Научная статья на тему 'CHET ELLARDA TASVIRIY SAN‟ATNI O„QITISH TARIXIDAN. ROSSIYADA QALAMTASVIR O„QITISH METODLARI'

CHET ELLARDA TASVIRIY SAN‟ATNI O„QITISH TARIXIDAN. ROSSIYADA QALAMTASVIR O„QITISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

1095
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chet el / tasviriy san'at / o'qitish / tarix / Rossiya / qalamtasvir / metod.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shuxrat Nazarovich Mamatqulov

Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi yo„nalishida “Tasviriy san‟at o„qitish metodikasi” fani o„qitiladi. Bu fanning asosiy maqsadi talabalarni boshlang`ich sinflardagi “Tasviriy san‟at” darslarini o„qitishga tayyorlash, tabiatdagi hamda tasviriy san‟at asarlaridagi go'zallikni ko„ra bilish va idrok etish, badiiy did, ko'rish xotirasi, rangni sezish, fazoviy tasawur, kuzatuvchanlik va badiiy ijodiy qobiliyatlarini o„stirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET ELLARDA TASVIRIY SAN‟ATNI O„QITISH TARIXIDAN. ROSSIYADA QALAMTASVIR O„QITISH METODLARI»

CHET ELLARDA TASVIRIY SAN'ATNI O'QITISH TARIXIDAN.

ROSSIYADA QALAMTASVIR O'QITISH METODLARI

Shuxrat Nazarovich Mamatqulov

Termiz davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Tasviriy sanat va muhandislik grafikasi yo'nalishida "Tasviriy san'at o'qitish metodikasi" fani o'qitiladi. Bu fanning asosiy maqsadi talabalarni boshlang'ich sinflardagi "Tasviriy san'at" darslarini o'qitishga tayyorlash, tabiatdagi hamda tasviriy san'at asarlaridagi go'zallikni ko'ra bilish va idrok etish, badiiy did, ko'rish xotirasi, rangni sezish, fazoviy tasawur, kuzatuvchanlik va badiiy ijodiy qobiliyatlarini o'stirishdan iborat.

Kalit so'zlar: chet el, tasviriy san'at, o'qitish, tarix, Rossiya, qalamtasvir, metod.

KIRISH

"Tasviriy san'at o'qitish metodikasi" kitobi ketma-ketlik bosqichlari asosida tasvirlar chizish, mustaqil ravishda tasviriy va amaliy mavzularga kompozitsiyalar ishlash, loy va plastilindan har xil narsalar haykalchalarini yasash, rang xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, tasviriy san'at tarixi asoslarini o'rganish hamda umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida tasviriy san'at o'qitish metodikasiga oid materiallarni o'z ichiga oladi.

Talabalarga ta'lim berishning asosiy shakllari: ma'ruza, amaliy mashg'ulotlar ishlari va mustaqil tayyorianish. Talabalar ma'ruzalarda Tasviriy san'at fani va uni o'qitish metodika fanining nazariy asoslari, metodlari (usullari) va uning tarixiy rivojlanishini o'rganadilar, tasvirlashning nazariy asoslari, san'at tarixidan qisqacha ma'lumotlar hamda umumta'lim boshlang'ich maktablarining tasviriy san'at bo'yicha dasturlari mazmuni bilan tanishadilar.

"Tasviriy san'at o'qitish metodikasi" fanining amaliy mashg'ulotlarida talabalar qalam yordamida tasvirlashning oddiy asoslaridan boshlab murakkab narsalarni tasvirlashgacha bolgan chuqur bilim va amaliy malakalarni o'zlashtiradi, rangtasvir va kompozitsiya bo'limlarida rang bilan ishlash xususiyatlarini amalda bajarish, badiiy asarlarga esa illyustratsiyalar ishlashni o'rganadilar. Shuningdek, umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf dasturlariga muvofiq talabalar

May, 2022

594

mavzuli-tasvirli rejalar, dars turlariga ishlanmalar tuzadi, ularga didaktik materiallar tayyorlaydi hamda badiiy bezak san'ati va amaliy grafik ishlar, haykaltaroshlik bilan shug'ullanish nazarda tutilgan.

