Научная статья на тему 'UCHINCHI RENESSANS SHAROITIDA PEDAGOGIK TA’LIM SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR'

UCHINCHI RENESSANS SHAROITIDA PEDAGOGIK TA’LIM SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
29
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Uchinchi Renessans / pedagogika ta’lim sohasi / raqamli texnologiyalar / ta’limni raqamlashtirish / kredit-modul tizimi / axborot-kommunikativ kompetentlik / modelli yondashuv.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Poyonova Qandiya, Abdimurodova Maftuna, Nahalboyeva Iroda

Ushbu maqola O‘zbekiston tarixidagi Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlariga e’tibor berish natijasida, Uchinchi Renessans davrida erishish mumkin bo‘lgan yutuqlar, bunda pedagogik ta’lim sohasi, sohada raqamlashtirish masalalari, talaba va o‘qituvchilar orasidagi ta’limiy munosabat kabi masalalarni muhokama qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UCHINCHI RENESSANS SHAROITIDA PEDAGOGIK TA’LIM SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR»

UCHINCHI RENESSANS SHAROITIDA PEDAGOGIK TA'LIM SOHASIDA

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Poyonova Qandiya, 3Abdimurodova Maftuna, 4Nahalboyeva

Iroda

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qtish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi

2,3,4Boshlang'ich ta'lim fakulteti I bosqich talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.1080592 7

Annotatsiya: Ushbu maqola O'zbekiston tarixidagi Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlariga e 'tibor berish natijasida, Uchinchi Renessans davrida erishish mumkin bo'lgan yutuqlar, bunda pedagogik ta'lim sohasi, sohada raqamlashtirish masalalari, talaba va o'qituvchilar orasidagi ta'limiy munosabat kabi masalalarni muhokama qiladi.

Kalit so'zlar: Uchinchi Renessans, pedagogika ta'lim sohasi, raqamli texnologiyalar, ta'limni raqamlashtirish, kredit-modul tizimi, axborot-kommunikativ kompetentlik, modelli yondashuv.

Ma'lumki, Markaziy Osiyoda IX-XII asrlar Uyg'onish (Renessans) davri madaniyati shakllanib, ravnaq topgan davr sifatida tarix sahifalaridan joy oldi. Albatta, bunday atalishning o'ziga xos sabab va ko'rinishlari bor edi. Aslini olganda renessans o'zi nima? Uning yuzaga kelishiga qanday tarixiy sharoitlar turtki bo'lgan? Avvalo, mana shu masalaga quyida oydinlik kiritilib, undan keyin uchinchi renessans sharoiti, bunda pedagogik ta'lim sohasi, mazkur sohaning taraqqiy etishida eng katta kuch bo'lgan pedagog-mutaxassislarni yetishtirish masalalariga to'xtalib o'tiladi.

Renessans fransuzcha so'z bo'lib, qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug'ilmoq ma'nosini anglatadi. Hamda madaniyat, ilm-fan, san'at, ta'lim-tarbiya, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli bir xillikdan keyin qayta rivojlanish, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimining yangilanish jarayonida namoyon bo'ladi.

Tarixdan ma'lumki birinchi Renessans Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda ro'y berdi. Bu davrda davlatni boshqarish siyosati, yer-suv, soliqlar bilan bog'liq farmonlar chiqarilishi, olimlarga munosabat kishilarda ertangi kunga ishonch uyg'otdi. Ularning turli fan sohalari (matematika, astronomiya, tibbiyot, huquq, kimyo, geodeziya va dunyoning tuzilishi haqidagi ilmlar)ga qiziqishi ortishiga sabab bo'ldi.

Undan keyin esa mintaqada Ikkinchi Renessans poydevori Amir Temur nomi bilan bog'liqdir. Sohibqiron Amir Temur Ikkinchi Renessans homiysi, asoschisi sifatida tarixga muhrlangan.

