Научная статья на тему 'OʼRTA UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA TARBIYA DARSLARINI JORIY ETILGANLIGI VA AHAMIYATI'

OʼRTA UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA TARBIYA DARSLARINI JORIY ETILGANLIGI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

3103
245
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim tizimi / tarbiya jarayoni / tashkilotlar / kadrlarni tayyorlash / ta’lim-tarbiya / STEAM yondashuv / education system / educational process / organizations / training / education / STEAM approach

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mohidil Sobirjon Qizi Yoʼldosheva

Insonning kelajakda muvaffaqiyatli inson bo‘lish eng avvalo to‘g‘ri maqsad qo‘yishga bog‘liq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning ta’limotiga ko‘ra, hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishishni o‘rganish ham aslida bir fan. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich bolada maqsad qo‘yish va unga intilish ko‘nikmasini shakllantirib boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTRODUCTION AND IMPORTANCE OF EDUCATIONAL COURSES IN SECONDARY SCHOOLS

Being successful in the future depends on setting the right goals. According to the teachings of such famous lecturers as Dale Carnegie and Brian Tracy, learning to set goals and achieve them in life is actually a science. An important aspect of parenting is that it gradually develops the child's ability to set goals and strive for them

Текст научной работы на тему «OʼRTA UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA TARBIYA DARSLARINI JORIY ETILGANLIGI VA AHAMIYATI»

O'RTA UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TARBIYA DARSLARINI JORIY

ETILGANLIGI VA AHAMIYATI

Mohidil Sobirjon qizi Yo'ldosheva

Namangan davlat magistranti

ANNOTATSIYA

Insonning kelajakda muvaffaqiyatli inson bo'lish eng avvalo to'g'ri maqsad qo'yishga bog'liq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning ta'limotiga ko'ra, hayotda o'z oldiga maqsad qo'yish va unga erishishni o'rganish ham aslida bir fan. "Tarbiya" fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma -bosqich bolada maqsad qo'yish va unga intilish ko'nikmasini shakllantirib boradi.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, tarbiya jarayoni, tashkilotlar, kadrlarni tayyorlash, ta'lim-tarbiya, STEAM yondashuv.

INTRODUCTION AND IMPORTANCE OF EDUCATIONAL COURSES IN

SECONDARY SCHOOLS

ABSTRACT

Being successful in the future depends on setting the right goals. According to the teachings of such famous lecturers as Dale Carnegie and Brian Tracy, learning to set goals and achieve them in life is actually a science. An important aspect of parenting is that it gradually develops the child's ability to set goals and strive for them.

Keywords: education system, educational process, organizations, training, education, STEAM approach.

KIRISH

Ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi o'zaro integratsiya jarayonlarini rivojlantirish dolzarb masalalardan. Jumladan, tarbiyaviy ta'limni modernizatsiyalashda maktabgacha ta'lim tashkiloti, umumiy o'rta ta'lim, professional ta'lim va oliy ta'lim tizimlarining o'zaro integratsiya jarayonlarini bosqichma-bosqich, oddiydan-murakkabga qarab yo'lga qo'yilishi natijasida ishlab chiqarish sohalari uchun yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishiladi.

Naql qilishlaricha, bir donishmandning oldiga yosh ona go'dagini bag'riga opichlagancha kelib:

