Научная статья на тему 'HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHNING KREATIV MODELLARI'

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHNING KREATIV MODELLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
59
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik faoliyat / pedagogik hamrohlik / moslashuv / hamrohlik modeli / tezkor monitoring / taktik monitoring / strategik monitoring / harakatlar algoritmi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qurbonova Baxtixon Qo‘Chqarbayevna

Ushbu maqolada jahon ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash mexanizmini takomillashtirishning kreativ modellari xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHNING KREATIV MODELLARI»

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHNING KREATIV

MODELLARI Qurbonova Baxtixon Qo'chqarbayevna

pedagogika fanlari doktori, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10115249

Annotatsiya. Ushbu maqolada jahon ta'lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash mexanizmini takomillashtirishning kreativ modellari xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik faoliyat, pedagogik hamrohlik, moslashuv, hamrohlik modeli, tezkor monitoring, taktik monitoring, strategik monitoring, harakatlar algoritmi.

Аннотация. В данной статье рассматриваются творческие модели совершенствования механизма подготовки учащихся к общественной жизни на основе педагогики сотрудничества в мировых образовательных учреждениях.

Ключевые слова: педагогическая деятельность, педагогическое управления, адаптация, модель управления, оперативный мониторинг, тактический мониторинг, стратегический мониторинг, алгоритм действий.

Jahon ta'lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash mexanizmini takomillashtirishning kreativ modellari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Talabani ijtimoiy hayotga tayyorlash, hissiy, ruhiy-jismoniy qobiliyatini hamkorlikda faoliyat ko'rsatish asosida rivojlantirish, moslashuvchanlik subyektlarning o'zaro birgalikdagi harakatlarini takomillashtirish bo'yicha tizimli ishlar yo'lga qo'yilib, ilmiy tadqiqot muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash jarayonini innovatsion yondashuv asosida loyihalash, bo'lajak o'qituvchilarni muayyan kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini rivojlantirish, kasbiy yetuklikka erishish jarayonida pedagogik, psixologik qadriyatlarni tatbiq etish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Global axborot oqimlari va jadallashuvi, fan-texnika rivojlanishidan talabalarning kasbiy layoqatini rivojlantirish, bo'lajak pedagoglarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash, pedagogik hamkorlik modellarini takomillashtirish, talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.

Pedagogik adabiyotlar va so'nggi yillarning bir qator ilmiy tadqiqotlar tahlili bizga talabalarning o'quv guruhida moslashuviga pedagogik hamrohlik qilish faoliyatining maqsadlari, tamoyillari, omillari, bosqichlari, usullari va tashkiliy shakllarini o'z ichiga olishi kerak, degan taxmin qilishimizga imkon beradi. Zeroki, har qanday pedagogik jarayonning maqsadi - bu talabaning o'qituvchilar bilan o'zaro aloqa natijalarini umumlashtirilgan aqliy obrazlar shaklida bashorat qilish bo'lib, ularga asosan ushbu jarayonning boshqa barcha komponentlari tanlab olinadi, o'zaro bog'lanadi va quriladi. O'z kasbiy faoliyatimiz tajribasining nazariy tahlili, umumlashtirilishi, shuningdek, ta'kidlovchi tajriba natijalari talabalarning o'quv guruhida moslashuviga pedagogik hamrohlik qilish modelini asoslash va ishlab chiqishga imkon berdi. Guruhdagi o'zaro aloqa o'z-o'zidan emas, balki o'quv fanlari o'quv dasturlarining mazmuni, bo'lajak kasb haqidagi tasavvurlar, guruhning auditoriyadan tashqari faoliyatning taklif qilinayotgan shakllarida ishtirok etishini muhokama qilish, umuman oliy o'quv yurti va xususan muayyan bir fakultet (institut)ning hayotiga berilish asosida shakllanadi. Bunda o'zaro aloqaning

konstruktiv shakllarini qo'llab-quvvatlash, samarali guruhlararo o'zaro aloqa tajribasini to'plash, moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklarni yengishda individual yordam ko'rsatish, nizolarning oldini olish pedagogik faoliyatning asosiy yo'nalishlariga aylanadi. Shunday qilib, oliy o'quv yurti va ijtimoiy-madaniy muhitning ta'lim resurslarini integratsiyalash hamrohlik qiluvchi faoliyatining bosh yo'nalishi hisoblanadi va u keng ko'lamli ijtimoiy-psixologik-pedagogik ish usullari va shakllaridan kompleks ravishda foydalanishga imkon beradi.

