Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TA’LIMDA BO’LAJAK PEDAGOGLARNI TYUTORLIK VA FASILITATORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH'

ZAMONAVIY TA’LIMDA BO’LAJAK PEDAGOGLARNI TYUTORLIK VA FASILITATORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
461
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tyutor / tyutorlik / fasilitatorlik / guruh / talabalar guruhi / muammo / ilmiy izlanish / ma’ruza / ma’ruzachi

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — A.Muxsiyeva, Abdumutalibova Mag’firat Mirodil Qizi

Ushbu maqolada Oliy ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan bo‘lajak pedagoglarni hozirgi kunda davlatimiz Oliy ta’lim tizimiga kirib kelgan tyutorlik va fasilitatorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonlarida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan eng ahamiyatli jihatlar haqida fikr-mulohazalar o‘rin olgan. Hamda talabalarda tyutorlik va fasilitatorlikka psixologik jihatdan tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TA’LIMDA BO’LAJAK PEDAGOGLARNI TYUTORLIK VA FASILITATORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH»

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Бадмаев M.M. Методика преподавания психологии. - Москва, 2001

2. Davletshin M.G, Do'smuhamedova Sh. va boshq, Yosh davrlari va pedagogik psixologiya,. - Toshkent, 2007

3. Махмудова Д.А. Речь при эмоциональном напряжении. Вестник интегративной психологии. 2022год. Выпуск 26 стр.140

4. Xaydarov F.I. Xalilova N.I. Psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi. -Toshkent,2007

ZAMONAVIY TA'LIMDA BO'LAJAK PEDAGOGLARNI TYUTORLIK VA FASILITATORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH

A.Muxsiyeva

Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika kafedrasi dotsenti p.f.d.

Abdumutalibova Mag'firat Mirodil qizi

2-kurs magi&ranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Oliy ta'lim dargohlarida tahsil olayotgan bo'lajak pedagoglarni hozirgi kunda davlatimiz Oliy ta'lim tizimiga kirib kelgan tyutorlik va fasilitatorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonlarida e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan eng ahamiyatli jihatlar haqida fikr-mulohazalar o'rin olgan. Hamda talabalarda tyutorlik va fasilitatorlikka psixologik jihatdan tayyorgarlik ko'rishlari uchun tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Tyutor, tyutorlik, fasilitatorlik, guruh, talabalar guruhi, muammo, ilmiy izlanish, ma'ruza, ma'ruzachi.

O'zbеkiйоndа ijtimоiy hаyotning bаrchа sоhаlаridа аmаlgа оshirilаyotgаn islоhоtlаrning mаqsаdi insоn vа uning та^аайап, uning хаvfsizligi vа fаrоvоnligini tа'minlаsh hаmdа bаrkаmоl аvlоdni vоyagа yеtkаzishgа qаrаtilgаndir. О^еИ^т dаvlаt mu^^lngim qo'lgа kiritgаndаn kеyingi qisqа vаqt ichidа bоsib o'tgаn tаrаqqiyot yo'li аsrlаrgа аrzigulik mdzmun vа mоhiyat kаsb etmоqdа.

Xuddi shunday amaliy ishlarining tarkibi sirasida bugungi kunda Oliy ta'lim dargohlarida tyutorlik va fasilitatorlik faoliyati yo'lga qo'yib kelinmoqda. Pedagogika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarda tyutorlik va fasilitatorlik faoliyati bo'yicha ishlarni amalga oshirish uchun eng avvalo, ularda bu boradagi nazariy bilimlarni chuqurlashtirib, so'ngra faoliyat mobaynida amaliy taraflama e'tibor qaratiladigan jihatlarga tayyorlash lozim.

