Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA TYUTOR VA TALABA HAMKORLIGINING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI'

TA’LIM JARAYONIDA TYUTOR VA TALABA HAMKORLIGINING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
539
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tyutor / talaba / hamkorlik munosabatlar / shaxslararo munosabat / psixologik tahlil.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Marat Normadovich Tojiboev

Ushbu maqolada ta‟lim jarayonida tyutor va talaba hamkorligining psixologik aspektlari yoritilgan. Bunda tyutor va talaba hamkorlik munosabatlarini shakllantiruvchi, uning samaradorliligini ta‟minlovchi, shaxslararo munosabat va hamkorlik faoliyatiga salbiy ta‟sir etuvchi sotsial-psixologik, hissiy-emotsional, ma‟naviy-madaniy va hududiy omillar ta‟sirini tadqiq etganligi tufayli qimmatli ilmiy natijalar olindi va psixologik tahlili amalga oshirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA TYUTOR VA TALABA HAMKORLIGINING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI»

TA'LIM JARAYONIDA TYUTOR VA TALABA HAMKORLIGINING

PSIXOLOGIK ASPEKTLARI

Marat Normadovich Tojiboev

Chirchiq davlat pedagogika instituti, Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida tyutor va talaba hamkorligining psixologik aspektlari yoritilgan. Bunda tyutor va talaba hamkorlik munosabatlarini shakllantiruvchi, uning samaradorliligini ta'minlovchi, shaxslararo munosabat va hamkorlik faoliyatiga salbiy ta'sir etuvchi sotsial-psixologik, hissiy-emotsional, ma'naviy-madaniy va hududiy omillar ta'sirini tadqiq etganligi tufayli qimmatli ilmiy natijalar olindi va psixologik tahlili amalga oshirildi.

Kalit so'zlar: tyutor, talaba, hamkorlik munosabatlar, shaxslararo munosabat, psixologik tahlil.

KIRISH

Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiya olimlari tomonidan o'rganiladigan va hal qilinadigan muammolar doirasi sezilarli darajada kengayib bormoqda. Bugungi kunda nafaqat umuminsoniy bilim, ko'nikma va malakalarning yaxlit tizimini shakllantirish, balki kasbiy faoliyatni malakali va mohirona amalga oshirishga tayyor va qodir mutaxassisni shakllantirish ham ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, zamonaviy ijtimoiy o'zgarishlarning dinamikligi va ta'limning innovatsiya va o'zgaruvchanlik yo'nalishida rivojlanishi bilan bog'liq.

Davlat buyurtmasi aniq belgilashga qaratilgan ta'lim mazmunidagi ustuvor vazifalarni har bir shaxsdan zamonaviy davlatda talab qilinadigan fazilatlar va ta'lim salohiyatini anglashi lozim. Natijada, ta'lim muassasalarining shtat ro'yxatiga talabalarning shaxsiy ehtiyojlari bo'yicha ishlarni o'z ichiga olgan mutaxassislarni kiritish zarurati paydo bo'ldi. Aynan Shu sababli, zamonaviy ta'limni isloh qilishning sezilarli tendentsiyalaridan biri yangi ta'lim kasblarining paydo bo'lishi bilan bog'liq. Shunday qilib, ta'lim muassasalari xodimlarida yangi lavozim - tyutor joriy etildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tyutor (inglizcha "tutor" "tarbiyachi" dan) - murabbiy degan ma'noni anglatadi, ya'ni o'sib borayotgan shaxsni rivojlantirish jarayonining individual maslahatchisi va quyidagi faoliyatni amalga oshiradi: individual maslahat, pedagogik,

