Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TARBIYA FANINING JORIY ETILISHI. TARBIYA FANIGA QO‘YILGAN DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TARBIYA FANINING JORIY ETILISHI. TARBIYA FANIGA QO‘YILGAN DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
107
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya fani / baholash ko‘rsatkichlari / o‘rganish bosqichlari / samaradorlik / Kompetensiya / Vatanga sadoqat / globallashuv / bag‘rikenglik / huquqiy madaniyat / innovatsion fikrlash.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sultanova N.R.

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tarbiya fanining joriy etilishi va fanga qo’yilgan davlat ta’lim standartlari haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan. Tarbiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari umumiy o‘rta ta’lim tizimida davlat ta’lim standartining negizi hisoblanadi va “Tarbiya” fanini o‘rganishning bosqichlari, ta’lim mazmuni va malaka talablarining tuzilishini belgilaydi. Tarbiya fanining malaka talablari asosida o‘quv dasturlari, davlat attestatsiyasi uchun “Tarbiya” fani bo‘yicha nazorat-baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish mexanizmlari haqida axborotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TARBIYA FANINING JORIY ETILISHI. TARBIYA FANIGA QO‘YILGAN DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI»

Sultanova N.R.

Urganch davlat pedagogika instituti 1-bosqich magistranti

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TARBIYA FANINING JORIY ETILISHI. TARBIYA FANIGA QO'YILGAN DAVLAT TA'LIM

STANDARTLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada umumta'lim maktablarida tarbiyafanining joriy etilishi va fanga qo'yilgan davlat ta'lim standartlari haqida ma'lumotlar berib o'tilgan. Tarbiya fani bo'yicha umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilariga qo'yiladigan malaka talablari umumiy o'rta ta'lim tizimida davlat ta'lim standartining negizi hisoblanadi va "Tarbiya" fanini o'rganishning bosqichlari, ta'lim mazmuni va malaka talablarining tuzilishini belgilaydi. Tarbiya fanining malaka talablari asosida o'quv dasturlari, davlat attestatsiyasi uchun "Tarbiya"fani bo'yichanazorat-baholash ko'rsatkichlarini ishlab chiqish mexanizmlari haqida axborotlar berilgan.

Kalit so'z: Tarbiya fani, baholash ko'rsatkichlari, o'rganish bosqichlari, samaradorlik, Kompetensiya, Vatanga sadoqat, globallashuv, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash.

Sultanova N.R.

1st stage graduate student Urganch State Pedagogical Institute

IMPLEMENTATION OF THE SCIENCE OF EDUCATION IN UNIVERSAL EDUCATION SCHOOLS. STATE EDUCATIONAL STANDARDS FOR EDUCATION

Abstract. This article provides information about the introduction of the science of education in general education schools and the state educational standards set for the science. Qualification requirements for students of general secondary educational institutions in the field of education are the basis of the state educational standard in the general secondary education system, and the stages of learning the subject "Education", the content of education and defines the structure of qualification requirements. Information is provided on the mechanisms for developing educational programs based on the qualification requirements of the science of education, control and evaluation indicators for the science of "Education" for state certification.

Key words: Educational science, evaluation indicators, learning stages, efficiency, Competence, Loyalty to the Motherland, globalization, tolerance, legal culture, innovative thinking.

Kirish. Respublikamizda maktab ta'limini rivojlantirish va o'sib kelayotgan yosh avlod ongida ma'naviy immunitetni shakllantirish va mustahkamlash, shuningdek, ajdodlarimizning boy ilmiy ma'naviy merosini chuqur o'rganish, ta'lim-tarbiya jarayoniga mustaqil bilimlarni shakllantirish metodikasini joriy qilish orqali o'quvchilarning o'z ustida ishlashi hamda tashabbuskorligini oshirish, o'quvchilarda axborotlarni tahlil qilish, o'z bilimlariga tayangan holda xolis xulosa qilish, vaziyatga oqilona baho berish ko'nikmasini rivojlantirish, turli xil ommaviy madaniyatlarning oldini olish immunetitini shakllantirish hozirgi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori asosida yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori ishlab chiqilib unda tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning homiladorlik davrini to'g'ri tashkil etish, go'daklar va bolalarni ma'naviy tarbiyalash bo'yicha asosiy yo'nalishlarni belgilash hamda yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish masalalari belgilab berilgan.

Tadqiqot metodlari. Globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo'lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo'lishdek hayotiy talablarni qo'ymoqda. Shu bois, O'zbekistonda «Tarbiya» fani konsepsiyasi ishlab chiqilib, u orqali davlatning ta'lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo'lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo'naltirilmoqda. Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo'nalishlarni belgilab berdi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida "Tarbiya" fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 422-son Qaroriga42 muvofiq "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida "Odobnoma", "Vatan tuyg'usi", "Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari" hamda "Dunyo dinlari tarixi" fanlarini birlashtirgan holda yagona "Tarbiya" fani 1-9-sinflarda 2020/2021 o'quv yilidan, 10-11-sinflarda esa 2021/2022 o'quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan edi. Hozirgi kunda ushbu belgilangan vazifalar to'liq amaliyotga tadbiq etilib, maktablarda "Tarbiya" fani bo'yicha o'quvchilarga darsliklar joriy qilinib amaliyotda qo'llanilib kelmoqda.

