Научная статья на тему 'PEDAGOGIK SOHADA KASBIY SOʼNISH MEXANIZMLARINI OʼRGANISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI'

PEDAGOGIK SOHADA KASBIY SOʼNISH MEXANIZMLARINI OʼRGANISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
2545
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy soʼnish / kasbiy zerikish / kasbidan bezish / kasbiy oʼzlik / kasbiy “men”lik / kasbiy malaka / kasbiy hamkorlik / kasbiy layoqat. / professional fading / professional boredom / professional identity / professional self / professional competence / professional cooperation.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Botirova, Dilafro‘z Bozorovna

Mazkur maqolada shaxsning kasbiga nisbatan faolligi va qiziqishini soʼnishi mexanizmlariga eʼtibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi shaxslarga qanday yordam berish yoʼllariga toʼxtalib oʼtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE STUDY OF THE MECHANISMS OF PROFESSIONAL EXTINCTION IN THE PEDAGOGICAL FIELD

This article focused on the mechanisms of a person’s activity and interest in professional activities, while also focusing on how it can help individuals in this situation.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK SOHADA KASBIY SOʼNISH MEXANIZMLARINI OʼRGANISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023

PEDAGOGIK SOHADA KASBIY SO'NISH MEXANIZMLARINI O'RGANISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

d

https://doi.org/l0.24412/2181-1784-2023-3-1025-1029

Botirova Dilafro'z Bozorovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi katta o'qituvchisi botirovadilafruz@gmail. com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada shaxsning kasbiga nisbatan faolligi va qiziqishini so'nishi mexanizmlariga e'tibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi shaxslarga qanday yordam berish yo 'llariga to 'xtalib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: kasbiy so'nish, kasbiy zerikish, kasbidan bezish, kasbiy o'zlik, kasbiy "men "lik, kasbiy malaka, kasbiy hamkorlik, kasbiy layoqat.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИЗУЧЕНИЯ МЕХАНИЗМОВ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО УГАСАНИЯ В ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ СФЕРЕ

АННОТАЦИЯ

В данной статье основное внимание уделяется механизмам, посредством которых у человека угасает активность и интерес к профессии, и в то же время акцентируется внимание на том, как помочь людям в данной ситуации.

Ключевые слова: профессиональное выгорание, профессиональная скука, профессиональная идентичность, профессиональное "Я", профессиональная компетентность, профессиональное сотрудничество, профессиональная ответстаенность.

PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE STUDY OF THE MECHANISMS OF PROFESSIONAL EXTINCTION IN THE

PEDAGOGICAL FIELD

ABSTRACT

This article focused on the mechanisms of a person's activity and interest in professional activities, while also focusing on how it can help individuals in this situation.

Key words: professional fading, professional boredom, professional identity, professional self, professional competence, professional cooperation.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

KIRISH

Pedagoglarni kasbiy tayyorlashga nazariy, amaliy, uslubiy yondashuv, shuningdek, maxsus tayyorgarlikning shart-sharoitlari va usullarini takomillashtirish, belgilash pedagoglarning muvaffaqiyati uchun zarur bo'lgan kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar va qobiliyat mustaqil ishlash zamonamizning asosiy muammolaridir. Shuning uchun muvaffaqiyatli tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlash muhim. Yangi psixodiagnostika usullarini joriy yetish, oshirish ilm-fanni rivojlantirish, ilg'or innovatsiyalarni rivojlantirishda talaba va yoshlarning faolligi, ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

Jamiyatda o'zligini anglagan shaxs borki, u shu jamiyat a'zolariga manfaati tegadigan biror bir faoliyat turi bilan mashg'ul bo'lishi tabiiy hol xisoblanadi. Xalqimizni kasb - xunarni yomoni bo'lmaydi, degan maqolidan kelib chiqib ta'kidlashimiz mumkinki kasb - hunari orqali xalq e'tiboriga sazovor bo'lganlar haqida tariximizdan ko'plab misollar keltirish mumkin. O'z kasbini mohir ustasi sifatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan shaxslar qatorida kasbidan zerikish hamda kasbidan sovish xolatlari ham uchrab turishi so'ngi vaqtlarda ko'plab ijtimoiy fan vakillarini o'ziga jalb etib kelmoqda. Umumiy psixologiyani asosiy tarmoqlaridan biri xisoblanmish mehnat psixologiyasi yo'nalishida shaxs o'z faoliyatiga nisbatan ishtiyoqining so'nish jarayoniga alohida e'tibor qaratilib, turli yo'nalishda tadqiqotlar olib borilmoqda. [1]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shaxsda kasbiy faoliyatiga nisbatan yuzaga keladigan ishtiyoqni sustlashishi yoki "so'nishi" - jaxon psixologik adabiyotlarida "burnout" holati deb nomlanadi va bu o'zbek tilida esa "so'nish" degan ma'noni anglatadi. Hozirgi vaqtda shaxsni faoliyatini tahlil etuvchi fanlarda kasbiy so'nish va uning tuzilmasining mohiyati bo'yicha yagona nuqtai nazar mavjud emas. So'nggi ma'lumotlarga tayangan holda, "psixik kuyish" deganda emotsional xolatni kasblarda kuzatiladigan psixo-fiziologik, hissiy va yangi texnologiyalarni o'zlashtirishdagi qoloqlik holati tushuniladi. [1]

