Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT VA UNING FANLARARO BOG’LIQLIGI HAMDA KELAJAK AVLOD HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI'

TASVIRIY SAN’AT VA UNING FANLARARO BOG’LIQLIGI HAMDA KELAJAK AVLOD HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
976
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
shakl / rang / o‘lcham / tuzilish / erkin / yengil / ravon chiziqlar

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Obid Qodirov

Ushbu maqolada Misr, Italiya, Yunoniston va boshqa kuplab Qadimgi mamlakatlarda tasviriy san’at fanlarini o‘qitish metodikasini rivojlanish tarixi hamda matimatika, biyalogiya, odam anatomiyasi geometriya va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va uning kelajak avlod tarbiyasida tutgan urni haqida suz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT VA UNING FANLARARO BOG’LIQLIGI HAMDA KELAJAK AVLOD HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TASVIRIY SAN'AT VA UNING FANLARARO BOG'LIQLIGI HAMDA KELAJAK AVLOD HAYOTIDA TUTGAN O'RNI

Obid Qodirov

"Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" kafedrasi I-kurs magistiri NavDPI

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Misr, Italiya, Yunoniston va boshqa kuplab Qadimgi mamlakatlarda tasviriy san'at fanlarini o'qitish metodikasini rivojlanish tarixi hamda matimatika, biyalogiya, odam anatomiyasi geometriya va boshqa fanlar bilan bog'liqligi va uning kelajak avlod tarbiyasida tutgan urni haqida suz boradi.

Kalit so'zi: shakl, rang, o'lcham, tuzilish, erkin, yengil, ravon chiziqlar

Tasviriy san'atni 0'qitish ishi bilan odamlar qadimdan shug'ullanib kelganliklari ko'proq qadimgi Misr manbalarida saqlanib qolgan. Misr maktablarida rasm ishlashga o'rgatish muntazam ravishda chizmachilik bilan bog'liq holda amalga oshirilgan.

Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda maktabni tugallab chiqayotgan yoshlar ma'lum maydon yuzasini o'lchash va uni qog'ozga tushura oladigan, bino planini chiza oladigan, ariq va kanallarning sxemasini tasvirlay oladigan bo'lishlari talab etilgan. Rasm bolalarni yozish savodini chiqarishda ham katta ahamiyatga ega bolgan.

Masalan, harfni o'rgatish uchun narsalaming tasviri chizdirilgan. Bu usuldan hozirgi zamonaviy ta'limda ham keng foydalanib kelinmoqda. Jumladan maktabgacha ta'lim muassasalari va boshlang'ich sniflardagi barcha darslarda rasimlardan keng foydalanib kelinmoqda. Bolalarni rasm chizishga o'rgatishda qo'lni erkin harakat qilishiga alohida e'tibor berilgan. Erkin, yengil, ravon chiziqlar chizish doskada yoki papirus qog'ozlarda bajarilgan.

Misr maktablarida rasm chizishga o'rgatish nazariyasi bor-yo'qligi ma'lum bo'lmasa-da, ayrim rasm chizish qoidalari qo'llanilgan. 0'qituvchilar rasm chizishni (shakl, rang, o'lcham, tuzilishi v.b.) tabiatni kuzatish asosida emas, ko'proq namunadan, sxemadan ko'chirish orqali o'rgatganlar. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, Misrda rasm chizishga o'rgatish qadimgi Yunonistondan ancha avval boshlangan.

Italiyalik XV asr me'mori, artisti, yozuvchisi va olimi L.B.Alberti shunday deb yozadi: «Misrliklarning yozishicha, rangtasvir ishlash ularda Yunonistondan 6 ming yil avval mavjud bo'lgan» . Rasm chizishga o'rgatish qadimgi Yunonistonda ham o'ziga xos yo'nalishda amalga oshirilgan. Ularda rasm ishlashga o'rgatishda t abiatni, butun borliqni o'rganishga, unda go'zalliklami idrok etishga alohida e'tibor berilgan. Rasm

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ishlash uchun yog'och taxta ustiga asalari mo'mi surtilgan va uning ustini bo'yoq bilan sidirg'a bo'yalgan. Rasm ana shu yuza ustiga o'tkir metall yoki suyak bilan chizilgan.

