Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MENEJMENTIDA TA’LIM MAZMUNINI MILLIY QADRIYATLAR BILAN INTEGRATSIYALASH TEXNOLOGIYALARI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MENEJMENTIDA TA’LIM MAZMUNINI MILLIY QADRIYATLAR BILAN INTEGRATSIYALASH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim / tarbiya / qadriyatlar tizimi / qadriyat / milliy qadriyat / ma’naviy qadriyat / madaniy qadriyat / ta’lim-tarbiya tizimi / ta’lim texnologiyalari / ta’lim usullari / integratsiyalash.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xusniddinov M.M, Jobborov J.R

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchi-yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda ta’lim mazmuniga milliy qadriyatlarni singdirish va shu asosda kelajak avlodni o‘z yurtiga, o‘z millatiga yuksak muhabbat ruhida tarbiyalash masalalari aks ettirilgan. Ushbu vazifani oqilona hal etish, barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya tizimini, ularda amalga oshirilayotgan ta’lim texnologiyalari, ta’lim usullari va vositalarini milliy qadriyatlar tizimi bilan boyitib borish va integratsiyalash yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MENEJMENTIDA TA’LIM MAZMUNINI MILLIY QADRIYATLAR BILAN INTEGRATSIYALASH TEXNOLOGIYALARI»

UMUMIY O'RTA TA'LIM MENEJMENTIDA TA'LIM MAZMUNINI MILLIY QADRIYATLAR BILAN INTEGRATSIYALASH TEXNOLOGIYALARI 1Xusniddinov M.M., 2Jobborov J.R

1Nizomiy nomidagi TDPU, Ta'lim menejmenti kafedrasi o'qituvchisi 2Nizomiy nomidagi TDPU, Maktab menejmenti ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10809970

Annotatsiya. Mazkur maqolada umumiy o 'rta ta'lim tizimida o'quvchi-yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda ta'lim mazmuniga milliy qadriyatlarni singdirish va shu asosda kelajak avlodni o'z yurtiga, o'z millatiga yuksak muhabbat ruhida tarbiyalash masalalari aks ettirilgan. Ushbu vazifanioqilonahaletish, barchaumumiy o'rta ta'lim muassasalari ta'lim-tarbiya tizimini, ularda amalga oshirilayotgan ta'lim texnologiyalari, ta'lim usullari va vositalarini milliy qadriyatlar tizimi bilan boyitib borish va integratsiyalash yoritilgan.

Kalit so'zlar:Ta'lim, tarbiya, qadriyatlar tizimi, qadriyat, milliy qadriyat, ma'naviy qadriyat, madaniy qadriyat, ta'lim-tarbiya tizimi, ta'lim texnologiyalari, ta'lim usullari, integratsiyalash.

Abstract. This article reflects the issues of inculcating national values into the content of education and educating the future generation in the spirit of high love for their country and their nation in the general secondary education system. The rational solution of this task, the enrichment and integration of the educational system of all general secondary educational institutions, educational technologies, educational methods and tools implemented in them with the system of national values is covered.

Keywords: Education, upbringing, value system, value, national value, spiritual value, cultural value, educational system, educational technologies, educational methods, integration.

Jahonda ta'lim mazmunida milliy qadriyatlarning namoyon bo'lish shakllari bilan bog'liq masalalar dolzarbligicha qolmoqda. Umumiy o'rta ta'lim tizimida yK;yBHH-ëm.napra Tat.nHM-TapÖHA öepumga ta'lim mazmuniga milliy qadriyatlarni singdirish va shu asosda kelajak avlodni o'z yurtiga, o'z millatiga yuksak muhabbat ruhida tarbiyalash g'oyat dolzarb vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani oqilona hal etish, barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalari ta'lim-tarbiya tizimini, ularda amalga oshirilayotgan ta'lim texnologiyalarini, ta'lim usullari va vositalarini milliy qadriyatlar tizimi bilan boyitib borish va integratsiyalashni taqozo etadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o'zgarmoqda. Bo'lajak mutaxassislarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Jumladan, uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasida "Tarbiya va ta'limni bir-biridan alohida ajratib bo'lmaydi, bu ikki jarayon o'zaro uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma'naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog'lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo'lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi",- deya ta'kidlandi. Umumiy o'rta ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo'yicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalari, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, o'quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhim, dolzarb vazifa sifatida belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ta'lim tizimi o'quv-uslubiy ta'minotini milliy qadriyatlar asosida takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ta'limni qadriyatlardan foydalanib rivojlantirish bo'yicha respublikamiz olimlaridan M.Quronov, Sh.Mardonov, Yuldashev X.A.,

Yunusov M.R., O.Musurmonova, S.Nishonova, MDH davlatlari olimlaridan V.N.Kolobov, N.L.Labunskaya, M.M.Shevsova va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan bo'lsa, xorij davlatlari olimlari Aslam Fataar, R.T.Saroja, Svami Vivekananda va boshqalar tomonidan mazkur muammo doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan.