Metodika, asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san'atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U tasviriy san'atni o'rgatish qonun qoidalarini ta'riflab beradi, kelajak avlodni tarbiyalashning zamonaviy metodlarini belgilaydi.

Tasviriy san'at o'qitish metodikasi bo'yicha to'la bilimlarga ega bo'lish, ayniqsa, Ozbekistonda va chet ellarda fanning o'qitish tarixi, o'quv fanning maqsad va vazifalari, ta'limning mazmuni, shakllari, usullari haqida chuqur bilimlarga ega bo'lish tasviriy san'at o'qituvchi faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.Ma'lumki, bugungi o'quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, muhandis, shifokor, o'qituvchi, yurist yoki harbiy mutaxassis yoki biron bir sohani yaratuvchisi bo'ladilar. Ularni har biri uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo'ladi.

Shu boisdan har bir kishi rasm chizishni, grafik tasvirlarini bilishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda har bir shaxsni grafik bilimga ega bo'lishi uning o'ziga ham, jamiyatga ham suvdek zarur. Shunga ko'ra fransuz faylasufi Didro, bundan qarayib 300 yillar avvaldanoq, "Qaysi bir mamlakatda rasm chizishni o'qish-yozish kabi bilsalar edi, bu mamlakat barcha sohalarda har qanday mamlakatni quvib yetadi va ortda qoldiradi" -degan edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

N.Rostotsevning «Maktabda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi» kitobida "Tarix shohidkim, jahonga mashhur geograflar, tarixchi, adabiyotchi, shoir, yozuvchilar, konstruktor va boshqa soha allomalari rasm chizishni juda yaxshi bilganlar" deb yozilgani ham bejiz emas..

Shunga ko'ra Beruniy, Ibn Sino,Ulug'bek, Gyote, Gyugo, Anderson, Pushkin, Tagor, Mendeleyev, B.Zokirov kabi turli soha ijodkorlari rasm chizish bilan jiddiy shug'ullanib kelganlar.

Tasviriy san'at o'qitishiga doir eng qadimgi va o'rta asr boshlaridagi (Misr, Yunon, Qadimgi Rim) ma'lumotlar. Tasviriy san'at o'qitish metodikasini rivojlantirishda Uyg'onish davri rassomlarining xizmatlari (Chennino Chennini, Leon Alberti, Leonardo da Vinchi, Albrext Dyurer). XVII-XIX asrlarda G'arbiy Yevropada rasm chizishni o'rgatish metodikasiga bo'lgan turli qarashlar.

Misr. Yunoniston. Rim. Jahonda tasviriy san'atni o'qitilishiga dastlabki ma'lumotlar qadimgi Misr va Yunonistonda eramizdan avvalgi III

asrlarga doir materiallar mavjud. Qadimgi Misrda tog' qoyalariga

May, 2022

o'yib ishlangan haykallar, shuningdek, rangtasvir asarlari o'zining yuksak badiiyligi va ishlanish texnikasi jihatidan kishilarni hayratga solib kelmoqda.

Bunga eng qadimgi Misrda rasm chizishga o'rgatishga doir tarixiy manbalar guvohlik beradi. Tasviriy san'atni o'qitish ishi bilan odamlar qadimdan shug'ullanib kelganliklari ko'proq qadimgi Misr manbalarida saqlanib qolgan. Misr maktablarida rasm ishlashga o'rgatish muntazam ravishda chizmachilik bilan bog'liq holda amalga oshirilgan. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda maktabni tugallab chiqayotgan yoshlar ma'lum maydon yuzasini o'lchash va uni qog'ozga tushura oladigan, bino planini chiza oladigan,ariq va kanallarning sxemasini tasvirlay oladigan bo'lishlari talab etilgan.Rasm bolalarni yozish savodini chiqarishda ham katta ahamiyatga ega bolgan. Masalan, harfni o'rgatish uchun narsalarning tasviri chizdirilgan.Bolalarni rasm chizishga o'rgatishda qo'lni erkin harakat qilishiga alohida e'tibor berilgan. Erkin, yengil, ravon chiziqlar chizish doskada yoki papirus qog'ozlarda bajarilgan. 1-rasm. Qadimgi Misr Odam tanasining kanoni. Odam tanasini o'rganishda 20 qismaga bolib o'rganish. Shuni ham alohida qayd qilish lozimki, bu davr maktablarida faqat bolalar o'qiganligi sababli ularga nihoyatda yuqori talablar qo'yilgan. Shuning uchun ham talab va ko'rsatmalarga rioya qilinmaganda bolalar qattiq jazolangan, hattoki, yog'och bilan kaltaklangan. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, Misrda rasm chizishga o'rgatish qadimgi Yunonistondan ancha avval boshlangan. Italiyalik XV asr me'mori, artisti, yozuvchisi va olimi L.B.Alberti shunday deb yozadi:«Misrliklarning yozishicha, rangtasvir ishlash ularda Yunonistondan 6 ming yil avval mavjud bo'lgan» .