Talabaning o'quv guruhida moslashuviga pedagogik hamrohlik qilish jarayoni bir necha bosqichlarni qamrab oladi:

1-bosqich - propedevtik - tashxisiy. U pedagogik hamrohlikning barcha ishtirokchilari: hamrohlik qiluvchilarning ham, hamrohlik qilinayotganlarning ham moslashuv jarayoniga tayyorlanishi va kirishni anglatadi. Ushbu bosqichning davomiyligi 6-8 hafta. Ushbu bosqichda bosqichma-bosqich harakatlar algoritmi quyidagicha: birinchi kurs o'quv guruhlari o'qituvchilari va tyutorlarini tayyorlash, guruhlar tyutorlari tomonidan bir yillik moslashuv dasturining ishlab chiqilishi, tyutorning talabalarning shaxsiy ishlari bilan tanishishi, o'quv guruhida talabalar bilan tanishishni tashkil etish, har bir guruh ishtirokchisining moslashuv salohiyatini aniqlash, talabalarning ushbu o'quv guruhida muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradigan omillarni aniqlash.

2-bosqich - guruhda konstruktiv o'zaro aloqa tajribasini to'plash asosiy sanaladi. U talabalarning o'qituvchilar va (tyutorlar sifatida ishtirok etuvchi) yuqori kurs talabalari rahbarligida guruh ichidagi munosabatlar tizimida o'zini o'zi amalga oshirishning turli xil variantlarini sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'lgan ijtimoiy sinamalar maydonidir. Bosqich 6 oy davom etadi. Bosqichma-bosqich harakatlar algoritmi quyidagicha: tyutor tomonidan guruhda konstruktiv o'zaro aloqa usullarining mashq qilinishining tashkil etilishi, guruhda jamoani hosil qilish ustida muntazam ishlash, shaxsning turli guruhdagi shaxsiy xususiyatlari hamda uning kommunikativ salohiyatining namoyon bo'lishini talab qiladigan o'zaro aloqa vaziyatlarini yaratish, guruh ichidagi o'zaro aloqa natijalarini tahlil qilish, keyin algoritm takrorlanishi mumkin: ko'nikma va qobiliyatlarning yangi guruhlarining mashq qilinishini tashkil etish, xususan, talaba ushbu ko'nikmalarni namoyon etishi, o'z faoliyatini va guruhdagi muloqotini tahlil qilishi va qayta anglashi mumkin bo'lgan real vaziyatlarni yaratish.

3-bosqich - talabaning guruhda moslashuvi natijalarini sarhisob qilish, mustaqil va ekspert baholash, ushbu yutuqlarni o'quv faoliyati natijalari bilan bog'lash, auditoriyadan tashqari faoliyatga qo'shilganligi, qiyinchiliklarni aniqlash, talaba va ushbu o'quv guruhi a'zosining keyingi rivojlanishining individual trayektoriyalarini ishlab chiqishni ko'zda tutadi. Bosqich 4-6 hafta davom etadi. Bosqichma-bosqich harakatlar algoritmi - o'z-o'zini tahlil qilish, mikroguruhlarda tahlil qilish, umumguruhiy tahlil qilish va refleksiyalash (qayta anglash), tyutor bilan individual refleksiyaviy uchrashuvlar tashkil etish.

Talabalarning o'quv guruhida moslashuviga pedagogik hamrohlik qilishning maqsadiga erishish uchun asosiy an'anaviy axborot berishning shakllari (ijtimoiy-psixologik, pedagogik yordam, birgalikdagi faoliyatni tashkil etish), usullari (tarbiyalovchi vaziyatlar, dolzarblashtirish, mustahkamlash va boyitish, ko'maklashish va ijodni loyihalash) hamda keng ko'lamidan (individual va guruhli suhbatlar, munozaralar, jamoaviy-ijodiy ishlar, vaziyatli o'yinlar va boshqalar) foydalanilgan. Pedagogik hamrohlik modelini amalga oshirish doirasida interfaol adaptiv o'qitish usullaridan foydalanish taklif etiladi [1]. Moslashuv jarayonini amalga oshirish samarali bo'lishi uchun o'quv jarayonida murakkablashishiga qarab faol va interfaol mashg'ulot

