Научная статья на тему 'TUT IPAK QURTINI TAKRORIY BOQISH UCHUN DURAGAYLARINI TANLASH VA UNING BOQISH AGROTEXNIKASI'

TUT IPAK QURTINI TAKRORIY BOQISH UCHUN DURAGAYLARINI TANLASH VA UNING BOQISH AGROTEXNIKASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Tut ipak qurti / duragayi / urug‘ / pilla / pilla qobig‘i / ipakchanlik

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Daniyarov Umirzak Tuxtamuradovich, Sharofova Bahora Bobur Qizi

Takroriy qurt boqish agrotexnikasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, yozning issiq kunlarida mo‘tadil harorat va namlikni ta’minlovchi qalin devorli qurtxonalar talab qilinadi. Tut daraxtlaridan oqilona foydalanish zarur bo‘ladi. Chunki kuzda tut bargi dag‘allashib sifati pasayadi. Yuqori harorat ipak qurtining rivojlanishini tezlashtirib, ovqatga bo‘lgan talabni oshiradi va organizmdagi namlikni ko‘p yo‘qotadi. qurt boqish davrida qurtxonadagi havo namligini me’yorida saqlashga e’tibor berish zarur

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUT IPAK QURTINI TAKRORIY BOQISH UCHUN DURAGAYLARINI TANLASH VA UNING BOQISH AGROTEXNIKASI»

UO'K:636.082.638.2

TUT IPAK QURTINI TAKRORIY BOQISH UCHUN DURAGAYLARINI TANLASH VA UNING BOQISH

AGROTEXNIKASI

1Daniyarov Umirzak Tuxtamuradovich, 2Sharofova Bahora Bobur qizi

1ToshDAU "Ipakchilik va tutchilik" kafedrasi professori, q.x.f.d.

2 ToshDAU "Ipakchilik va tutchilik" ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11483867

Anotatsiya. Takroriy qurt boqish agrotexnikasi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, yozning issiq kunlarida mo'tadil harorat va namlikni ta'minlovchi qalin devorli qurtxonalar talab qilinadi. Tut daraxtlaridan oqilona foydalanish zarur bo'ladi. Chunki kuzda tut bargi dag'allashib sifati pasayadi. Yuqori harorat ipak qurtining rivojlanishini tezlashtirib, ovqatga bo'lgan talabni oshiradi va organizmdagi namlikni ko'p yo'qotadi. qurt boqish davrida qurtxonadagi havo namligini me 'yorida saqlashga e 'tibor berish zarur.

Kalit so'zlar: Tut ipak qurti, duragayi, urug', pilla, pilla qobig'i, ipakchanlik.

Annotatsiya. Agrotexnika povtornogo vbira^ivaniya shelkovichnbix chervey imeet svoi osobennosti. V-chastnosti, neobxodimo stroitelstvo tolstostennbix chervovoden dlya obespecheniya umerennoy temperature i vlajnosti v letnie jarkie dni. Nujno ratsionalno ispolzovat tutovwe derevya, tak kak osenyu listya grubeyut i ix kachestvo snijaetsya. Povbishenie temperature uskoryaet razvitie shelkovichnbix chervey, iz-za bolshoy poteri jidkosti v organizme ix trebovanie k pi^e povwshaetsya, sledovatelno, osoboe vnimanie doljno but udeleno soxraneniyu normalnoy vlajnosti vozduxa v pome^enii vo vremya vbira^ivaniya chervey.

The summary. Agro technology of silkworms repeated cultivation has its own features. In particular, it is necessary to build thick-walled worm houses for maintenance of moderate temperature and humidity in summer hot days. It is necessary to use mulberry trees rationally, as in autumn the leaves got coarse and their quality decreases. Rise in temperature accelerates development of silkworms, because of big loss of liquid in organism their requirement to food raises, hence, the special attention should be given to preservation of normal air humidity indoors during silkworms growing.