Rasm chizishga o'rgatish qadimgi Yunonistonda ham o'ziga xos yo'nalishda amalga oshirilgan. Rasm ishlash uchun yog'och taxta ustiga asalari mo'mi surtilgan va uning ustini bo'yoq bilan sidirg'a bo'yalgan. Rasm ana shu yuza ustiga o'tkir metall yoki suyak bilan chizilgan. Noto'g'ri chizilgan rasm qo l bilan ishqalanib, chiziqlar orni to'ldirib o'chirilgan. So'ngra tekis yuzaga yangi rasm ishlangan.

May, 2022 1

©

©

©

596

Keyinchalik u barcha maxsus ya'ni Yunonistonda Efess,Fivan va Sakkion badiiy maktablarda vujudga keldi va rasm chizish shu maktablarda o'rgatildi. Yunon rassomlari borliqni va keyinchalik Yunonistonda rasm ishlashning bir necha o'ziga xos maktablari paydo bo'lgan. Ular orasida tasviriy san'at va uni o'qitish taraqqiyotida eng ko'zga ko'ringan maktab bu Sakkion maktabi katta rol o'ynagan va tasviriy san'atni rivojlanishiga katta hissa qo'shgan maktabdir. Bu maktabda o'qitish ishlari ilmiy asosda tashkil etilgan bo'lib, bolalar ko'proq tabiatga, uning qonuniyatlarini bilishga qaratilgan.

Sakkion maktabining asoschisi va shu maktabda o'qigan Pamfil shu maktabning mashhur rassomi bo'lgan. Pamfil rasm chizishning ta'lim va tarbiyaviy ahamiyatini ko'rsatib bergan. U tasviriy san'atga ilmiy nuqtai nazardan birinchilardan bo'lib shu fanni rivojlanishini oldinga surgan.Tasviriy san'atni asosi bo'lgan Qalamtasvirga yuksak baho berarkan shunday deydi: "Qalamtasvir ishlashda yuqori darajada aniqlik va ilmiy asos berish kerak".

Bu haqda uning zamondoshi Pliniy shunday deb yozgan edi: «Uning say-harakati bilan awal Sakkionda, so'ngra Yunonistonda hamma bolalarga rasm chizishni o'rgatish lozimligi belgilab qo'yilgan. Boshlang'ich ta'lim rasm chizishdan boshlanishi qayd qilingan edi».

Uyg'onish davri. Uyg'onish davrida Italiya tasviriy san'ati va uni o'qitish metodi katta rol o'ynagan. Bu davrda rasm chizish umumiy ta'lim beradigan o'quv predmetlari qatoriga kiritildi. Mashhur rassomlardan Chennino Chennini, Leon Batista Alberti, Leonardo da Vinchilar bu borada e'tiborga loyiq ishlarni amalga oshirganlar. Ularning asarlarida fan va san'at o'rtasidagi aloqalar, proporsiya, perspektiva, anatomiya masalalari asosiy o'rinni egalladi. Ularning fikrlariga ko'ra naturaga qarab rasm ishlash o'qitishning asosini tashkil etishi lozim hisoblangan.

Ayniqsa, Leonardo da Vinchi tasviriy san'atni o'qitish metodikasi rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. U o'zining ,,Rangshunoslik,, nomli kitobida rassomlikni jiddiy ilmiy fan sohasi deb qaraydi. U ko'p yillar davomida anatomiya, rang, kishi a'zolari o'rtasidagi mutanosiblik qonuniyatlarini ishlab chiqqan.

