksiyalari, ularga qo'yiladigan talablar xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: masofaviy ta'lim, elektron ta'lim, ta'limni boshqarish tizimi, o'quv kontentini boshqarish tizimi.

РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ И КОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ Аннотация. В статье рассматриваются некоторые аспекты технологии внедрения дистанционного обучения в высших учебных заведениях.

Ключевые слова: дистанционное обучение, электронное обучение, системы управления обучением, системы управления учебным контентом. THE ROLE OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN THE

EDUCATIONAL PROCESS Abstract. In the article is considered some aspects of distance learning technology introduction into higher educational institutions.

Keywords: distance learning, electronic training, learning management systems, control systems ofeducational content.

Bugungi kunda yuqori malakali pedagog kadrlarga talab ortib borayotgan hozirgi sharoitda oqituvchilarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni yaxshi o'zlashtirib olgan kadrlar sifatida shakllantirish talab etiladi. Bunday vazifalarni amalga oshirish mavjud xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish tizimini mukammallashtirish, uni elektron ta'lim talablariga mos rivojlantirish, xalq ta'limi muassasalarida mutaxassislikka oid fundamental bilimlarni mustahkam egallash, malaka oshirishning turli shakllarini yo'lga qo'yish, "Hayot davomida o'qish" tamoyili asosida ta'lim olishga yo'naltirishni taqozo etadi. Shu ma'noda, xalq ta'limi xodimlarining kasbiy malakalarini oshirish va qayta tayyorlash respublikamiz uzluksiz ta'lim tizimida o'zining alohida o'rniga ega. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad pedagog kadrlarning umumiy dunyoqarashi va kasbiy mahoratini uzluksiz oshirish va takomillashtirishdan iboratdir.

Bugun kunda ko'plab o'qituvchilar tomonidan interfaol metodlar, innovasion pedagogik va axborot texnologiyalar dars jarayonlarida bevosita qo'llanmoqda. Bu orqali o'qituvchi dars jarayonida kamroq energiya sarflab, ko'proq ma'lumot berish orqali samaradorlikka erishadi hamda o'quvchilar ko'zlari bilan ko'rishlari orqali ma'lumotlarni uzoq vaqt davomida xotiralarida saqlab qoladilar.

Ta'limda o'quvchilarni mustaqil ta'limga yo'naltirishda egallayotgan bilimlarini o'zi qidirib topishiga, mustaqil o'rganib taxlil qilishiga, xatolarini aniqlab, xulosalarini ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadigan bu texnologiyalar o'quvchi va pedagogning birgalikda faoliyat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Agarda bu faoliyatni amalga oshirishda axborot texnologiyalari: xususan komp'yuter, proektor, kodoskop, televizor, DVDlardan foydalansa, yaxshi o'qituvchi uchun doimo yetishmaydigan narsa, ya'ni vaqt tejaladi, bilimlarni esda saqlab qolish imkoniyati oshadi. Fikrimizcha darslarda axborot komunikatsiyon texnologiyalarini qo'llash tartibini keltirib o'tamiz.

Yangi mavzu bayoni elektron darslik yoki elektron fil'm, taqdimot vositasida amalga oshirilsa, ma'lumotni eslab qolish imkoniyati kengayadi. Chunki ko'rish organlarining axborotni o'tkazish qobiliyati eshitish organlariga ko'ra yuqori bo'ladi. Bu esa o'z navbatida ko'rish tizimiga o'quvchi qabul qiladigan axborotlarning qariyb 90% ini yetkazish imkonini beradi va natijada bilish faoliyati tezlashadi. O'rganishning dastlabki 20 daqiqasi eng samarali, 30 daqiqadan keyin esa o'rganishni davom ettirish motivasiyasi tezda pasaya boshlaydi.

Bu takliflar o'quvchining diqqatini uzoqroq vaqtgacha saqlab turishga, hamda xotirasida yaxshi saqlab qolishga xizmat qiladi.

Idrok qilish paytida qancha ko'p sensorik (sezgi) kanallardan foydalanilsa, esda olib qolingan bilimlarning miqdori va sifati shunchalik yuqori bo'ladi. Agar bilimlar faqat ma'ruzalar orqali (passiv tinglash yo'lida) berilgan bo'lsa, unda 3 kundan so'ng ularning faqat 25%ni eslash mumkin xolos. Agar u ma'ruzalar o'qish (tinglash), namoyish va ko'rgazmali qilish (ko'rish, ushlab ko'rish va shu kabilar) orqali berilsa va shu to'g'risida bahslashilsa, unda 3 kundan so'ng 75% ini esga tushirish mumkin.

Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda ishga solingan bo'lsa, ma'lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga o'tish jarayoni tezlashadi, bu esa bilishning asosi bo'lib hisoblanadi.