Ikkinchi Renessans davri o'z navbatida, "Islom madaniyatining oltin asri" deya nomlanadi. Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug'bek, G'iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Sakkokiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Xondamir va shular singari boshqa olimlar, shoir-u fuzalolar bu yurtning shuhratini dunyoga yoygan davr Ikkinchi Renessans davri bo'lganligini alohida qayd etib o'tish lozim.

Har ikkala Renessans davrida davlat rahbarlari, olim-u fuzalolar, birinchi navbatda, yoshlar ta'lim-tarbiyasi, ma'naviyati, iymon-e'tiqodi masalasiga alohida e'tibor qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Deyarli barcha allomalar asarlarida ta'limni tarbiya bilan uyg'un olib borish lozimligi haqidagi fikrlarni uchratish mumkin. Masalan, Abu Ali ibn Sino o'z asarlarida ilm va odob-axloq uyg'unligi, barkamol avlod kamoloti va baxt-saodati, adolat va diyonat, insonlarning

o'zaro do'stligi va hamkorligi, obod turmush to'g'risidagi g'oyalarni ilgari surgan. Mutafakkirning "Bola badanining bo'g'inlari qotib, tili ravon chiqib, qulog'I eshitish va gapni ma'qullash uchun tayyor bo'lib, vujudi ilm va odob o'rganishga hozir bo'lganda unga ilm va odob o'rgatish kerak", deb yozganlarida ham bularni yaqqol ko'rish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Uchinchi Renessansga qadam qo'yish bosqichini, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish bosqichi deb nomlab, quyidagicha ta'rifladi: "Xalqimizning ulug'vor qudrati jo'sh urgan hozirgi zamonda O'zbekistonda yangi bir uyg'onish — Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo'ladi. Chunki bugungi O'zbekiston — kechagi O'zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas".

Bu fikralardan kelib chiqib ham aytish mumkinki, bugun yangi O'zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta'lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Respublika Prezidentining 2020-yil 30-sentyabrda «O'qituvchi va murabbiylar kuni»ga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida "Biz keng ko'lamli demokratik o'zgarishlar, jumladan, ta'lim islohotlari orqali O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o'zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak", tarzida strategik vazifa belgilab berildi. Ta'lim islohotlari orqali O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri uchun poydevor yaratish o'z-o'zidan yangi Renessans sharoitida pedagogika ta'lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilab olishni taqozo etadi.

Ma'lumki, pedagogika sohasi jamiyat tomonidan belgilangan talablar asosida inson kapitalini yaratishga xizmat qiladi. Buning uchun esa pedagogika sohasini jamiyat rivojining strategiyasi va ustuvor yo'nalishlariga to'liq mos keladigan ta'lim-tarbiya mazmuni, shakl, metod, vosita va texnologiyalarini ishlab chiqishi hamda uni amalga oshirish mexanizmlarini aniq belgilab berish lozim. Bunga asoslanib, Yangi Renessans sharoitida pedagogika ta'lim sohasini rivojlantirishda qanday ustuvor jihatlarga e'tibor qaratish lozim? Pedagogika ta'lim sohasida mutaxassislarni tayyorlashda mavjud holatlarga o'zgartirish va yangiliklar kiritish masalalariga e'tibor berish joiz.

Dastavval, shuni quay etish kerakki, Yangi Renessans sharoitida pedagogika ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy qonun va qonuniyatlarga tayanishi lozim. Jumladan, Yangi Renessans pedagogikasi quyidagi qonunlar asosiga qurilishi lozim:

- milliy va umuminsoniy madaniyatga qadriyatli munosabat;

- ijtimoiy moslashuvchanlik, faollik va mobillik;

- to'rt uzviy xalqa (maktabgacha; umumiy o'rta va o'rta maxsus; professional va oliy ta'lim) ning mustahkamligi;

- shaxs hayotiy tajribasiga asoslangan (vitagen) ta'limning ustuvorligi.