tashkiliy ishlsmi muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi. Pedagogik psixologiyaning muammosi uning tyutorlik faoliyati yetishmasligidir ko'rsatgan holda tyutor faoliyatining psixologik tahlili ushbu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma'lum shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlar to'plamini o'rganish lozim. O'quv psixologiyasi va universitetlar amaliyoti uchun dolzarb bo'lgan yana bir muammo - bu psixologiya talabalarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish zarurati. Buning yechishda bir qator qarama-qarshiliklarga duch kelinadi. Bu, bir tomondan, mutaxassislar tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari va ushbu jarayonning samaradorligini oshirish bo'yicha psixologik tavsiyalarning yo'qligi o'rtasidagi nomuvofiqlikdir. Boshqa tomondan, mutaxassisga qo'yiladigan kasb talablari va mavjud kasbiy fazilatlar o'rtasida ziddiyat mavjudligigir. Lekin bu ishlarda psixologik qonuniyatlarni tyutorlik faoliyati bilan bog'liq holda o'rganish masalasi zamonaviy talablarga to'liq javob beradigan talabalar bilan hamkorlik shakli sifatida qarash lozim. Shuning uchun tadqiqot ishimizni asosiy mazmuni tyutor bilan talaba hamkorlik faoliyati shakllanishini psixologik tahliliga qaratilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Shaxsning hamkorlik faoliyatini ta'minlovchi asosiy mexanizm ularning munosabatlarini qanday tarzda tashkil etilganligi, muloqot o'rnatish malakasi, muloqot takti, munosabatlarning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, muomalaga qiziqishlari va boshqa jihatlar bilan ham belgilanadi.

Tadqiqotimizda hozirgi zamon Oliy ta'lim muassasasi tyutori bilan talabalarining muloqot maromiga ularning hamkorligini shartlovchi omillardan biri sifatida tan olish mumkin.

Biz tadqiqotimizda tyutor bilan talabalar hamkorlik faoliyatida ustozning bu munosabatlardagi umumiy timsolini yoritishga imkon beradigan T.Liri metodikasidan foydalandik. Ushbu metodikadan foydalanishimizdan maqsad tyutor bilan talabalarning hamkorlik faoliyatida ustoz shaxsining roli va ularning o'zaro munosabatidagi yetakchi omillarning ahamiyatini aniqlashdan iborat edi. Shuni hisobga olib, biz metodikaning tavsifidan o'rin olgan yetakchi omillar yordamida pedagogika Oliy ta'lim muassasasi sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlar xususiyatlarini o'rgandik.

Biz tyutorning talabalar bilan muloqotga kirishishga qobiliyatliligini, ularning munosabat o'rnatish imkoniyatlarini baholashga harakat qildik.

Muloqot maromi va taktiga ko'ra, tyutor talabalariga nisbatan yuqori darajadagi muloqot malakasiga ega bo'lishi lozimdir. Tadqiqotimizda shunday bir

holatni kuzatdikki, bu voqelik esa tyutor bilan talabalar munosabatida ishonchli biron-bir farqning kuzatilmayotganligini ko'rsatdi.

Agar sub'ektlar munosabatida bir xillik kuzatiladigan bo'lsa, buni ijobiy holat sifatida e'tirof etish kerak, aksincha muloqot darajalarining o'rtacha qiymat atrofida ekanligini e'tirof etishni ancha mushkullashtiradi. Tyutorning muloqotga qobiliyati mabodo talabalarnikidan ortda qoladigan bo'lsa, u holda uning shogirdlariga ta'sir ko'rsatish imkoniyati shaxslilik mazmunidan saboq oluvchilarning ta'sir doirasiga tushib qolishidan dalolat beradi. Tyutorni talabalar bilan munosabatida koordinatsiya yoki subordinatsiya o'rnatishning ham o'z maromi mavjud degan xulosa chiqarishga imkon beradi.

Tyutorning talabalar bilan ta'lim jarayonidagi muloqot doirasi faqat kognitiv, affektiv yoki xulqiy jihatdan baholanishi eng maqbul variant sanaladi. Talabalarning muloqot qilishga qobiliyati I kurs (6,28), II kurs esa (7,28), III kurs (6,54) va tyutorlar (6,85) da ko'rinish oldi. Bu ko'rsatgich salbiy hol sifatida baholandi.

