Научная статья на тему 'UD SOZINING TUZILISHI VA ORGONOLOGIYASI'

UD SOZINING TUZILISHI VA ORGONOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
94
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / barbad / ritm cholg‘u / zir va bam / O‘rta Osiyo / arab / turk / tojik / kavkaz / qadimiy afrosiyob udi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Azamat O‘ktamovich Xasanov

Ushbu maqolada ud sozining tuzilishi va orgonologiyasi haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UD SOZINING TUZILISHI VA ORGONOLOGIYASI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

UD SOZINING TUZILISHI VA ORGONOLOGIYASI

Azamat O'ktamovich Xasanov Yunus Rajabiy nomidagi O'z.MMSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada ud sozining tuzilishi va orgonologiyasi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: musiqa, barbad, ritm cholg'u, zir va bam, O'rta Osiyo, arab, turk, tojik, kavkaz, qadimiy afrosiyob udi

STRUCTURE AND ORGONOLOGY OF THE WORD UD

Azamat Oktamovich Khasanov UzINMA named after Yunus Rajabi

Abstract: This article describes the structure and organology of the oud instrument.

Keywords: Music, barbad, rhythm, instrument, zir and bam, Central Asia, Arabic, Turkic, Tajik, Caucasian and ancient oud

Xalq cholg'u asboblari, ma'lumotlarga qaraganda juda qadim zamonlarda, eramizdan avvalgi XIII ming yillikda paydo bo'lgan, deb taxmin qilinadi. Cholg'ulardan dastlab urma zarbli cholg'ular paydo bo'lgan, chunki eng qadimgi mehnat qo'shiqlari, ovga chiqishlar usul (ritm) tuzilish jihatidan bevosita bir-birga bog'liq bo'lgan. Ud juda qadimiy musiqa asbobidir. Uning bizga ma'lum bo'lgan dastlabki shakli Ayritomdan topilgan. Eramizning birinchi asrlariga oid ajoyib madaniyat yodgorligida o'z aksini topgan. Ud arabcha so'z bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi turlichadir. U birinchidan, yog'ochi qora tusli daraxatning nomidir. Ud dastlab shu daraxtdan yasalgan bo'lishi kerak. Ikkinchidan, ud iborasi bayram, to'y-tomosha, xursandchilikni ifodalaydigan «iyd» iborasining ma'lum shaklidir. Bu o'rinda xushchaqchaqlik kayfiyatni bag'ishlovchi soz ma'nosida ham kelishi mumkin. Udning dastlabki nomi «Barbad» bo'lganligini ba'zi manbalarda ko'rsatib o'tiladi. Barbad ikki so'zdan iborat bo'lib Bar-qomat, bad-o'rdak ma'nolarda keladi. Barbad qorni katta va dastasi kalta musiqa asbobidir. Unga o'rdak qomatiga o'xshagani uchun barbad nomi berilganmish. Barbad ko'p manbalarda hamma torli asboblarning yuzaga kelishida asos bo'lgan, deb ko'rsatiladi. Uning eng takomillashgan keyingi shakli esa ud sozidir.

Ud qariyb XVII asrlargacha yashagan, deb taxmin qilinadi. Keyinchalik esa O'rta Osiyoda iste'moldan chiqib ketgan hamda udning xususiyatlari va funksiyasini bajara oladigan boshqa qadimiy musiqa asboblari uning o'rnini ola boshlaydi.

O'rta Osiyo xalqlarining, jumladan o'zbek, tojiklarning cholg'u asboblari rang-barangdir. Albatta, bu xalqlarning madaniyati qadimdan boy bo'lganligi, tinmay rivojlanganligidan dalolat beradi.

