Научная статья на тему 'TUXUM YO‘NALISHDAGI TOVUQLARDA KALSIY VA FOSFOR ALMASHINUVI BUZILISHLARIDA SON SUYAKDAGI PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI'

TUXUM YO‘NALISHDAGI TOVUQLARDA KALSIY VA FOSFOR ALMASHINUVI BUZILISHLARIDA SON SUYAKDAGI PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tovuq / tuxum / anomaliya / kalsiy / fosfor / mineral / vitamin / rastion / tuxum yo‘li.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Hamroqulov N.Sh

Maqolada tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarida son suyaklardagi makroskopik va mikroskopik o‘zgarishlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUXUM YO‘NALISHDAGI TOVUQLARDA KALSIY VA FOSFOR ALMASHINUVI BUZILISHLARIDA SON SUYAKDAGI PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI»

UDK: 636.5: 637.

TUXUM YO'NALISHDAGI TOVUQLARDA KALSIY VA FOSFOR ALMASHINUVI BUZILISHLARIDA SON SUYAKDAGI PATOMORFOLOGIK O'ZGARISHLARI

Hamroqulov N.Sh. - mustaqil izlanuvchi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Annotastiya: Maqolada tuxum yo'nalishidagi tovuqlarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlarida son suyaklardagi makroskopik va mikroskopik o'zgarishlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: tovuq, tuxum, anomaliya, kalsiy, fosfor, minéral, vitamin, rastion, tuxum yo'li.

Kirish: Hozirgi paytda mamlakatimizda yuqori mahsuldor parranda zotlari va krosslari mavjud. Ammo parrandalarni oziqlantirishdagi kamchiliklar: sifatsiz oziqalar, rastion tarkibida vitaminlar, makro- va mikroelementlar va boshqa biologik faol qo'shimchalarning yetishmasligi ularning mahsuldorligi, reproduktiv qobiliyati va kasalliklarga chidamliligining pasayishi, tuxumdan jo'ja ochib chiqishidagi kamchiliklarga sabab bo'lmoqda. Parrandalar organizmida bir vaqtning o'zida bir necha mineral moddalarning yetishmovchiliklari aralash patologiya holida noaniq belgilar bilan kechadi. Shuning uchun tovuqlarda modda almashinuvi buzulishi bilan kechadigan kasalliklarga tashxis qo'yishda klinik tekshirishlar va ozuqa rastionlarini zootexnikaviy tahlil qilish bilan bir qatorda qon, suyak va tuxum po'chohi va tuxum sarihida biokimyoviy, patologoanatomik, organoleptik hamda tuxumni fizikaviy tekshirishlardan o'tkazilishi talab etiladi [3,5].

Suyak to'qimasida fiziologik jarayonlarning me'yor darajasida kechishi uchun organizmga doimiy ravishda oqsillar, mineral moddalar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalarning tushib turishi talab etiladi. Mineral modda tovuqlar hujayralarida va to'qimalarining strukturaviy elementlari tuzilishida ishtirok etadi va fermentlar, garmonlar, vitaminlar, pigmentlar oqsil birikmalari tarkibiga kiradi [1,6].

Suyaklardagi eng asosiy jarayonlardan biri ularning minerallanishi hisoblanadi. Bu jarayon dastlab organik matris-kollagenning, keyinchalik, mukopolisaxaridlar, oqsil-uglevod birikmalari va ATF sintezlanishi bilan amalga oshadi. Osteoblastlar tomonidan ajratilib chiqariladigan fermentlar kollogen va oqsil-uglevodli birikmalarga ta'sir etib, minerallanish jarayonini kuchaytiradi. Suyaklarda minerallanish jarayonlari bilan bir vaqtda mukopolisaxaridlarning natriy, kalsiy, magniy, fosfor, kaliy ionlari bilan birikishidan gidroksiapatit kristal panjarasi hosil bo'ladi [2,4].

Olingan natijalar va ularning tahlili. Tovuqlarda kalsiy fosfor almashinivuning yashirin kechishida patologik o'zgarishlar birinchi navbatda tuxum po'chog'i yupqalashishi, patlarning sinuvchan bo'lib yaltiroqligining yo'qolishi, oyoq va tumshuqlarning muguz qismining yaltiroqlikning yo'qolib g'adir-budur bo'lishi kuzatiladi, oxirgi navbatda esa oyoqlarning naysimon va tananing boshqa suyaklarida patologiya rivojlanadi.

