Научная статья на тему 'TUT IPAK QURTINING JINSI BO‘YICHA ANIQLANGAN ZOTLAR VA ULARNING DURAGAYLARINI XO‘JALIK -BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI KO‘TARISHGA QARATILGAN SELEKSIYA ISHLARI'

TUT IPAK QURTINING JINSI BO‘YICHA ANIQLANGAN ZOTLAR VA ULARNING DURAGAYLARINI XO‘JALIK -BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI KO‘TARISHGA QARATILGAN SELEKSIYA ISHLARI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
селекция / генетика / ипак қурти / тухум / зот / дурагай / нишонланган / урғочи жинс / эркак жинс / хўжалик / биологик / ҳаётчанлик / ипакчанлик

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Abdikayumova Nigora Komoliddinovna, Sagadieva Adelya Iskanderovna

Ushbu maqolada tut ipak qurtining jinsi bo‘yicha nishonlangan zotlar va ularning duragaylarini xo‘jalik va biologik ko‘rsatkichlarini oshirilishi bo‘yicha olib boriladigan seleksiya ishlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUT IPAK QURTINING JINSI BO‘YICHA ANIQLANGAN ZOTLAR VA ULARNING DURAGAYLARINI XO‘JALIK -BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI KO‘TARISHGA QARATILGAN SELEKSIYA ISHLARI»

TUT IPAK QURTINING JINSI BO'YICHA ANIQLANGAN ZOTLAR VA ULARNING DURAGAYLARINI XO'JALIK -BIOLOGIK KO'RSATKICHLARINI KO'TARISHGA QARATILGAN SELEKSIYA ISHLARI

1Abdikayumova Nigora Komoliddinovna, 2Sagadieva Adelya Iskanderovna

1TDAU, Ipakchilik va tutchilik kafedrasi katta o'qituvchisi, q.x.f.f.d. (PhD)

2TDAU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11483835

Annotatsiya. Ushbu maqolada tut ipak qurtining jinsi bo'yicha nishonlangan zotlar va ularning duragaylarini xo'jalik va biologik ko'rsatkichlarini oshirilishi bo'yicha olib boriladigan seleksiya ishlari to'g'risida ma'lumot berilgan.

Калит сузлар: селекция, генетика, ипак цурти, тухум, зот, дурагай, нишонланган, ургочи жинс, эркак жинс, хужалик, биологик, уаётчанлик, ипакчанлик

Аннотация. В данной статье приведены сведения о селекции пород тутового шелкопряда и их гибридов для повышения количественных и биологических показателей.

Ключевые слова: селекция, генетика, тутовый шелкопряд, грена, порода, гибрид, меченный, самка, самец, количественный, биологический, жизнеспособность, шелконосность.

Annotation. In this state, the evidence of the selection of breeding silkworms and ix hybrids for the improvement of quantitative and biological indicators is presented.

Key words: selection, genetics, silkworm, grena, breed, hybrid, marked, female, male, quantitative, biological, viability, silk production.

Tut ipak qurtining duragaylarini birinchi avlodi ishlab chiqarishda boqiladi. Hamma joylarda duragay avlodining hayotchanligini ko'tarishda yaratilgan mahsuldor zotlar genofondidan genetik mahsuldor duragaylarni olishadi hamda pilla mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish hamda yuqori geterozisli sanoat duragaylarini yaratishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada ipak sanoati talablariga javob beradigan sifatli ipak tolasi olish va duragaylik darajasi 100 foizga yaqin zotlararo toza duragay urug'lar olish hamda tut ipak qurtining miqdor belgilari genetikasi va amaliy seleksiyasi jarayonlarini yanada intensivlashtirish muhim ilmiy ahamiyat kasb etmoqda.