Dunyo miqyosida yoz va kuz mavsumlari uchun takroriy tut ipak qurti parvarishlashning yangi intensiv texnologiya va uslubiyotlarini asoslashga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Oxirgi yillarda ipakchilik sohasi yuksak rivojlangan XXR, Hindiston va Vetnam kabi mamlakatlarning yetakchi ilmiy markazlarida ipak qurtini turli ekologik xududlarga moslashgan, ekstremal shart-sharoitlarda ham o'z potensialini namoyon etish xususiyatiga ega bo'lgan takroriy qurt boqish uchun oddiy va murakkab sanoatbop duragaylarini yaratishga yo'naltirilgan ilmiy izlanishlar ustuvorlik kasb etmoqda. Yuqori mahsuldorlik va hayotchanlik xususiyatlarga ega tut ipak qurtining sanoat duragaylarini irsiy belgilarini yangi, ekstremal ekologik sharoitlarga moslashtirish, ularni yangi kombinatsiyalarini olish hamda seleksion belgilarini ushbu sharoitlarda barqaror nasldan-naslga berilishini ta'minlash borasidagi tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega Yoz va kuz mavsumlarida takroriy qurt boqishga chidamli yangi monovoltin va bivoltin zotlar ishtirokida naslli duragaylarni yaratish, takroriy qurt boqish mavsumi uchun urug'larni saqlashning optimal muddatlarini aniqlash, genotiplarni reproduktiv va pilla mahsuldorlik belgilari bo'yicha genetik potensialini to'liq namoyon etish imkonini beruvchi samarali usullarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy muammolardan hisoblanadi.

Takroriy qurt boqish deb, yozgi va kuzgi davrlarda o'tkaziladigan qurt boqish mavsumiga aytiladi.

Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Osiyoning boshqa mamlakatlarida yoz va kuz mavsumlarida takroriy qurt boqilib, 7-8 marta hosil oladilar.

Takroriy qurt boqilganda qo'shimcha pilla hosili olinadi, qurtxona va qurt boqishda ishlatiladigan anjomlardan to'liq foydalaniladi hamda qurt boquvchi brigada va zvenolar yil davomida ish bilan ta'minlanadi.

Olib borilgan tajribalar va kuzatishlar /N.V.Shurshikova - 1964y., N.G.Bogautdinov - 1965 y., M.D.Dehqonov-1974 va boshqalar/ yaxshi natijalarga erishilmagan, chunki yozni issiq kelishi, ozuqani yeyimli xususiyatlarni pasayishi, ayniqsa qurt boqish uchun mo'lj allangan zotlarni talabga javob bermaganligidadir. Ammo keyingi yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi va Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari takroriy qurt boqish ustida ilmiy kuzatishlar olib borib, yaxshi natijalarga erishmoqda. Jumladan: takroriy qurt boqish uchun yangi zot va duragaylarini yaratilishi, yozgi faslga moslab tut navlarini yaratilayotgani va plyonka ostida qurt boqish ishlarini amalda qo'llanilishi misol bo'ladi.

Takroriy qurt boqish yozda yuqori haroratda, kuzda esa past haroratga to'g'ri keladi. Yuqori harorat qurtni rivojlanishini tezlashtiradi, ozuqaga talabini oshiradi. Biroq organizmdan ko'p miqdorda namlikni yo'qotadi. Shu bilan birgalikda yozgi va kuzgi bargning ozuqa sifati pasayadi, dag'allanadi. Ayniqsa janubiy viloyatlarda: Surxondaryo va Qashqadaryol arda maksimal harorat 40-430, binolarda esa (qurtxonalarda) 30-350 yetadi. Bunday xolatga moslashmagan qurtlarda rivojlanish va qurt tanasidagi fiziologik jarayonlar buziladi, barg qavjirab quriydi oqibatda pilla hosili va sifatiga ta'sir etadi. Kuzgi qurt boqish mavsumida esa havo harorati salqinlashib, boqish uchun qulay sharoit hosil bo'ladi, lekin barg sifati talabga to'liq javob bermaydi.

Yozgi qurt boqish mavsumida qurtxonalarning nisbiy namligi keskin pasayib ketadi. qurtlar namlik pasayishi natijasida po'st tashlashi qiyinlashadi, rivojlanish susayadi. Barg tez so'lib qoladi va ozuqa sifati pasayadi. Natijada qurtlar kasallanib nobud bo'ladi.

