Научная статья на тему 'TRANSFORMATSION JARAYONLARDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TYUTORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI'

TRANSFORMATSION JARAYONLARDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TYUTORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
transformatsiya / tyutor / faoliyat / bо‘lajak о‘qituvchi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O‘Rinova Nilufar Muxammadovna

Mazkur maqolada transformatsion jarayonlar sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash texnologiyalari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TRANSFORMATSION JARAYONLARDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TYUTORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI»

TRANSFORMATSION JARAYONLARDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TYUTORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI O'rinova Nilufar Muxammadovna

FarDU dotsenti, p.f.n. https://doi. org/10.5281/zenodo. 10675700

Annotatsiya. Mazkur maqolada transformatsion jarayonlar sharoitida bo 'lajak o'qituvchilarni tyutorlikfaoliyatiga tayyorlash texnologiyalari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: transformatsiya, tyutor, faoliyat, bo'lajak o'qituvchi.

Yangi O'zbekistonning porloq kelajagi, uning ertangi taraqqiyoti, birinchi navbatda, oliy ta'lim tizimini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish bilan bog'liq. Zamonaviy jamiyatda bilim va texnologiyalarning tez almashishi, hayotning ko'plab sohalarini raqamlashtirish, yangi ta'lim shakllarini joriy etish, jamiyatda shaxsning manfaatlariga yo'naltirilgan va iqtisodiy samardorlikni ta'minlovchi oliy ta'limning "ideal turini" talab qilmoqda. Oliy ta'limdagi transformatsiya jarayonining yo'nalishlari, sur'ati va natijalari ta'lim siyosati, qabul qilingan boshqaruv qarorlari, professional hamjamiyatning o'zgarishlarga tayyorligiga bog'liq. Asosiy akademik tamoyillarga amal qilgan holda mahalliy oliy ta'limni transformatsiya qilishda uning rivojlanishining an'anaviy omillarini qayta baholash, samaradorlik ko'rsatkichlarini belgilash, innovatsion tendensiyalarga moslashuvchanligini va dinamikligini oshirish mexanizmlarini rivojlantirish ustuvordir. Bu borada mamlakatimizda radikal o'zgarishlarni ta'minlovchi q ator farmon va qarorlar qabul qilindi.

Respublikamizda tyutorlik faoliyati joriy etish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimining 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonining ustuvor yo'nalishlarida belgilangan [2]. Oliy ta'lim muassasalarining o'quv rejalarini kredit-modul tizimiga o'tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimga o'tkazish hamda "tyutorlik" tashkiliy-metodik yordam tizimini joriy etish orqali talabalarning mustaqil ta'lim olish faoliyatini rivojlantirish o'zaro bir-birini to'ldiruvchi vazifalardir.

Aynan ana shu vazifalarni mantiqiy davomini "O'zbekiston - 2030" strategiyasining ta'lim tizimidagi islohotlar qismida ko'rishimiz mumkin. Tizimdagi islohotlar bilan tanishar ekanmiz, oliy ta'lim sohasida 2030-yilgacha ro'y beradigan o'zgarish va yangilanishlar zamirida mamlakatimiz taraqqiyotining shundan keyingi bosqichlarida faoliyat yuritadigan yetuk, salohiyatli kadrlarni tarbiyalashga qaratilgan dolzarb vazifalar belgilanganligiga amin bo'lamiz [1].

Bugun oliy ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan tyutorlarni kasbiy tayorlash, ularni faoliyatida qo'llaniladigan shakl, metod, texnologiyalar bilan qurollantirish pedagog olimlar oldidagi muhim muammolardan biridir.

Tadqiqot ishimizni ikkinchi bosqichida bo'lajak o'qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishga harakat qildik.

Bo'lajak o'qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini amalga oshirish to'rtta o'zaro va izchil bog'langan bosqichlarda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich - professional yo'naltirilgan bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonining motivatsion-qiymatli komponentini shakllantirishga qaratilgan.

Bu bosqichda:

1) bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayyorligining boshlang'ich darajasi baholanadi;

2) motivlar, qiziqishlar, salohiyat va muammolar aniqlanadi;

3) tyutorlik faoliyatiga haqidagi shaxsiy ma'lumotlar uzatiladi;

4) talabalarning tyutorlik faoliyatiga ehtiyojlari borligini anglaydilar;

5) baholash kompetensiyalari rivojlanadi;

6) talabalarda tyutorlik faoliyatiga ijobiy munosabat shakllanadi.

Ikkinchi bosqich (axborotli-nazariy) bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayyorligining kognitiv-operativ komponentini shakllantirish bilan bog'liq.

