Научная статья на тему 'TYUTORLIK FAOLIYATI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR'

TYUTORLIK FAOLIYATI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Tyutor / tyutorning kreativ qobiliyati / uning majburiyatlari / pedagogik-psixologik xolati.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ostanov Anvar Teshavoyevich, Misirov Islom Pardaboyevich, Dungalov Toshtemir Shukurillayevich, Sulaymonov Yodgorbaxtiyor O‘G‘Li, Mamaraximova Aziza Mamatkul Qizi

Ushbu maqola orqali tyutor tushunchasi va uning ta’lim jarayonida ahamiyati haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz. Tyutor so‘ziga ilmiy berilgan ta’riflar hamda Bobolarimizning fikrlari ushbu maqolada o‘rin olgan. Tyutor bu yordamchi .Talabaning eng yaqin ko‘makchisi.. Demak bu tushunchani biz bemalol pedagogning individual qobiliyatiga sifatida barcha fanlarni o‘rgatishda va turli xildagi ta’lim turlarida foydalana olamiz. Bundan tashqari, berilgan ilmiy ma’lumotlar barcha pedagoglar uchun foydalidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TYUTORLIK FAOLIYATI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR»

TYUTORLIK FAOLIYATI VA UNGA QO'YILADIGAN

TALABLAR

1Ostanov Anvar Teshavoyevich, 2Misirov Islom Pardaboyevich, 3Dungalov Toshtemir Shukurillayevich, 4Sulaymonov YodgorBaxtiyor o'g'li, 5Mamaraximova Aziza Mamatkul

qizi

1,2,3,4,5JizPi tyutor https://doi.org/10.5281/zenodo.11217784 Annotatsiya. Ushbu maqola orqali tyutor tushunchasi va uning ta'lim jarayonida ahamiyati haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. Tyutor so'ziga ilmiy berilgan ta'riflar hamda Bobolarimizning fikrlari ushbu maqolada o'rin olgan. Tyutor bu yordamchi .Talabaning eng yaqin ko'makchisi.. Demak bu tushunchani biz bemalol pedagogning individual qobiliyatiga sifatida barcha fanlarni o'rgatishda va turli xildagi ta'lim turlarida foydalana olamiz. Bundan tashqari, berilgan ilmiy ma'lumotlar barchapedagoglar uchunfoydalidir.

Kalit so'zlar: Tyutor, tyutorning kreativ qobiliyati, uning majburiyatlari, pedagogik-psixologik xolati.

KIRISH:

Har bir oliy ta'lim muassasining talabasi uning farzandi kabidir. Ota-ona o'z bolalari uchun doimo qayg'urgani singari bugun ta'lim muassasalari ham talabalarning ilm olishi, kelgusi faoliyatini to'g'ri belgilashiga mas'ullikni his etadi. Talabaga ta'lim berish bilan birga, darsdan bo'sh vaqtida nimalar bilan bandligi, qanday muhitda yashashi, uning fanlardan tashqari qiziqishlari — hammasi oliy o'quv yurti uchun muhim.

Xo'sh, bu jarayonda o'tgan davrlarda oliy ta'lim muassasasi qanday ishlarni amalga oshirgan? Ma'lumki, yaqin yillargacha OTMlarda murabbiylik tizimi asosida ish olib borilardi. Bunda murabbiylik tizimi professor-o'qituvchi xohlasa-xohlamasa majburiy yuklama sifatida akademik guruhlarga biriktirilgan. Bu majburlov yuklamasidan tashqari, o'qituvchi sifatida o'zining katta mas'uliyati ham turgan. O'qituvchi bir kunda uch para darsi bo'lsa, biriktirilgan guruhlarga faqatgina tanaffus vaqtida eshikdan mo'ralab yoki guruh sardoridan shunchaki "kim bor, kim yo'q" ligini bilish, "nima muammo bor" deb so'rashdan ko'p uzoqlashmagan.