Tovuqlarda mineral moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklarida suyak to'qimasida bo'ladigan distrofik o'zgarishlarni o'rganish maqsadida uning tarkibidagi kalsiy va fosfor moddalari miqdorini, hamda ulardagi patomorfologik o'zgarishlarni o'rganishni lozim deb topdik. Shu maqsadda 30 bosh kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishlari bilan kasallanib majburiy so'yilgan tovuqlarning son suyaklari dastlab pay va muskullardan ajratib olindi va organoleptik usulda patologoanatomik tekshirishlardan o'tkazildi. Suyaklar og'irligi FEJ-1000B (Yaponiya) tarozisi yordamda o'lchandi, suyakning uzunligi, suyak diametri, suyak g'ovakning diametri va suyak tog'ayning qalinligi shtangensirkul asbobi yordamda o'lchab tekshirildi.

Son suyak to'qimasida mineralsizlanishi tufayli atrofiyaga uchraydi, mo'rtlashadi va osteoid, tog'ay, biriktiruvchi yoki yog' to'qima bilan qoplanadi, shuning uchun suyak to'qimasi yumshaydi, tez sinuvchan va egiluvchan bo'ladi. Son suyakni yengillashgan, shakli o'zgargan, diafiz qismi so'rilib ingichkalashgan, mo'rtlashgan, osteon bo'shliqlari kengaygan, kulrangda, suyak epifiz qismining shakli o'zgargan va suyak usti pardasi g'adir-budir bo'lib qalinlashgan, ayrim joylarida fibroz to'qima o'sgan, oson kesiladi, kesilgan yuza kovaklangan, yog'simon, qizargan, kortikal qatlamlari yupqalashgan, birlashgan joylarida to g'ay to'qimasi rivojlangan, tog'ay to'qimasining ayrim joylarida eroziyalangan nuqtalar ko'rinadi, bo'g'im tog'aylarining yaltiroqligi pasaygan va yupqalashgan.

Son suyaklarda quyidagi patomorfologik o'zgarishlar aniqlandi:

"Darg'om parranda fayz" mchj ga qarashli 24-haftalik tovuqlar son suyaki uzunligi 8,8±0,1 sm, og'irligi 10,8±0,2 gr, suyak diametri 8,8±0,1 mm, suyak g'ovak qismining diametri 5,6±0,4 mm, va suyak qattiq qismining qalinligi 3,2±0,3 mm ni tashkil qildi. Shunga mos holda 52-haftalik tovuqlar son suyakining uzunligi 9,6±0,3 sm, og'irligi 11,5±0,1 gr, suyak diametri 8,3±0,2 mm, g'ovakning diametri 5,3±0,1 mm, suyak qattiq qismining qalinligi 3,0±0,2 mm ni, 67-haftalik tovuqlar son suyakining uzunligi 10,2±0,2 sm, og'irligi 13,2±0,3 gr, suyak diametri 7,9±0,1 mm, g'ovakning diametri 5,1±0,3 mm, suyak qattiq qismining qalinligi 2,8±0,5 mm ni tashkil qilishi aniqlandi (1,2,3,4,5,6-rasmlar).

1-rasm. Tajriba va nazorat guruhdagi tovuqlarning son suyaklari

2-rasm. Tajriba guruhdagi tovuqlarning son suyagining uzunligi

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

"Agro Lingt parranda" mchj ga qarashli 24-haftalik tovuqlar son suyaki uzunligi 8,2±0,2 sm, og'irligi 9,8±0,2 gr, suyak diametri 8,2±0,1 mm, suyak g'ovak qismining diametri 5,0±0,2 mm, va suyak qattiq qismining qalinligi 3,2±0,2 mm ni tashkil qildi. Shunga mos holda 52-haftalik tovuqlar son suyakining uzunligi 9,0±0,1 sm, og'irligi 11,2±0,1 gr, suyak diametri 8,1±0,2 mm, g'ovakning diametri 5,1±0,5 mm, suyak qattiq qismining qalinligi 3,0±0,1 mm ni, 67-haftalik tovuqlar son suyakining uzunligi 9,7±0,3 sm, og'irligi 12,8±0,2 gr, suyak diametri 8,0±0,2 mm, g'ovakning diametri 5,1±0,3 mm, suyak qattiq qismining qalinligi 2,9±0,3 mm ni tashkil qilishi aniqlandi (1,2,3,4,5,6-rasmlar).