Yuqori harorat qurtlarni bakteriya kasalliklari bilan kasallanishiga olib keladi. Bargning ozuqa sifatini pasayishi, organizmni bo'shashtirib, ichak kasalliklarni /o'lat, liqqoq/ ko'plab rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Shuning uchun takroriy qurt boqishdan oldin, xonalarni va qurt boqishda ishlatiladigan anjomlarni yaxshilab dezinfeksiyalash katta ahamiyatga ega. qurtxonalarni takroriy qurt boqishga tayyorlash vaqtida sanitariya holatiga e'tibor berib, qurt boqishda ishlatiladigan asbob -anjomlar, qurtxona atrofi bahorgi qurt boqilgandan keyin yaxshilab tozalanishi va dezinfeksiyalanishi kerak. Chunki bahorgi qurt boqish davrida hosil bo'lgan va yozgacha saqlanib qolgan zararli mikroorganizmlar takroriy qurt boqishda jonlanib qurtlarni kasallantiradi va pilla hosildorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Takroriy qurt boqishda sof monovoltin zotlarini boqish maqsadga muvofiq emas, chunki monovoltin sof zotlari yozgi qurt boqish davrida ko'p nobud bo'ladi. Bivoltin zotlari va ularning duragaylari takroriy qurt boqishda chidamlidir. Bivoltin zotlarining qurtlik davri qisqa, pillalari kichik va yengil. Shuning uchun bivoltin zotlarini monovoltin zotlari bilan duragaylashtirilgan zotlar boqiladi. Chunki ularning hayotchanligi va hosili yuqori bo'ladi. quyidagi 1 jadvalda yoz -kuz oylarida boqilgan zot va duragaylarning biologik ko'rsatkichlari keltirilgan.

