INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 1, 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA FANLARNI O'ZARO ALOQADORLIKDA TASHKIL ETISHDA ADABIYOT BILAN BOG'LASHNING KENG
IMKONIYATLARI
Abdukarimova E.I.
JDPU, katta o'qituvchi.
https://doi.ors/10.5281/zenodo.7146717
Annotatsiya:Maqolada umumta'lim maktablari musiqa madaniyati darslarida fanlar aloqadorligidan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, imkoniyatlari musiqa darslarining o'ziga xos tuzilish xususiyatlari bilan bog'liq ravishda tahlil qilingan hamda metodik tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar. Fanlararo aloqadorlik, umumta'lim maktablari, musiqa madaniyati, dars, ta'lim, estetik tarbiya, samaradorlik.
Ma'lumki, insonning ma'naviy ongi, dunyoqarashi va ma'naviy kamolotining shakllanishida musiqa sana'ti o'zining qudratli ta'sir kuchi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch" asarida haqli ravishda ta'kidlaganlaridek "Bizning vatanimizda musiqaning sehrli kuchini his etmay yashayotgan kishini topish qiyin. Bugungi kunda, ayniqsa musiqa san'ati boshqa san'at turlariga nisbatan yoshlarning tarbiyasiga ko'proq va kuchliroq ta'sir etmoqda"1.
Haqiqatdan ham, musiqa insonning axloqiy va estetik hissiyotlariga kuchli va betakror ta'sir etish xususiyati bilan pedagogik fanlar tizimida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun ham musiqa ta'limida ushbu fanni o'qitilishida eng avvalo tarbiyaviy maqsadlar bosh vazifa hisoblanadi.
Ta'limning barcha bo'ginlarida fanlar bo'yicha ishlab chiqilgan Davlat ta'lim standartlari talablari faqatgina yoshlarga chuqur bilim va tarbiya berishni emas, balki ertangi kun yaratuvchilari bo'lmish yoshlarni ta'limning keyingi bosqichlariga tayyorlash vazifalarini ham ko'zda tutadi. Bu esa, amaldagi ta'lim tizimining barcha bosqichlarida muhim didaktik ahamiyatga ega bo'lgan o'quv fanlarini bir-biri bilan o'zaro aloqador mexanizmlaridan o'z o'rnida va samarali foydalanish va shu orqali talim va tarbiya ishlarini takomillashtirib borishni taqozo etadi.
Ta'limning barcha bosqichlarida fanlarning integratsyalashuv jarayoni shuni ko'rsatadiki, fanlarning o'qitilishida ularni o'zaro aloqadorlik xususiyatlaridan maqsadli foydalanish, darslarni pedagogik va metodik jihatdan to'gri tashkil qilinishi, har bir fanni o'qitilishini mazmunli va sifatli bo'lishini kafolatlaydi.
Pedagogika fanlari tizimida fanlararo bog'liqlik va aloqadorlikning didaktik ta'limdagi ahamiyati va fanlarni o'zaro bog'liqlik va aloqadorlikda tashkil etishning umumiy
1I.Karimov. Yuksak ma'naviyat engilmas kuch. Toshkent, Ma'naviyat, 2008-yil, 44-bet.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 1, 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
jihatlari ancha keng va ilmiy asosli yortilgan bo'lsada, aynan musiqa darslarini o'zining tabiiy tizimli xususiyatlariga ko'raboshqa fanlar bilan aloqadorlikda tashkil etish amaliyoti va tajribasi yetarli darajada o'rganilmagan. Shunga ko'ra biz o'zimizning pedagogik amaliyotimizda musiqa darslarini boshqa fanlar bilan o'zaro aloqadorlikda tashkil etishning ta'lim samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlarini aniqlashga harakat qildik. Shu yo'nalishda o'tkazilgan darslardan biri ona-tili va adabiyot fani bilan bog'liq ravishda tashkil etildi.
