Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023
BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TYUTORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH MEXANIZMLARI
O'rinova Nilufar Muhammadovna
FarDU professori, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent urinova.nm@mail .ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tyutorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari, bo'lajak o'qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayorlashning funksional modelining maqsadli, tashkiliy-tayorgarlik, mazmunli va natijaviy-baholovchi bloklari mohiyati ochib berilgan. Shuningdek modelni amalga oshirish mexanizmi keltirilgan.
Kalit so'zlar: tyutor, tyutorlik faoliyati yo'nalishlari, funktsiyalari, funksional model, o'quv-seminari.
ABSTRACT
This article reveals the goals and objectives of tutoring activities, the essence of the target, organizational-preparatory, substantive and performance-evaluation blocks of the functional model of training future teachers for tutoring activities. The mechanism of the model implementation is also given.
Keywords: tutor, areas of tutor activity, functions, functional model, training seminar.
KIRISH
Zamonaviy oliy ta'limda nafaqat o'qitish usullari va vositalariga, balki pozitsiyalarda ham tegishli doimiy o'zgarishlar ro'y bermoqda.Yangi kasblar va pedagogik mutaxasisliklar joriy etilmoqda. Bugungi kunda o'quv jarayoni ta'limni individuallashtirishga intiladi. Ushbu tendensiyaga munosabat tyutorlikning paydo bo'lishi bilan bog'liq.
Tyutor - bu oliy ta'lim muassasasida faoliyat yuritadigan, tegishli malaka talablariga javob beradigan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan xodim bo'lib, o'ziga biriktirilgan guruh talabalarining ta'lim olishlarida, shuningdek, darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida ko'maklashadi, ularni insonparvarlik, adolat, mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, beshta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan to'garak va klublarga jalb etish, ta'lim olish jarayonida yuzaga keladigan barcha masala va muammoni o'rnatilgan tartibda bartaraf etishga qaratilgan faoliyatni olib boradi[1;1].
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Tyutorlik faoliyati kasbiy qiyinchilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish loyihasini tuzish, kasbiy rivojlanishning individual ta'lim traektoriyasini ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oladi. Tyutorlik nafaqat ko'nikmalarni uzatish, balki tyutor va yosh o'qituvchining doimiy muloqotidir.
E. A. Suxanova, A. G. Chernyavskaya tomonidan "tyutorlik faoliyati rivojlanishning bir bosqichidan ikkinchisiga o'tish holatlarida shaxsning ta'lim faoliyatini qo'llab-quvvatlashning maxsus faoliyati sifatida ta'riflangan, bu davrda talaba ta'lim harakatlarini amalga oshiradi va tyutor ularni amalga oshirishi uchun sharoit yaratadi" [2, 6].
Rus olimasi T.M.Kovalevaning nuqtai nazarini ko'ra "tyutor -yosh va intiluvchan o'qituvchining individual ta'lim traektoriyasini ishlab chiqish orqali kasbiy rivojlanishini ta'minlaydigan tarixiy shakllangan maxsus pedagogik pozitsiya"
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tyutorlik faoliyatining maqsadi bo'lajak o'qituvchini individual ta'lim traektoriyasi bo'ylab harakatlanishida, ularning o'zini o'zi anglashi va o'zini o'zi rivojlantirishini qo'llab-quvvatlashdan iborat [2]. Tyutorlik faoliyatining bir qator yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish mumkin: taktik tyutorlik, strategik tyutorlik, individual tyutorlik, onlayn tyutorlik, guruh tyutorligi, akademik tyutorlik, xususiy tyutorlik, muammoli vaziyatlarda tyutorlik qilish. Ushbu yo'nalishlar o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi, ammo ularni birlashtiruvchi prinsip - bu bo'lajak o'qituvchilarga yordam ko'rsatish pozitsiyasi va g'oyalarining umumiyligi.
Tyutorlik faoliyatining asosiy vazifalaridan biri nafaqat yosh mutaxassisga o'z vaqtida yordam berish, balki uni o'z kasbiy rivojlanishidagi qiyinchiliklarni mustaqil ravishda engishga o'rgatish, kasbiy hayotning to'laqonli sub'ektini shakllantirishga xizmat qilishdir.