Ushbu bosqichda amalga oshirish zarur bo'lgan vazifalar: 1) Ushbu tayyorgarlikni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan boshlang'ich motivlar, qadriyatlarni hisobga olgan holda, bilimlarni faollashtirish. 2) Tyutorlik faoliyatining mohiyatini ochib beruvchi kontseptual kategoriyalar va ilmiy apparatni o'zlashtirish. 3) Tyutorlik va pedagogik faoliyat o'rtasida fanlararo integratsiyani tashkil etish.

Kutilayotgan natija: "Tyutorlikni faoliyati asoslari" nomli elektiv kurs dasturi va uning o'quv-uslubiy ta'minoti yaratildi.

Shunday qilib, ishlab chiqilgan elektiv kurs doiradasida quyidagi vazifalar hal etiladi: 1) Tyutorlikni faoliyatining mohiyati, tuzilishini va mazmuni ochib beriladi. 2) Tyutorlikni faoliyatining funksiyalari va bosqichlari bilan tanishtirish. 3) Bo'lajak o'qituvchilarni tyutorlikni faoliyatining shakl, metod va texnologiyalarini amalga oshirish uslubiyati bilan qurollantirish. 4) Talabalar bilan ularning ta'lim ehtiyojlariga muvofiq keladigan usullar va texnologiyalar yig'indisini aniqlash.

Uchinchi bosqich (amaliy-modellashtirish) bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatiga tayyorllashning kognitiv-operativ va shaxsiy-refleksiv komponentlarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu bosqich maxsus ishlab chiqilgan loyiha muhitida talabalar tomonidan tyutorlik faoliyatiga oid olingan bilim va ko'nikmalar, faoliyat usullarini amalga oshirishga xizmat qildi. Malakaviy amaliyotda tyutorlik faoliyatini amalga oshirish imkonini beruvchi tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan texnologiyaning yanada samarali amalga oshirishga hissa qo'shadi.

Bunday tadbirlarga:

1) bo'lajak o'qituvchilarning tyutorlik faoliyatini individual shakllari va vositalari to'g'ri tanlash maqsadida talabalarni diagnostika qilish;

2) tyutorlik faoliyati loyihasini mazmunli va protsessual jihatlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida talabalar uchun kognitiv va shaxsiy-qiymatli faoliyatni tashkil etish uchun individual ta'lim trayektoriyasini ishlab chiqishni rivojlantirish;

3) malakaviy amaliyotda tyutorlik faoliyati samaradorligini baholash loyihaning barcha bosqichlaridagi talabalar individual yutuqlarini aks ettiruvchi kundaliklarni va portfolioni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.

To'rtinchi bosqich - (o'quv-kasbiy) bo'lajak o'qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash komponentlari to'liq majmuasini, shuningdek, motivatsion-qadriyatli, kognitiv-operatsion, shaxsiy-refleksiv aspektlariga oid bilim va ko'nikmalarning turli jihatlarini amaliy faoliyatda mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu bosqichning asosini "Yosh tyutorlar maktabi" innovatsion markazi tashkil etadi, unda "Tyutorlikka ilk qadam" va "Mahoratli tyutor" maxsus o'quv-seminarlari tashkil etish kiritilgan. Ushbu bosqichda biz maxsus o'quv-seminarlarini tashkil etishda tyutorlik faoliyatini amalga oshirishning asosiy texnologiyalaridan loyiha texnologiyasi,

portfolio texnologiyasi, trening texnologiyasi, professional sinovlar texnologiyasi, faollashtirish texnologiyasi va konsultasiya texnologiyasidan foydalandik.

Quyida biz har bir texnologiya mohiyatini batafsilroq ochib beramiz. Loyiha texnologiyasi professor-o'qituvchi va talabaning faoliyati samaradorligini ta'minlashda boshqa texnologiyalarga nisbatan muhim afzalliklarga ega. Loyihani ishlab chiqish jarayonida talaba ta'lim faoliyatining samarali texnologiyalari, shu jumladan, o'z qobiliyatlari va imkoniyatlarini baholash va tahlil qilish bilan tanishadi. Pedagogik amaliyot o'quv dasturi doirasida talaba olingan nazariy bilimlarni kasbiy tajribadan o'tkazish imkoniyati maksimal darajada yaratiladi. Talabalar uchun loyihani amalga oshirish natijalarini aniqlash vositalaridan biri bu ta'lim jarayonining portfoliosidir. Talabaning maqsad sari harakatlanish bosqichlarini eng to'liq aks ettir ish, shuningdek, refleksiv funktsiyani bajarish; qabul qilingan qarorlar to'g'riligini tahlil qilish, ularni o'zgartirish va asoslashga yordam beradi. Portfolio texnologiyasi shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni qo'llab-quvvatlaydigan samarali ta'lim texnologiyasidir.