Bu o'rinda mumtoz Musiqa mavzusidagi darslarni adabiyot va ona tili fani bilan o'zaro aloqadorlikda tashkil etishdagi keng imkoniyatlarga ega ekanligi e'tiborga olindi. O'zbek mumtoz musiqasi mavzusidagi qo'shiqlarni tinglash, o'rganishda ularni asosan, mumtoz adabiyot vakillarining sh'er, g'azallariga bastalangan, yuksak ijod namunalari ekanligiga hamda she'riy matnda k'oplab so'zlarni hozirgi kunda iste'molda bo'lmaganligi tufayli o'quvchi-yoshlarni tushunmasligi, pirovardida asar g'oyaviy-badiiy mazmunini to'liq idrok etolmasliklari, she'riy matn mazmunini sharhlashda ona tili va adabiyoti fani o'qituvchilarning hamkorligi yaxshi samara beradi.
O'zbek qo'shiqchilik san'atida mashhur va ma'lum, juda ko'plab hofizlar, xonanadalar qatori havaskorlar tomonidan ham sevib kuylanib kelinayotgan Guluzorim asari umumta'lim maktablarining 6- sinf musiqa repirtuariga tinglash uchun kiritilgan. Bu asar o'zbek bastakorlik ijodiyotining nodir namunalaridan bo'lib, uni mashhur san'atkor, hofiz, mumtoz va maqom ashula va kuylarning mohir ijrochisi Hoji Abdulaziz Abdurasulov hazrat Alisher Navoiy g'azaliga bastalagan. Biz mana shu qo'shiqni "musiqa tinglash" jarayoinida o'quvchilarga eshittirish va bu asar haqida keng va atroflicha bilim, tushunchalar berish bilan uni mumtozlik xususiyatlarini to'laqonli idrok etishlariga erishish maqsadida darsga alohida tayyorgarlik ko'rdik (albatta, ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari yordamidan foydalangan holda).
1. Alisher Navoiy ijodi, uning juda ko'plab g'azallari o'zbek milliy musiqasining eng nodir va bebaho ashulalari sifatida xalqimizning madaniy va ma'naviy xazinasidan munosib joy olib kelayotganligi haqida ma'lumotlar to'plandi. Munojot (Sarvi gulru kelmadi), Ushshoq (Qaro ko'zim), Shitob aylab, Koshki, Ko'cha bog'i, Ey sabo va hokazo).
2. Alisher Navoiyning adabiyotimiz rivojiga, tilimizning taraqqiyotiga qo'shgan bebaho xizmatlari haqida muhtasar suhbat matni tayyorlandi.
3. A.Mahmudovning "Hoji Abdulaziz Abdurasulov" nomli kitobidan bu buyuk hofiz va bastakorning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid3-4 daqiqaga mo'ljallangan ma'lumotlar olindi.
4. Bir o'quvchiga "Gulizorim" ashulasining g'azalini yod olish va ifodali o'qish topshirildi.
5. G'azal matnining g'oyaviy-badiiy mazmunini sharhlash uchun adabiyot o'qituvchisi taklif etildi.
Do'stlarim bir nozanin ishqi bu hol etmish mani,
Zulfi savdosi bu yanglig' poymol etmish mani.
Lola gul ruhsori hajr, ashkimni ol etmish mani.
Bir pari paykar g'ami oshufta hol etmish mani,
Elga ahvolim demakda gungu lol etmish mani,
Eygulizorim, rahmaylanigorim.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 1, 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ishqi yetkurmish meningdek telbani bu yerga kim, Teshilur ko'ksim malomat o'qidin har yerdakim. Yo'q majolim o'yla holimdin o'zinga dergakim, Men havoyini ne tong ko'rguzsalar bir-birgakim. Egma qoshi fikri andog' kim hilol etmish mani. Ey gulizorim, rahm ayla nigorim.
Gohi majnun elga, gohi sog' ilan teng o'lmisham, Hasratingda, lola yanglig' dog' ila teng o'lmisham, Kim xazon faslidagi yaproq ilan teng o'lmisham, Yorni kuyi ichra kim tuproq ilan teng o'lmisham, Ishqi savdosi bu yanglig' poymol etmish mani Ey gulizorim, rahm ayla nigorim.