1-jadval

№ Tut ipak qurti Hayotchan-

duragaylari ligi, % O'rtacha og'irligi

Urug'ning jonlanishi, % Pilla, g Pilla qobig'i, mg Pillaning ipakchanli gi, %

1. Mayin tola 1 x Mayin tola 2 88,4±0,75 92,4±1,02 1,60±0,6 345±5,40 21,6±0,19

2. Mayin tola 1 x Mayin tola 2 86,6±0,82 90,8±0,99 1,56±0,6 338±4,16 21,7±0,46

3. Ipakchi 1 x Ipakchi 2 87,2±0,85 91,2±0,88 332±6,24 20,1±1,2

4. Ipakchi 2 x Ipakchi 1 89,4±1,28 1,63±0,02 331±9,2 20,3±0,58

5. SANIISh-30 x Asaka 81,6±0,71 87,8±2,06 1,59±0,12 332±10,0 20,9±0,41

6. Asaka x SANIISh-30 87,2±0,53 88,6±1,15 1,55±0,02 341±6,35 22,0±0,74

7. SANIISh-30 x Atlas 84,6±0,68 87,5±2,18 1,57±0,03 336±8,2 21,4±0,24

8. Atlas x SANIISh-30 83,9±1,00 84,6±0,65 1,54±0,01 329±5,26 21,4± 1,15

9. Marxamat x Asaka 85,4±0,98 85,8±1,07 1,56±0,03 331±8,6 21,2±0,86

10. Asaka x Marxamat 84,3±1,12 84,8±0,89 1,54±0,04 326±6,32 21,2±0,52

11. O'zIITI-9 x ToshDAU-112 89,6±0,67 95,6±2,0 1,63±0,03 363±9,0 22,3±0,34

12. ToshDAU-112 x O'zIITI-9 89,9±0,85 94,2±1,8 1,57±0,02 358±8,4 22,8±0,85

13. Ipakchi-1 x S-5 86,6±1,24 94,7±1,9 1,66±0,01 370±8,4 22,3±0,29

14. S-5 x Ipakchi-1 89,2±0,57 92,5±2,1 1,72±0,02 389±9,2 22,6±0,60

15. Yozgi-1 (kontrol) 87,2±1,18 91,0±2,2 1,57±0,01 346±10,3 22,0±0,95

16. Yozgi-2 (kontrol) 88,7±0,94 89,0±2,0 1,57±0,02 353±9,9 22,3±0,84

Jadvaldagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, takroriy qurt boqish uchun ToshDAU 112 x O'zIITI 9 duragayining urug' jonlanishi 89,9%, qurtning xayotchanligi 94,2%, pilla og'irligi 1,57, pilla qobiq og'irligi 358 mg, ipakchanligi 22,8% ko'rsatdi. O'zIITI 9 x ToshDAU 112 duragayda esa urug'ni jonlanishi 89,6%, qurtning xayotchanligi 95,6%, pilla vazni 1,63 g, pilla qobiq og'irligi 363 mg, ipakchanligi 22,3% ko'rsatdi. Takroriy qurt boqish uchun tuxum (urug') bahorgi boqilgan pillalaridan (kapalaklaridan)tayyorlanadi. Bundan tashqari, o'tgan yilgi yozgi qurt boqish davrida tayyorlangan tuxumlarni sovutgichlarda saqlab foydalaniladi. Agarda ko'klamda boqilgan qurtlar kapalaklaridan olingan tuxumlardan foydalanilmoqchi bo'lsa, bunday tuxumlarga xlorid kislota bilan ishlov beriladi.

Tuxumlarni jonlantirish, ya'ni inkubatsiya qilish uchun tezda issiqlikni o'tkazmaydigan, pishiq g'isht, paxsa yoki xom g'ishtdan qilingan qalin devorli binolar tanlanadi. Bunday binolar ichida harorat va namlik tezda ko'tarilib yoki pasayib ketmaydi, ya'ni ma'lum bir mo'tadil sharoitni ushlab turish imkoniga ega bo'ladi. Takroriy qurt boqish uchun urug'larni jonlantirishni boshqa tartib va qoidalari bahorgi inkubatsiyaga o'xshash bo'ladi.

Takroriy qurt boqish agrotexnikasi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, yozning issiq kunlarida mo'tadil harorat va namlikni ta'minlovchi qalin devorli qurtxonalar talab qilinadi. qurtxonalarni unchalik baland bo'lmagan 1-2 qavatli (birinchi qavati pol sathidan 40-50 sm) so'ri va so'kchaklar bilan ta'minlash, bahorgi qurt boqishda foydalangan bino va asbob -anjomlarni 4 foizli formalin eritmasi va monoxloramin bilan zararsizlantirish (dezinfeksiyalash) hamda asosan tut daraxtlaridan oqilona foydalanish zarur bo'ladi. Chunki kuzda tut bargi dag'allashib sifati pasayadi. Yuqori harorat ipak qurtining rivojlanishini tezlashtirib, ovqatga bo'lgan talabni oshiradi va organizmdagi namlikni ko'p yo'qotadi. qurt boqish davrida qurtxonadagi havo namligini me'yorida saqlashga e'tibor berish zarur.

Bir quti qurtni boqish uchun kamida 60-70m2 joy talab etiladi. Yilning issiq kunlarida ipak qurti kunduz kunlari kam ovqat yeydi. Bahorgi qurt boqishdan farqi ipak qurtlari kunning salqin vaqtlarida, ya'ni ertalab va kechqurun ko'p barg iste'mol qiladi.

Yozda qurtlar ko'proq turli xil kasalliklar bilan kasallanadi. Ko'pchilik kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar jarohatlangan teri orqali yuqadi. qurtlar zich boqilganda tirnoqlari orqali bir-birlarining terisini tez jarohatlaydi. Shuning uchun boqish sathi qanchalik katta bo'lsa, qurtlar shunchalik yaxshi va sog'lom o'sadi.

Qurtxona harorati qurt boqish davrida 250, havo namligi 70-80 foiz bo'lish kerak.

Respublikamizning janubiy tumanlarida bunday sharoitni yaratish uchun tunda qurtxonalarni sovitib, butun kun davomida shu haroratni saqlashga xarakat qilish kerak. Buning uchun kech soat 210 larda qurtxonaning eshik derazalarini ochib, qurtxona poli sovuq suv bilan artiladi va atrofga suv sepilib, butun kech davomida eshik oynalarini ochiq qoldirish kerak. Yana erta bilan qalin qilib suv sepilib, eshik va derazalar yopiladi. Agarda tashqi harorat soyada 250S dan oshmasa, qurtxonaning eshik oynalarini ochiq qoldirib, qurtxona ichiga xo'l mato osib qo'yish zarur.

