TALABALARDA SHAXSLARARO MUNOSABAT MADANIYATINI
RIVOJLANTIRISH
Zilolaxon Marat qizi Nasirova
Nizomiy nomidagi TDPU magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada talabalar jamoasi va ular o'rtasida shaxslararo munosabat madaniyatini shakllantirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotga ulkan islohatlarga daxldorlik xissini kuchaytirish, shaxslararo amalga oshiriladigan murakkab munosabatlarda to'g'ri, adekvat qarorlar qabul qilishni rivojlantirish borasida so'z boradi.
Kalit so'zlar: talaba, o'qituvchi, madaniyat, munosabat. shaxslararo munosabatlar, murakkab munosabatlar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-avgustdagi "Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 242-sonli qarori, 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947 sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909 qarorlari hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlardan sanaladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 1-oktabr - "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan tantanali marosimda O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tarixga nazar solib, IX-XII asrlarda yurtimiz hududida birinchi, XV asrda ikkinchi Renessans porlaganini ta'kidladi. Ko'pchilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan o 'ylayman: Mamlakatimizda uchinchi Renessansni XX-asrda ma'rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Ular "Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lishi ham mumkin emas", degan hadisi sharifni hayotiy e'tiqod deb bildilar, deya ta'kidladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini ta'kidladi. "Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma'naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o'lmas meros hamisha yonimizda bo'lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag'ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta'lim tizimini ana shunday ruh bilan sug'orishimiz kerak1".
1.Mirziyoyev Sh.M. "1-Oktabr ustoz murabbiylar kunidagi nutqi"-Toshkent. 2020-yil
Milliy ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo'llaniladi.
Bugungi kunda ta'limning demokratik modelini vujudga keltirish muhim masalalardan biridir. Ta'lim, ayniqsa, o'quvbiluv jarayoni demokratik modelining dastlabki elementi talaba shaxsining individual faoliyat ko'rsatishida namoyon bo'ladi.
Muloqot - ikki yoki undan ortiq shaxsning birbiriga qaratilgan og'zaki yoki yozma nutqi. Og'zaki hamda yozma nutq og'zaki yoki yozma matn shaklida ifodalanadi. Muloqot shaxslararo o'zaro fikr almashinish vostasidir.
Ma'lumki, bugungi kunda talabaning ham individual, ham umumiy rivojlanishini ta'minlash dolzarb muammo hisoblanadi. Buning uchun ta'lim jarayonida ta'lim oluvchining talabaga bo'lgan aqliy rivojlanish dinamikasini o'stirish, o'quv-biluv jarayonida barcha talabalarning bilim olishi va rivojlanishini ta'minlashga yo'naltirilgan mashg'ulotlar ko'lamini kengaytirish zarur hisoblanadi.
Muloqot - yunoncha so'z boiib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o'zaro fikr alraashuv ma'nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so'zlashuvida paydo bo'ladi. Inson muloqot jarayonida ijti-moiy tajriba, ta'lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar g'oya va mafkura omillari ta'sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka-molotga yetadi. Kishilar o'rtasidagi o'zaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan bin hisoblanib, u oz ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Pedagogikada muloqot ta'lim oluvchi va talabalar jamoasining o'zaro ta'sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o'zaro axborot almashishida, ta'lim va tarbiyaviy ta'sir o'tkazishida, o'zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo'ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
• muloqot ta'lim oluvchining o'quv faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta'minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha-miyatga ega;
• ta'lim oluvchi va talaba munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o'ynaydi;
• pedagogikada muloqot - ta'lim oluvchining talabalarga ta'sir o'tka-zish asosida o'zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq-sadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
• muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi-qadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko'p qirrali jarayoni hisoblanadi;
• noto'g'ri pedagogik muloqotdan talabalarda qo'rquv, o'z kuchi-ga ishonchsizlik paydo bo'ladi, ularning diqqat-e'tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati — bu o 'qituvchining o 'quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o 'zi uchun eng qulay bo 'lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
O'qituvchining o 'quvchilar bilan o 'zaro yaqin muloqotidan asosiy rnaqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham
berish;
• o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko 'nikmalarini hosil qilish;
• o'quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o 'z fik-mulohazalarini cho 'chimasdan bayon qilib unga tayanishga o 'rgatish;
• o'quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
• dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatinipaydo qilish.
Rus pedagogi A.S.Makarenkoning fikricha, ta'lim oluvchi muloqoti hypmat va talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida boiishi lozim .
Bu borada V.D.Suxomlinskiy ta'lim oluvchining "...maktab hovlisida gapirgan har bir so 'zi puxta o 'ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma 'lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo 'lishi kerak" deb ta'kidlaydi. Ta'lim oluvchining har bir so'zi olimning fikricha, nafaqat talaba qulog'iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo'lishi shart. Umuman ilg'or ta'lim oluvchilarning fikricha, ta'lim va tarbiya faqat ta'lim oluvchi va c'quvchining o'zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi.
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati jarayonida ta'lim oluvchi qisqa muddatda o'zining psixologik bilimlariga tayanib talabalamiog psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim. Talabalarning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo'Hash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat talabalar bilan o'zaro muloqotni tuzatib bo'lmas darajada buzilishiga, talabalarning yashirin holatga. o'z "qobig'F'ga kirib olishiga sabab bo'ladi.
Ta'lim oluvchilarning o'zaro axborot almashishi bilan bog'liq xusu-siyatlari, uning sinf jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog'liq. Sinf jamoasida ro'y berayotgan har qanday voqea va hodisalar o'qituv-chilar nazoratida boiishi, ularning oqibatini'ta'lim oluvchilar tez va adolatli tahlil qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat faol talabalar bilan axborot almashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina, ta'lim oluvchining o'quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratiladi va ijobiy natijalar beradi.
2 MaKapeHbKO A.C.negaroraKa. -M.: B^agoc, 2001r.
Ta'lim oluvchi ta'lim - tarbiyaviy faoliyatni talabalar bilan birgalikda tashkil etadi. Bunda sinfning faol talabalari hamda norasmiy liderlari bilan o'zaro muloqotning adolatli bo'lishi muhim ahamiyatga ega: talabalarni tarbiyaning turli elementlarini ongli ravishda mustaqil bajarishga jalb etish, bunda talabalarga tashkilotchilik va ijro etish rollarini bajarishga imkoniyat yaratib berish lozim.
Ta'lim oluvchining to'g'ri tashkil etilgan muloqoti talabaning o'zligini anglash fonksiyasini takomillashtiradi. Bunda ta'lim oluvchining vazi-fasi muloqot asosida talabalarga o'zining "Men"ligini anglashni, shaxs sifatida o'z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o'z o'rnini bilishni, o'z-o'zini baholashni o'rgatishi kerak.
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan ta'lim oluvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar ta'lim oluvchining talabalar bilan muloqotiga ko'plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot, awalo, ta'lim oluvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo'ladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"T.: 2020-55 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. "O'zbekiston", 2017.
3. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami, 2017-yil, 6-son,70-modda.
4. Макаренько А.С. Педагогика. -М.: Владос, 2001г.
5. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari .-T.,1994. -35b.
6. www.ziyo.uz