6.G'azalmatnidagi "zulf", "poymol", "ruxsor", "hajr", "ashk", "ol", "oshufta", "lol", "men havoyini", "hilol", "majnun"kabi so'zlarga sharh beriladi.
7.Nihoyat,ushbu qo'shiqning mashhur hofiz va xonandalar ijrosidagi magnit yozuvi (Berta Davidova, Gulzoda Xudoynazarova, O'ktam Axmedov, Dilnura Qodirjonova) topib tayyorlab qo'yildi.
Mana shunday tayyorgarlikdan so'ng belgilangan kuni 6-sinfda ko'rsatib o'tilgan rejaga binoan ishlab chiqilgan ssenariy asosida dars o'tkazildi.
Dars juda ham qizg'in, o'quvchilar mutlaqo kutmagan, o'ziga xos noan'anaviy tarzda o'tdiki, buularning chehralaridan, bir-birlariga o'z fikr-mulohazalarini bildirishlari va ko'plab savollar bilan murojaat qilishlarida ko'rindi.
Dars so'nggida o'quvchilardan dars haqida fikrlari so'ralganda ular yakdillik bilan yaxshi taassurot olganliklarini ta'kidlashdi.
Mazkur darsning yakuniy xulosalari Musiqa darslarini fanlararo aloqadorlikda tashkil etish o'quvchilarni qiziqish va faolliklarini oshirishga keng imkoniyat yaratishini ko'rsatdi. Bu borada fanlararo aloqadorlikda o'tkaziladigan darslarni oldindan rejalashtirish, unda fanlarning aloqadorlik xususiyatlaridan dars mavzusi va mazmuniga ko'ra foydalaniladigan ma'lumotlar, misollar, namunalar, ko'rgazmali, texnik vositalar tanlanishi va ularni qo'llash holati, o'rni, shakli, vaqt me'yori aniq belgilanishi darsning sifatli va mazmunli o'tishida muhim o'rin tutadi.
Mazkur yo'nalishdagi pedagogik tajribalar musiqa darlarini fanlar aloqadorligida tashkil etishda quyidagi talab va mezonlar asosida ish tutish maqsadga muvofiq bo'lishi to'g'risida xulosalar chiqarishimizga sabab bo'ldi:
1. Darsni fanlar aloqadorligida tashkil etishda eng avvalo dars mavzusidan kelib
chiqish;
2. Mavjud shart-sharoit va imkoniyatlarni hisobga olish;
3. O'quvchilarning qiziqishlari, o'zlashtirish darajalari, boshqa fanlarga oid bilimlardan xabardorligini (sinflarda o'qitiladigan fanlar bo'yicha) e'tiborda tutish;
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 1, 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
4. Ma'lumotlar, manbalarni qiziqarli, tushunarli va aniqligiga e'tibor qaratish;
5. Fanlararo aloqadorlikda o'tkaziladigan darsning ta'limiy, tarbiyaviy maqsad va mazmunini didaktik tahlildan o'tkazish;
6. O'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar mazmunini belgilab olish;
7. Nazariy va amaliy bilimlarni sinf va sinfdan tashqari faoliyatlarda mustahkamlab
borish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. I. Karimov. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch".Toshkent, Ma'naviyat, 2009 yil. Umumiy 1. Qudratov I, Abdukarimova E. "Musiqa darslarida fanlararo aloqadorlik" Samarqand, SamDu bosmaxonasi, 2015yil.
2. E.Abdukarimova. Ilm ham jamiyet Ajiniyaz atindagi Nokis mamleketlik pedagogikaliq instituti "Texnologik loyihalash- musiqa mashg'ulotlarida samarali ta'lim". 2019 (№1) ISSN 2010-720X
3.Elnoza Ismatillayevna Abdukarimova Актуальные вызовы современной науки. "Yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashda xalq musiqa merosi qudratli tarbiya vositasi" iscience 2017 йил
4. 2. Umumta'lim maktablarida musiqa ta'limi va tarbiyasi Konsepsiyasi. - Toshkent, XTV, 1995 yil.
5. O'zbek xalq musiqasi. To'plovchi va notaga oluvchi Y.Rajabiy, 1-Tom. -T.:Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1955y.567b.