Birinchi, ikkinchi va uchinchi yoshlardagi qurtlar tut daraxtning pastki ko'k navdalaridan terilgan yosh butun barglar bilan boqiladi. To'g'ralgan barglarga nisbatan butun bargchalar namligini sekin yo'qotadi. qurtlarni har 2-3 soatda oz-ozdan oziqlantirish kerak. 4-5 yoshlarda kichik serbarg navdalar bilan boqiladi.

Yozning jazirama issiq va quruq kunlarida qurtlarni xo'llangan barg bilan boqish yaxshi natija beradi. Tajribalar shuni ko'rsatdiki, xo'llangan barglar bilan boqilganda qurtlarning xayotchanligi va pillasining og'irligi 20-30 foizga ortadi.

Asosiy e'tibor tungi va ertalabki boqishga qaratiladi, chunki shu vaqtda qurtlar eng ko'p barg

yeydi.

Yozgi va kuzgi takroriy qurt boqish davrida qurtlar ko'proq kasallanadi. Yuqori haroratda qurtlar tez kasallanib, ommaviy nobud bo'lishi mumkin. Shuning uchun so'rilarni g'anadan tez-tez tozalab turish kerak. Jumladan ikkinchi va uchinchi yoshlarida bir marotaba, to'rtinchi yoshida 2 marotaba va 5 yoshida 4-5 marta g'analash zarur.

Yozda qurtlar bo'shashgan holatda bo'lib navdalarda turishi qiyin bo'ladi. Shuning uchun qurtlar polga tushib ketib tez jarohatlanadi va kasallanadi. Har galgi oziqlantirishda to'kilgan qurtlar terib olinib alohida boqilishi kerak va navdalarning so'ri yoki so'kchaklardan chiqib turmasligiga e'tibor berish lozim. Pilla o'rash davrida yuqori sifatli dastalar tanlanishi, ularni to'g'ri joylashtirish va orqada qolgan qurtlarni boqib turish uchun mo'tadil sharoit yaratib berish zarur. Qurtxonalarni doimo shamollatib turish mo'tadil yorug'lik tushishini ta'minlash va havo haroratini 24-250S, namligini 60-70% atrofida saqlash kerak.

Yuqorida qayd etilgan agrotexnik sharoitlarga rioya qilinsa yoz-kuz mavsumida boqilgan duragaylarning 1 qutisidan 50-55 kg pilla olishga erishiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Axmedov.N.A, S.Murodov Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi. Toshkent 2004, 129-134b

2. BekkamovCh.I., Daniyarov U.T., Abdikayumova N.K., Rajabov N.O. "Ipakchilik va tutchilik "Toshkent. 2018. 3-10 b

3. Umarov.Sh.R, Nasrillaev.U.N, Lejenko.S.S Takroroiy qurt boqishning samaradorligini oshirish omillari. Fan 2009. 28-29 b

4. O'zIITI Tut ipak qurtining O'zbekiston Ipakchilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan rayonlashtirilgan va istiqbolli zot va duragaylar haqida. Toshkent, 2001. 6 aprel, №1 40-43 b.

5. O'zIITI "Tut ipak qurtini ko'p marotaba boqish texnologiyasi» Toshkent. 2001. 18-20 b.

6. Daniyarov U.T. "Takroriy qurt boqish uchun tut ipak qurtining zot va duragaylarini tanlash va takomilashtirish" nomzodlik ishi avtoreferati. Toshkent 2010 y.

7. U.T.Daniyarov,A.D.Suvanova "Tut ipak qurtini takroriy boqish uchun duragaylarini tanlash va uning boqish agrotexnikasi" Chorvachilik va naslchilik ishi ilmiy amaliy jurnal Toshkent. №12, 2020 yil 47-48-bet.

8. U.T.Daniyarov A.B.Yakubov Ye.A.Larkina M.O.Zikirova "Ipak qurtini bahor -yoz mavsumida boqish va unga tayyorgarlik ishlari" Chorvachilik va naslchilik ishi ilmiy amaliy jurnal Toshkent. №3 2020 yil 44-46-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.