INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'ATNI O'QITISH DIDAKTIKASI
Mamataliev Ahmadjon Ganievich
Ozbekiston badiy ijodkorlar uyushmasi azosi, Andijon davlat pedagogika instituti
Tasviriy san'at fani oqituvchisi Adhamova Oltinoy Rafiqjon qizi Andijon davlat pedagogika instituti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi 2-bosqich
talabasi
Ganiyeva Gulshanoy Abdulatif qizi
Andijon davlat pedagogika instituti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi 2-bosqich
talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7192625
Annontatsiya. Ushbu maqolada umum ta'lim maktablarida tasviriy san'atni o'qitish metodikasi haqida qisqacha so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: san'at, tasvir, rang tasvir, mutaxassis, talab, takomillashtirish.
ДИДАКТИКА ОБУЧЕНИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ ИСКУССТВУ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ШКОЛЕ
Аннотация. В данной статье кратко рассказывается о методике обучения изобразительному искусству в общеобразовательной школе.
Ключевые слова: искусство, образ, цветное изображение, специалист, спрос, совершенствование.
DIDACTICS OF TEACHING VISUAL ARTS IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS
Abstract. This article briefly talks about the methodology of teaching visual arts in general education schools.
Key words: art, image, color image, specialist, demand, improvement.
KIRISH
Tasviriy san'at fani bo'yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda «Tasviriy san'at metodikasi» pedagogika kollejlarda o'rganiladigan maxsus o'quv fanlardan biri bo'lib, u bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini tasviriy san'atdan amaliy mashg'ulotlarda metodik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirishning muhim omilidir. Bu nazariy va amaliy mashg'ulotlar talabalarni badiiy-kasbiy bilimini, malaka mahoratini shakllantirishga hamda ularni maktab o'quvchilari va pedagogika kollej talabalariga badiiy ta'lim-tarbiya berish jarayonida qollashga va o'rgatishga qaratilgan. 1997-yili O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da estetik turkumdagi fanlarni o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan bo'lib, xususan uning «Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari» qismida uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish prinsiplaridan biri ta'limning ijtimoiylashuvi deb qaraldi.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
U ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, vuksak manaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish lozimligini qayd etadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to'g'risida»gi Qaroriga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
uchun malakali pedagog-kadrlar tayyorlash bo'yicha tayanch oliy ta'lim muassasasi, deb belgilandi. Tasviriy san'at o'qituvchisi fanning barcha bo'iimlari bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lishi boshqa fanlar bilan aloqalari, san'atshunoslik va gumanitar vo'nalishlari haqida aniq tasavvur hamda ularni amalda qo'llash malakasiga ega bo'lishi zarur. Pedagogika kollejlarida ijodkorlarni tavyorlash bo'yicha talablar rassom-pedagoglar oldiga mazmunan yangi vazifalarni qo'ymoqda. Shuning uchun ushbu qo'llanmada o'quv dasturi asosida fan o'qituvchisi bilishi zarur bo'lgan mavzularni yoritishni maqsadga muvofiq, deb hisobladik. Eng asosiy maqsad — zamonaviy tasviriy san'at o'qituvchisi orqali yoshlarimizdagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab. Ularni to'g'ri shakllantirish va yuzaga chiqarish. Tasviriy san'at pedagogikasining o'ziga xos murakkabliklarini tushunib. Uning nozik qirralarini o'quvchilarga ulashish mahoratiga ega bo'la oladigan ustozlarni yetishtirib chiqarishdir. Bu borada O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning «Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilavotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o'rganilishi an'analarimizning saqlanishi, madaniyat va san'at, fan va ta'lim rivoji bilan uzviy bog'liqdir»1, degan so'zlari bilan Ma'naviyat cho'qqisiga intilishga chorlamoqda. Buning uchun ta'lim olayotgan har bir talabani san'atga moyilligini, mavjud iqtidorlik va ijodiy qobiliyatini boyitib uni amaliy. nazariy, 1 mix jihatdan shakllantirish maqsad qilingan. Ta'limning samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talablariga javob berishi bilan belgilanadi. Tasviriy va amaliy san'at o'qituvchilarini shakllantirish uchun bu sohadagi barcha amaliy hamda nazariy bilimlar ta'lim sifatida zarur. Bular, asosan, qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya. amaliy bezak san'ati, haykaltaroshlik, san'at tarixi va eng asosivsi, bu bilimlami o'rgatishning metodik asoslarini egallash hisoblanadi. Ta'lim mazmunidagi bu bilimlarni egallash vositasida bo'lajak o'qituvchi o'z sohasining ustasi bo'libgina qolmasdan, balki ana shu san'at sirlarini o'quvclii va yoshlarga ulasha olish malakasiga ega bo'ladi. Tasviriy, amaliy san'at ta'limi va tarbiyasi mazmunida milliy san'at merosimiz bilan birgalikda umumbadiiv ta'limshunosligi va uslubiyatiga tayanish lozim. Yosh pedagog tayyorlashda ta'lim mazmunining muhim yo'nahshlari, umumbadiiy va milliy an'analarning ustuvorligiga amal qilishi darker.
