Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA TARBIYA DARSLARI ORQALI VATANGA MUHABBAT HISLARINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA TARBIYA DARSLARI ORQALI VATANGA MUHABBAT HISLARINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1654
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf / vatanparvarlik / ma`naviyat / ta`lim / tarbiya fani / darslik / tarbiya fani maqsadi / interfaol metodlar

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Samariddin Barakayevich Qorayev, Muhayyo Zohir Qizi Fayzullayeva

Maqolada tarbiya fanining maqsadi, tarbiya fanini o‘qitishda o‘qituvchi uchun adabiyotlar ro‘yxati, boshlangʼich sinf oʼquvchilarini vatanparvarlik hislarini oshirishda tarbiya fanida qo‘llaniladigan metodlar to‘g‘risida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA TARBIYA DARSLARI ORQALI VATANGA MUHABBAT HISLARINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TARBIYA DARSLARI ORQALI VATANGA MUHABBAT HISLARINI OSHIRISH

TEXNOLOGIYASI

Samariddin Barakayevich Qorayev

Chirchiq davlat pedagogika instituti (PhD)

Muhayyo Zohir qizi Fayzullayeva

Chirchiq davlat pedagogika instituti fayzullayevamuhayyo23121997@gmail. com

ANNOTASIYA

Maqolada tarbiya fanining maqsadi, tarbiya fanini o'qitishda o'qituvchi uchun adabiyotlar ro'yxati, boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanparvarlik hislarini oshirishda tarbiya fanida qo'llaniladigan metodlar to'g'risida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, vatanparvarlik, manaviyat, talim, tarbiya fani, darslik, tarbiya fani maqsadi, interfaol metodlar.

KIRISH

Atoqli fransuz adibi Viktor Hyugoning: "Maktab ochish turmani yopishdir" degan hikmatli iborasida purma'no so'z borligi barchamizga ma'lum. Ya'ni maktab ochilgan joyda ta'lim bo'ladi. Tarbiya bor joyda ma'naviyati yuksak o'quvchilar bo'ladi. Demak o'z-o'zidan qamoqxonalarga extiyoj qolmaydi. Ta'lim va tarbiya -birining o'rnini biri to'ldiruvchi tushunchalardir.

Boshlang'ich sinflarda tarbiya darsi orqali vatanga sadoqat hissini, irodalilik, mafkuraviy immunitet, shuningdek ularning shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy, ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi hamda mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish va oshirish shu bilan birga ma'naviy tarbiyani amalga oshirishda o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni kamol topishida ota-ona, tarbiyachi, o'qituvchi muhum ahamiyat kasb etadi. Yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqsh kabidir. Inson hayotining aynan yoshlik, bolalik davrida o'rganilgan har qanday bilim, ko'nikmalar u ulg'aygach erishgan barcha yutuqlarining kaliti bo'lib xizmat qiladi. Bolalik - kishi umrining ko'klam davri, unda hayotning bo'lg'usi yillari uchun urug' ekiladi. Ulug' allomalarimiz tarbiyaga e'tibor qaratgani, "Tarbiya biz uchun yo

June, 2022

542

hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan Abdulla Avloniy. Ta'lim-tarbiya taraqqiyoti mamlakat ravnaqi va taqdiriga daxldor masaladir. Yurtning jadal rivojlanishi, xalqining farovon yashashi davlatdagi yoshlarning ta'lim-tarbiyasi, ularga yaratilayotgan sharoitlarga chambarchas bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2019-yil 31-dekabr "Uzliksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari haqida"gi 1059-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 6-iyul "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida "Tarbiya" fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" 422-sonli qarori qabul qilindi. "Tarbiya" darsligi "Odobnoma", "Vatan tuyg'usi", "Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari" hamda "Dunyo dinlari tarixi" fanlarini birlashtirdi. "Tarbiya" fani 1 - 9-sinflarda 2020/2021 o'quv yilidan, 10 — 11-sinflarda esa — 2021/2022 o'quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etildi.[1] Tarbiya fanining maqsadi darslik orqali o'quvchida bilim berishdan tashqari hayotiy ko'nikma shakllantiriladi va bosqichma-bosqich bolada maqsad qo'yish va unga intilish ko'nikmasini shakllantirib boradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarbiya darsi

❖ 1-sinfda o'quvchi dastlab orzularini aniqlay olishni o'rgatilsa,

❖ 2-sinfda o'z oldiga maqsad qo'ya olish ko'nikmasi shakllantiriladi.