Hujjatlarni jamg'arishdan tashqari talaba portfoliosi bir qator boshqa funksiyalarni amalga oshiradi: aks ettiruvchi model funksiyasini bajaradi bo'lajak mutaxassislarning kasbiy fazilatlarini rivojlanish dinamikasi, uning o'zini o'zi anglashi; o'ziga xos o'qitish uslubini namoyish etadi; talabaga uning umumiy madaniyatining xususiyatlarini ko'rsatadi, aqlning alohida jihatlari; o'z akademik natijalari haqida fikr yuritishga yordam beradi; o'qituvchi funktsiyalarni amalga oshirish uchun bo'lajak o'qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash natijalarini muhokama qilish va o'z-o'zini baholash shakli bo'lib xizmat qiladi.

Kasbiy sinovlar texnologiyasi bo'lajak o'qituvchilarga tyutorlik faoliyatiga doir o'z bilim va ko'nikmalarini amalda sinab ko'rish, tyutorlik ko'nikmalarini rivojlantirishga imkon beradi. Texnologiya talaba shaxsining kasbiy o'z taqdirini o'zi belgilash va faollashtirish vositasi hisoblanadi. Ushbu texnologiyada o'qituvchi boshqa texnologiyalarga qaraganda ko'proq talabalarning mustaqil ta'lim faoliyati tashkilotchisi sifatida namoyon bo'ladi. Uning vazifalariga sinovlarni tashkil etish va talabalarga yordam berish kiradi. Tyutor o'z ishida tayanishi mumkin bo'lgan yana bir texnologiya faollashtirish texnologiyasi. Ushbu texnologiya talabani o'z taqdirini o'zi belgilash jarayonining potentsial subyekti sifatida ko'rib chiqishga asoslangan. Tyutorning vazifasi turli xil faollashtirish usullaridan diagnostika, o'yin va kognitiv foydalanish orqali talabani rivojlantirishdir. Ta'lim faoliyati subyekti fazilatlari va tyutorlik faoliyati uchun kasbiy tayyorgarlik muammolarini hal qilish uchun motivasion, amaliy va axborot tayyorgarligini shakllantirishdir. Ushbu texnologiya xodimlarni keng korporativ o'qitish tizimida ishlatiladi. Uning asosiy tamoyillari va, umuman amalga, oshirish shakllari tyutorlik mafkurasiga to'g'ri keladi va shuning uchun qo'llanilishi mumkin.

Tyutorlik faoliyati texnologiyalari tyutor bilan ishlashga muhtoj talabalarning ayrim xususiyatlarini tahlil qilish asosida tanlanadi, ular: individual xususiyatlari, ularning subyektivligining rivojlanish darajasi, umumiy va individual muammolar tabiati, shuningdek, ularning o'zini o'zi belgilash jarayonining holati [4, 97-b.].

Shubhasiz, yuqoridagi texnologiyalardan samarali foydalanish tyutorlik faoliyatida har bir talabaning o'z muvaffaqiyatini tushunib etishiga va o'z-o'zini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xorijiy tajribalarni o'rganish asosida tyutorlik faoliyatini rivojlantirishga doir bir qator tavsiyalarni keltirib o'tamiz: tyutorlar faoliyatini nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qilishga qaratilgan loyihalarni yo'lga qoyish; tyutorlik faoliyatiga tayorlovchi bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarini tashkil etish; tyutorlar uchun tizimli va uzluksiz faoliyat olib boruvchi ilmiy-metodik seminarlarni tashkil erish; tyutorlar uchun malaka oshirish va qayta

tayorlash kurslarini yo'lga qo'yish; tyutorlik faoliyatininig innovatsion texnologiyalarini milliy qadriyatlarga uyg'unlashtirish asosida ta'lim amaliyotiga joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqish.

REFERENCES

1. "O'zbekiston - 2030" strategiyasi. 11.09.2023 PF-158-son: https://lex.uz/docs/-6600413

2. 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'irisida"gi Farmoni: https://lex.uz/ru/docs/-4545884#-4546515

3. Адамский А.И. Учитель должен стать тьютором. Институт свободы // Вести образования. -M., 2009. - № 19 (139). - С. 3.

4. Загребельная СВ. Моделирование технологии тьюторского сопровождения процесса повышения квалификации учителей (на примере учителей начальных классов): Дис. ... канд. пед. наук. - Тамбов, 2007. - 223 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.