Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUHAMMADRIZO OGAHIY HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHNING MAVJUD HOLATI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUHAMMADRIZO OGAHIY HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHNING MAVJUD HOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘quv dasturlari / adabiyot darsliklari(9-10-sinf) / yangicha yondashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fayzullayeva Maftuna Odil Qizi

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Muhammadrizo Ogahiy hayoti va ijodini o‘qitishning dastur va darsliklardagi mavjud holati haqida ma’lumotlar berilgan va amaldagi darsliklarning o‘qitishmetodikasiga munosabat bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUHAMMADRIZO OGAHIY HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHNING MAVJUD HOLATI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MUHAMMADRIZO OGAHIY HAYOTI VA IJODINI O'QITISHNING MAVJUD HOLATI

Fayzullayeva Maftuna Odil qizi

TAFU "Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13269410 Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida Muhammadrizo Ogahiy hayoti va ijodini o'qitishning dastur va darsliklardagi mavjud holati haqida ma'lumotlar berilgan va amaldagi darsliklarning o'qitish metodikasiga munosabat bildirilgan.

Kalit so'zlar: O'quv dasturlari, adabiyot darsliklari(9-10-sinf), yangicha yondashuv.

KIRISH

Mumtoz adabiyot vakillarining ibratli hayot yo'lini, mushohadaga boy ijodiyotini chuqur o'rganish va bugungi kun o'quvchi-yoshlariga ularni namuna sifatida ko'rsatish, ijodiyotini qiziqarli tarzda o'rgatish, hayotiga tatbiq etishga chorlash adabiyot o'qitish oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mustaqillikdan so'ng yaratilgan bir qator adabiyot o'qitish jarayonidagi iste'molda bo'lgan dastur va darsliklarda yuqoridagi vazifalar inobatga olinib, yangilanishlar qilingan. Adabiy ta'limning maqsadi, darsliklarning mazmuni bir qadar o'zgargan. Bir necha yozuvchi, shoirlar qatorida Muhammadrizo Ogahiy hayoti va ijodiyotini o'rganish yuzasidan amaliyotda boy tajribalar to'plangan. Mustaqillikdan so'ng ta'lim bosqichlarida ijodkorning hayoti va ijodini o'rganish uchun o'quv dasturlarida bir qancha soatlar ajratilgan. Bu borada bir qator umumiy o'rta ta'lim maktablari adabiyot fani uchun tuzilgan dastur va darsliklarni yilma-yil o'rganib chiqdik. Quyida ijodkor hayoti va ijodini umumiy o'rta ta'lim maktablarning amaldagi darsliklarida berilishi haqida fikr-mulohaza bildirishga harakat qildik.

2 ADABIYOTLAR TAHLILI VA

METODOLOGIYASI

Bugungi kun umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quv jarayoni kuzatilib, o'quv dasturlari o'rganib chiqilganda, Muhammmad Rizo Ogahiy hayoti va ijodini o'rganishga ajratilgan soatlar quyidagicha ekanligi ko'rinadi:

9-sinf adabiyot (Adabiyot: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Q.Yo'ldoshev, V.Qodirov, J.Yo'ldoshbekov. - T.: "O'zbekiston" NMIU, 2019.) jami 4 soat:

1) Muhammadrizo Ogahiyning hayoti va ijodi;

2) Ogahiy lirikasi;

3) "Ustina" radifli g'azal tahlili;

4) Ogahiyning g'azallari haqida; Lirika haqida.

Ushbu darslik hozir amalda bo'lib, 1-soatda

o'quvchilarga ijodkor hayoti va ijodiyoti haqida ma'lumotlar berish, qolgan 3 soat darsda esa uning g'azallari tahlilini qilish ko'zda tutilgan. Darslikda ijodkorning jami 4 ta g'azali berilgan bo'lib, 2 ta g'azal tahlilga tortilgan. Har bir g'azaldan so'ng tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlar lug'ati hamda savol va topshiriqlar berilgan. Bugungi globallashgan zamon o'quvchilariga ta'lim berishning yangicha interfaol usullarini ishlab chiqish, darsliklardagi mavzularni qiziqarli metodlar asosida tuzish juda muhim va zarur. Yuqoridagi kabi

savol va topshiriqlar bugungi kun o'quvchisini qiziqtirmay qo'yganligi hech kimga sir emas. Bu borada bir qator yangiliklar qilinayotganligi ma'lum, ammo bu izlanish va yangiliklar ta'lim sohasi rivoji yo'lida kamlik qiladi. Ana shunday yangiliklardan biri bu yilgi ba'zi darsliklarning xorij tajribasi asosida yangilanganligi bo'ldi. Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 6-,7-,10-sinf adabiyot darsliklari yangilandi, mavzuyimizga asosan, biz Ogahiy hayoti va ijodiyoti berilgan 10-sinf adabiyot darsligiga to'xtalamiz. O'quv dasturida ijodkorning hayoti va ijodi uchun 10-sinfda jami 3 soat ajratilgan.