Ijtimoiy psixologiya tadqiqotlari asosida quyidagi soha vakillari kasbiy so'nish jarayoni bo'yicha "xavf" guruhiga taaluqli hisoblanadilar: pedagoglar, psixologlar, tarbiyachilar, shifokorlar, tez-tez ish safarlariga chiqadigan, ijtimoiy va madaniy yo'nalishdagi xizmat ko'rsatish sohasi vakillari hamda bank xodimlari. [2] Mazkur xavf guruxida yetakchilik pedagog va psixologlarga tegishli bo'lib, ulardagi kasbiy so'nish ortiqcha aqliy faoliyat bilan bir qatorda o'z faoliyatlaridan qoniqmasliklari natijasida kasbiy faoliyatlariga nisbatan quyidagicha salbiy yondashuvlar yuzaga keladi:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

- o'z faoliyatiga nisbatan yuqori emotsional yondoshish;

- jamoada o'z o'rnini topa olmaslik hissi;

- muntazam faollik talab etilishi, yetarli dam olmaslik;

- ish joyidagi salbiy ijtimoiy sharoit va psixologik holat;

- kun davomidagi yuklamalarning ko ' pligi ;

- kechiktirilgan natija uchun cheklangan vaqt;

- shaxsiy emotsional holatni boshqara olmaslik;

- sarflangan mehnat uchun mos kelmaydigan natijaning bo'lishi;

- hamkasblar, ma'muriyat, qiyin vaziyatlarda to'g'ri muloqot yo'lini tanlash ko'nikmalarining yo'qligi;

- pedagogik faoliyatni tashkil qilishning to'g'ri boshqarilmasligi: yuklama, dars jadvali, ma'naviy va moddiy qo'llab quvvatlanmaslik;

- ma'lumotlarning haddan ortiq ko'pligi;

- qayta - qayta nazorat va tekshiruvlar.

Yuqorida keltirilgan omillar ustunlik qilishi shaxsning o'z faoliyatidan bezish yoki zerikish, stress xolatiga tushib qolishiga ta'sir etishi tabiiy xol xisoblanadi. [3] Mazkur xolatda aksari mutaxassislar jizzaki bo'lib ziddiyatli vaziyaga moyilliklari ortib ketadi. Ana shunday holatlarni sababini tashxis qilib aniq va muvaffaqiyatli psixologik maslahat tashkil etish uchun kasbiy so'nish va kasbiy mutanosiblikdan uzoqlashishni o'rganishning asosiy omillariga e'tibor qaratish lozim. Bular:

- Bilim berishni takomillashtirishda yangi g'oyalarni kiritavermaslik.

- Pedagogik faoliyatga ko'r-ko'rona texnologiyalarni joriy etavermaslik.

- Shaxsning o'z kasbiga nisbatan mutanosibligini baholash.

- Jamoaning psixologik iqlimining ta'lim jarayoniga ta'sirini tahlil etish.

- Pedagog shaxsining yashirin imkoniyatlarini ochish.

- Har bir pedagog kompetensiyasining psixologik asoslarini o'rganish orqali o'quvchilar bilimining samaradorligini oshirish.

- Ochiq darslarning kam tashkil etilishi va unda psixologik analizning mavjud emasligi.

Quyida kasbiy so'nishning asosiy omillaridan hisoblanmish ikki olmil haqida to'xtalib o'tishni lozim topdik. Aynan quyidagi ikki sabab yosh mutaxassislarda ko'proq uchrashi so'ngi vaqtlarda qayd etib borilmoqda. Shu sababli tajribali mutaxassislar o'zlarining tajribalaridan kelib chiqqan xolda to'g'ri maslahatlar berishlari lozim bo'ladi. [4]

Kasbiy so'nish va kasbiy mutanosiblikdan uzoqlashishning asosiy sabablari:

1. Individual sabablar:

A) o'z ustida ishlashdan to'xtab qolish;

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023

B) fanga oid yangi bilimlami o'zlashtirmaslik;

V) doimiy bir xil metodik uslubga yopishib olish;

G) o'z faoliyatidan qoniqmaslik;

D) o'ziga bino qo'yib, boshqalarni mensimaslik;

Ye) moddiy manfaatdorlikdan qoniqmaslik;

Yo) hamkasblarining darslariga qatnashmasligi.