Tadqiqotimiz davomida bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayorlashning funksional modelini yaratish va uni amaliyotga joriy etishni ustuvor vazifa sifatida belgilaganmiz.
Tadqiqot maqsadi va ta'limning zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda modelni ishlab chiqishda shaxsiy-faoliyatli va kompetensiyaviy yondashuvlardan foydalanildi. "Shaxsiy-faoliyatli yondashuv bo'lajak o'qituvchining kasbiy va shaxsiy shakllanishi muammolarini hal qilish va uning ta'lim ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat yaratadigan tizim sifatida o'quv jarayonini didaktik va uslubiy qo'llab-quvvatlashni tashkil etishning eng muhim uslubiy ko'rsatmalarini belgilaydi"[4]. Ushbu yondashuv sub'ekt-sub'ekt munosabati asosida L.G.Petersonning refleksiv o'zini o'zi tashkil etish usuliga asoslangan faoliyatli
[3].
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
o'qitish texnologiyasini amalga oshirishga qaratilgan. Ushbu texnologiya bo'lajak o'qituvchilarning muvaffaqiyatini ta'minlaydigan faoliyat yuritish qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishga imkon beradi.
Tadqiqotchilar M.M.Mirkes, N.V. Muxa, A.A.Tsuker tomonidan taqdim etilgan tyutorlik faoliyatining tipologik modellari ishlab chiqilgan bo'lib, ular individual buyurtmani hisobga olgan holda murabbiylik, sheriklik, dispetcherlik, ta'lim bo'yicha konsalting funksiyalarini rivojlantirishga qaratilgan [4,9]. Biz "bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayorlashning funksional modelini" yatish va uni aprobatsiyadan o'tkazishga xarakat qildik. Tyutorning asosiy vazifasi kasbiy rivojlanishning individual ta'lim dasturini amalga oshirishning har bir bosqichidagi harakatlarni muvofiqlashtirishdir.
Tyutorning harakatlari bo'lajak o'qituvchining kasbiy va ta'lim ehtiyojlarini aniqlashga yordam berish, kasbiy rivojlanishning individual ta'lim traektoriyasini loyihalash va amalga oshirish, uni uslubiy qo'llab-quvvatlanishini ta'minlashga qaratilgan.
Bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayorlashning funksional modelini joriy etishda tyutorning quyidagi funksiyalari amalga oshiriladi:
1) bilimlarni o'zlashtirishni ta'minlash funktsiyasi tyutor tomonidan pedagogik qo'llab-quvvatlash o'quv materialini tushunishni va uni o'zlashtirishni ta'minlashi kerak, yangi ko'nikmalar va xatti-harakatlarni rivojlantirishni rag'batlantirishi zarur;
2) tashkiliy funktsiya talabaning ta'lim muassasa bilan o'zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tyutorni talabalar va talabalarni bir - biri bilan bilan o'zaro munosabatlarini tashkil etish, o'quv jarayoni ketma-ketligi va vaqtini boshqarish;
3) kommunikativ funktsiya talabalar va tyutor o'rtasidagi aloqani amalga oshirish; guruh dinamikasini boshqarish, guruhdagi pozitsiyalar va rollarni taqsimlash bilan bog'liq;
4) motivatsion funktsiya talabalarning individual motivlari va ehtiyojlarini aniqlashni talab qiladigan ta'lim bilan bog'liq shaxsiy istiqbollarini anglashga yordam berish;
5) monitoring va nazorat funktsiyasi talabalarning individual qiyinchiliklarini aniqlashga qaratilgan, ushbu qiyinchiliklarni engish uchun yordam berish; talabalar faoliyatini bosqichma-bosqich monitoring qilish; ta'lim jarayoni yakunida bilim va ko'nikmalarni nazorat qilish va baholash [ 5, 148 ].
Model tyutorlik faoliyatini tashkil etish bosqichlarini aks ettiruvchi bir nechta bloklardan iborat .