O'rta Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar al Forobiy (X), Abu Ali ibn Sino (X-XI), Qutbiddin Sheroziy, Safiuddin Urmaviy (XIII-XIV), Abdul Qodir Marog'iy (XV asr), Abdurahmon Jomiy (XV asr), Darvish Ali Changiy (XVII asr) singari mutafakkir olimlar ijodlarining bir qancha mavzularini musiqa faniga bag'ishlaganlar. Bizning davrimizga kelib, hozirda ud cholg'usi kavkaz xalqlarida, arablarda, eron, turk va boshqa xalqlarda iste'moldan chiqmagan holda qo'llanilib kelinmoqda. Yaqin yillar davomida o'zbek va tojik xalqlari orasida ham sozandalarda qiziqish uyg'ondi, qolaversa, respublikamiz musiqa san'atining jonkuyarlari tashabbusi bilan ud cholg'usini mukammalroq o'rganib ya'ni, xalqimizning qadimiy musiqa asboblari qatoriga qo'shishdek xayrli ishlar olib borilmoqda. Yuqorida aytib o'tganimizdek, buyuk olimlar, mumtoz adabiyotimizning ulkan shoirlari, musiqa san'atini chuqur tahlil qilgan holda, inson salomatligi-yu ruhiga, tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, qolaversa, inson hayoti go'zalligini ajralmas bo'lagi va ramzi, deb o'qtirganlar.

Qadimiy udlar, avvalo ikki torli bo'lib, ular «zir» va «bam» deb nomlangan. Bam-pastdagi, zir-yuqoridagi ingichka tor. Keyinchalik uch-to'rt torli bo'lgan. Al-forobiy esa unga beshinchi torni o'rnatgan. Ana shundan buyon ud cholg'usining asosiy torlari beshta juft tordan iborat. Oltinchi tori (bitta tordan iborat) esa ayrim kuylar ijro etilganda qo'shib chalinadi qadimda udning torlari ipakdan ishlanganligi ayrim musiqa risolalaridan bizga ma'lum. Oltinchi tor esa taxminan yaqin yillardan beri ishlatila boshlandi.

Bugun dunyoga mashhur ud cholg'usining nomi u tayorlanadigan ashyo (shifobaxsh va xushbo'y modda ajratib olinadigan) noyob ud (shamshod)daraxti bilan bog'liq. Musulmon mamlakatlaridagi ud xitoydapiypo yevropada lyutiya arabcha al -ud so'zidan olingan nomi bilan mashhur sozning kelib chiqishi tarixi islom dini paydo bo'lishidan ancha oldin rivojlana boshlagan. Mutaxasislar fikricha ud va unga tipologik jihatidan yaqin bo'lgan ikki torli dutorsimon cholg'u asboboblarining tasvirlari xorazm sug'd va baqtriyadan topilgan eramizdan oldingi davrlarga mansub arxelogik materiallardan ham ma'lum. Udsimon asbob tasvirning eng qadimiy nusxasi afrosiyobdan topilganligi uchun orgonologiya faniga "afrosiyob udi "degan mahsus atama ham kiritilgan. Afsuski bu qadimgi cholg'u namunalarning asl nomlari bizgacha yetib kelmagan.

Udning tuzilishi

I ícclT^^^^H 596 http://oac.dsmi-qf.uz

Ud asbobi kosa, dasta, bosh qismdan tashkil topgan. Kosasi bir-biriga yopishtirilgan bir necha qovurg'asimon taxtachadan iborat. Ustiga yog'ochdan tayyorlangan qopqoq zich qilib biriktiriladi. Qopqoqda uchta rezonator-ovoz tebranib chiqadigan teshik bo'lib, ustiga torlar tayanadigan xarrakni zich qilib tutashtiriladi.

Dasta-kosaga mahkam biriktirilib, unga parda bog'lanmaydi. U g'ijjak dastasiga o'xshab sof, tekis bo'ladi. Udning bosh qismi, torlarni mahkamlash va tortish uchun mo'ljallangan bo'lib, unga 11 ta yog'och (beshtasi o'ng va oltitasi chap tomonda) o'rnatilgan. Udning bosh qismi bilan dasta tutashgan yerda shayton xarrak joylashgan. U ochiq torlarni tayanchi hisoblanadi.