10-sinf adabiyot (Adabiyot: Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun darslik. Z.Mirzayeva, K.Jalilov. - T.: RTM, 2022.) jami 3 soat:

1) Ogahiy: Tarixiy davr. Muallif haqida ma'lumot;

2) "Ohista-ohista" va "Ustina" g'azallari tahlili;

3) "Bo'lmasa bo'lmasun netay" va "Navro'z bo'lsin" g'azallari tahlili. Tuyuqlar.

Darslik avval tuzilgan darsliklardan farq qiladi, yangicha yondashuv seziladi. Mavzu boshlanishida dastlab mavzuga kiruvchi savol berilgan. Bu o'quvchi xotirasida mavjud bilimlarni uyg'otib, mavzuga kirib, uni yaxshi tushunishiga turtki bo'ladi. So'ng ijodkor yashagan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot haqida qisqa ma'lumot berib o'tilgan. O'quvchi ko'z o'ngida o'sha davr ruhiyati jonlanishi uchun surat (Dishan qal'a) ham keltirilgan. So'ng Ogahiy hayoti va ijodi haqida qisqa ma'lumot keltirib o'tilgan. Undan so'ng Ogahiy lirikasi tahliliga o'tilgan. Har bir g'azal tahlilida baytma-bayt o'quvchiga savol bilan murojaat qilingan. Tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlar lug'ati avvalgi darsliklardek sahifaning oxirida emas, ayni o'sha so'z qatnashgan baytning yon tomonida joylashgan. Bu o'quvchiga juda qulay bo'lib, bayt mazmunini tez tushuna olishida yordam beradi. So'ng g'azallarda uchrayotgan she'riy san'atlar haqida ixcham va tushunarli ma'lumotlar berib o'tilgan. Mavzuni mustahkamlash maqsadida guruh bilan ishlanadigan topshiriqlar berilgan. Bu topshiriqlarning yaxshi tomoni shunda-ki, birgina topshiriq orqali faqat Ogahiyning emas, undan oldin o'tilgan mavzulardagi ijodkorlar haqidagi ma'lumotlarni eslab, tahlil qilib, qiyoslab o'rganishga asos bo'ladi. Bu bir paytning o'zida o'quvchida qiyoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, baholash kategoriyalarining oshishiga yordam beradi.

3 MUHOKAMA

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

Yuqorida ko'rib o'tilgan darsliklar va o'quv dasturlar holatidan ko'rinadi-ki, so'nggi yillarda adabiyot o'qitish metodikasida yangi burilishlar qilinmoqda. Ayniqsa, darsliklar tarkibi o'rganilganda, darsliklar xorij tajribasidan kelib chiqib, o'quvchini mavzuga qiziqtira olish, uning mavzuni o'rganishda qobiliyatlaridan kelib chiqib yondashishga asos bo'la oladigan zamonaviy metodlar asosida dars tashkil etishga turtki bo'layotganining guvohi bo'lamiz. Ogahiy g'azallari o'zining ham mazmuniy, ham shakliy jihatdan yetukligi bilan adabiyot olamida o'zining alohida o'rniga ega. Uning, ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-didaktik va ishqiy mavzuda yozilgan g'azallari necha asarlar osha dunyo ilm ahlining tengsiz durdonasi, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik mulkiga aylandi. Ko'rib o'tilganidek, fan dasturlarida Ogahiyning lirik merosiga oid bir necha g'azallar kiritilgan. Xususan, "Ustina" radifli g'azal shoir she'riyatining badiiyati darajasini yaqqol ko'rsatib beruvchi asarlar sirasiga kiradi. Ushbu g'azal o'quvchida sof ishqiy lirikadek taassurot uyg'otsa-da, uning qatiga chuqurroq kirib borganda, unda ham falsafa, ham axloq, ham ijtimoiy hayot, hatto siyosat borligini, ammo yetakchi ohang baribir ishq ekanligini anglaydi. Yoki yana bir g'azalini olaylik. "Navro'z" radifli g'azali. Ushbu g'azal tabiat lirikasining go'zal namunasi sanaladi. Unda tashxis san'atidan foydalangan holda shoir bu bahoriy ayyomni madh etadi. Ogahiyning shu kabi bir necha lirik namunalari berilishi, ularni o'qitish, o'rgatish bugungi kun yoshlari tafakkur dunyosining kengayishiga, hayot mazmun-mohiyatining mag'zini chaqa olishiga, hayotga o'zining o'tkir va teran nigohi bilan qaray olishiga va muammoli vaziyatlarda oqilona yechim topa olib, chiqib keta olishiga bevosita xizmat qiladi. Hech birimizga sir emas-ki, mustaqillikkacha bo'lgan davr erkin fikrlar, qarashlar bo'g'iq holatdagi bir davr edi. Ayniqsa, bu holat adabiyot olamida yaqqol namoyon bo'ladi. Negaki, mumtoz adabiyotdagi bir qator ijodkorlar va ularning ijod namunalariga qarashda biryoqlamalilik kuchli edi. Tayin-ki, o'quvchilar ham ana shunday biryoqlama fikrlardan chiqib keta olmas edilar. Ammo bugungi kun kitobxon o'quvchisi bunday emas. Mustaqillik, erkinlik sharofati bilan unib-o'sib, ulg'ayib kelayotgan bugungi kun avlodi qiyosiy tahlil qila oladigan, tahlillardan o'zining xulosalarini chiqara oladigan, o'zining sof dunyoqarashiga ega bo'lgan kishilardir. Bugungi kunning ana shunday kitobxonlariga hayotning turli rakurslaridan qarash, baholash qiziqarli va foydaliroqdir. Ogahiy ijodiyotida Ogahiyning jami 18000 misradan iborat bo'lgan, bizgacha to'la holda yetib kelgan, an'anaviy tartibda tuzilgan "Ash'ori forsiy" nomli fors tilidagi 1300 misra she'rlari ham kiritilgan "Taviz ul-oshiqin" ("Oshiqlar tumori") nomli devoni ma'lum. Ushbu devonda juda ko'plab tahlilga tortish mumkin bo'lgan, o'rganilib, tafakkurni, dunyoqarashni o'stirishga xizmat qiladigan ijod namunalari ko'pligi yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdi.