42 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida "Tarbiya" fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 422-son Qarori //

Tadqiqot natijalari. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini o'rganishlar natijasida ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma'naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish maqsadida umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Odobnoma", "Vatan tuyg'usi", "Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari" hamda "Dunyo dinlari tarixi" fanlarini birlashtirgan holda yagona "Tarbiya" fani joriy qilindi. Darsliklarni tayyorlashda Yaponiyaning "Axloq ta'limi", Singapurning "Fe'l-atvor va fuqarolik ta'limi", Buyuk Britaniyaning "Tafakkur", "Xulq ta'limi" fanlari va darsliklari yaqindan o'rganildi. Ushbu darsliklarda ilk marotaba XX asr ko'nikmalari deb nom olgan "yumshoq ko'nikmalar" joriy qilindi. Darslik orqali o'quvchida bilim berishdan tashqari ko'nikma shakllantiriladi. O'quv darsliklaridagi amaliyotga yo'naltirilgan mashg'ulotlar va mavzular yuzasidan berilgan topshiriqlar o'quvchida muvaffaqiyatga erishishga motiv uyg'otadi va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi. O'quv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan bo'lib, darslikda "role -model", ya'ni "namuna keltirish" zamonaviy pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Darslikning motivatsion tarafi shunki, unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan buyuk insonlarning yutuqlari tahlil qilinadi. 2020-2021-o'quv yili uchun sinov tariqasida joriy etilgan 1-9-sinfgacha bo'lgan darslik ustida bitta ijodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi o'rtasidagi tafovut va takrorlanishlarni oldini oldi va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishi ta'minlandi.

№ Standart darajalari Ta'lim bosqichi Darajalarining nomlanishi Tarbiya kompetensiyalari43

1 A1 Maktabgac ha ta'lim "Tarbiya" fanini o'rganishning boshlang'ich darajasi Bola boshlang'ich odob-axloq tushunchalarga ega bo'ladi

2 A2 UO'T 4-sinf bitruvchisi "Tarbiya" fanini o'rganishning tayanch darajasi - orzu qiladi -maqsadlarini aniq qo'ya oladi va amalga oshirishga intiladi -tanqidiy tafakkurga ega bo'ladi -mas'uliyatni anglaydi -hamkorlik qila oladi - axloq qoidalariga ega bo'ladi -to'g'ri harakatlarga ega bo'ladi - jarayonda tashabbus ko'rsatadi -o'z-o'zini rivojlantiradi - faoliyatini tahlil qila oladi -atrof muhitga oqilona munosabatda bo'ladi

43 Kompetensiya - lotincha: competo — erishyapman, munosibman, loyiqman.

3 A2+ UO'T 9-sinf bitruvchisi "Tarbiya" fanini o'rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi -maqsad qo'ya oladi -mas'uliyat va majburiyatiga amal qiladi -hislarni anglaydi va nazorat qila oladi -mustaqil va sog'lom fikrga ega bo'ladi -pul topish ko'nikmalari shakllanadi -liderlik sifatlari namoyon bo'ladi -biznes va tadbirkorlik g'oyalarni ilgari suradi -kreativ sifatlarni namoyon qiladi -to'g'ri qaror qabul qiladi -faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'ladi -axborotni taxlil qiladi axborot xavfsizligidan himoyalana oladi -bag'rikenglikni namoyon qila oladi

4 B1 UO'T 11-sinf bitruvchisi "Tarbiya" fanini o'rganishning umumiy darajasi -ish o'rinlarini yaratishga intiladi mehnat jamoasi va mutaxasislar bilan samarali hamkorlik qiladi - ijtimoiy sharoitga moslasha oladi - o'z o'zini rivojlantiradi,bilimini muntazam ravishda oshirib boradi - burch-majburiyatlarini biladi -faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi -nizoli vaziyatlarda o'zini idora qila oladi -muamoli vaziyatlarni tinch yo'l bilan hal qiladi - ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'ladi va targ'ib qila oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi qarori

2. Tarbiya fani bo'yicha umumiy o'rta ta'lim muassalari o'quvchilariga qo'yiladigan malaka talablari. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2020-yil 14-oktabrdagi 235-son buyrug'iga ilova.

3. Абу Наср Форобий Фозил одамлар шахри - Тошкент.: Янги Аср Авлоди. 2016.

4. https://uz.wiktionary.org/wiki/kompensatsiya

5. https://lex.uz/docs/-4885018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.