shakllaridan foydalaniladi: boshlang'ich daraja - me'yoriy-mantiqiy va kommunikativ; innovatsion loyihalar; hayotiy vaziyatlarni modellashtiruvchi usullarni qo'llash va amalga oshirish. O'yinli usullar, murakkablikning nomlanishi, rolli o'yin, ishbilarmonlik o'yini, loyihaviy aloqalar texnologiyasi, talabaning o'quv guruhidagi ijtimoiy-psixologik ahvoli, talabaning qiyinchiliklarni yengish, uning o'quv faoliyatidagi muvaffaqiyati va tanlangan kasb haqidagi tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun salohiyatini kengaytiradi. Bo'linmalarning strategik, taktik va tezkor monitoringi quyidagicha:

- strategik monitoring talabalarni moslashtirish uchun shart-sharoitlarni o'rganish, hamrohlikning maqsad va vazifalarini aniqlash imkonini beradigan tashxisiy vositalar majmuini o'z ichiga oladi. Ushbu strategik monitoring talabaning o'quv guruhida moslashuv jarayoniga ta'sir qiluvchi, omillarni aprior tartiblash yordamida amalga oshiriladi.

- taktik monitoring talabalarning moslashganlik darajasi, ularning guruhdagi o'zaro aloqaga yo'nalganligi, asosan standartlashtirilgan test metodikalariga bo'lgan ehtiyojni kuzatib borishga imkon beradigan tashxisiy vositalar majmui yordamida, shuningdek, o'zgarishlar dinamikasini miqdoriy va sifatli kuzatib borishga imkon beradigan, talabalarning o'zlashtirishini tahlil qilish orqali ta'minlanadi.

- tezkor monitoring talabalarning o'quv guruhida moslashuviga pedagogik hamrohlik qilish bosqichlarini o'tish samaradorligini bosqichma-bosqich kuzatib borish funksiyasini bajaradi. U asosan u yoki bu pedagogik ta'sirlarning muvaffaqiyati/muvaffaqiyatsizligidan darak beradigan teskari aloqaga tezda ega bo'lishga imkon beradigan ekspress-tashxislash usullarini o'z ichiga oladi. Bunda kuzatuv, talabalar faoliyati mahsulotlarini tahlil qilish, qisqa intervyular, refleksiv suhbatlar natijalari, ekspress-so'rovlar, mustaqil kuzatuv kundaliklaridan foydalaniladi.

Talabalarning o'quv guruhida moslashuviga pedagogik hamrohlik qilish samaradorligi mezonlari etib quyidagi qoidalar belgilanadi:

- talabalarning ta'lim jarayoni hamda auditoriyadan tashqari faoliyatdagi o'quv va shaxsiy yutuqlari;

- tanlangan kasb bo'yicha oliy o'quv yurtidagi ta'lim jarayonidan qoniqish; guruhning shaxsiy idrokidagi "biz" ta'rifida ifodalangan, o'z o'quv guruhiga nisbatan ijobiy munosabat;

- hamrohlik jarayoniga uslubiy ta'minlash;

- talabalar tomonidan hamrohlikka bo'lgan talab.

Moslashuv jarayoniga muvaffaqiyatli hamrohlik qilish natijasi quyidagicha:

- talaba yangi muhitda o'zini tutish talablari, me'yorlari va qoidalarini o'zlashtiradi;

- yangi ijtimoiy qurshov bilan muloqot qilishda psixologik qoniqishni boshdan kechiradi;

- talabalarning boshqa talabalar va o'qituvchilar bilan o'zaro munosabatlari yo'lga qo'yiladi;

- shaxs oliy o'quv yurtidagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga yo'naltiriladi.