❖ 3-sinfda o'quvchida dasturni o'zlashtirish natijasida maqsad va orzu-umidlarini amalga oshirishga harakat qilish ko'nikmasi paydo bo'ladi.

❖ 4-sinfda atrofda bo'layotgan voqea-hodisalarga sog'lom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida o'zini anglaydi va o'z xatti-harakatlarini tahlil qiladi.[2]

Bolalarni maktabgacha yoshdan boshlab o'z ona shahri, milliy an'analarining o'ziga xos xususiyatlari haqida bilimlarni oshirish va uni kelajak avlodga yetkazish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri. Shuningdek, yaqinlar, qarindosh, yurtdoshlarga nisbatan mehr, saxiy munosabat, birovning qayg'usiga hamdardlik va rahm-shafqat va ular bilan ishlash tizimi oilada axloqiy va vatanparvarlik tarbiyasi muhum ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan eng dolzarb muammolarni hal etishning dolzarbligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan ishlashda vatanparvarlik tuyg'usi bolaning oilaga, unga eng yaqin odamlarga - onasi, otasi, bobosi, buvisi, aka-uka va opa-singillariga munosabatidan boshlanadi. O'z uyiga muhabbat va mehrni o'zining asl ma'nosida rivojlanish vatanparvarlikning birinchi boshlang'ich bosqichi

June, 2022

543

bo'lib xizmat qiladi. Boshlang'ich 1-2-sinflar o'quvchilari uchun Vatan tushunchasini tushuntirish bir muncha onson bo'lishi uchun uni o'ziga bo'lgan munosabatni, birinchi do'stlari, u boradigan bolalar bog'chasi, uyi joylashgan ko'cha - bularning barchasi bolaning o'z uyi, uning uyi haqidagi g'oyalarini tushuntirish va sindirishdan boshlash maqsadga muvofiq.

Tarbiya fanini o'qitishda o'qituvchi o'z ustida ishlashi uchun ma'naviy adabiyotlar bilan ishlash metodi muhum omil. Masalan, Imom Buhoriy "Sahih Hadis", Alisher Navoiyning "Hikmatlari", Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Hadis va hayot", Obbiddin Mahmudovning "Farzandnoma", Abdulla Avloniy, Behbudiy kabi ma'rifatparvar jadid bobolarimizning ilmiy meroslaridan foydalanish muhum. Tarbiya fani keng qamrovli fan bo'lib, fanni o'qitish metodlari: og'zaki, hikoya, suhbat, tushuntirish, ko'rgazmali, monolog, dialog, keys,namoyish metodi,amaliy ishlar metodi, interfaol metodlar va boshqalar.

7 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan davrda o'quvchilarga ta'lim berishning eng maqbul shakli - bu o'yin. Boshlang'ich sinf yoshdagi o'quvchilarning xulq-atvorning ijtimoiy shakli oddiy taqlid qilishga qaratilgan. O'quvchilarga turli ta'limiy o'yinlar orqali vatanga muhabbat, kattalar hayotidan xulq-atvor normalari o'qitiladi, qadriyatlar tushuntiriladi. 1-sinfda ko'pincha og'zaki, 2-3-4 sinflarda esa yozma ravishda metodlar qo'llash tavsiya etiladi. Boshlang'ich sinflarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan interfaol metodlar, ta'limiy o'yinlardan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlash, fikriga asoslagan holda himoya qila bilish, mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish fikrini bayon qilishga, o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirishga, ijodiy izlanish, tahlil qilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanishi bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lashga, qiziqishlarini oshirish xulosalar chiqarishga yordam beradi. Tarbiya darslarida "Aqliy hujum", "Fikrlar hujumi", "Tarmoqlar" metodi, "Sinkveyn", "BBB", "Beshinchisi ortiqcha", "6x6x6", "Bahs-munozara", "Rolli o'yin", "FSMU", "Kichik guruhlarda ishlash", "Yumaloqlangan qor", "Zigzag", "Oxirgi so'zni men aytay" kabi zamonaviy texnologiyalarni qo'llash yuqori samara beradi. Mashhur fin pedagogi R.Nevanlinna bu borada shunday deydi: "Yaxshi dars berishning usullari juda ko'p, yomon dars berish usullari undan ham ko'p; eng yomon usul -zerikarli dars berishdir " Shunday ekan dars metodlarini tanlashda o'quvchilarning psixik faoliyati, qobiliyatlarini hisobga olishimiz kerak.

