Научная статья на тему '“TARBIYA” FANI ORQALI TAYANCH MA’NAVIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA O’QITUVCHI-O’QUVCHILAR HAMKORLIK FAOLIYATI'

“TARBIYA” FANI ORQALI TAYANCH MA’NAVIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA O’QITUVCHI-O’QUVCHILAR HAMKORLIK FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
266
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“Tarbiya” fani / “Tafakkur” / “Хulq taʼlimi” / “Aхloq taʼlimi” / “Feʼl-atvor va fuqarolik taʼlimi”.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Хusenоva Sadоqat Bоtirоvna

Ushbu mаqоlаdа bоshlang‘ich sinf о‘quvchilarida tayanch ma’naviy kоmpetentsiyalarni shakllantirishda “Tarbiya” fanining ahamiyati, хorijiy tajribalar, Buyuk Britaniya, Hindiston, Yaponiya, BAA, Singapur kabi davlatlarining ta’lim tizimida mazkur fanning nomlanishi, predmeti, maqsad va vazifalari, о‘quvchi yoshlarda ma’naviy-aхloqiy tarbiyani shakllantirishdagi ahamiyati haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“TARBIYA” FANI ORQALI TAYANCH MA’NAVIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA O’QITUVCHI-O’QUVCHILAR HAMKORLIK FAOLIYATI»

"TARBIYA" FANI ORQALI TAYANCH MA'NAVIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA O'QITUVCHI-O'QUVCHILAR HAMKORLIK FAOLIYATI

Хusenоva Sadоqat Bоtirоvna

FarDU Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi sadoqatkarimova170@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10115946

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida tayanch ma'naviy kompetentsiyalarni shakllantirishda "Tarbiya" fanining ahamiyati, xorijiy tajribalar, Buyuk Britaniya, Hindiston, Yaponiya, BAA, Singapur kabi davlatlarining ta'lim tizimida mazkurfanning nomlanishi, predmeti, maqsad va vazifalari, o'quvchi yoshlarda ma'naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirishdagi ahamiyati haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: "Tarbiya"fani, "Tafakkur","Xulq ta'limi", "Axloq ta'limi", "Fe 'l-atvor va fuqarolik ta'limi".

Аннотация. В данной статье рассказывается о значении дисциплины "Воспитание" в формировании у учащихся начальных классов базовых духовных компетенций, зарубежном опыте, названии, предмете, целях и задачах данной дисциплины в системе образования таких стран, как Великобритания, Индия, Япония, ОАЭ, Сингапур, о ее значении в формировании духовно-нравственного воспитания учащейся молодежи.

Ключевые слова: "Воспитание", "Мышление", "Воспитание поведения", "Воспитание нравственности", "Воспитание характера и гражданственности".

Abstract. This article describes the importance of "Upbringing" in the formation of basic spiritual competencies in primary school students, the naming, subject, goals and objectives of this subject in the educational system of such countries as foreign experiences, Great Britain, India, Japan, UAE, Singapore, the importance of the student in the formation of spiritual and moral education in young people.

Keywords: "Discipline", "Science" "thinking", "Behavioral education", "Moral education", "Behavioral and civic education".

Kirish. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida aynan "Tayanch ma'naviy kompitensiyani" shakllantirish orqali esa, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, o'z xulq va faoliyatini ongli nazorat qila olish, irodalilik, mafkuraviy immunitet shakllanishiga imkon beradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-4307-son Qarori[1] hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son "Uzluksiz ma'naviy tarbiya kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida "Tarbiya" fani orqali o'quvchilarda ma'naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko'nikma va malakalarni ta'lim mazmuniga keng singdirish, o'quv fanlari doirasidagi ma'naviy tarbiya indikatorlarini amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda qo'llay olish imkonini beruvchi amaliy mashq va topshiriqlar, ma'naviy-axloqiy kompetensiyalar bilan boyitish muhim vazifa sifatida belgilab berilgan.[2]

Аdаbiyоtlаr tnhlili vа mеtоdlаr. Shu sababli xalqaro tajribalarni o'rganib birinchi marta umumta'lim maktablarida "Tarbiya" fanini joriy etildi. Shu maqsadda, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning tajribalari o'rganildi, amaldagi fanlarning o'quv

dasturlari har tomonlama qiyosiy tahlil qilindi"[3] quyida mazkur davlatlarning ta'lim tizimidagi ma'naviy-ahloqiy tarbiyani shakllantirishga qaratilgan fanlarni keltirib o'tamiz.

Buyuk Britaniya ta'lim tizimida "Tafakkur","Xulq ta'limi"(Think) deb nomlangan fan mavjud bo'lib, bu fan Fikrlash va xulq-atvorni tarbiyalashga yo'naltirilgan. Fikrlash va xulq-atvorni tarbiyalashintizomi Buyuk Britaniyadagi ta'lim dasturining bir qismidir. U mantiqiy, tanqidiy, ijodiy va analitik fikrlash kabi fikrlashning turli jihatlarini o'rganishni o'z ichiga oladi. Shuningdek, u talabalarga qaror qabul qilish, ma'lumotlarni tahlil qilish va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlan-tirishga yordam beradi. Intizom doirasida talabalar turli xil fikrlash usullari va strategiyalarini o'rganishlari va muammolarni hal qilish va loyihalarni amalga oshirish orqali ularni amalda qo'llashlari mumkin.