Shu tariqa, talabalarning o'quv guruhiga moslashuvida pedagogik hamrohlik qilish modeli o'rganilayotgan jarayonning mohiyati va mazmunini yorqin namoyish etadi. Uning asosiy vazifasi talabaning tashqi tomondan moslashganligini ekspert baholash emas, balki talabani oldida turgan moslashuv vazifalari, guruhdoshlari bilan konstruktiv aloqalarni o'rnatish va saqlashda yuzaga keladigan muammolarni tushunishga rag'batlantirish hisoblanadi. Binobarin, hamrohlik -

birinchidan, umumiy va yaxlit, qolaversa, har tomonlama faoliyat jarayoniga ko'maklashish va yordam berishning umumiy tizimi; ikkinchidan, integrativ - innovatsion texnologiya, uning tub asosi takomillashishi va o'z-o'zini rivojlantirish faoliyatini dolzarblashtirish, qolaversa, buni ochib berish uchun kerakli shart-sharoit yaratish va natijada alohida shaxsning o'zining asosiy funksiyalarini bajarishi; uchinchidan, hamrohlik qiluvchilar va yordamga muhtoj bo'lganlar o'rtasidagi alohida munosabatlar jarayonidir.

Talabalarni o'quv guruhiga moslashtirishning texnologik xaritasini tuzishda maqsadli blok ishlab chiqiladi.

Maqsadli blokning vazifalari quyidagicha:

- talabaning ta'sir obyekti pozitsiyasidan guruh ichidagi munosabatlar sub'ekti pozitsiyasiga o'tishda pedagogik yondashuv jihatidan boshqarishni amalga oshirish;

- birinchi kurs talabalarini tavsiya etilgan guruhiy faoliyat turlariga kiritish;

- kursdoshlar bilan sheriklik, o'zaro munosabatlarga ko'maklashish va hamrohlik

qilish.

Bunda taxminiy tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi, unda talabalarning o'quv guruhida moslashuviga pedagogik hamrohlik qilishning barcha asosiy g'oyalari aks ettirilgan bo'ladi. Shunday qilib, kiritilgan kuzatish, talabalar faoliyatining natijalari, ularning o'zlashtirish darajalarini baholash usullari yordamida talabalarning o'quv guruhida moslashuviga pedagogik hamrohlik qilish modelini amalga oshirishning muvaffaqiyatliligi haqida fikr yurgizishimiz mumkin. Ammo ilmiy asoslangan xulosalar uchun kuzatilgan tendensiyalarni miqdoriy va sifat jihatdan tasdiqlaydigan monitoring ma'lumotlarini taqdim etish talab etiladi.

REFERENCES

1. Сергейчик С.И. Факторы гражданской социализации учащейся молодежи.//Журнал «Социологические исследования», 2002, май. - С.107-111.

2. Akramov A.A. Bo'lajak o'qituvchilar fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarning o'rni // Zamonaviy ta'lim, 2017. - № 4. - B. 56

3. Sadikov A.K. Innovatsion rivojlanish bosqichida raqobotbardosh kadrlar tayyorlashni takomillashtirish / respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining maqola va tezislar to'plami. -Toshkent. -B. 38.

4. Tolipov O'.Q. Oliy pedagogika tizimida umummehnat va kasbiy ko'nikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari: pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ... diss. -T., 2004.

5. Шермухаммадов Б.Ш., Сиддиков Б.С., Курбонова Б.К., Мухамадалиева М.Б. Педагогика, инновация и интеграция начального образования. - Фергана: Classic, 2022.

6. Qurbonova B. Talabalarni hamkorlik pedagogikasi asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashda moslashuvchanlik imkoniyatlarini oshirishni modellashtirish. Scientific journal of the Fergana State University. 2023 Jun 22(1):24-.

7. Qurbonova B. Hamkorlik pedagogikasi asosida oliy ta'limda ta'lim jarayonini samarali tashkil etish. Scientific journal of the Fergana State University. 2023 Jun 22(1):5-.

8. Qo'chqarbayevna Q.B. Hamkorlik sifatli ta'lim tizimining asosiy tamoyili sifatida. xxi asrda innovatsion texnologiyalar, Fan va ta'lim taraqqiyotidagi dolzarb muammolar. 2023 May 20;1(4):40-4.

9. Kurbonova B. Cooperative pedagogy as person-oriented education. innovative developments and research in education. 2023 Jan 22;2(13):174-6.

10. Kurbonova B. The role of flexibility in collaborative pedagogy. Science and innovation. 2023;2(B1):382-6.

11. Kurbonova B. Preparation of students for social life based on cooperative pedagogy as a pedagogical problem. Science and innovation. 2023;2(B1):387-91.

12. Kurbanova B. Modern forms of organizing students independent work as a pedagogical problem. Science and innovation. 2023;2(B2):525-8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.