1. Maqsadli blok diagnostika va motivatsion bosqichni o'z ichiga oladi. Bosqichning maqsadi bo'lajak o'qituvchilarning o'zlarini takomillashtirish va
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023
umumiy va kasbiy bilimlar, kasbiy rivojlanish bilan boyitish ehtiyojlari va motivlari tizimini shakllantirishdir. Ushbu bosqichda bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik faoliyat sub'ekti sifatida individual psixologik va pedagogik xususiyatlarini o'rganishga, ularga kasbiy kamchiliklarni tushunishda va kompetentsiyalarni shakllantirish bosqichlarini belgilashda yordam berishga e'tibor qaratilmoqda. Ushbu bosqich doirasida diagnostika materiallari majmuasi shakllantiriladi va individual ta'lim traektoriyasini loyihalashga yordam beradi.
2. Tashkiliy- tayyorgarlik bloki loyihalash bosqichi hisoblanadi. Ushbu bosqich bo'lajak o'qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayorlashning faoliyat yo'nalishlarini belgilaydi:
- bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayorlashning mazmunini aniqlash;
- ish shakllarini, usullarini va vositalarini tanlash;
- didaktik ta'minotni yaratish ("Tyutorlik faoliyatining nazariy asoslari" o'quv elektiv kurs dasturi, o'quv qo'llanma, seminar dasturi, seminar ishlanmalari, keys-stadi, multimedia mahsulotlari, testlar bankini ishlab chiqish).
3. Mazmunli blok bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayorlashning ta'minlaydigan bosqichini o'z ichiga oladi. bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayorlashning faoliyatini muvofiqlashtiradi; bo'lajak o'qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayorlashning uslubiy vositalari bilan ta'minlaydi. Ushbu blokning asosini "Yosh tyutorlar maktabi" innovatsion markazi tashkil etadi, unda "Tyutorlikka ilk qadam" va "Mahoratli tyutor" maxsus o'quv-seminarlari tashkil etish kiritilgan.
"Tyutorlikka ilk qadam" moduli tyutorlik faoliyatni endigina boshlagan o'qituvchilar uchun amalga oshiriladi, mazkur kursda tyutorlik faoliyatini asosiy jihatlari, o'quv-tarbiyaviy ishlari samarali olib borish, individual va guruhli o'quv konsultatsialarni tashkil etish, individual ta'lim traektoriyasini loyihalash va amalga oshirishga oid bilim va ko'nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Ushbu modul doirasida tyutorlar va yosh mutaxassislarga guruh mashg'ulotlarini tashkil etish usullari bo'yicha master-klass, o'quv jarayoniga o'qitish usullarini joriy etish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar, o'quv tyutorlik seminarlari (tyutorial)ni tashkil etishga oid treninglar o'tkaziladi.
Ushbu o'quv seminarlari quyidagi tuzilishga ega bo'ladi: maqsad, vazifalarni taqdim etish; kutishlarni aniqlash; muammoni aktuallashtirish, motivatsiya; ma'lumot bilan ishlash; interaktiv rejimda mustaqil ishlash; natijalar muhokamasi.
"Tyutorlikka ilk qadam"oquv seminari taqvim rejasi
№
Seminar mavzulari
Ajratilgan soat
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023
1 Pedagogik faoliyatni loyihalash. Tyutor - pedagogik faoliyat subyekti sifatida 4
2 Talaba shaxsini diagnostika qilish metodikalari. Individual ta'lim trayektoriyasini loyihalash. 4
3 Individual va guruhli konsultatsiyalarni tashkil etish 4
4 Tyutorial va uni tashkil etish metodikasi 4
5 Treninglarni tashkil etishga zamonaviy yondashuvlar 4
6 Tyutorlik faoliyatini analiz qilish metodikalari 4
O'quv seminari doirasida "mustaqil ish"ni bajarish bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayorlashning zaruriy shartidir. Bu egallangan faoliyat usullarini qo'llashga, so'ngra ularning samaradorligini tyutor bilan birgalikda tekshirishga yordam beradigan muhim shartdir. O'quv tyutorlik seminarlarini o'tkazish vaqtida tajribali va yosh tyutorlarning o'zaro hamkorlikda fikr almashishlari ta'minlanadi.