O'zbekiston Respublikasining Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida «Jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit-qizlarimizning ma'naviy va ma'rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish birinchi darajali ahamiyatga egadir. Shu bois, "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan dasturiy g'oya asosida, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish o'ta sharafli vazifadir» deb ta'kidlangan. Ushbu vazifa "yosh yigit-qizlarimizning ma'naviy va ma'rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish"ni amalga oshirishda milliy qadriyatlar bilan uyg'un holda ta'lim jarayonini tashkil etish ijobiy samara beradi.

Faylasuf olim, akademik E. Yusupov o'zining «Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi o'rni» deb nomlangan asarida qadriyatlar tushunchasini shunday ta'riflaydi: «Qadriyatlar jamiyat hayotining tarixiy hayotiga ijobiy ta'sir etadigan, kishilar ongiga singib, ijtimoiy ma'no kasb etgan moddiy, ma'naviy hodisa, jarayon bo'lsa ham, uning ahamiyati va mohiyati kishilarning ularga munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchaning o'zi ham qadr-qimmat ma'nosini bildiradi». Olim ushbu ta'rifida ko'proq ma'naviy qadriyatlarga to'xtalib, moddiy borliqqa, qadrlanadigan ashyo (jarayonlar, binolar, moslamalar, qurilmalar va b.)larga kamroq e'tibor berganga o'xshaydi. Aslida esa, kishilar o'rtasida qadr-qimmatga ega bo'lgan narsa, hodisa, jarayonlar, voqe'liklarni qadriyat sifatida qabul qilish taklif etiladi.

Davlatimiz tomonidan qabul qilingan yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga oid qonun, farmon, farmoyishlar va qarorlar mazmunida yoshlarimizni ma'naviy yetuk, barkamol qilib tarbiyalashga jiddiy e'tibor qaratilganligini anglash mumkin. Ayrim chet davlatlari axloq normalari va ijtimoiy munosabatlarga doir muammolar yechimini izlamoqdalar. Darhaqiqat, inson ma'naviy yuksak bo'lmas ekan, hech qaysi sohada jamiyatning rivojiga hissa qo'sha olmaydi.

Kishilik jamiyati ma'naviyatining asosi -milliy, ma'naviy, axloqiy, ijtimoiy, moddiy, siyosiy qadriyatlardan iborat. Ta'lim o'quvchida uning o'rni, roli va maqsadiga nisbatan qadriyatlar tuyg'usini rivojlantirishi hamda ijtimoiy, axloqiy va ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirishda shaxsga yordam berishi kerak. Bular o'quvchiga oila va jamiyatning munosib a'zosi sifatida o'z o'rnini topishiga va jamiyat farovonligiga hissa qo'shishiga yordam berishi lozim. To'g'ridan-to'g'ri darsliklar orqali va bilvosita festivallar orqali vatanparvarlik tuyg'ulari uyg'onadi. Xalqning o'tmishi va uning afsonaviy Qahramonlari hurmat qilinishi sharaflanadi.

Milliy qadriyatlar - muayyan millatlarning uzoq tarixiy davrlar asosida rivojlanib kelgan va ma'lum shakl va mazmunga ega bo'lgan ijtimoiy va ma'naviy boyliklar.

Ma'naviy qadriyatlar - bu muayyan bir millatning tarixi, yashash tarzi, buguni, kelajagi, urf-odatlari, an'analari, marosimlari, uni tashkil etuvchi avlodlar tafakkuri va o'sha millat milliy ongi tili hamda milliy madaniyatlari majmuidir.

Moddiy qadriyatlar - bu kishi va jamiyat hayotida ahamiyatli bo'lgan mehnat predmetlari, ishlab chiqarish vositalari, buyumlar, shaxs iste'mol buyumlari va shu kabilar moddiy boyliklar majmuidir.