2. Ijtimoiy-psixologik omillar:

A) atrofdagilarning diqqat e'tiboridan qolish;

B) atrofdagilarning nazoratidan chetda qolish;

V) faoliyatiga mos rag'batlantirilmaslik;

G) o'z sohasi mutaxassislaridan uzoqlashish;

D) kamchiliklarini rahbariyat tomonidan tez-tez eslatib turilishi.

Yosh mutaxassislarda kasbiy so'nish yoki kasbdan uzoqlashishni sezgan tajribali hamkasblar va psixolog mutaxassis quyidagilarga e'tiborini qaratish maqsadga muvofiq xisoblanadi. [4] Pedagogik faoliyatda kasbiy so'nishning oldini olish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

1. Muntazam pedagog malakasini oshirib borish.

2. Muntazam psixologik testlar orqali shaxsini baholab borish.

3. Turli trening, davra suhbatlari hamda psixologik konsultatsiyalar tashkil

etish.

4. Fan sohasida seminarlar tashkil qilish.

5. Pedagogik faoliyatni analiz-sintez hamda umumlashtirish yo'nalishida psixologik seminarlar o'tkazish.

6. Shaxsning kasbiy xususiyatlarini o'zi tomonidan baholash usullarini o'rgatib borish.

7. Zamonaviy psixologik metodlar bilan qurollantirib borish.

XULOSA

Shaxsda kasbiy so'nish yuzaga kelgan holda uni bartaraf etish uchun pedagogik jamoa birgalikda aniq reja asosida hamjihatlik bilan faoliyatlarini tashkil etishlari orqali mutaxassisni saflarida saqlab qolishlari mumkin. Mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda psixologni sa'iy harakatlari alohida e'tiborga loyiq xisoblanadi. Pedagogik faoliyatda yuzaga kelgan kasbiy so'nishni bartaraf etish: [5]

1. Shaxs bilan individual psixologik trening va suhbatlar tashkil etish.

2. Fan sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirish uchun o'quv seminarlar tashkil etish.

3. Shaxs imkoniyatlarini o'rganish orqali tavsiya ishlab chiqish.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

4. Pedagogik faoliyatda yuzaga kelgan stress, depressiya holatlarini aniqlash va individual psixologik maslahatlar ishlab chiqish.

5. Jamoaning psixologik iqlimini tahlil etish va tavsiyalar ishlab chiqish. Ijtimoiy faoliyatda har bir shaxs bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kasbiy

so'nish ma'lum bir vaqt oralig'ida o'tib ketish tabiiy hol hisoblanadi. Agar unga ijobiy yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali yordam ko'rsatish mumkin. Shu sababli pedagogik soxada faoliyat ko'rsatayotgan amaliyotchi psixolog pedogogik jamoadagi birorta ham pedagogni o'z nazoratidan chetda qoldirmasligi lozim.

REFERENCES

1. G'oziyev E.G'. Oliy maktab psixosi. -T.: O'qituvchi, 1997. - 197 b. K.B.Qodirov "Kasb tanlashga tayyorlashning psixologik jihatlari va professional loyihalar" Toshkent, 2001. - 36 b.

2. Ушинский К. Д. Избранние педагогические сочинения/Человек как предмет воспитания.Опит педагогик антропология (1861). — М.: Изд-во Академии наук РСФСР, 1945. — С.475.

3. Abdulakimovna, S. S. (2021). O'QITUVCHILARNING O'ZINI-O'ZI RIVOJLANIShI KASBIY KOMPETENTLIKNI OSHIRISH. Jahon ijtimoiy fanlar xabarnomasi, 3(10), 58-60.

4. Shakarboyeva S. BO'LAJAK O'QITUVCHIILARDA O'Z USTIDA ISHLASH FAOLIYATINI TARBIYALASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI //Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii. - 2022. - T. 2. - №. 6.

5. Botirova D.B. Pedogogik faoliyatda kasbiy so'nish jarayonining ijtimoiy -psixologik asoslari //Jurnal Ta'lim va innavatsion tadqiqotlar - 2023. - T. 2. - №. 3.

6. Маклаков А.Г. Обшая психология. Учебное пособие. СПб: Питер 2003г

7. Психология. Учебник. Под ред. Рогова Е.И Владос 2005г

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.