Научная статья на тему 'TYUTORUNIVERSITETDAGI "OTA-ONA"'

TYUTORUNIVERSITETDAGI "OTA-ONA" Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tyutor / talaba / muammo / kasb / pedagogika.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdullayeva Oliya Doniyorovna

Ushbu maqolada talabalar uchun eng sevimli, ularning universitetidagi oat-onasi, eng yaqin do‘sti sifatida ko‘rilgan jonkuyar va fidokor tyutorlarning ish faoliyatlari keng ma‘noda yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TYUTORUNIVERSITETDAGI "OTA-ONA"»

TYUTOR- UNIVERSITETDAGI "OTA-ONA"

Abdullayeva Oliya Doniyorovna

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"

Milliy tadqiqot universiteti tyutori https://doi.org/10.5281/zenodo.11219477

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalar uchun eng sevimli, ularning universitetidagi oat-onasi, eng yaqin do'sti sifatida ko'rilgan jonkuyar va fidokor tyutorlarning ish faoliyatlari keng ma'noda yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: tyutor, talaba, muammo, kasb, pedagogika.

Abstract. In this article, the work activities of enthusiastic and selfless tutors, who are considered as the most beloved, parents, and best friends of students in their university, are covered in a broad sense.

Keywords: tutor, student, problem, profession, pedagogy.

Аннотация. В данной статье в широком смысле освещена трудовая деятельность увлеченных и самоотверженных преподавателей, которых считают самыми любимыми, родителями и лучшими друзьями студентов своего вуза.

Ключевые слова: воспитатель, ученик, проблема, профессия, педагогика.

KIRISH

"Tyutor" ("tutor") tom ma'noda ustoz, murabbiy, instruktor - yo'l ko'rsatuvchi ma'nolarida qo'llaniladi. Tyutor birinchi navbatda, ma'lum bir sohaning mutaxassisi bo'lib, uning asosiy vazifasi talabaga muayyan bilim va ko'nikmalar berishdan iborat. Kengroq ma'noda esa, tyutor talabaga o'quv jarayoni davomida o'z salohiyatini namoyon qilish, o'zini yanada yaxshiroq anglash, o'qish va hayotda to'g'ri qaror qabul qilish va tanlashni o'rgatadi. U talabaga har bir qadam va harakatlarining oqibatlarini anglash, hayotda o'z qiziqishlarini topishga yordam beradi.

Buning uchun tyutor o'z tarbiyachilarining qiziqish va moyilliklarini, muammo va qiyinchiliklarini chuqur tahlil qiladi. U talabaning atrofidagi intellektual va psixologik muhitni sinchkovlik bilan o'rganadi. Bir so'z bilan aytganda, tyutor talaba va ta'lim jarayoni o'rtasidagi bog'lovchi kuch hisoblanadi. Uning yordamida o'qish qiziqarli va samarali jarayonga aylanishi lozim. Tyutorlik usuli qadimgi Yunonistonda ham asosiy ta'lim jarayoniga yordam sifatida yo'lga qo'yilgan edi. Hozirda dunyoning ko'plab mamlakatlarida tyutorlik uchun maxsus o'qitiladi, diplom beriladi. Masalan, Rossiyada pedagogika sohasiga ixtisoslashtirilgan oliygohlarda bakalavr va magistratura bo'yicha maxsus tyutorlik kurslari bor. Tyutorlik markazlari va assotsiatsiyalar faoliyat yuritadi.

Bu ko'hna usul zamonaviy dunyoda turli shakllarda (formal va noformal, o'quv xonasida yoki masofaviy tarzda) qo'llaniladi. Tyutorlik, albatta, formal o'quv jarayonidan farq qiladi. U yengilroq, moslashuvchan shaklda amalga oshiriladi Tyutorlar - bu yuksak mas'uliyat egalari hisoblanadi. Zero, tyutor dunyoqarashi endi shakllanayotgan talaba bilan muntazam tarzda ishlaydi. Bunday mutaxassisning asosiy vazifasi - boshqa odamga o'qishni samarali va qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam berish. Tyutor ham butun guruh bilan, ham individual tarzda ishlashi kerak bo'ladi. Ilmning qaysi sohalariga urg'u berish, kelajakda kasb tanlash, kerak bo'lsa, boshqa mutaxassislikka mo'ljal olish, o'qish va kundalik hayot o'rtasida muvozanatni o'rnatish, vaqtini menejment qilish masalalarida talabalarga ta'sir qilish ham tyutorning vazifasidir. Yaxshi tyutor - bu talabaga yelkadosh murabbiy va mohir konsultantdir. U talabaning kuchli taraflarini,

zaxiradagi qobiliyatlarini yuzaga chiqarib, kamchiliklari ustida ishlashni o'rgatadi. Bugun barcha sohada rivojlanish, takomillashish jarayoni kundan kunga jadallashmoqda. Bu o'zgarishlar ta'lim tizimini ham chetlab o'tayotgani yo'q albatta.Bilim va kasblar xilma-xilligining keskin oshishi, o'quv dasturlarini doimiy yangilab borish zarurati, o'qitishning yangi shakllarini joriy etish va ilg'or texnologiyalardan foydalanish borgan sayin davr talabiga aylanib boryapti. Bu esa yangi kasblarning paydo bo'lishiga eng asosiy sabablardan biri. Tyutor(guruh murabbiysi)lik ham ana shu kasblar sirasiga kiradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYA.