1. jadval

Tyutor va talabalarning muloqotga qobiliyatlilik ko'rsatkichlari

I kurs talabalar II kurs talabalar III kurs talabalar Tyutorlar

M 6,28 7,28* 6,54 6,85*

G 1,78 1,36 2,21 1,91

m 0,20 0,15 0,25 0,18

*P<0.05

Demak, tyutorning muloqotga qobiliyatlilik darajasi uning shogirdlar bilan yaqin ko'rsatkichda shakllanib qolishi pedagogik jarayonda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki bu guruhda talabalarning shaxsiy tashabbuskorligi ustozdan yuqori ekanligi, asosiy xulosalarni saboq oluvchilar chiqarishsa, tyutorning pedagogik faoliyatida, asta-sekinlik bilan asteniklikni ortishiga va o'ziga ishonchsizlikning vujudga kelishiga olib keladi.

Agar muloqot darajasida yoki munosabat o'rnatish tizimida tyutorning qadriyatlari pasayishiga imkon yaratuvchi ham sotsial, ham psixologik holatlarga duch kelinaversa, oqibatda ta'lim jarayonida so'zsiz yo'qotishlar yuz berishi mumkin.

Tyutor va talabalarning muloqot o'rnatishga qobiliyatini o'rganish uchun amalga oshirgan ikkinchi urinishimiz, ya'ni ularning natijalari orasidagi korrelyatsion aloqalarni aniqlashdan iboratdir.

2-jadval

Tyutor va talabalarning muloqotga qobiliyatlilik orasidagi korrelyatsion bog'lanishlar ko'rsatkichlari

I kurs II kurs III kurs Tyutorlar

I kurs 1 0,441** 0,163 0,75

II kurs 1 0,433** 0,269*

III kurs 1 0,139

tyutor 1

*r<0,05, **r<0,01

Natijalarimizning ko'rsatishicha, muloqot qilishga qobiliyatlilik orasidagi korrelyatsion munosabatlar I kurs talabalari bilan II kurs tinglovchilari natijalari orasida ijobiy bog'lanish borligini ko'rsatdi (r=0,441. r<0,01) (2-jadvalga qaralsin).

Bu esa har ikkala kurs talabalarida muloqot darajalarining o'sishi ko'p jihatdan ularning muloqot maromlari bir-biriga yaqin va agar hamkorlik jarayoni shu tarzda kechadigan bo'lsa, I kurs davrining muloqot maromidagi o'zgarishlar II kursda o'qiyotgan vaqtida o'z samarasini berishni ko'rsatadi. Aksincha, bunday holat muloqotga qobiliyatlilik III kurs talabalari va tyutorlari bilan munosabatlarda o'z aksini topmadi (r=0,163; r=0,075.).

II kurslarning muloqotga qobiliyatlilik ko'rsatkichlari III kurs (r=0,433; r<0,01) va tyutorlar (r=0,269; r<0,05) bilan ishonchli ijobiy korrelyatsiya munosabatlarini namoyon qildi. Bundan ko'rinadiki, II kurs talabalarining muloqotga qobiliyati mavjudligi ularning tyutorlari bilan hamkorlikda ishlash ko'nikmasini shakllanishiga olib keldi.

Aksincha, bunday holat III kurs talabalarida yuqoriroq va yaqqolroq ko'rinish oldi. Balki ularning muloqotga moyillik qobiliyatlarida bunday nuqsonlar III kurslarni ko'proq ishlab chiqarish amaliyoti va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda individual yondashuv, o'zlarini yangi ta'lim muassasasi muhitiga

tayyorlashga intilishlari hamda «jamoaviy muhitdan» «individual hol»da o'zlarini namoyon qilish yetakchiligining oqibatidir, deb baholash mumkin.

O'ylaymizki, tyutor bilan talabalar hamkorlik sharoitini psixologik jihatdan takomillashtirishda ularning yosh davrlari psixologik xususiyatlarini inobatga olmasdan bo'lmasligini izlanishlar ko'rsatmoqda. Demak, I kurs talabalarining yangi ta'lim muhiti va unga moslashuvidagi, guruhning shakllanishi uchraydigan qiyinchiliklar «sub'ekt-ob'ekt» munosabatini «sub'ekt-sub'ekt» tizimiga aylanishgacha bosqichning tarkib topishida shakllanishidagi vaqt oralig'ining borligi, III kurslarda faoliyatning guruhiy ko'rinishdan individual shaklga ko'chishi va o'zlarini yangi shaxslararo munosabat muhitiga o'tishga tayyorlik darajasi ayni paytdagi hamkorlik faoliyatida uzilishlarning keltirib chiqarishi mumkin, degan mulohazaga olib keladi.