Aytingchi, farzandim uch yoshga kirdi, men unga necha yoshidan ta'lim-tarbiya bera boshlasam bo'ladi?, - deb so'rabdi. Shunda, - Donishmand: -Qizim, 3-4 yilga kechikibsan. Farzandingga ona qornidayoq tarbiya bera boshlash kerak edi, degan ekan. Ha, darhaqiqat inson onaning vujudida bunyod bo'ldimi, unga onajonisining quyoshdanda qaynoq mehri, otasining onasiga nisbatan go'zal muhabbati-yu, atrofdagi buvi-yu, bobo va qarindoshlarining girdikapalakdek g'amxo'rliklari, onaning halol luqma yeb, chiroyli o'y-fikrlar qilishi, xushsurat, xushnavo dunyo ajoyibotlaridan zavqlanib, Alloh taolloga shukur qilib yashashi, bolasiga tunlari mayin ovozda aytib bergan allasi va eng muhimi bizning umr yo'limizda bosh mayoq bo'lgan yo'riqnomamiz Qur'oni Karimdan 3-4 oyat tilovat qilib tursalar bormi, bunday farzand - Rustam-u Dostondek pahlavon, Alisher Navoiydek ulug' shoir, Zahiriddin Muhammad Boburdek adolatli va nozikta'b podshoh, Farobiydek qomusiy olim, Ibn Sinodek tibbiyotning sultoni dunyoga kelishiga ishonchimiz komil. Avvalo, ta'lim-tarbiya oiladan boshlanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'quvchilarga bilim berishda ta'lim bilan tarbiyaning uyg'unligi nimada? O'quvchilarga ta'lim berishda ta'lim muassasalari pedagoglarining asosiy vazifalari "Ta'lim to'g'risidagi qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" mazmun-mohiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Davlat dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun esa davlat va jamoat tashkilotlarining ishonchli va mustahkam hamkorligi, ta'lim muassasalari mutaxassislari, oilalar, mahalla faollarining uzviy aloqasi amaliy natija berishi aniq. Har bir o'quvchining botiniy ongida iqtidor, qandaydir bir istedod bor, uni shakllantirishda esa biz pedagoglardan ziyraklik va mahorat talab qilinadi. Darslarda ayniqsa, o'zbek tili darslarida STEAM yondashuv asosida mashg'ulotlarni tashkillashtira olsak, bu bizning ulkan muvaffaqiyatimiz bo'la oladi. Sababi STEAM yondashuv asosida ta'lim berish bolada aqliy mehnatni amaliy ko'nikma asosida rivojlantirish, ularda borliqni anglab tushunish va fanlar o'rtasida o'zaro bog'liqlikni his etish kabi malakalarni shakllantiradi. Ta'limga bunday yondashuvda o'quvchi mavzuni nafaqat tabiiy fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematikaga kabi fanlar bilan o'zaro bog'lagan holda o'rganadi, balki olgan bilimlarining hayotdagi in'ikosining guvohi bo'ladilar. Yangi darslikning avvalgilaridan farqi nimada?

1. "Tarbiya" darsligi "Odobnoma", "Vatan tuyg'usi", "Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari" hamda "Dunyo dinlari tarixi" fanlarini birlashtirdi.

2. 1-9-sinflarda - 2020/2021-o'quv yilidan, 10-11-sinflarda esa 2021/2022-o'quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

3. Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning "Axloq ta'limi", Singapurning "Fe'l-atvor va fuqarolik ta'limi", Buyuk Britaniyaning "Tafakkur", "Xulq ta'limi" fanlari va darsliklari yaqindan o'rganildi.

4. Ilk marotaba darsliklarda 21-asr ko'nikmalari deb nom olgan "yumshoq ko'nikmalar" joriy qilindi. Darslik orqali o'quvchida bilim berishdan tashqari ko'nikma shakllantiriladi.

5. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yo'naltirilgan mashg'ulotlar va mavzular o'quvchida muvaffaqiyat motivlarini uyg'otadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi.

6. O'quv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan.

7."Tarbiya" darsliklarida "role-model", ya'ni "namuna keltirish" zamonaviy pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi.

8. Bu yil sinov tariqasida 1-9 sinfgacha bo'lgan darslik ustida bitta ijodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi o'rtasidagi tafovut va takrorlanishlarni oldini oldi va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishi ta'minlandi.

9. Darslik yorqin, rangli, illyustratsiyalarga boy va har bir bo'limi o'ziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan ta'minlangan. Har bir darslik uchun video, audio, media materiallar jamlashgan disk beriladi.

Aslini olib qaraganda, davlatimiz rahbarining ta'lim borasida qilgan eng katta islohotlaridan biri umumta'lim maktablarida "Tarbiya" fani joriy etilishi bo'ldi desak adashmaymiz. Real hayotdagi muammolar va virtual olamning ta'siri doirasida inson shaxsi psixikasi katta sinovlar oldida turgan bir paytda hattoki ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda ham yoshlar orasida jiddiy muammolar uchrayapti. Virtual hayotdagi "olomonlashuv" holatlari real hayotga ham ko'chmoqda. Achinarlisi, ba'zan bu "xislat"lar yosh tanlamayapti.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaly pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud

bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi.

Tarbiya — ish, hunar, odob-axloq o'rgatishga va umuman kishining g'oyaviy va ma'naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta'lim sistemasi. Shunday ta'lim sistemasi natijasida singdirilgan xislat, fazilat, odob-axloq ("O'zbek tilining izohli lug'ati").