Bu kasb ta'lim tizimiga kirib kelgan ekan, keling ularning aslida kim va qanday vazifalarni bajarish ularning zimmasiga qanday mas'uliyatlar yuklanayotganligi haqida to'xtalib o'tsak. "Tyutor" ("tutor") tom ma'noda ustoz, murabbiy, instruktor - yo'l ko'rsatuvchi ma'nolarida qo'llaniladi. Tyutor birinchi navbatda, ma'lum bir sohaning mutaxassisi bo'lib, uning asosiy vazifasi talabaga muayyan bilim va ko'nikmalar berishdan iborat.

Kengroq ma'noda esa, tyutor talabaga o'quv jarayoni davomida o'z salohiyatini namoyon qilish, o'zini yanada yaxshiroq anglash, o'qish va hayotda to'g'ri qaror qabul qilish va tanlashni o'rgatadi. U talabaga har bir qadam va harakatlarining oqibatlarini anglash, hayotda o'z qiziqishlarini topishga yordam beradi.

Tarixga yuzlanadigan bo'lsak dastlabki tyutorlar XII asrda Angliyaning Oksford va Kembrij universitetlarida paydo bo'lgan. Atama ingliz tilidan olingan bo'lib, "uy o'qituvchisi, o'qituvchi, murabbiy, vasiy" degan ma'nolarni anglatadi. "Tyutorlik" so'zi insonning shaxsiy ta'limini qo'llab-quvvatlashni anglatadi. Bu juda nozik, "xususiy" ish faoliyatidir.

Rus tadqiqotchisi N.V.Ribalkinaning fikriga ko'ra, XVI asr oxiriga kelib tyutor universitet ta'limi tizimida qo'l ostidagi talabalarning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan muhim shaxsga aylanadi. XVII asrda tyutor faoliyati ko'lami yanada kengayib, endilikda unga ta'lim berish vazifalari ham yuklanadi. U talabaga qaysi amaliy mashg'ulot va ma'ruzalarga kirishni aniqlab beradi, talabalar darslarni qoldirmay yaxshi o'qishlari va imtihonlarga tayyor bo'lishlarini nazorat qilib boradi. XVII asrdan boshlab tyutorlik tizimi rasman ingliz oliy ta'limi tizimining ajralmas qismi sifatida tan olina boshlagan.

Bugungi kunda, dunyoning eng mashhur universitetlaridan biri sanalgan Oksfordda 90 foiz, Kembrijda esa 75 foiz tyutorlar 1 yoki 2 talaba bilan ish olib boradi. Ular maxsus ma'lumotga ega bo'lmasalarda, talabalarga ham o'qish davomida, ham ta'til paytida rahbarlik qilish, ma'nan ustozlik qilish kabi vazifalarga mas'ul.

Prezidentimizning 2019 - yil 8 - oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni va boshqa me'yoriy hujjatlar yurtimizda yoshlarning zamonaviy ta'lim olishi uchun qulay sharoit yaratish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko'tardi. Ularda qator imtiyoz va engilliklar ko'zda tutilgan.

Barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan har 120-150 talabaga 1 nafar tyutor biriktirilgan. Hozir 3000 nafarga yaqin tyutor 400 mingga yaqin talabaning ma'naviy va ijtimoiy holatini tahlil qilib, mavjud muammolarini bartaraf etishga ko'maklashmoqda.

XULOSA.

Talabalarning darsni o'zlashtirish holatini tahlil qilish va darsdan bo'sh vaqti mazmunli o'tishini ta'minlash, ijtimoiy (oilaviy) holatidan doimiy xabardor bo'lish hamisha fyutorning diqqat markazida bo'ladi. U o'quvchisining nimalarga qiziqishini aniqlaydi, muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi sabablarini tahlil qiladi, ixtisoslashtirilgan va qo'shimcha kurslarni tanlashda

yordam beradi. O'quv jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, ta'lim oluvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bilim olishini nazorat qiladi.

Shuningdek, talabalar turar joylari, ijara va xususiy xonadonlarda yashovchi yoshlarning yashash manzillariga muntazam borib, u erda yaratilgan sharoit va muammolarni o'rganadi. Talabalarning yashash va o'qish sharoitini yaxshilashga ko'maklashadi. Aniqroq qilib aytganda Tyutor talabaga ham ota, ham ona,kezi kelganda esa do'st- sirdosh ham bo'ladi.

REFERENCES

1. https://yuz.uz/uz/news/tyutor--talaba-uchun-komakchi?view=ikkitametrikam-bormi

2. https://abt.uz/blog/yuksak-masuliyat-egalari-tyutorlar-haqida

3. S.Usmanov, Axborot xizmati rahbari

4. https://zarnews.uz/uz/post/tyutor-kim

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.