Shunday qilib, tyutorlarni o'rganish natijalarida ularning dominantligi ijobiy qiymatga ega bo'lsa-da, ammo ularda bir muncha salbiy do'stona munosabatlar mavjudli kuzatildi. Xulosa qilib aytilganda, ushbu munosabatlarda, ya'ni tyutorlar bilan talabalar munosabatlarida ko'proq ekstremal xulq-atvor yetakchilik qilayotganligini e'tirof etish maqsadga muvofiqdir.

XULOSA

1. Tyutor bilan talaba hamkorligida ularning bir birlarini munosabat sub'ekti sifatida qabul qilishda kommunikatorlik jihatlari yetakchi o'ringa ega. Chunki bugungi kunda pedagoglarning rasmiy-konvensionallik oralig'ini o'zida mujassamlashtirgan, oliy ta'lim muassasa sub'ektlarining muloqot darajalari va bir-biriga yaqinligi individual taktlarga nisbatan guruhiy yaqinlik bir muncha tarqoqdir.

2. Tyutorning talabalarga nisbatan intilishi ham rasmiy darajada bo'lib, tyutor ular bilan individual holatda ham, guruhiy holatda ham hamkorlikda rasmiylik yetakchilik qiladi. "Tyutor-talaba" hamkorligi natijalari rasmiy darajada o'zaro hurmat va ishonch shakliga ko'chib o'tishi yuqori ahamiyatga molik voqelik sifatida e'tirof etiladi. Demak, tyutor bilan talabalar hamkorligining har ikkala sub'ektlari faoliyati maqsadlarining uyg'unlashuvi o'zaro simpatiya va empatiya, o'zaro hurmat va qo'llab quvvatlash tamoyillarini vujudga keltiradi.

REFERENCES

1. ABnaeB, O. Y., & EyTaeBa, Y. A. (2021). Tanaôa ncuxonoruK KaMonora Macanacu. Academic research in educational sciences, 2(5), 4-11.

2. ABnaeB, O. Y. (2021). Tanaôanap KaMonoTHga h^THMOHH HHTenneKTHHHr reHgep ^apKnapu.«. PSIXOLOGIYA" ILMIY JURNAL, 3441.

3. Avlaev, O. U. (2020). The role of social intelligence in personal development. Association with Novateur Publication India's A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 692-698.

4. Mamatkulov, H. A., Mamatkulova, Z. G., & Avlaev, O. (2020). Merkmale der Verbesserung der beruflichen Kompetenz von militärpädagogen im Prozess des Lernens von Fremdsprachen. Проблемы научной мысли, 7(5), 55-58.

5. Umirovich, A. O. (2021). FACTORS, INFLUENCE ON STUDENT DEVELOPMENT. INFORMATION TECHNOLOGY IN INDUSTRY, 9(3), 945-953.

6. Курбонова, б. К., Авлаев, О. А. У., & Абдукаримов, Ш. У. У. (2021). ТАШИШ ЖАРАЁНИДА АВТОМОБИЛЛАРНИНГ ЭКСПЛУАТАЦИОН ХУСУСИЯТИНИ БАХ,ОЛАШ. Academic research in educational sciences, 2(12), 548-555.

7. Авлаев, О. У. (2021). УКИТУВЧИНИНГ БОШКАРУВЧАНЛИК УСЛУБЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(10), 1239-1246.

8. Авлаев, О. У., & Бутаева, У. А. (2021). ТАЛАБА ПСИХОЛОГИК КАМОЛОТИ МАСАЛАСИ. Academic research in educational sciences, 2(5), 4-11.

9. Абдуллаева, Ю., & Авлаев, О. (2021). ЭШИТИШДA МУAММОЛAРИ БУЛГAН УКУВЧИЛAРНИ КОНСИЛИУМ АСОСИДА ЛУFAТ БОЙЛИГИНИ ОШИРИШ. Academic research in educational sciences, 2(5), 922-932.