"Mahoratli tyutor" maxsus o'quv-seminarlari bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga oid kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratiladi. Modul doirasida tyutorlar bilan o'qitish va faoliyatni tashkil etishning eng yaxshi usullari va texnologiyalarini izlash va tanlash amalga oshiriladi, ular o'z ish uslubini shakllantiradilar, pedagogik tajribalari rivojlantiriladi. "Mahoratli tyutor" o'quv seminarlarida yosh va tajribali o'qituvchilarning kasbiy rivojlanish traektoriyasini loyihalash va amalga oshirishga qaratilgan individual ishlar amalga oshiriladi, shu jumladan:
- "Mening hozirgi imkoniyatlarim" (OTDTS doirasida bilim va kompetensiyalar) asosida (loyihalar, seminar, konferensiya va turli tanlovlarda) olingan natijalarni tahlil qilish;
- Davlat ta'lim standartini amalga oshirishda pedagogika kasbiga qo'yiladigan talablarga muvofiq kasbiy faoliyatda "Mening kelajakdagi obrazim" loyihasini ishlab chiqish;
- "Men-hozirda, men-kelajakda" o'z kasbiy rivojlanish traektoriyasi loyihasini ishlab chiqish.
XULOSA
O'quv-seminarlarining yakuniy natijasi sifatida innovatsion pedagogik usullar o'zlashtiriladi, o'z-o'zini rivojlantirish usullari takomillashtiriladi va o'z ish tajribasi umumlashtiriladi. "Mahoratli tyutor" o'quv-seminarining oxirgi mashg'uloti "Uslubiy kun" sifatida o'tkaziladi bunda tyutorlik faoliyatida erishilgan kasbiy yutuqlar namoyish etiladi. "Uslubiy kun" dasturi mahorat darslari, uslubiy intensivlar,
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
o'quv treklari, uslubiy mashg'ulotlar, ochiq darslar taqdimoti, yosh tyutorlarning kasbiy rivojlanish ko'rgazmasini o'z ichiga oladi.
4. Natijaviy- baholovchi blok. Tyutorlik faoliyatining refleksiv bosqichi bo'lib, bu bosqichda mezon ko'rsatkichlari va darajalarini diagnostika qilish vositalari kompleksini o'z ichiga oladi, tajriba-sinov ishlari dinamikasini aniqlash, bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayorgarlik holati samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Shunday qilib, modelning tarkibiy qismlari o'zaro bog'langan bo'lib, bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayorlash jarayonini amalga oshirishga imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. http: //manaviyat.tstu.uz/wp-content/uploads/2021/10/Tyutorlik-faoliyatini-tashkil-etish-boyicha-Nizom.pdf
2. Суханова Е. А. Тьюторское сопровождение формирования образовательного заказа // Открытое образование и региональное развитие: способы построения образовательного пространства: сб. науч. тр. Томск: Томский ЦНТИ, 2004. 154 с.
3. Ковалева Т. М. О деятельности тьютора в современном образовательном учреждении // Организация тьюторского сопровождения в образовательном учреждении: содержание, нормирование и стандартизация деятельности тьютора: материалы Всероссийского научно-метод. семинара (Москва, 18-19 мая 2009 г.). М.: АПКиППРО, 2009. 188 с.
4. Елькина О. Ю. Теоретическая модель подготовки будущего учителя к формированию продуктивного опыта младших школьников // Вестник Томского гос. пед. (TDPU axborotnomasi). 2007. Вып. 7 (70). С. 23-27.
5. Muhammadovna, O. R. N. (2022). TALABA SHAXSINI INDIVIDUAL RIVOJLANTIRISHDA TYUTORLIK FAOLIYATINING ASOSIY KONSEPTSIYALARI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 144-149.
6. Urinova, N. M., & Abdullaeva, N. (2021). Opportunities to use project-based teaching technology in the development of students' research competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(3), 2344-2348.
7. Urinova Nilufar Mukhammadovna. (2023). IMPLEMENTATION OF TUTOR'S SUPPORT MODEL IN HIGHER EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 4(03), 58-64. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-03-12
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
8. O'rinova, N. M., & Muminova, N. J. (2022). BOSHLANG 'ICH TA'LIMDA O 'QUV-KVEST TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY JIHATLARI. Academic research in educational sciences, 3(5), 460-472.
9. YpHHOBa, H. M., & A6gynnaeBa, X. (2022). TtroTOP^HK OAO.HH£THHHHr mAK^^AHHmH, YHHHr TAPHXHH BA 3AMOHABHH XYCYCKHT.HAPH. Academic research in educational sciences, 3(1), 387-395.