Asli xorijiy ta'limda tyutor va fasilitatorlik faoliyati allaqachon yo'lga qo'yilgan. Tyutorlik tizimi oliy ta'lim muassasasida tarbiya jarayonini tizimli va samarali amalga oshirishning muhim shakli va vositasidir. Tyutor esa talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, ta'lim muassasasi, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga, shuningdek, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishiga ko'maklashuvchi pedagog bo'lib, u yigit-qizlarni kasbga yo'naltirish, Vatanga muhabbat

ruhida tarbiyalash, turli ilmiy to'garaklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarini o'rganib, ularga atroflicha yechim topish bilan shug'ullanadi.

Har qanday yangilik kabi bu yo'nalishning ham kelib chiqish tarixi bor. Ko'p manbalarda ta'kidlanishicha, da&labki tyutorlar XII asrda Angliyaning Oksford va Kembrij universitetlarida paydo bo'lgan. Atama ingliz tilidan olingan va "uy o'qituvchisi, o'qituvchi, murabbiy, vasiy" degan ma'nolarni anglatadi. "Tyutorlik" so'zi insonning shaxsiy ta'limini qo'llab-quvvatlashni anglatadi. Bu juda nozik, "xususiy" ish faoliyatidir. Rus tadqiqotchisi N.V.Ribalkinaning fikriga ko'ra, XVI asr oxiriga kelib tyutor universitet ta'limi tizimida qo'l o&idagi talabalarning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan muhim shaxsga aylanadi. XVII asrda tyutor faoliyati ko'lami yanada kengayib, endilikda unga ta'lim berish vazifalari ham yuklanadi. U talabaga qaysi amaliy mashg'ulot va ma'ruzalarga kirishni aniqlab beradi, talabalar darslarni qoldirmay yaxshi o'qishlari va imtihonlarga tayyor bo'lishlarini nazorat qilib boradi. XVII asrdan boshlab tyutorlik tizimi rasman ingliz oliy ta'limi tizimining ajralmas qismi sifatida tan olina boshlagan.

Bugungi kun ma'lumotlariga qaraganda, zamonaviy Oksfordda 90 foiz, Kembrijda esa 75 foiz tyutorlar 1 yoki 2 talaba bilan ish olib boradi. Ular maxsus ma'lumotga ega bo'lmasalarda, talabalarga ham o'qish davomida, ham ta'til paytida rahbarlik qilish, ma'nan u&ozlik qilish kabi vazifalarga mas'ul. Aniqrog'i, tyutor ishining asosiy shakli talaba bilan individual va jamoada ishlash yoki unga ta'lim-tarbiya maslahatchisi bo'lishdan iborat. Tyutorga yetakchilik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, intiluvchanlik, notiqlik mahorati, muloqatga kirishish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan ishlash bo'yicha malakaga ega bo'lish, ta'lim-tarbiya jarayoniga doir normativ-huquqiy hujjatlarni bilish kabi bir qator umumiy talablar qo'yiladi.Ayni shundan zaruriy andoza olinib, davlatimiz bo'ylab Oliy ta'lim muassasalarida ham tyutorlik va fasilitatorlik faoliyatiga keng e'tibor berilmoqda. Pedagogika yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga tyutorlik va fasilitatorlik haqida nazariy ma'umotlar berish va ushbu ma'lumotlarni keng usullarda tushuntirish ularda mazkur faoliyatga bo'lgan qiziqishni orttirishi bilan bir qatorda, keyinchalik bu faoliyat bilan shug'ullanishlarida ham zamin bo'ladi.

Tyutor so'zi lotincha-tutorem so'zidan kelib chiqib, murabbiy va u&oz vazifasini bajaruvchi sanalsa, fasilitator esa ingliz tilida facilitator va lotinchada facilis-ya'ni yengil, qulay ma'nolarini anglatib, guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoningilmiyjihatdanyechimini topishgayo'naltirish, guruhdagi kommunikatsiyani rivojlantirish singari vazifalarni bajaruvchi hisoblanadi. Tyutor vazifasiga bazi hollarda ma'ruza o'qituvchisi bilan tinglovchi orasidagi bog'lovchi rolini bajarish ham yuklanadi. Bu jarayonda ma'ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va u&oz roli ham kirib ketadi.