Qolaversa, bu murabbiylik tizimida oylik maoshining 25 foizigacha ustama haq to'lash belgilangan bo'lsa-da, kamdan-kam hollarda 20 foizgacha to'langan, aksariyat hollarda esa ishiga yarasha 5-15 foiz haq to'langan xolos.Bugun ham oliy o'quv yurtlarida talabalarning mustaqil ta'lim olish faoliyatini rivojlantirishga ko'maklashuvchi murabbiylar ish olib bormoqda. Biroq endilikda ular guruh murabbiyi emas, balki tyutor maqomida. Tabiiyki, ularning vazifalari ham avvalgilaridan farq qiladi.

Respublika davlat oliy ta'lim muassasalarida tyutorlik tizimi joriy qilinganiga ko'p bo'lmadi. Prezidentimizning 2019-yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni hamda shu asosida qabul qilingan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2021-yil 30-sentyabrdagi buyrug'i va Nizomi yangicha tizimga asos bo'lgan edi. Bugun bir qancha OTMlar qatori Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ham tyutorlar ish olib bormoqda. Ayni kunda ularning soni 72 nafarga yetdi.Hozirgi globallashuv sharoitida barcha sohalarning tayanchi, fundamenti — ta'limga borib taqaladi. Chunki aynan ta'lim dargohlaridan jamiyat uchun kerakli va uni boshqaradigan yetuk mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Shu jihatdan, zamon talablariga mos, irodali, har tomonlama

mulohazali, manfaatlari bunyodkorlik g'oyasiga qaratilgan yosh kadrlarni tarbiyalash bugungi kun ta'lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi.

Tyutorlik tizimi ham ana shu maqsadlarga yo'naltirilgan. U oliy ta'lim muassasasida tarbiya jarayonini tizimli va samarali amalga oshirishning muhim shakli va vositasidir. Tyutor esa talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, ta'lim muassasasi, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga, shuningdek, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishiga ko'maklashuvchi pedagog bo'lib, u yigit-qizlarni kasbga yo'naltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy to'garaklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarini o'rganib, ularga atroflicha echim topish bilan shug'ullanadi.Har qanday yangilik kabi bu yo'nalishning ham kelib chiqish tarixi bor. Ko'p manbalarda ta'kidlanishicha, dastlabki tyutorlar XII asrda Angliyaning Oksford va Kembrij universitetlarida paydo bo'lgan. Atama ingliz tilidan olingan va "uy o'qituvchisi, o'qituvchi, murabbiy, vasiy" degan ma'nolarni anglatadi. "Tyutorlik" so'zi insonning shaxsiy ta'limini qo'llab-quvvatlashni anglatadi. Bu juda nozik, "xususiy" ish faoliyatidir.

Rus tadqiqotchisi N.V.Ribalkinaning fikriga ko'ra, XVI asr oxiriga kelib tyutor universitet ta'limi tizimida qo'l ostidagi talabalarning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan muhim shaxsga aylanadi. XVII asrda tyutor faoliyati ko'lami yanada kengayib, endilikda unga ta'lim berish vazifalari ham yuklanadi. U talabaga qaysi amaliy mashg'ulot va ma'ruzalarga kirishni aniqlab beradi, talabalar darslarni qoldirmay yaxshi o'qishlari va imtihonlarga tayyor bo'lishlarini nazorat qilib boradi. XVII asrdan boshlab tyutorlik tizimi rasman ingliz oliy ta'limi tizimining ajralmas qismi sifatida tan olina boshlagan.

Bugungi kun ma'lumotlariga qaraganda, zamonaviy Oksfordda 90 foiz, Kembrij da esa 75 foiz tyutorlar 1 yoki 2 talaba bilan ish olib boradi. Ular maxsus ma'lumotga ega bo'lmasalarda, talabalarga ham o'qish davomida, ham ta'til paytida rahbarlik qilish, ma'nan ustozlik qilish kabi vazifalarga mas'ul.