May, 2022

597

Tasviriy sanatni o'qitishni takomillashtirishda Uyg'onish davrining nemis

rassomlaridan A.Dyurerning xizmatlari katta bo4di. U birinchi bo'lib rasm ishlashni yengillashtirish uchun

geometrik metodni o'ylab topdi.

A.Dyurer. Apparat yordamida perspektivada tasvirlash.

Альберти Л. Три книги о живописи. М., 1933. стр. 40. Uning fikricha, har qanday buyum, narsalar asosida geometrik jism shakli

yotadi. Shuning uchun u yoki bu narsalarni tasvirlashda avval geometrik jism shaklini chizib olinishi lozim, keyin ular umumlashtirilib, haqiqiy tasvir hosil qilinadi. Keyinchalik uning bu metodi Ashbe, Chistyakov kabilarning pedagogic faoliyatlarida keng qo'llanila boshlangan. Hozirgi kunlarda ham bu metod o„z kuchini yo'qotganicha yo„q. A.Dyurer inson tanasidagi geometric shakllar.

METODOLOGIYA

XVIII-XIX asrlarda Rossiya. Rasm chizish Rossiya maktablarida umumiy ta'lim o'quv pгedmeti sifatida XVIII asming boshlarida paydo bo'ldi. Bu davrda rasm chizish fani Dengiz akademiyasi, Xirurgiya maktabi va Kadetlar maktabida, fanlar akademiyasi qoshidagi Gimnaziyada, qizlar taгbiya bilim yuгtida o'qitilgan.Bu o'quv yuгtlaгida гasm chizishga o^gatish гassomlaг tayyoгlash uchun emas, balki yoshlami kasbiy faoliyati va kelajak hayotlarida foydalanishlari uchun keгak bo'ladigan soha deb qaralar edi.

1934-yilda гus гassomi A. Sapojnikov birinchi bor umumiy ta'lim maktablari uchun «Rasm chizish kursi» nomli darslikni yaratdi. Mazkur darslik naturaga qarab rasm chizishga asoslangan edi. Darslik realistic rasm ishlash asosida qurilgan bo'lib, unda perepektiva, yomg'-soya qonunlari ham o'z aksini topgan edi. Shu bilan Ыг qatorda Sapojnikov sim, karton, gips kabi materiallardan narsalar tuzilishi, perspektiv qisqaгishi, hajmiga doiг metodik ko'гgazmali quгollaг majmuasini ham yaratdi. Muallifning tavsiyalariga ko'ra haг qanday natuгa asosiga turii hajmli va yuzali geometrik shakllar yotishi, shuning uchun ham

May, 2022

598

гasm chizishda geometгik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqligi bayon etilgan.

A.Sapojnikov. Boshning simli modeli.

Rossiyada tasviriy san'atni umumiy ta'lim maktablaгida o'qitilishiga doiï yiгik fundamental asaг yaгatganlaгdan bin G. A. Gippius bo'ldi. Uning «Очерки теории рисования как обшего учебного предметa»nomli asaгida o'sha davráagi гasm chizishga o'гgatishdagi eng ilg^ g'oyalaг o'z aksini topgan edi. Rossiya maktablarida гasm chizish ommaviy taгzda o'qila boshlangach rassom-o'qituvchilaming yetishmasligi muammosi paydo bo'ladi.

Maxsus o^tuvcM^ tayyoгiash maqsadida 1825-yilda Moskvada va 1879-

yildan esa Sank-Pete^rn^ badiiy akademiyasi qoshida гasm o'qituvchilari tayyoгlovchi kuгs ochildi. Bu kure^ uchun dastuг, metodik mateгiallaг tayyoriashda badiiy akademiya pгofessoгi P. Chistyakov faoliyat ko'гsatdi. Bu davгda tuzilgan dastuг va qollanmalaróa A.Sapojnikovning geometric ko'chirish metodlaгi amaliyotdan chiqaгilib, maktabda rasm daгsi faqat natuгal metod asosida rasm ishlashdan iboгat ekanligi qayd qilindi.