O'quvchilarning o'zlashtirish darajasiga o'qitish metodlarining ta'sir darajasi:

1. Ma'ruza - eshitganimizning 5%.

2. O'qish - o'qiganimizning 10%.

3. Videousul, namoyish - ko'rganimizning 20%.

4. Tajribani namoyish qilish - ko'rgan va eshitganimizning 30%.

5. Bahs-munozara - muhokama qilganimizning 40%.

6. Mashqlar - o'qigan, yozgan, gapirganimizning 50%.

7. Ishbop o'yin, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash - mustaqil o'qiganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, himoya va namoyish qilganimizning 75%.

8. Yo'naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o'qitish - mustaqil o'rgangani-mizning, tahlil va muhokama qilganimizning, boshqalarni o'qitgan narsalarimizning 90%. xotirada saqlanib qoladi.

XXI asr axborot texnologiyalar asri sifatida yildan-yilga bu asrga bejiz shunday nom berilmaganligini namoyon etmoqda. Bunday o'zgarishlar ta'lim jarayonlarini tashkillashtirish va olib borishda ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Shunday o'zgarishlardan biri mul'timediali darslarni ta'lim tizimiga shiddat bilan kirib borayotganligidir. Mul'timedianing o'zi nima:

Mul'timedia - axborotni (matn, rasm, animasiya, audio, video) tasvirlashning ko'p kanallik usuli. Ya'ni, dars davomida berilayotgan ma'lumotlarni texnik vositalar asosida o'quvchiga sifatli taqdim etishdir. Mul'timedialarni quyidagicha izohlash mumkin.

Mul'timedia lavhalari - kompakt disklar yoki ma'lumotlarni boshqa komp'yuter tashuvchilarida, shuningdek, foydalanuvchilarga ixtiyoriy vaqtda kirish imkoniyatini beradigan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qurilmalarga joylashtirilgan nashrlar, namoyish, ko'rgazmali, animasiyalangan va ovozli lavhalarning yig'indisi.

Mul'timedia muhiti - tasvir (shu jumladan, animasiya-harakat), nutq, ovoz va hujjatlarni birgalikda qayta ishlashni ta'minlaydigan ixtiyoriy turdagi ma'umotlarni har tomonlama (kompleks) tasvirlaydigan texnologiya.

Mul'timediali darsliklar - mul'timedia muhiti yordamida tasviriy materiallarni yuqori tartibli dinamikasi bilan CD disklardagi darsliklar.

Mul'timedia texnologiyasi - interfaol dasturiy ta'minotning yagona boshqaruvi vizual va audiosamara, turli vaziyatlarni multidasturlashlarni qamrab olgan elektron hujjatlarni tayyorlash usuli.

Mul'timedia darslarini tushunish va o'tishning asosiy sharti texnik vositalardan foydalana olish, ayniqsa, komp'yuter bilan ishlashni yaxshi bilishi kerak. Power Point dasturi bilan ishlashni, slaydlar yaratishni, ularni animasiyalashni bilishlari zarur bo'ladi. Mul'timedia slaydlarini yaratishda quyidagilarga e'tibor berish kerak: slaydda beriladigan fikr olti qatordan oshmasligi. Ko'pincha butun bir varaq matnni ekranga ko'rsatishga harakat qilamiz. Vaholanki, bunday slaydlarni ko'pchilik o'qimaydi. Iloji boricha metama'lumotlardan kengroq foydalanish kerak.

Metama'lumotlar - axborot ma'lumotlarini (matn, rasm, jadval va boshqalar) ma'nosini tavsiflash uchun mo'ljallangan qisqa axborot identifikatorlari (indekslar, kalit so'zlar).

• Ma'lumotlarni joylashtirayotganda haddan ziyod ko'zni charchatadigan ranglar va animasiyalardan foydalanish tavsiya etilmaydi;

• Mativasiyani inobatga olgan holda slaydlarda mavzuga oid video, musiqalar, rasmlardanfoydalanish tavsiya etiladi;

Demak, bugun biz yuksak texnologiyalar zamonida yashayotganimiz bilan faxrlansakda, ushbu texnologiyalar ayrim yovuz kuchlar tomonidan nomaqsad ishlatilishi oqibatida axborot xurujlari kuchayotganini e'tirof etishimiz lozim. Jamiyatimizni vayronkorlik va buzg'unchilik mazmunidagi axborot oqimidan himoyalashimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ma'naviy olamining daxlsizligini asrashimiz yo'lida Internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish faoliyatimiz davlat organlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini- o'zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining barcha institutlari, ota-onalar, pedagoglarni va mutaxassislarni uzoq muddatli uzluksiz va tizimli hamkorlikka chaqiradi, albatta.

Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta'lim jarayoniga kirib kelishi an'anaviy o'qitish usullariga qo'shimcha ravishda yangi o'qitish shakli - masofaviy o'qitishning yaratilishiga omil bo'ldi.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari ta'limda tinglovchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o'zaro maxsus yaratilgan o'quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'ladilar. Internet texnologiyasini qo'llashga asoslangan masofaviy o'qitish jahon axborot ta'lim tarmog'iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o'zaro aloqa tamoyiliga ega bo'lgan yangi funksiyalarni bajaradi.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari o'qitishni barcha ta'lim olish istagida bo'lganlarga o'z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o'qitish jarayonida tinglovchi interaktiv rejimda mustaqil o'quv-uslubiy materiallarni o'zlashtiradi, nazoratdan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'tadi, o'qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa virtual o'quv guruhi a'zolari bilan muloqotda bo'ladi. AKT dan foydalanish asosan ikki xil ko'rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo'lsa, ikkinchi sharti maxsus dasturiy ta'minotlar bilan ta'minlanganligidir:

1. Texnik jihozlar bilan ta'minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qurilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, videokonferensiya jihozlari va hokazo.

2. Dasturiy ta'minotga shu soha uchun mo'ljallangan dasturlar to'plami kiradi. Masofaviy ta'limni tashkil etishda o'quv jarayonini boshqaruvchi tizimlar asosiy o'rin

tutadi. O'qitish tarkiblashtirilgan va rekursiv jarayonni ifodalaydi. Bilimlar almashish, ekspert baholash va konsensusni shakllantirish orqali bir xil o'qitish ssenariylarida jalb etilgan barcha ishtirokchilar hamda ob'ektlar intellektual faoliyat yo'nalishida yaqinlashishlari lozim. Bundan tashqari, ular o'zaro har xil turdagi ommaviy axborot vositalari orqali ma'lumot almashish imkoniga ega bo'lishlari lozim. Shunday qilib har xil o'qitish predmetlari va ob'ektlari asosida turli o'qitish jarayonlarini qurish muhim ahamiyatga egadir.

Zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi an'anaviy o'qitish usullariga qo'shimcha ravishda yangi o'qitish shakli - masofaviy o'qitishning vujudga kelishiga omil bo'ldi. Nima uchun bugungi kunda ta'limda axborot texnologiyalarini joriy etishning nazariy asosini yaratish, masofaviy ta'lim kurslarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriya-ti paydo bo'ldi? Birinchidan, o'qituvchining o'quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligi bo'lsa, ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o'qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, talabalarni kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta'lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasida ro'y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta'lim muassasasida o'quv jarayoni metodik ta'minotini rivojlantirishni talab etadi.

Zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalarining keng joriy etili-shi, xususan ta'limni boshqarish tizimlari asosida masofaviy ta'lim kurslarini joriy etish:

• fan sohalarini axborotlashtirish;

• o'quv faoliyatini intellektuallashtirish;

• ta'lim tizimidagi ishtirokchilar integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish;

• ta'lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi. Pedagogik ta'lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:

• masofaviy o'quv kurslari va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, komp'yuterdasturchilari, tegishli mutaxas-sislarning birlashuvi;

Malaka oshirish tizimida masofaviy ta'limning keng joriy etilishi:

• zamonaviy kasbiy bilimlarni egallash;

• o'rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasining chuqur o'zlashtirilishi;

• o'quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga pedagogning mustaqil faoliyati sohasini ngkengayishi ;

• interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o'qitish jarayonini individuallashtirishva differensiyalashtirish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• sun'iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali pedagogning o'quv materiallarinio'zlashtirish strategiyasini egallashi;

• axborot jamiyati a'zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishi;

• o'rganilayotgan jarayon va hodisalarni komp'yuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqish va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Demak, ta'lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta'limning

elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish,

ta'lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi.

REFERENCES

1. Developing the Professional Activity of Primary Education Teachers. N.B Nuralieva International Journal of Social Science Research and Review 5 (5), 259-264.

2. Boshlang'ich ta'limda triz-texnikasini qo'llanishi NN Bozorboyevna 2022 76-80.

3. O'quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo 'llash AN Qudratov, AX Yusupov Science and Education 2 (1), 309-313.

4. Taylaqov U.N. Xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish tizimida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo'llash muammolari. - Zamonaviy ta'lim jurnali, 2015 yil, №6.

5. Sabirova D.A. Oliy ta'lim muassasalarida masofaviy ta'limni joriy etish texnologiyalari. -Zamonaviy ta'lim jurnali, 2016 yil, №11.

6. Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta„limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. -T.: Fan, 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.