Udning sozlanishi

San'atshunos olimlar va musiqa nazariyotchilarning ilmiy risolalariga qaraganda ud sozining birinchi, ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi juft torlari oralig'ining sozlanishi sof kvartadir. Faqat eng pastki torlari ya'ni to'rtinchi bilan beshinchi va beshinchi bilan oltinchi torlarining oralig'i katta sekunda intervalida sozlangan. Oltinchi tor «sol» kichik oktava, beshinchi «lya» kichik oktava, to'rtinchi «si» kichik oktava, uchinchi «mi» birinchi oktava, ikkinchi «lya» birinchi oktava, birinchisi «re» ikkinchi oktava. Udning umumiy ijrochilikdagi imkoniyati keng bo'lishiga qaramasdan, bizning an'anaviy ijrochilikdagi uslubimizga har bir pardasidan kuy jumlasini boshlaverish to'g'ri kelmasligi, amaliy o'zlashtirishimizda o'z ifodasini topdi. Ana shu imkoniyatlarni va ko'pgina maqom kuylarimizning diapozon jihatidan kengligini inobatga olgan holda, ud soziga biroz o'zgartirish kiritilgan. Ud torlarning yuqoridan birinchi, ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi juft torlar oralig'idagi sozini saqlagan holda, to'rtinchi bilan beshinchi tor oralig'ini sof kvartaga, beshinchi bilan oltinichi tor oralig'ini esa katta sekundaga moslab sozlashadi. Misol uchun mi, fa#, si, mi, lya va re.

Bu asnoda Rifatilla Qosimovning "Ud" nomli darsligida keltirilgan kuylar ham ana shu o'zgartirilgan sozga mo'ljallangan. Kuylarni notaga olishda sol kaliti (yoki skripka kalitida) yozilishida, yosh mutaxassis sozandalariga bir oz qulaylik yaratilishi mumkin. Ud torli chertim cholg'ularining eng ko'hnalaridan biri bo'lib mizrob vositasida chalinadi. U tanbur, dutor yoki shu guruxga oid boshqa sozlardan o'zining nok shaklidagi katta kosasi va silliq kalta parda bog'lamlarsiz dastasi bilan ajralib turadi. Udning so'lim tovush tarovati, ikki oktavadan ziyod ovoz hajmi keng ijrochilik imkoniyatlari uni Sharq xalqlari arab, turk, fors, Kavkaz va boshqa xalqalar orasida mashhur bo'limiga sabab bo'lgan edi. O'tmishning aksariyat musiqashunos olimlari uni mukammal soz qatorida tariflaganlar. Darvesh Ali Changiy esa udni barcha cholg'ularning podshosi sifatida e'lon qilgan. Udning torlari son jihatidan o'zgarib turgan. Yozma manbalarda aytilishicha Abu Nasr Farobiy udga beshinchi torni qo'shgan va shunday qilib ja'mi torlari yo'g'ondan ingichkaga qarab bam maslas masna zir va hold kabi maxsus atamalarga ega bo'lgan hamda o'zaro kvarta

I [ccñ^^BI 597 http://oac.dsmi-qf.uz

nisbatiga sozlangan. Zamonaviy ud sozida II ta tor bo'lib, shulardan beshtasidan qo'shtor tarzida kuy ijro etiladi. Bu sozda xalq kuylari va ustozona musiqaga doir namunalarini ikkanovoz hamda an'anviy xalq cholg'ularni ansanbili tarkibida ijro etish mumkin.

Har bir buyuk xalq, o'zining o'tmishdan shakllangan boy madaniyati bilan shuxrat qozonib kelgan. Boshqa xalqlar madaniyati kabi o'zbek xalqining ham o'ziga xos mumtoz san'ati mavjud. Ushbu san'at avlodlardan avlodlarga, ustoz-shogird an'anasi uslubida yashab kelgan. Har bir cholg'u asbobi hoh yakka, hoh ansambl tarkibida bo'lishidan qat'i nazar o'zining alohida ovoz xususiyati va tovush ko'lamidan kelib chiqqan holda muhim bolishi. Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekanligini anglashi muqarrardir. Bu ummon - moziydan sadolanishi, tarix davomida zamon va makon qonuniyatlari negizida shakllanishi, an'analar kamolotida qadr topishi va qadriyatlarga aylanishi, ijodiyot degan ilohiy ne'mat asosida, jonli ravishda rivojlanib borishi bilan xarakterlanadi.