10. Mirqosimova, X. M., & Avlaev, O. U. (2021). THE INTELLECTUAL DYNAMICS OF ADOLESCENTS. Heraldpedagogiki. Nauka i Praktyka, 7(2).

11. Абдусаматова, Ш. С. (2021). Психология семейных отношений с основами семейного консультирования. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 225-229.

12. Абдусаматова, Ш. С., & Султанкулова, Г. Ф. (2022). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ТРЕНИНГА ОБРАЗНОЙ САМОРЕГУЛЯЦИИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 364-368.

13. Абдусаматова, Ш. С., & Султанкулова, Г. (2020). Профессиональная ориентация школьников выпускников к психологии. Scientific progress, 1(2), 1924.

14. Абдусаматова, Ш. С., & Мирова, Г. Т. (2020). Психокоррекционная разработка ассертивного поведения. Science and Education, 1 (Special Issue 4), 613.

15. Абдусаматова, Ш. С. (2021). ЭМОЦИОНАЛЬНЫЙ ДИСТРЕСС, УГРОЗА СОБСТВЕННОМУ «Я», КАК ОБЯЗАТЕЛЬНЫЙ КОМПОНЕНТ ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 239-247.

16. Абдусаматова, Ш. С., & Султонкулова, Г. Ф. (2021). МУСТАХКАМ ОИЛА-КЕЛАЖАК ПОЙДЕВОРИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 7(3), 69-72.

17. Усаров, Ж., & Абдусаматова, Ш. (2020). ТАЛАБАЛАРНИНГ УЗИНИ УЗИ РИВОЖЛАНТИРИШ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Science and Education, 1 (Special Issue 4), 266-273.

18. Mirzotilloyevna, R. Z., & Mirzayeva, S. R. (2021). Psychological factors of adolescence and teacher cooperation in choosing a profession. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 834-842.

19. Rustamovna, M. S. (2020). Psychological features of attitudes of students to their own health in conflict situations. journal of critical reviews (No. 17, pp. 30713076). ISSN-2394-5125 VOL 7.

20. Rustamovna, M. S. (2021). Development of education and research activity of profile class students on the basis of integrative and personal approach. Middle European Scientific Bulletin, 11.

21. Rustamovna, M. S. (2019). Formation of a healthy lifestyle among students. International scientific review, (LVIII), 69-70.

22. Мирзаева, С. Р. (2021). Талаба валеологик онгининг психологик химоя механизмлари билан детерминантлашуви. Science and Education, 2(Special Issue 1), 133-143.

23. Раупова, Ш. А. (2021). РОЛЬ СОРЕВНОВАТЕЛЬНЫХ ДЕЙСТВИИ В ВОСПИТАНИИ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ У ПОДРАСТАЮЩЕГО ПОКАЛЕНИЯ. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 3), 366-370.

24. Ismailova, Z. K., Raupova, S. A., & Jumanov, A. (2015). Information-psychological violence as a factor of social manipulation. Young scientist, (8), 800801.

25. Komilova, M. (2019). The Essence and Content of Problem Based Learning.

26. Раупова, Ш. А., Махмудов, Н. С., & Усмонова, Н. А. (2017). К вопросу об оценке профилактики и лечения артериальной гипертонии. Евразийский кардиологический журнал, (3), 56-56.

27. Исмоилова, З. К., & Раупова, Ш. А. (2018). Муаммоли таълим технологияларининг таълим жараёнидаги урни. Irrigatsiya va Meliоratsiya, (3), 93-97.

28. Rabidjanovna, S. S., & Bakhtiyarovich, T. S. (2021). Technology for the development of cognitive competence of students in the information and educational environment. Middle European Scientific Bulletin, 11.

29. Rabidjanovna, S. S., & Aburakhmatovich, E. K. (2021). Development trends in the subject of pedagogy and the education system. Middle European Scientific Bulletin, 11.

30. Rabidjanovna, S. S., & Mirabidovna, M. H. (2021). Methods of resolution of conflict in the pedagogical process. Middle European Scientific Bulletin, 11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.