Aniqrog'i, tyutor ishining asosiy shakli talaba bilan individual va jamoada ishlash yoki unga ta'lim-tarbiya maslahatchisi bo'lishdan iborat. Tyutorga yetakchilik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, intiluvchanlik, notiqlik mahorati, muloqatga kirishish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan ishlash bo'yicha malakaga ega bo'lish, ta'lim-tarbiya jarayoniga doir normativ-huquqiy hujjatlarni bilish kabi bir qator umumiy talablar qo'yiladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Shaxsning hamkorlik faoliyatini ta'minlovchi asosiy mexanizm ularning munosabatlarini qanday tarzda tashkil etilganligi, muloqot o'rnatish malakasi, muloqot takti, munosabatlarning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, muomalaga qiziqishlari va boshqa jihatlar bilan ham belgilanadi.

Tadqiqotimizda hozirgi zamon Oliy ta'lim muassasasi tyutori bilan talabalarining muloqot maromiga ularning hamkorligini shartlovchi omillardan biri sifatida tan olish mumkin.

Biz tadqiqotimizda tyutor bilan talabalar hamkorlik faoliyatida ustozning bu munosabatlardagi umumiy timsolini yoritishga imkon beradigan T.Liri metodikasidan foydalandik. Ushbu metodikadan foydalanishimizdan maqsad tyutor bilan talabalarning hamkorlik faoliyatida ustoz shaxsining roli va ularning o'zaro munosabatidagi yetakchi omillarning ahamiyatini aniqlashdan iborat edi. Shuni hisobga olib, biz metodikaning tavsifidan o„rin olgan yetakchi omillar yordamida pedagogika Oliy ta'lim muassasasi sub'ektlar o'rtasidagi

munosabatlar xususiyatlarini o'rgandik.

Biz tyutorning talabalar bilan muloqotga kirishishga qobiliyatliligini, ularning munosabat o„rnatish imkoniyatlarini baholashga harakat qildik.

Muloqot maromi va taktiga ko'ra, tyutor talabalariga nisbatan yuqori darajadagi muloqot malakasiga ega bo'lishi lozimdir. Tadqiqotimizda shunday bir holatni kuzatdikki, bu voqelik esa tyutor bilan talabalar munosabatida ishonchli biron-bir farqning kuzatilmayotganligini ko'rsatdi.

Agar sub'ektlar munosabatida bir xillik kuzatiladigan bo'lsa, buni ijobiy holat sifatida e'tirof etish kerak, aksincha muloqot darajalarining o'rtacha qiymat atrofida ekanligini e'tirof etishni ancha mushkullashtiradi. Tyutorning muloqotga qobiliyati mabodo talabalarnikidan ortda qoladigan bo'lsa, u holda uning shogirdlariga ta'sir ko'rsatish imkoniyati shaxslilik mazmunidan saboq oluvchilarning ta'sir doirasiga tushib qolishidan dalolat beradi. Tyutorni talabalar bilan munosabatida koordinatsiya yoki subordinatsiya o'rnatishning ham o'z maromi mavjud degan xulosa chiqarishga imkon beradi.

Tyutorning talabalar bilan ta'lim jarayonidagi muloqot doirasi faqat kognitiv, affektiv yoki xulqiy jihatdan baholanishi eng maqbul variant sanaladi. Talabalarning muloqot qilishga qobiliyati I-kurs (6,28), II-kurs esa (7,28), III-kurs (6,54) va tyutorlar (6,85) da ko'rinish oldi. Bu ko'rsatgich salbiy hol sifatida baholandi.

1-jadval

Tyutor va talabalarning muloqotga qobiliyatlilik ko'rsatkichlari

I-kurs talabalar II kurs talabalar III kurs talabalar Tyutorlar

M 6,28 7,28* 6,54 6,85*

G 1,78 1,36 2,21 1,91

m 0,20 0,15 0,25 0,18

* P<0.05

Demak, tyutorning muloqotga qobiliyatlilik darajasi uning shogirdlar bilan yaqin ko'rsatkichda shakllanib qolishi pedagogik jarayonda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki bu guruhda talabalarning shaxsiy tashabbuskorligi ustozdan yuqori ekanligi, asosiy xulosalarni saboq oluvchilar chiqarishsa, tyutorning pedagogik faoliyatida, asta-sekinlik bilan asteniklikni ortishiga va o'ziga ishonchsizlikning vujudga kelishiga olib keladi.