Har bir davr o'zining musiqiy an'analari bilan izohlanishining ham hikmati shundadir. Musiqaning samoviv yoki ilohiy ekanligi qadimiy manbalarda o'z aksini topgan. Insoniyat esa o'z ma'naviyati darajasida o'zining ma'naviy boyliklarini shakllantirib, davrlar osha rivojlantirib kelgan. Bu jarayonda har soha zamonlar elanib charxlanib, mukammallashib, yangidan-yangi ijodiy munosabatlar negizida boyib, o'z samarasini namoyon etib kelgan. Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo'lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin.. Buning negizida musiqa san'ati va uning ichki unsurlarini professionallik darajada umumlashish bosqichlarini o'tashi, bu jarayonda mutanosib tovush pardalarini uyg'unlashtirish hamda barcha barobar qabul qilishlari kabi mezonlar, umumbashariyat musiqa san'atining go'zal uyg'unlashishiga olib kelganligini e'tirof etadi asosiy tarmoqlaridan biri musiqa ekanligi barchaga ayondir. Musiqa dunyosi juda keng va barcha sohalarga teng daxldor ekanligi bilan boshqa sohalardan farq qiladi.

Udning umumiy ijrochilikdagi imkoniyati keng bo'lishiga bizning an'anaviy jihatidan uslubimizga har bir pardasidan kuy jumlasini boshlayverish to'gri kelavermasligi amaliy o'zlashtirishimizda o'z ifodasini topdi. Ana shu imkoniyatlarni va ko'pgina makom kuylarimizning diapozon jihatidan kengligini inobatga olgan holda, ud soziga biroz o'zgartirish kiritdik.

Izlanuvchi-tadqiqodchilarning fikricha Sharq Turkiston udi Xitoyda ham bo'lishi mumkin. Ma'lumki , Xitoy va Markaziy Osiyo o'rtasida o'zaro aloqalar mavjud bo'lgan, masalan: madaniy aloqalar amalga oshirilgan (ba'zan sozanda va raqqosalar Xitoy imperatoriga sovg'a sifatida yuborilgan). Xitoyda kalta ud nisbatan kechroq - V asr va VI asrning boshlarida tarqalgan bo'lib, Xitoy musiqiy

cholg'uchiligiga "pirra" nomi bilan kirgan. Xitoy xironiklarining guvohlik berishicha, chet el cholg'usi lyutnya G'arbiy chegaralarida kirib kelgan.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki sharq xalqlari musiqa sa'nati ijrochiligida eng qadimiy va amaliyotda qo'llanish o'rniga ko'ra eng yetakchi soz ud cholg'usidir. Uning pardalari va torlari namuna sifatida musiqa nazariyasi va amaliyotining ilmiy masalalari (tovushlar oralig'i, nag'ma va jins, jam, maqomlarini tashkil etgan pog'onalari - pardalari)ni tushuntirish uchun eng qulay bo'lgan. Xususan, sharq musiqashunoslik ilmining yetuk namayomdolari Abu Nasr Farobiy ("Kitob al-musiqa al-kabir"asari), Zaynulobiddin Husayniy (Qonuni ilmi va amliy musiqiy" risolalari) Qutbiddin ash-Sheroziy ("Durratu-t-toj li g'urrati -d -deboj ...." (Toj durralari qomusiy asarining musiqaga bag'ishlangan qismi "Dar ilmi musiqiy"), Abdurahmon Jomiy ("Risolaiy musiqiy") kabi allomalar bu cholg'u yordamida 17 pog'onali tovushqator va tovushlar oralig'ini matematik nuqtayi nazaridan hisoblab berganlar. Shuning uchun ham o'tmishda musiqa aniq fanlar, ya'ni riyoziyot tarkibig kiritilgan. Shuningdek, ud bugungi kunda ham mumtoz musiqamizning eng durdona namunalarini ijro etishda o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lgan cholg'udir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Rifatilla Qosimov ud darslik Toshkent 2002;

2. O'zbek cholg'ularini yasash O'quv qollanma Toshkent 2007;

3. O'zbek xalq musiqa ijodi O. A. Ibrohimov metodik tavsiyalar Toshkent 1994;

4. Maqomat Otanazar Matyoqubov Toshkent 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.