Ma'lumki, Respublikamizda mustaqillik sharofati tufayli ilm-fanda ham ancha o'zgarishlar sodir bo'ldi. Ipakchlik ilmiy-tadqiqot institutining "Tut ipak qurti seleksiyasi" xodimlari yaratilgan tizim-zotlarni xo'jalik va biologik ko'rsatkichlarini uzoq yillarga saqlab turish uchun individlarni xarakatlanish xolatiga qarab, tanlash kerakligini o'ylab chiqdilar va amaliyotda ko'p yillardan beri qo'llab kelishmoqda (Izobretenie №1743524-"Sposob seleksionnogo otbora tutovogo shelkopryada" A.B.Yakubov i drugie 1990 g.).

Tut ipak qurtining birinchi kuni jonlanib chiqqan qurtlarni ildam xarakatlanishiga qarab tanlanadi. Pilla ichidan kapalaklar uchib chiqqandan keyin, esa ularni ildam harakatlanib, ona kapalaklar bilan tezda juftlashgan oilalardan kelgusi mavsumga boqish uchun oilalar qoldiriladi. Kam xarakatda bo'lib, chatishgan yoki qiynalib chatishgan undan olingan tuxum qo'ymalari kelgusi mavsumda nasl olishga kiritilmaydi. L-1 va L-2 zotlarda tanlovni bu turidan 20 yil mobaynida foydalanib kelinmoqda. Bu zotlar translokatsiyali zotlar bo'lib, tuxum qo'yganlarida jinslar nisbati $1 : nisbatida tuxum qo'yadilar. Bu muvozanat har yili boqish oldidan kuzatilib

faqat yana $1 : Si nisbatida tuxum qo'ygan oilalardan nasi olish uchun boqiladi, agarda boqilmasa jinslar nisbati o'zgarib mashaqqatli mehnat evaziga yaratilgan zotlar tezda buzilib ketadi. Tuxumlarning rangi L-1 zoti $ qoramtir kul rangda, S sarg'ish oq rangda. Bu bitta o'rtacha oilada 400-600 donagacha tuxum qo'yadi. L-2 $ qoramtir kul rangda, S och qo'ng'ir rangda tuxumlaydi, bitta oiladagi tuxumlar soni 400-600 dona atrofida bo'ladi. Bu zotda ham jinslar $1 : Si nisbatida boqilganda oilalarda ushlab turish talab etiladi. Keyingi zot Mech-1 va Mech-2 zotlarida jins belgilari turtinchi yoshida aniq bilinadi. Urg'ochi qurtlarni terisida ikkita yarim oy shaklida maskasi bo'ladi. Erkak qurtlarda esa oq sutsimon rangda, maskasi bo'lsaydi. Yuqorida aytilgan tanlov usullaridan foydalanib olinayotgan ko'rsatkichlarni 1-jadvalda ko'rishimiz mumkin.

1-jadval. Jinsi bo'yicha tuxumlik davrida nishonlangan zotlarning biologik ko'rsatkichlar

Zotlarning nomi Yillar Tuxumning jonlanish foizi, % Qurtlarning hayotchanlik foizi, % Og'irligi Pilla ipakchanlik foizi, %

Pilla vazni, g Qobiq og'irligi, mg

Liniya-1 2020 94,4 89,8 1,68 395 23,5

2021 94,6 86,7 1,65 400 24,2

2022 97,1 90,4 1,55 400 25,8

O'rtacha 95,3 88,9 1,63 398 24,5

Liniya-2 2020 97,0 89,0 1,70 409 23,9

2021 96,0 89,5 1,69 390 23,0

2022 96,7 89,7 1,56 370 23,7

O'rtacha 96,6 89,4 1,7 389 23,5

Asaka (qiyoslovchi) O'rtacha 94,6 90,4 175 403 23,0

1-jadval ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, ularni xo'jalik hamda biologik ko'rsatkichlari yuqori, tuxumlarning jonlanishi 95,3-96,6, qurtlarning hayotchanligi esa 88,9-89,4 %, ipakchanligi esa 23,5-24 % bo'ldi. Qiyoslovchi esa tuxumlarning jonlanishi 94,6 %, qurtlarning

1-rasm. Jinslari bo'yicha tuxumlik davrida nishonlangan zotlarni ipakchanlik foizina aniqlash jarayoni.