Agar muloqot darajasida yoki munosabat o'rnatish tizimida tyutorning qadriyatlari pasayishiga imkon yaratuvchi ham sotsial, ham psixologik holatlarga duch kelinaversa, oqibatda ta'lim jarayonida so'zsiz yo'qotishlar yuz berishi mumkin.

Tyutor va talabalarning muloqot o'rnatishga qobiliyatini o'rganish uchun amalga oshirgan ikkinchi urinishimiz, ya'ni ularning natijalari orasidagi korrelyatsion aloqalarni aniqlashdan iboratdir.

2-jadval

Tyutor va talabalarning muloqotga qobiliyatlilik orasidagi korrelyatsion bog'lanishlar ko'rsatkichlari

I-kurs talabalar II-kurs talabalar III-kurs talabalar Tyutorlar

I-kurs labalar 1 0,441** 0,163 0,75

II-kurs talabalar 1 0,433** 0,269*

III-kurs talabalar 1 0,139

Tyutorlar 1

*r<0,05, **r<0,01

Natijalarimizning ko'rsatishicha, muloqot qilishga qobiliyatlilik orasidagi korrelyatsion

munosabatlar I-kurs talabalari bilan II-kurs tinglovchilari natijalari orasida ijobiy bog'lanish borligini ko'rsatdi (r=0,441. r<0,01) (2-jadvalga qaralsin).

Bu esa har ikkala kurs talabalarida muloqot darajalarining o'sishi ko'p jihatdan ularning muloqot maromlari bir-biriga yaqin va agar hamkorlik jarayoni shu tarzda kechadigan bo'lsa, I kurs davrining muloqot maromidagi o'zgarishlar II kursda o'qiyotgan vaqtida o'z samarasini berishni ko'rsatadi. Aksincha, bunday holat muloqotga qobiliyatlilik III kurs talabalari va tyutorlari bilan munosabatlarda o'z aksini topmadi (r=0,163; r=0,075.).

II kurslarning muloqotga qobiliyatlilik ko'rsatkichlari III kurs (r=0,433; r<0,01) va tyutorlar (r=0,269; r<0,05) bilan ishonchli ijobiy korrelyatsiya munosabatlarini namoyon qildi. Bundan ko'rinadiki, II kurs talabalarining muloqotga qobiliyati mavjudligi ularning tyutorlari bilan hamkorlikda ishlash ko'nikmasini shakllanishiga olib keldi.

Aksincha, bunday holat III kurs talabalarida yuqoriroq va yaqqolroq ko'rinish oldi. Balki ularning muloqotga moyillik qobiliyatlarida bunday nuqsonlar III kurslarni ko'proq ishlab chiqarish amaliyoti va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda individual yondashuv, o'zlarini yangi ta'lim muassasasi muhitiga tayyorlashga intilishlari hamda «jamoaviy muhitdan» «individual hol»da o'zlarini namoyon qilish yetakchiligining oqibatidir, deb baholash mumkin.

O'ylaymizki, tyutor bilan talabalar hamkorlik sharoitini psixologik jihatdan takomillashtirishda ularning yosh davrlari psixologik xususiyatlarini inobatga olmasdan bo'lmasligini izlanishlar ko„rsatmoqda. Demak, I kurs talabalarining yangi ta'lim muhiti va unga moslashuvidagi, guruhning shakllanishi uchraydigan qiyinchiliklar «sub'ekt-ob'ekt» munosabatini «sub'ekt-sub'ekt» tizimiga aylanishgacha bosqichning tarkib topishida shakllanishidagi vaqt oralig'ining borligi, III kurslarda faoliyatning guruhiy ko„rinishdan individual shaklga ko'chishi va o'zlarini yangi shaxslararo munosabat muhitiga o'tishga tayyorlik darajasi ayni paytdagi hamkorlik faoliyatida uzilishlarning keltirib chiqarishi mumkin, degan mulohazaga olib keladi.