4 XULOSA

Bugungi kunning yuqorida ta'kidlangandek, zukko kitobxon-o'quvchilari uchun ana shunday boshqa ijod namunalaridan ham darsliklarga kiritish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Yo'nalish markazida shoir she'riyati turishi aniq. Negaki, umumiy o'rta ta'lim maktablari adabiyot dasturida qo'yilgan bosh maqsad, Ogahiyning tarixiy, tarjima, poetik asarlarini emas, balki, asosan, she'riy merosi va undagi ayrim asarlarni o'rganish, o'zlashtirishdan iborat. Bilamiz-ki, Muhammadrizo Ogahiy o'z zamonasining mashhur va iste'dodli shoiri bo'lish bilan birga, muarrix (tarixchi) va tarjimon, davlat arbobi ham bo'lgan. Bizningcha, Ogahiyning lirik merosini o'rganishdan tashqari, uning tarixchilik va tarjimonlik faoliyati bilan va bu borada yaratilgan asarlar bilan, tarjimalar bilan ham bugungi kun o'quvchisini tanishtirish muhim masaladir. O'quvchi mumtoz adabiyotning qaysi bir ijodkori tarjimai holini, ijodini o'rganmasin, avvalo, o'quvchini o'sha davr muhitiga olib kirish, o'sha davrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy, ma'naviy-ma'rifiy holati qanday ekanligini tushuntirish lozim bo'ladi. Bunda bevosita tarix, geografiya, iqtisodiyot, siyosat, psixologiya bilan integratsiyaning o'rni katta. Ijodkor tarixiy asarlari bilan tanishish, o'rganish asnosida o'z-o'zidan o'quvchida buni anglashga, baholashga, xulosalar chiqarishga, bugungi kun va ijodkor yashab, ko'rgan-kechirganlari davrini qiyoslab, fikr-mulohazalarini boyitishga yo'l ochiladi, ya'ni o'quvchi davrni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, psixologik kontekstlarda o'rganadi, natijada ijodkor ijodidagi ruhiyatni anglaydi. Ijodkor ijodidan tarixiy, kerakli faktlarga ega bo'ladi. Buni boshqa fanlarda ham kerakli o'rinlarda qo'llaydi. O'quvchida olingan bilimlar real hayotda qo'llanilib, ko'nikmaga aylanadi.

ADABIYOTLAR:

[1] Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinfi uchun

[2] darslik. Q.Yo'ldoshev, V.Qodirov, J.Yo'ldoshbekov. T.: "O'zbekiston" NMIU, 2019. 130147.

[3] Adabiyot: Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun

[4] darslik.Z.Mirzayeva,K.Jalilov.-T.:RTM,2022.156-162.Yo'ldoshev Q. Yangilangan pedagogik tafakkur va umumta'lim maktablarida adabiyot o'qitishning ilmiy-metodik asoslari. Toshkent:1996. 3-25.

[5] Yo'ldoshev Q., Husanboyeva Q. Adabiy ta'lim davlat standarti. || Ta'lim taraqqiyoti. 1-maxsus son. 1999.18-24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.