1-sinf tarbiya darsligi mavzular ro'yxatida Vatanparvarlikka bag'ishlangan 1-mavzu: "Vatan ishonchi" mavzusi 1-sinfga qadam qo'ygan o'quvchilarning vatan

June, 2022

544

tushunchasi darajasini aniqlash, sinf o'quvchilarining bilimlarini tenglashtirish vazifalasi turadi. 11-12 mavzu: "Mening mahallamda yashash yaxshi" Mavzulari ajratilgan bo'lib bunda o'qituvchidan pedagogik mahorat talab etiladi. "So'zning o'rnini topish"o'yini metodi. O'quvchilarga she'riy parchadan tushib qoldirilgan so'zlar alohida pasgi qatorda saqlanadi.

Masalan, ............, vatanim,

.......quvnab ko 'rganim.

........dan kulganim,

.........-gulshanim. (P.Mo 'min)

Tushirib qoldirilgan so'zlar: Vatanjonim, Ko'zim, Istiqbol, O'zbekiston. Muammoli ta'lim metodi. Ular odatda hikoya shaklida taqdim etiladi va ko'pincha muammoni hal qilishni, o'quvchilardan savolni mustaqil ko'rib chiqishni so'raydi, so'ngra o'quvchilarga uni juftlikda, nihoyat, butun sinf bilan birgalikda muhokama qilish imkoniyatini beradi. Ushbu faoliyat chuqurroq fikrlashni, muammolarni hal qilishni yoki tanqidiy tahlilni rag'batlantirish uchun savollar bilan ideal ishlaydi. Guruh muhokamalari juda muhim, chunki ular o'quvchilarga fikrlash jarayonlarini ifodalash imkonini beradi.

"Muammoli vaziyat" usulining afzalliklari sinfdagi barcha o'quvchilarni jalb qilish (ayniqsa, guruhda baham ko'rishda qiynalishi mumkin bo'lgan faol bo'lmagan o'quvchilarga ovoz berish imkoniyati), o'qituvchi uchun tezkor fikr-mulohazalarni (masalan, o'z fikr-mulohazalarini oshkor qilish) o'z ichiga oladi. Ushbu metod darslikdagi mavzuni o'rganishda, yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo'llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to'rtta va taalluqli bo'lmagan (ortiqcha) bitta so'z (tushuncha, fikr) beriladi.

XULOSA

O'qituvchilarning zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali, unumli foydalanib, darslarni ilg'or pedagogik texnologiyalar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi- Fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Davlat Gerbi, Davlat Bayrog'i, Davlat Madhiyasiga va jamoaviy hayot normalariga hurmat ruhida tarbiyalashdir. Ta'lim oluvchilarning boshlang'ich sinfdanoq barkamol va shaxsiy konstitutsiyaviy huquq, burchlari amalga oshirilishini ta'minlash uchun sharoit yaratishdan iborat. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari muntazam ravishda tizimli va ilmiy asosda tashkil etiladi. Har bir ishni muntazam amalga oshirish shu ishning maqsadi va sifat ko'rsatgichi yuqori

June, 2022

545

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

bardavom bo'lishini ta'minlaydi. Maktabda vatanparvarlik tuyg'usini va chin insoniy fazilatlarni oshirishda tarbiya, ona tili va o'qish fanlarini o'qitishda singdirib borishni tartibli va tizimli yo'lga qo'yish o'quvchilar ongida bo'shliq qolmay, kelajakda Vatanimizga ulkan hissasi, nafi tegadigan kadrlar bo'lib yetishadi.

REFERENCES

1. Alijon Karimjonov, Fariddun Ochilov "Boshlang'ich sinflarda ta'lim tarbiya muammolari" Toshkent-2020

2. N.Ismatova va b. Tarbiya: 1- sinf uchun darslik. 1-nashr.-T.:G'afur G'ulom nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi-2020

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabr "Uzliksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari haqida"gi 1059-sonli qarori

4. Raxmonov, A. R. (2021). MAKTAB O'QUVCHILARIDA MILLIY VATANPARVARLIK TUYG'USINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY VOSITALARI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 1549- 1556b

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.