Eramizdan avvalgi 430-440 yillarda Yunon haykaltaroshi Poliklet inson tanasi a'zolari 0'rtasidagi mutanosiblik, proporsionallikka doir namuna sifatida «Dorifor» haykalini yaratdi. Keyinchalik u barcha maxsus badiiy va badiiy bo'lmagan maktablarda o'rgatildi. Yunon rassomlari borliqni va turmushdagi go'zalliklami kuzatish asosida tasvirlashni qonun va qoidalarini ishlab chiqqanlar. Ulaming fikricha Qadimiy Yunon. Poliklet. Inson tanasining mutanosibligi. go'zallik, ko'proq xushbichim, tartib, ritm va simmetriya, bo'laklar 0'rtasidagi mutanosiblik, to'g'ri matematik munosabatlarda ifodalanadi.

Keyinchalik Yunonistonda rasm ishlashning bir necha o'ziga xos maktablari paydo bo'lgan.

Yuqoridagi keltirilgan ma'lumatlarga nazar soladigan bo'lsak tasviriu san'at fanlari azal azaldan barcha turdagi fanlar bila chambarchas bog'liqligini va uni fan sifatida kelajak avlod hayotida kata ahamiyat kasb etishini kuzatish mumkin.

Tasvitiy san'at darslari o'qish, matimatika, biyalogiya, odam anatomiyasi geometriya va boshqa qator fanlar bilan bog'liqligini quyidagi misollar orqali kurishimiz mumkin. Masalan boshlang'ich snif o'qubchilariga matimatika fanlarini tushintirishda mevalar, gullar, hayvonlar va boshqa narsalarning rasimlari orqali tushintiradigan bo'lsak odam anatomiyasi darslarida inson qomati tasviridan foydalanishimiz mumkin va albatta bundau vaziyatda o'quvchilarning tasvitiy san'atni qanchalik o'zlashtirganligi katta ahamiyat kasb etadi.

O'quvchi tasvitiy san'atni barcha fanlar bilan bog'lab o'rganib boradigan bo'lsa, kelajakda yaratadigan asarlarida mukammalikga erishishlari muqarrar ekanligi barchamizga ma'lum.

Tasviriy san'at inson ongiga tezda ta'sir etib, unda ezgu hislar uyg'otadigan, ma'naviy olamni boyitadigan san'at turlaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san'at inson shaxsining shakllanishi va kamolga yetishiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir. Demakki tasviriy san'atning hayot faoliyatimizda nechog'lik muhim o'rin tutushini bilar ekanmiz avvalo tasviriy san'atni umumiy o'rta ta'lim maktablarimizda boshlang'ich sinflarda qanday tarzda o'tilayotganiga va fanni o'qitish metodikasiga ham kata ahamiyat qaratishimiz lozim.

REFERENCES

1. Sh.U.Bobonazarov. "Qalamtasvir" o'quv qo'llanma. Navoiy, Aziz kitobxon. 2021

2. Baymetov B. "Qalamtasvir". Darslik 1-qism.- Toshkent, 2006.

3. S.Abdirasilov, N.Tolipov Rangtasvir. Innovatsiya ziyo, T. 2019

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

4. S.Abdirasilov, N.Tolipov Rangtasvir. "Poligraf T. 2017

5. Abduraxmonov G'.M Kompozitsiya asoslari. "Iqtisod-moliya" T. 2010

6. Baymetov B., Abdirasilov S. "Chizmatasvir" O'quv qo'llanma.- G'ofur G'ulom matbaa ijodiy uyi. Toshkent, 2004.

7. J.S. Choriyevich Methods of Writing Composition on the Basis of the Theme Methods of Writing Composition on the Basis of the Theme 1 (1), 116-117

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.