Shu o'rinda Abdulla Avloniyning tarbiya borasidagi qiymati o'lchanmas fikrini isbot o'rnida keltirmoqchiman: "Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir". Ma'lumki, ta'lim va tarbiyaning o'rtasida ochiq-oydin farq bor. "Ta'lim"—arabcha so'z, o'zagi ilm, tarbiyaning bir qismidir. Tarbiya esa ta'limni o'z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o'z -o'zidan ta'limga nisbatan keng qamrovlidir. Jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish zaruriyat, va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o'z ichiga oladi. Tarbiyaning makoni qalb bo'lib, inson qalbiga ta'sir etuvchi manbalardan foydalangan holda tarbiyaviy ishlar yo'lga qo'yilmog'i lozim. Ha aytgancha, adabiyot (odob) o'qitishning bosh maqsadi ham komil shaxsni shakllantirish! Adabiyot darslarida hadislar, adiblar, ularning ijod namunalari, asar qahramonlari va ular tahlili jarayonida o'quvchi ruhiy va aqliy kamoloti bilan shug'ullaniladi. Asar qahramonlari ruhiyatiga kirish jarayonida o'quvchilar albatta o'zlariga xos tuyg'ularni his qilishadi. Birgina A.Qodiriyning "O'tkan kunlar" asarida Kumushning o'lim to'shagida yotgan holatda bo'lsa-da, Yusufbek hojiga hurmat ko'rsatib o'rnidan turishga intilishining o'zidayoq tarbiyaviy jihatlar o'rgatilayotganini kim rad etoladi?! Adabiyot darslarida o'g'rilik va to'g'rilik, qo'rqoqlik va uning badali, hissiyotlar ifodasi, vatanparvarlik, oilaga sadoqat, xiyonat, oqibat kabi insonga xos hislar o'rgatiladi va bu orqali o'quvchi tarbiyalanadi. Albatta, natija o'qituvchi mahoratiga ham bog'liq. Ishonavering, adabiyot darslari o'quvchilarni katta hayotga adiblar va ularning asarlari orqali tarbiyalab, tayyorlaydi. Ta'lim — komil tarbiyaning bir juz'idir. U esa aqlni rivojlantiradi va sayqallashtiradi. Natijada u o'z hayotida kerak bo'ladigan ilm-u ma'rifatni, ashyolar to'g'risidagi turli ma'lumotlarni, kasbiy mahoratni yoki kasb va hunarlarga tegishli bo'lgan fanlarni o'rganadi. Lekin tarbiyaga o'xshab keng qamrovli bo'la olmaydi. Chunki ta'lim insonning ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini birdek qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham ta'lim va tarbiya doimo birga bo'lishi talab etiladi. Bu haqiqatni esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari orqali ham bilib olishimiz mumkin. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Olloh taolo Men orqali yuborgan hidoyat va ilmning misoli yerga yoqqan yomg'ir kabid ir.

Yerning ba'zi joyi yaxshi ekan, suvni qabul qilib, ko'plab nabotot va o'simliklarni o'stiribdi. Uning ba'zi joylari qattiq ekan, suvni tutib qolibdi. Bas, u bilan Olloh odamlarga manfaat beribdi. Ular undan ichibdilar, sug'oribdilar va ekin ekibdilar. Yerning ba'zi joylari silliq ekan. Suv tutmas va ekin ham o'stirmas ekan. Ana o'sha xuddi Ollohning dinida faqih bo'lgan kishiga o'xshaydi. Olloh men ila yuborgan narsa unga manfaat beribdi. O'zgalarga o'rgatibdi. Boshqasi o'sha narsaga e'tibor bermagan kishiga o'xshaydi. Yana biri esa, men ila yuborilgan Ollohning hidoyatini qabul qilmagan odamga o'xshaydi, "dedilar".

XULOSA

Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishi, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e'tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo'lib o'sishiga ishonadi. Yosh bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya inson o'zida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishiga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir-birlariga bo'lgan ruhiy, ma'naviy ta'sirlari natijasida tarkib topadi deb, voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligini uqtiradi.

Xulosa qilib aytganda, tarbiya fanining joriy etilishi natijasida o'quvchilar ta'lim-tarbiyasida ijobiy o'zgarishlarga erishilishi ko'zda tutilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2019 dagi "O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.12.2018 dagi Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-son qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida" 187- son qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.