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA
«Metod» yunoncha so'z bo'lib, «tadqiqot yo'li», «bilish usuli»ma'nosini anglatadi. Pedagogikada o'qitish metodlari deganda, o'quvchilarning bilim, mahorat va malakalarni egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va dunyoqarashini tarkib toptirishda o'qituvchilarning qo'llagan ish usullari tushuniladi. Metodika ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining o'quvchilar bilan ishlash usullarining, mazmunining xususiyatlarini qarab chiqadi. Ma'lumki, o'qitish jarayonida xilma-xil metodlar qo'llaniladi. Bu yerda ta'lim usuli, o'quv materiallarining joylashishi (o'quv rejasi, dasturi), ta'lim tamoyillari va tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir. «*M etodika» so'zining ma'nosi, avvalo, ta'lim va tarbiyadagi samarali usullarning majmuyi hisoblanadi. Tasviriy san'at metodikasi oldida pedagogika fanining tarmog'i sifatida quyidagi vazifalar turadi:
1. Tasviriy san'at metodikasining aniq maqsadlari va uning fan sifatida bilim berish hamda tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash.
2. Tasviriy san'at metodikasining mazmuni va tuzilishini aniqlash.
3. O'quvchilarning chuqur bilim, ko'nikma va malakalarni egallashda eng samarali uslub, vosita va shakllarini ishlab chiqishi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
4. O'quvchilarning bilim olish jarayonini kuzatish va tadqiqot ishlarini olib borish. Tasviriy san'at metodlari deganda, o 'qituvchining o'quvchilar bilan ishlash usullari natijasida o'quv materiallarini yaxshi bilib olish darajasiga erishish va o'zlashtirish darajasining oshirilishi nazarda tutiladi. Har bir o'qitish metodlari o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilimlar mazmuni (hajmi)ga monand tarzda ta'lim maqsadiga, o'quvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlariga bog'liq. O'qitish usuli — bu ta'llim-tarbiyaning alohida qismlari hisoblanib. Ularning yig'indisi o'qitish metodlariga kiradi. Umumiy yo'nalishga qaratilgan ma'lum bir o'qitish metodlari va usullarining majmuasidan o'qitish tizimi tuziladi.
XULOSA
Shunday qilib, tasviriy san'at metodikasi pedagogik ilmiy fan sifatida tajribada sinalgan ishlarni nazariy qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan o'qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika, asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san'atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U tasviriy san'atni o'rgatish qonun va qoidalarini ta'riflab bergan holda, kelajak avlodni tarbiyalashning zamonaviy metodlarini belgilaydi. Amaliy metodika — ta'lim va tarbiyaning rivojlanish jarayonini o'rganadi. Pedagogik mahorat ko'nikmalarini o'rganish va uni egallashga qaratilgan ma'lum iste'dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar (mayillar) mavjud bo'lishini talab etadi, chunki tasviriy san'at pedagogikaning mashaqqatli va murakkab ham da m as'uliyatli sohasidir.
REFERENCES
1. N. Abdullayev. S a n 'at tarixi. 2 jildli, 1-jild, T., 1986.
2. B.Z. Azimova. N atyurm ort tuzish va tasvirlash. T., «O'qituvchi», 1984.
3. B.Z. Azimova. Badiiy-grafika fakultetida kurs ishi bajarish yuzasidan meto-
4. dik tavsiyalar. T., 1989.
5. S. Abdirasilov. Tasviriy san'at o'qitish mctodikasidan amaliy niashg'ulotlarni
6. bajarish. T., 1996.
7. S. Abdirasilov. Tasviriy sa n 'at atamalari. T.. 2003.
8. .S'. Abdirasilov, N. Toiipov. Rangtasvir. T.. «Bilim», 2005.
9. B. Boymetov, S. Abdirasilov. Chizmatasvir. T.. G \ G'ulom nomidagi nash-
10. rivot, 2004.
11. S.S. Bulatov. O 'zbek xalq amaliy bezak sa n 'ati. T.. «M ehnat», 1991.
12. S.S. Bulatov. Amaliy sa n 'at qisqacha lug'ati. T., 1992.