Tyutor va fasilitatorning vazifalari va maqsadi talaba shaxsiga qaratiladi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Xuddi shu sababli hozirgi kunga qadar mamlakatimizda mavjud ta'lim tizimida tyutor va fasilitator zimmasiga kiruvchi amaliy ishlarning barchasini o'qituvchilar bajarganligi tufayli pedagog yoki o'qituvchi debgina yuritilib kelingan edi. Endi esa zamonaviy jamiyat va zamonaviy ta'lim xorijiy tajribalarga asoslanib tyutor va fasilitator tushunchalarini keng qo'llamoqda. Va buning uchun pedagogika

sohasida ta'lim olayotgan talaba-yoshlarni ham tayyorlash vazifalari dolzarb mavzuga aylanmoqda.

Bo'lajak pedagoglarni tyutorlik yoki fasilitatorlikka tayyorlash jarayonlarida ularga bu faoliyat turlari bilan shug'ullanishda psixologik jihatlarni ham nazardan chetda qoldirmaslikni uqtirish joiz. Chunki bu ikkala faoliyat turi ham talabalar bilan shug'ullanivchi hisoblanadi. Ana shuning uchun ham avvalo, talabalar guruhining psixologik tomonlarini o'rganishlari ularga faoliyatni qiyinchiliklarsiz tashkil etishda yordam bo'ladi. O'zi mas'ul bo'lgan talabalar guruhining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan tyutor yoki fasilitator ular bilan muloqotda qiynalmaydi va biror bir ishni amalga oshirishda hamkorlikni qiyinchiliksiz yo'lga qo'ya oladi.

Fasilitatorlik faoliyatiga tayyorlashda talabalarda ilmiy jihatdan bilim doirasini kengaytirish va chuqurlashtirish kelajakda bu faoliyatni amalga oshirishda, biror bir muammoga duch kelganda qo'l o^idagi talabalar jamoasiga to'g'ri yo'nalish bera olishda katta yordam beradi. Chunki fasilitatorning asosiy vazifalaridan biri bu — muammoning ilmiy jihatdan yechimini topishdir.

Xulosa o'rnida aytib o'tish lozimki, tyutorlik va fasilitatorlik faoliyatiga tayyorgarlik ko'rayotgan talabalarda bu ikki faoliyat bilan bog'liq ko'nikmalarni va malakani jonli ravshda shakllantirib borish samarali bo'ladi, ya'ni o'zlari ta'lim olayotgan ta'lim muassasasida yoki aynan shu guruhning o'zida tyutor va fasilitator vazifasida sinab ko'rishlari ularda kelajakda tyutorlik va fasilitatorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgandek tutish ko'nikmasini rivojlantiradi. Hamda keyinchalik tyutor yoki fasilitator bo'lib o'z faoliyatini yo'lga qo'yganida psixologik tayyorgarlikdan o'tgan bo'ladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Брэи М. Частное дополнительное обучение (репетиторство): сравнительный анализ моделей и последствий // Вопросы образования. - 2007. - No 1. - С. 65-83.

2. Бурдяк А. Я. Дополнительные занятия по школьным предметам: мотивация и распро- страненность // Мониторинг общественного мнения: экономические и социальные перемены. - 2015. - No 2. - С. 96-112.

3. Крылова Н. Г. Особенности самоактуализации и стиля педагогического общения пе- дагога-репетитора (тьютора) Психология // Вестник Костромского государственного университета им. Н. А. Некрасова. Серия: Педагогика. Социальная работа. Ювенология. Социокинетика. - 2012. - Т. 18. No 1-1. - С. 248250.

4. Налоговый Гайд для репетиторов в Великобритании [Электронный ресурс]. - Режим доступа: // URL: https://www.taxback.co.uk/tax-guide-for-tutors-in-the (дата обращения 26.05.2020).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.