Hindiston ta'lim tizimining muhim tarkibiy qismi bo'lgan "Value Education" Bu fan orqali o'quvchi yoshar orasida kelajakda faol fuqarolik va jamoada etakchilik fazilatlarini shakllantirishga yordam beradigan qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek halollik, adolat, boshqa madaniyatlar va dinlarga hurmat, o'zlarining xatti-harakatlari uchun javobgarlik kabi xislatlarni ham shakllantirishga qaratilgan.

Yaponiya "Axloq ta'limi" (Education for Ethics) Yaponiya ta'lim tizimidagi asosiy fanlardan biridir. Fanning maqsadi o'quvchi yoshlarning kelajakda mas'uliyatli fuqarolar va etakchilar bo'lishiga yordam beradigan axloqiy qadriyatlar va tamoyillarni shakllantirishdir. Ushbu fan doirasida talabalar adolat, halollik, boshqa odamlarga va atrof-muhitga hurmat kabi tushunchalarni o'rganadilar. Shuningdek, ular axloqiy qarorlar qabul qilishni va ularga amal qilishni o'rganadilar.

Birlashgan Arab Amirliklari, ta'lim tizimidagi asosiy fanlardan biri Axloqiy tarbiya (Moral education)dir. Axloqiy tarbiya o'quvchiyoshlarda o'z shaxsini shakllantirishda va uni zamonaviy dunyoda hayotga tayyorlashda muhim rol o'ynaydi. Bu ularga jamiyatdagi rolidan xabardor bo'lishga va boshqa odamlarning hayotini yaxshilash uchun qanday harakatlar qilishlari mumkinligini tushunishlariga yordam beradi.

Singapur ta'lim tizimidagi xulq-atvor va fuqarolikni tarbiyalashga yo'naltirilgan "Fe'l-atvor va fuqarolik ta'limi" (Inspretions for live)fanidir. Fanning maqsadi o'quvchi yoshlarda kelajakga ishonch va axloqiy qadriyatlar tamoyillarni shakllantirishdir.

Natijalar va muhokama. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar va adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki "Tarbiya" fanining xalqaro andozalari sifatida qaralgani rivojlangan davlatlarning ta'lim tizimining asosini tashkiletuvchi fanlarning maqsadi va vazifalari o'quvchi yoshlarda odob-axloq qadriyatlari, huquqiy savodxonlik, jamoani boshqarish, insonlar va tabiatga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirish orqali o'zligikni anglashga qaratilgan ekan. Bundan ko'rinib turibdiki o'quvchilarda, xususan kichik maktab yoshidagi bolalarda tayanch ma'naviy tarbiya indekatorlarini shakllantirishda "Tarbiya" fani asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. "Uzluksiz ma'naviy tarbiya kontseptsiyasi"da belgilab qo'yilgan vazifalardan kelib chiqib, umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlari o'quvchilarda yoshiga mos tayanch ma'naviy-axloqiy fazilat (kompetensiya)lar — Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik shakllantirish, "Tarbiya" fani orqali o'quvchilarda ma'naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko'nikma va malakalarni ta'lim mazmuniga keng singdirish nazarda tutilgan.

Хulоsа. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nafaqar boshlang'ich sinf o'quvchilarida barcha yoshdagi o'quvchi yoshlarda tayanch ma'naviy kompetentsiyalarni shakllantirish "Tarbiya" fanining asosiy vazifalaridan biridir. Bu vazifani amalga oshirish uchun fanni o'qitilishini to'gri tashkil qilish va bu borada an'anaviy hamda zamonaviy usullardan to'g'ri foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Har qanday faoliyatni aniq maqsadni ko'zlab va unga yetkazuvchi vositalar to'g'ri tanlansagina muayyan natija beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-4307-son Qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son "Uzluksiz ma'naviy tarbiya kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi Qarori

3. Halimova D. "Tarbiya fanini o'qitishda buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish" o'quv uslubiy qo'llanma. Toshkent - 2020

4. Jalolov A. Mustaqillik mas'uliyati. - T.: O'zbekiston, 1996. - B.29.

5. Muslimov N.A. Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. dokt. - Т.:2007.-315 6.

6. O'rinova N., Xusenova S. "Bo'lajak o'qituvchilarni tarbiyaviy ishlarga tayyorlashning texnologik modeli" pedagogika va psixologiyada innovatsiyalar 4 jild, 7 son

7. Xodjayev B.X. Umumta'lim maktabi o'quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didiktik ta'minot vositasida rivojlantirish: Dis. ... ped. fan. dok. - T.: 2016. - 314 b.

8. Xusenova S. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarbiya fani vositasida ma'naviy-ahloqiy tarbiya kompitensiyasini shakllantirish" World scientific research journal Volume-16 _Issue-2 June - 2023.

9. Yusupov E. Inson kamolotining ma'naviy asoslari. - T.: Universitet, 1998. - B.34.

10. TapacoBa Н.В. "Мирoвoй onbiT реализации KoMneTeHTHocraoro пoдxoда в пpoфeccиoнaльнoe oôpasoBaH^" // Среднее пpoфeccиoнaльнoe oôpasoBaH^. - 2007. - 30-38 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.