Rus sovet badiiy ta'limining shakllanishiga katta ta'siг ko^satganlaMan biгi D.N.Kaгdovskiy edi. Bu badiiy ta'lim tizimi гealistik san'at prinsiplariga asoslangan bo'lib, D.N.Kaгdovskiyning tashabbusi va sa'y-harakati bilan 1942-yili Moskva pedagogika instituti qoshida badiiy-grafika fakulteti ochildi. D.Karáovskiy. Rasm chizish qollanmasidan.

Rossiyada rasm chizish metodikasini takomillashtirishda 1933-yilda tashkil topgan «Bolalaг badiiy tartiyasi ma^aziy uylaгi» muhim ahamiyat kasb etdi. Bu ma^az faoliyati bilan bogliq holda P.Ya.Pavlinovning«Грaфическaя грамота», N.Radlovning «Рисование с натуры»,«Сборник заданий по рисованию», Ya.Bashilov va E.Kondaxchanlaming «Детский рисунок» va boshqa qollanmalari chop etildi.

XX asming ikkinchi ya^da Tasviгiy san'at metodikasiga doiï qatoг ilmiy tadqiqot ishlari olib boгildi. Natijada, rasm chizish bo'yicha 1963-70-yillaгda I-VI sinf^ uchun sinov daгsliklaгi tayyoгlanib, nashT etildi.Bu daгsliklaг V.V.Kolokolnikov(1va2-sinflaг), S.A.Fyodгov, M.N.Semyonova (3va 4-sinflaг), E.E.Rojkova, E.L.Xeгsonskaya (5-sinf), L.L.Makoed (6-sinf)laг muallifligida tayyoгlandi.

May, 2022

599

Rossiya maktablarida ta'lim mazmunini islox qilish borasida hukumat qarorlari asosida rasm chizish o'quv predmetini maqsad va vazifalari va ta'lim mazmuni bir necha bor qayta ko'rib chiqildi.Natijada, 1970-yilda

«Рисование» o'quv predmetining nomi «Tasviriy san'at» deb o'zgartirildi. Bu nomda tayyorlangan dasturda estetik tarbiya vazifalari hamda rassomlar asarlarini o'rganilishiga doir qismlar kengaytirilgan edi. V.E.Savinskiy. Qalamtasvir.

Rossiyada XX asrning ikkinchi yarmida «Tasviriy san'at» o'quv predmetini o'qitilishini yaxshilashda bir qator pedagog olim va metodistlar faollik ko'rsatdilar. Natijada «Tasviriy san'at» darsliklaridan tashqari ko'plab ilmiy-metodik va metodik adabiyotlar nashr etildi.

Bunda G.V.Labunskaya, V.V.Alekseeva, V.S.Sherbakov, A.G. Shimanskaya, A.V.Karlson, G.I.Orlovskiy, R.I. Korguzalova,A.S. Brajnikova, N.N.Rostovtsev, V.S.Kuzin, E.V.Shoroxov, T.Ya. Shpikalova, B.P.Yusov kabilar samarali mehnat qildilar.

REFERENCES

1. Abdullayev N. San'at tarixi 2-jildlik, 2/1 tom.-Т., 2001.

2. Abdirasilov S.F. Tasviriy san'at metodikasi. -Т., «Ilm-Ziyo»,2006.

3. Abdirasilov S.F., Tolipov N.X. Tasviriy san'at o'qitish metodikasi. -Т., «Aloqachi», 2007.

4. Boymetov B.B., Abdirasilov S.F. Chizmatasvir. -Т., «Gafur Gulom», 2004.

5. Nabiyev M.N. Rangshunoslik. Т., «Oqituvchi», 1995

6. Oripov В. Tasviriy san'at va uni o'qitish metodikasi. -Т.: «Ilm-Ziyo», 2006.

7. Tasviriy sanat darsliklari. 1,2,3,4 - sinflar.

8. Hasanov R.X. Maktabda tasviriy san'at o'qitish metodikasi. «FAN», 2004.

9. https://acerium.ru/uz/childrens-playground/podvigi-geroev-drevnei-grecii-shkolnaya-enciklopediya-drevnegrecheskii-geroi-troyanskoi-voiny-ahill/

10. https://lesmag.ru/uz/drevnegrecheskaya-skulptura-zarozhdenie-i-etapy-razvitiya.html

11. https://uz.denemetr.com/docs/768/index-286994-1.html

May, 2022 1

©

©

©

600

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.