3-rasm. Tajriba va nazorat guruhdagi tovuqlarning son suyaklarni o'lchash jarayoni

4-rasm. Tajriba va nazorat guruhdagi tovuqlarning son suyaklarni qattiq qismini o'lchash jarayoni

5-rasm. Tajribadagi tovuqlarning son suyagining ilik qismining diametri

6-rasm. Nazorat guruhdagi tovuqning son suyagining ohak qismining qalinligi

Suyaklarda patomorfologik tekshirishlar o'tkazish bilan shunday xulosaga keldikki, tovuqlarda kalsiy, fosfor almashinuvi buzilishlari asosan osteodistrofiya shaklida kechib, ularda tuxum po'chog'ining yupqalashi, patlarning yaltirog'likning yo'qolishi, sinuvchan bo'lishi, oyoqlar va tumshuqdagi muguzlarning yaltiroqlikning yo'qolib g'adir-budir bo'lishi va son suyakining ustki qismida fibroz to'qimaning o'sishidan g'adir-budir bo'lishi, suyakning deformatsiyaga uchrashi hamda son

suyaklarining mineral distrofiyasi, shaklining o'zgarishi, yupqalashishi, mo'rtlashishi, tez sinuvchan bo'lishi bilan xarakterlandi.

_Tovuqlarning son suyakini organoleptik tekshirish natijalari. (n=15)_

Xo'jalik-lar Tovuqlar yoshi Suyakning uzunligi (sm) Suyakning og'irligi (gr) Suyakning o'rta qismining diametri (mm) Suyakning g'ovak qismining diametri (mm) Suyakning qattiq qismining diametri (mm)

Darg'om parranda fayz 24 8,8±0,1 10,8±0,2 8,8±0,1 5,6±0,4 3,2±0,3

52 9,6±0,3 11,5±0,1 8,3±0,2 5,3±0,1 3,0±0,2

67 10,2±0,2 13,2±0,3 7,9±0,1 5,1±0,3 2,8±0,5

Agro-Lingt parranda 24 8,2±0,2 9,8±0,2 8,2±0,1 5,0±0,2 3,2±0,2

52 9,0±0,1 11,2±0,1 8,1±0,2 5,1±0,5 3,0±0,1

67 9,7±0,3 12,8±0,2 8,0±0,2 5,1±0,3 2,9±0,3

Suyak hujayralarida kalsiy-fosfor almashinuvi buzilishlari natijasida kelib chiqadigan o'zgarishlarni o'rganish maqsada son suyaklardan namunalar olinib gistalogik tekshirishlar o'tkazildi. Tayyorlangan steklolardan kesmalar olib mikroskop ostida kuzatilganda tashqi suyak plastinkalarining qalinligi 6-12mkm gacha yupqalashganligi, bir-biriga parallel joylashgan suyak plastinkalarining distrofiyasi, suyak plastinkalarining bir-biridan yaqol ajralib turganligi va suyak hujayralarining atrofiyaga uchraganligi kabi o'zgarishlar kuzatildi.

XULOSA. Tuxum yo'nalishdagi tovuqlarda mahsuldorlikning ortishi natijasida kalsiy va fosfor bo'lgan ehtiyojning ortishiga olib keladi agar organizimga ozuqa bilan tushmasa uzun g'ovak suyaklardan kalsiyning qonga qayta so'rilishi kuchayishi hisobga son suyakning distal qismini ingichkalashi va suyak massasining kamayishiga olib kelishi tajribalarda aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Norboev Q.N., Bakirov B.B., Eshburiev B.M. Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari. Darslik. Samarqand 2020. 485 b.

2. Dusheyko A.A. Vitamin A obmen i funkstii. - Kiev: "Naukova Dumka", 1989. - S. 244-245.

3. Bakirov B.B., Ro'ziqulov N.B. Yosh hayvonlar va parrandalarning yuqumsiz kasalliklari. O'quv uslubiy qo'llanma. Samarqand, 2018.

4. Kondraxin I.P., Levchenko V.I. Diagnostika i terapiya vnutrennix bolezney jivotnbix. Uchebnoe posobie. M.: Izd. OOO «Akvarmm-Print», 2005.

5. Элмуродов, Б., & Актамов, У. (2022). Биохимические изменения в крови кроликов, больных пастереллезом. in Library, 22(4), 115-118.

6. Elmuradov, B. A. (2024). VETERINARIYA ILM-FANINING RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION ISHLANMALARNING O 'RNI. Ustozlar uchun, 1(1), 3-6.

7. Рузимуродов, М., & Елмурадов, Б. (2024). Роль инновационных разработок в развитии ветеринарной науки. in Library, 2(2), 3-6.

8. Elmurodov, B. A. (1999). Qo 'zilarda pasterellyoz va kolibakterioz aralash holda uchraganda kuzatiladigan klinik-anatomik belgilari. Проблемы изыскания синтеза и производства препаратов для ветеринарии: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ma'ruzalari to 'plami.-Samarqand: VITI, 219-221.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.