Shunday qilib, tyutorlarni o'rganish natijalarida ularning dominantligi ijobiy qiymatga ega bo'lsa-da, ammo ularda bir muncha salbiy do'stona munosabatlar mavjudli kuzatildi. Xulosa qilib aytilganda, ushbu munosabatlarda, ya'ni tyutorlar bilan talabalar munosabatlarida ko'proq ekstremal xulq-atvor yetakchilik qilayotganligini e'tirof etish maqsadga muvofiqdir.

XULOSA

1. Tyutor bilan talaba hamkorligida ularning bir birlarini munosabat sub'ekti sifatida qabul qilishda kommunikatorlik jihatlari yetakchi o'ringa ega. Chunki bugungi kunda pedagoglarning rasmiy-konvensionallik oralig'ini o'zida mujassamlashtirgan, oliy ta'lim muassasa sub'ektlarining muloqot darajalari va bir-biriga yaqinligi individual taktlarga nisbatan guruhiy yaqinlik bir muncha tarqoqdir.

2. Tyutorning talabalarga nisbatan intilishi ham rasmiy darajada bo'lib, tyutor ular bilan individual holatda ham, guruhiy holatda ham hamkorlikda rasmiylik yetakchilik qiladi. "Tyutor-talaba" hamkorligi natijalari rasmiy darajada o'zaro hurmat va ishonch shakliga ko'chib o'tishi yuqori ahamiyatga molik voqelik sifatida e'tirof etiladi. Demak, tyutor bilan talabalar hamkorligining har ikkala sub'ektlari faoliyati maqsadlarining uyg'unlashuvi o'zaro simpatiya va empatiya, o'zaro hurmat va qo'llab quvvatlash tamoyillarini vujudga keltiradi.

REFERENCES

1. Авлаев, О. У., & Бутаева, У. А. (2021). Талаба тсихологик камолоти масаласи. Academic

research in educational sciences, 2(5), 4-11.

2. Авлаев, О. У. (2021). Талабалар камолотида ижтимоий интеллектнинг гендер фарклари.«. PSIXOLOGIYA" ILMIY JURNAL, 3441.

3. Avlaev, O. U. (2020). The role of social intelligence in personal development. Association with Novateur Publication India's A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 692-698.

4. Mamatkulov, H. A., Mamatkulova, Z. G., & Avlaev, O. (2020). Merkmale der Verbesserung der beruflichen Kompetenz von militärpädagogen im Prozess des Lernens von Fremdsprachen. Проблемы научной мысли, 7(5), 55-58.

5. Umirovich, A. O. (2021). FACTORS, INFLUENCE ON STUDENT DEVELOPMENT. INFORMATION TECHNOLOGY IN INDUSTRY, 9(3), 945-953.

6. ^урбонова, Б. К., Авлаев, О. А. У., & Абдукаримов, Ш. У. У. (2021). ТАШИШ ЖАРАЁНИДА АВТОМОБИЛЛАРНИНГ ЭКСПЛУАТАЦИОН ХУСУСИЯТИНИ БАХ,ОЛАШ. Academic research in educational sciences, 2(12), 548-555.

7. Авлаев, О. У. (2021). У^ИТУБЧИНИНГ БОШ^АРУБЧАНЛИК УСЛУБЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(10), 1239-1246.

8. Авлаев, О. У., & Бутаева, У. А. (2021). ТАЛАБА ПШХОЛОГИК КАМОЛОТИ МАСАЛАСИ. Academic research in educational sciences, 2(5), 4-11. 9. Абдуллаева, Ю., & Авлаев, О. (2021). ЭШИТИШДA МУAММОЛAРИ БУЛГAН y^BH^AR^ КОНСИЛИУМ АСОСИДА ЛУFAТ БОЙЛИГИНИ ОШИРИШ. Academic research in educational sciences, 2(5), 922-932.

9. Mirqosimova, X. M., & Avlaev, O. U. (2021). THE INTELLECTUAL DYNAMICS OF ADOLESCENTS. Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka, 1(2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.