Yangi Renessans pedagogikasining qonuniyatlari sifatida esa quyidagilarni xizmat qiladi deyish mumkin:

- ta'lim-tarbiyaning maqsadi yangi O'zbekistonni rivojlanish sur'ati, jamiyatning zamonaviy ehtiyojlariga mos bo'lishi;

- ta'lim-tarbiya mazmuni raqamli pedagogikaning taraqqiyoti bilan uyg'un tarzda belgilab olinishi;

- ta'lim-tarbiya sifati pedagogik ta'sirning intensivligi va ta'lim natijalarining shaffofligiga asoslanishi;

- ta'lim-tarbiya metodlari interfaollik, kooperativlikka asoslanishi;

- ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarishda sub'yekt-sub'yekt munosabatlari doirasida korreksion ta'sirning jadalligini hisobga olish;

- ta'lim-tarbiya jarayonida rag'batlantirish besh tayanch ustunning, ya'ni tarbiyachi, o'qituvchi,professor-o'qituvchi, ilmiy-ijodiy ziyolilar, ota-onalarning virtual-pedagogik nazorati va yangi hayot sub'yektlarining — tarbiyalanuvchi, o'quvchi, talaba internal (ichki) motivlariga bog'liqligi.

Ayni davr ta'limida yuqorida qayd etib o'tilgan Yangi Renessans pedagogikasi qonun va qonuniyatlariga asoslangan holda, pedagogika ta'lim sohasini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni oriy etilishini to'liq taminlash va chuqur nazoratga olish hamda ayrim muamma va kamchiliklarni bartaraf etish uchun zamonaviy usullarni jadal tarzda ishlar chiqilishi zarur. Bularni quyidagicha ta'kidlash mumkin:

Ma'lumki, bugungi zamonaviy ta'lim muhitida pedagogika ta'lim sohasida raqamlashtirish avj oldi va raqamli texnologiyalarni ta'limda joriy etish asosida kredit-modul tizimi yo'lga qo'yildi. Pedagog mutaxassislarni tayyorlavchi oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonlari shunga muvofiq holatda amalga oshirilmoqda. Biroq mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarishda kreditlar to'plash masalasiga katta e'tibor qaratgan holda, modulli ta'lim texnologiyasiga asoslanib, o'qitish mazmunini loyihalash e'tibordan chetda qolmoqda. Ta'lim mazmunini takomillashtirmasdan esa o'qitish sifatiga erishib bo'lmasligi aniq. Buning uchun kredit-modul tizimiga asoslangan ta'lim mazmuni modulli yondashuvning tamoyillari orqali tizimlashtirilishi maqsadga muvofiq. Xuddi shunday o'quv jarayonini amalga oshirish modulli ta'lim texnologiyasi talablariga to'liq javob berishi joiz. Biror-bir ta'lim tizimining "shaklga asoslanib" joriy etilishi ko'zlangan maqsadga erishishga yordam bermaydi.. Yuqorida ta'kidlanganidek, pedagogika ta'lim sohasiga joriy etilayotgan yangi tizimga mos ravishda o'qitish mazmuni ham tubdan o'zgarishi maqsadga muvofiq bo'ladi, albatta.

Pedagogika ta'lim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalasi hanuzgacha talab darajasida emas. Mazkur jarayon moddiy-texnik ta'minotning yetarli bo'lishi bilangina o'lchanmaydi. Mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, maksimal natijalarga erishish uchun rahbar-xodimlarda menejerlik kompetensiyasi va tashkilotchilik sifatlari rivojlangan bo'lishi bunday qat'iy qoidadir. Albatta, ushbu jarayon samaradorligini ta'minlash o'z navbatida, professor-o'qituvchilarda raqamli kompetensiyani rivojlantirishni taqozo etadi. Bu orqali esa bo'lajak pedagoglarda axborot-kommunikativ kompetentlik va raqamli savodxonlikni shakllantirishga erishiladi deyish mumkin.