Madaniy qadriyatlar - bu ilmiy, falsafiy, axloqiy, estetik qarashlar, g'oyalar, ideallar, me'yorlar, ta'limotlar va shu kabilar majmuidan iborat.

Ta'limiy qadriyatlar - shaxs tomonidan individual qimmatining to'g'ri baholanishini, tan olinishi, shaxs sifatida namoyon bo'lishi, shuningdek, o'ziga xoslikning saqlanib qolishini ta'minlovchi sharoitni yaratishni nazarda tutadi.

Qadr, qadriyat, qadriyatlar, milliy qadriyatlar, ma'naviy qadriyatlar, moddiy qadriyatlar, madaniy qadriyatlar va ta'limiy qadriyatlar va shu kabilar qatorini yanada davom ettirish mumkin. Mazkur tushunchalarga berilgan ta'riflardan ko'rinib turibdiki, ularning mazmun-mohiyati nihoyatda boy, qamrovi keng va hajmi katta bo'lib, ular jamiyat taraqqiyoti davomida o'tmishdagi ulug' alloma-donishmandlardan hozirgacha yetib kelgan. Bular o'quvchi-yoshlarda ma'naviy yetuk qilib shakllantirishda mustahkam didaktik ma'lumotlar bo'la oladi. Bu borada bir paytda ularning hammasidan birdaniga foydalanishning iloji bo'lmasligi aniq.

Ulug' mutafakkirlarimiz merosida ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mohiyati, tamoyillari, metodlari, vositalari, shakllari to'g'risida ahamiyatli fikrlar mavjud. Ular asarlarida o'z fikr-mulohazalarini bayon qilish barobarida ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarish, tashxis qilish hamda o'qituvchi-mudarrisning ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'rni, unga qo'yiladigan talablar, o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning o'zaro munosabatlari bilan bog'liq masalalarga alohida e'tibor berganlar.

Tarixda "Ilk uyg'onish davri" va "So'nggi uyg'onish davri", deb nom qoldirgan madaniy yuksalish davrlarida mamlakat va yurtning donishmand-allomalari misli ko'rilmagan darajada ijod qilib, ular vatanimizni dunyoga ma'lum va mashhur qildilar. Shu sababli ham bu davrlar tarix sahifalariga "Sharq uyg'onish davrining oltin davri", deb zarhal harflar bilan yozilib qoldirildi. Bu davrda ijod qilgan alloma va donishmandlar ham dunyoviy ilmlar bilan, ham diniy ilmlar bilan bab-baravar shug'ullandilar. Ular o'zbek xalqining o'tmishdagi istiqbolli orzusi doimiy maqcadiga aylanishi uchun va bunday orzuga erishishida oila boshlig'i, ta'lim muassasalaridagi murabbiylar, o'sha davrning donishmand ziyolilari va adolatparvar hukmdorlar ham yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashga, ularda halollik, to'g'rilik, adolatparvarlik, poklik, ilm olishlik, oriyat, inson qadr-qimmati, do'stlik kabi sifatlarni shakllantirishga muntazam ravishda harakat qilib kelganlar. Natijada ularning ko'pchiligi jahonga mashhur bo'ldi va bu orqali diyorini dunyoga tanitdi. O'tmishdan hozirgacha yetib kelgan bunday boy milliy-ma'naviy meros diyorimizda pedagogik ta'lim, ayniqsa xalq pedagogikasining serqirra va sermazmunligidan dalolatdir. Shu sababli ham ushbu manbalardan zamonaviy pedagogik ta'limni mukammal tashkil etishga g'oyaviy-didaktik asoslarni topish mumkin.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar turli xil moddiy va ma'naviy ehtiyojlarga javob beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo'ysundirilgan, bir-biri bilan o'zaro hamkorlik qiluvchi, o'zida bir butun ta'limni ko'zda tutgan tarbiyaviy ta'sir majmuidir. Shu sababli umumiy o'rta ta'lim muassasalari ma'naviy-ma'rifiy jarayonni tashkil qilish va muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur bo'lgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar uslublari, bilimlar, malaka va mahoratlar tizimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni tarbiyaviy ishlar amaliyotida qo'llash masalalari pedagogik jamoalarining eng muhim muammosi bo'lib qolmoqda. Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilar bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini oshirish ma'naviy-ma'rifiy ishlar texnologiyasini to'g'ri tashkil kilish va qo'llashga bog'liq. Bu esa, o'z navbatida umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirish uslubiyoti zamonaviy pedagogik texnologiyalar ishlanmalari asosida yaratishni talab etadi. Fikrimizcha, umumiy o'rta ta'lim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar texnologiyasi ijodiy faollik, mustaqil fikrlash va mohirona harakatlarga yo'naltirilgan bo'lishi va tarbiyachi hamda o'quvchilar tomonidan minimal kuch sarflagan holda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha qo'yilgan maqsadlarni egallashda eng faol shakl, usul va uslublardan foydalanish, tarbiyaviy

jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etuvchilarning doimiy va majmuaviy faoliyatining asosiy qismidan iborat bo'lishi lozim. Bunda, albatta, milliy-ma'naviy qadriyatlarni asrab-avaylashgina emas, balki ularni tiklash, yangilarini yaratish, takomillashtirish va kelgusi avlodlarga yetkazish choralarini ko'rish, avvalo ziyolilarni, qolaversa, jamiyatdagi barcha kishilarning muqaddas burchi ekanligi kelib chiqadi. Milliy qadriyatlarning integratsiyalashgan turlarini yosh avlodga o'rgatish deganda, bir necha turdosh sohalarining bir-biriga uyg'unlashgan holda, mujassamlashtirib o'rgatish tushuniladi.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalari oldiga o'quvchi-yoshlarini milliy qadriyatlardan foydalangan holda ta'lim-tarbiyalashda quyidagi vazifalar qo'yiladi: birinchidan, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'qiyotgan o'quvchilarning ma'naviy bilim doirasini aniqlash; ikkinchidan, o'quvchilarni boshlang'ich sinf bosqichidanoq ma'naviy bilim doirasini rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish; uchinchidan, o'quvchilarning milliy-ma'naviy qadriyatlar to'g'risidagi bilimlar hajmi va qamrovini aniqlash; to'rtinchidan, ta'lim mazmuniga milliy-ma'naviy qadriyatlar turlarini integratsiyalash misolida ma'lumotlarni singdirish metodikasini ishlab chiqish; beshinchidan, o'quvchilarning milliy-ma'naviy qadriyatlar to'g'risidagi shakllangan bilimlarini aniqlash mezonini ishlab chiqish; oltinchidan, o'quvchilarning milliy-ma'naviy qadriyatlar to'g'risidagi bilimlarining amaliy ko'nikmaga aylanganligini aniqlash; yettinchidan, egallangan milliy-ma'naviy va ko'nikmalarni o'quvchilar ongi va qalbiga singdirishning innovatsion uslublari va texnologiyalarini yaratish.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, yosh avlodni ma'naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, allomalarning o'giti, dono so'zlari, fikrlarini qadrlash, o'rganish, hayotda qo'llash yoshlarni fikr va dunyoqarashini kengaytiradi. Bugungi yoshlar - kelajak poydevori. Shunday ekan, ularni har tomonlama yetuk, komil, vatanparvar, yurt tinchligi va ravnaqi yo'lida fidokor bo'ladigan farzandlar qilib tarbiyalash zarur. Mustaqil tafakkur sohibi, ma'naviy barkamol, komil insonni shakllantirish, jamiyatni yot va begona g'oyalar ta'siridan himoya qilish, ko'p millatli o'zbekistonliklar ongida vatanparvarlik, insonparvarlik, qonunni hurmat qilish, el-yurt uchun fidoyilik, iymon-e'tiqod, halollik kabi yuksak ma'naviy sifatlarni shakllantirish, millatimiz sha'nini butun dunyoda himoya qilishdan iborat.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinning 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

2. Mirziyoev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - Toshkent: «O'zbekiston», 2020. -B.10 .

3. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. "O'zbekiston", 2016. B.324,486, 487.

4. Temirova N.E. Qadriyatlar va yoshlar kamoloti. -T: Falsafa va huquq instituti. 2008. B.26.

5. Saidaxmedova N.I., Xusniddinov M.M. O'zbekistonni yanada rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy qiyofasini boshqarish masalalari. Ko'p millatli jamiyatda tolerantlik, bag'rikenglikning ustuvorligini ta'minlashda milliy identiklik muammosining ijtimoiy-falsafiy tahlili. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami - T.: TDPU, 2023 yil. -B.351-356.

6. Saidaxmedova N.I., Xusniddinov M.M. Pedagogical Conditions for Effective Management of Spiritual and Educational Work and Cluster Interaction in Public Educational Institutions and

the Sphere of Culture. -V.2960-2966.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.