Izlanish ishlarini oolib borilishiga qarab ko'pgtna viloyat fermer xo'jaliklarida jinslari bo'yicha nishonlangan zotlardan olingan duragaylar boqilgan hamda katta xajmda boqish uchun Davlat komissiyasi ruxsat bergan. Yaratilgan zotlardan olingan duragaylarni o'rtacha 3 yillika ko'rsatkichlari 2-jadvalda keltirildi.

2-jadval. Jinsi bo'yicha tuxumlik davrida nishinlangan asosida yaratilgan duragaylarning biologik ko'rsatkichlari

Duragaylar nomi Yillar Tuxumning jonlanish foizi, % Qurtlarning hayotchanlik foizi, % Og'irligi Pilla ipakchanlik foizi

Pilla vazni, g Qobiq og'irligi, mg

L-1 x L-2 2020 93,5 94,5 1,88 453 24,1

2021 96,1 96,1 1,90 469 24,7

2022 95,2 95,2 1,75 443 25,3

O'rtacha 94,9 95,2 1,84 455 24,7

L-2 x L-1 2020 93,6 92,6 2,11 527 25,0

2021 94,3 94,5 1,62 400 24,7

2022 93,8 93,7 1,72 436 25,3

O'rtacha 93,9 93,6 1,82 454 25,0

Asaka x Marxamat (qiyoslovchi) O'rtacha 93,5 93,0 1,62 369 23,0

2-jadval ma'lumot ardan ko'rinib turibdiki, duragaylarning bio ogik ko'rsatkichlari yuqori.

Tuxumlarning jonlanishi 93,9-94,9 %, qurtlarni hayotchanligi esa 93,6-95,2 %, ipakchanligi esa 24,7-25,0 % bo'ldi. Qiyoslovchi esa tuxumlarning jonlanishi 93,5 %, qurtlarning hayotchanligi esa 93,0 %, ipakchanlik esa 23,0 % bo'ldi. Bundan ko'rinib turibdiki, genetik uslublar yordamida ildam mahsuldor individlarni tanlab olish orqali kam xarajat qilib mahsuldor yaratilgan tizim zotlarni 3-yilga yaxshi xolatda saqlab turish imkoni borligini olingan natijalar ko'rsatib turibdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Якубов А.Б., Ларкина Ye.A., Гайкалова Н.В., Курбанов Р.К. Аспекты практического исползования генетических и селексионных методов в промышленном шелководстве. // «Просеединг». - Ташкент, 2005 - С. 388-395.

2. Ларкина Е.А., Якубов А.Б. Возможност применение меченных по полу пород тутового шелкопряда для приготовления 100 % - но чистых гибридов. // Сборник материалов Республиканской научно-технической конференций «Актуалные проблемы производства качественного и конкурентоспособного коконного сыря». - Ташкент, 2017. - С. 51-55.

3. Ларкина Е.А., Салихова К.И., Якубов А.Б. Исползование метода отбора по двигателной активности для сохранения свойств коллекционных пород тутового шелкопряда. // Агро илм. -Ташкент, 2012. - №2 (22). - С. 51.

4. Ларкина Е.А., Абдикаюмова Н.К. Влияние селексионно-племенного отбора маркированных по полу пород на улучшение биологических показателей тутового шелкопряда. "2020 yil Ilm - ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" ga bag'ishlangan professor-o'qituvchi va yosh olimlarning III -masovaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 2020. b.1244-1247.

5. Larkina Ye.A., Abdikayumova N.K. Ipak qurtining tuxumlik davrida ranggi buyicha jinslarga ajraluvchi yangi zotlari va ularning genetik imkoniyatlari. International conference on learning and teaching. International Scientific Conference. Uzbekistan, Tashkent, 2022. р. 33-37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.