Pedagogik ta'lim sohasining jozibadorligini oshirish uchun mazkur yo'nalishda ta'lim marketingini samarali yo'lga qo'yish ham yuqori samaraga erishishda yordam beradi. Moliyaviy va akademik mustaqillikka bosqichma-bosqich o'tish uchun pedagogika oliy ta'lim muassasalarida xalqarolashuv va integratsiyalashuv jarayonlarini kuchaytirishni ham eng muhim jihat sifatida ko'rish kerak. Xorijiy tajribalarni o'rganish orqali pedagogika oliy ta'lim muassasalari qoshida maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumiy o'rta ta'lim maktablarini tashkil etish ham byudjetdan tashqari mablag'lar ishlab topish, ham dual pedagogik ta'limni amalga oshirish imkoniyatini yuzaga keltiradi.

Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimi joriy etilishiga qaramay, ta'limni tashkil etishga mas'ullarning, ya'niki professor-o'qituvchilarning vaqt me'yorlari yangi tizimga moslashtirilmagan. Mazkur holat ham kredit-modul tizimini amaliyotga joriy etishda murakkabliklarni keltirib chiqarmoqda. O'quv yuklamalarining haddan ziyod ko'pligi talabalar bilan amalga oshiriladigan maslahat -kontakt soatlarini to'liq bajarish imkonining pasayishiga

sabab bo'ladi. Kontakt soatlari esa ayni paytda professor-o'qituvchining o'quv yuklamasi tarkibiga kirmaydi. Buning uchun kredit-modul tizimida oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilar tarkibining o'quv yuklamasi hamda o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini belgilash qoidalarini yangidan ishlab chiqish lozim.

Shunday qilib, zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlar va kredit-modul tizimining imkoniyatlarini hisobga olgan holda, oliy pedagogik ta'limning bakalavriat bosqichida ikki va undan ortiq ixtisoslik bo'yicha mutaxassislar tayyorlash amaliyotini joriy etishga alohida ehtiyoj mavjud. Bunda prognostik yondashuv pedagogik kadrlar tayyorlash ehtiyojlarini real talablar bilan muvofiqlashtirib borishi, pedagogika oliy ta'lim muassasalari va ish beruvchilarning talablari o'rtasidagi bo'shliq bartaraf qilinishiga chuqur e'tibor qaratish muhim vazifaga aylanishi zarur.

Yuqorida birin-ketin aytilganlarning barchasi Uchinchi Renessans sharoitida pedagogik ta'lim sohasining rivojiga xizmat qiladi. Ya'ni pedagogik ta'lim sohasida malakali kadrlarni tayyorlash va ta'lim bozoriga yetishtirib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shining Uchinchi Renessans sharoitida raqamli texnologiyalarni qo'llash ishlari tobora kuchayishi bilan afzalliklar ortishini alohida ta'kidlash barobarida, ta'limni raqamlashtirish ta'limni tashkil etish va boshqarishga mas'ullar uchun keltirib chiqarayotgan ayrim kamchiliklarning mavudligi noqulay vaziyatdir. Bu kamchiliklarni bertaraf etish uchun profossor-o'qituvchilar va talabalarning hamkorlikda ishlashlari, har ikkala toifa vakillarida hamkorlik kompetensiyasining va axborot kompetentligining davr talabiga mos bo'lishiga alohida e'tibor berib, shug'ullanish darkor.

REFERENCES

1. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

2. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

3. Трудности и перспективы цифровой трансформации образования / А. Ю. Уваров [и др.]; под ред. А. Ю. Уварова, И. Д. Фрумина. М.: Изд. дом Высшей школы экономики, 2019. 343 с.

4. Qodirov O. YAngilanayotgan O'zbekiston - uchinchi Renessans. // Proceedings of Global Technovation 2 nd International Multidisciplinary Scientific Conference Hosted from London, U.K. December 28th, 2020. https://conferencepublication.com.

5. https://yuz.uz/uz/news

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.