Научная статья на тему 'TURLI BUG’DOY NAVLARINING SUT PISHISH FAZASIDA TRANSPIRATSIYA JADALLIGINING O’ZIGA XOSLIGI'

TURLI BUG’DOY NAVLARINING SUT PISHISH FAZASIDA TRANSPIRATSIYA JADALLIGINING O’ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sut pishish / bug’doy navlari / o‘sish / rivojlanish / don / transpiratsiya / ekologik omillar. / milky ripeness / triticum v. growth / development / number of grain / transpiration / ecological factors.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qodirova D.N.

Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida turli Bug’doy navlarining sut pishish fazasida suv almashinuv xususiyatlari o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF TRANSPIRATION RATE OF DIFFERENT WHEAT VARIETIES DURING MILK MATURATION PHASE

It has been learned features of water exchange during the milky ripeness phase of wheat varieties in soil climatic condition in surkhandarya region

Текст научной работы на тему «TURLI BUG’DOY NAVLARINING SUT PISHISH FAZASIDA TRANSPIRATSIYA JADALLIGINING O’ZIGA XOSLIGI»

Qodirova D.N.

TerDUBoshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri, dotsent, b.f.n.

TURLI BUG'DOY NAVLARINING SUT PISHISH FAZASIDA TRANSPIRATSIYA JADALLIGINING O'ZIGA XOSLIGI

Annotatsiya: Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida turli Bug'doy navlarining sut pishish fazasida suv almashinuv xususiyatlari o 'rganildi.

Tayanch so'zlar: sut pishish, bug'doy navlari, o'sish, rivojlanish, don, transpiratsiya, ekologik omillar.

Kadirova D.N. associate professor Head of the Primary Education Department

TerDU

CHARACTERISTICS OF TRANSPIRATION RATE OF DIFFERENT

WHEAT VARIETIES DURING MILK MATURATION PHASE

Abstract. It has been learned features of water exchange during the milky ripeness phase of wheat varieties in soil climatic condition in surkhandarya region

Key words: milky ripeness, triticum v. growth, development, number of grain, transpiration, ecological factors.

Ekinlar ekilganidan pishib etilishigacha o'ttizdan ortiqroq agrotexnologik jarayonni o'tkazilishini talab etadi. Chunki, ekinlarni ekishdan to pishib etilishigacha ishlov berish, sug'orish, kasalliklar, hashoratlar, begona o'tlardan himoyalash va boshqa tadbirlarsiz rejalashtirilgan hosilga erishib bo'lmaydi. [4].

Bu tadbirlar orasida o'simliklarning suv almashinuv xususiyatlari ularning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatini ta'minlaydigan asosiy ko'rsatgichlardan biri bo'lib hisoblanadi. [2].

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqgan holda, biz bug'doy navlarining suv almashinuv xususiyatlarini, ularning o'sish va rivojlanish fazalari bo'yicha o'rgandik.

Bug'doy navlarining sut pishish fazasida suv almashinuv xususiyatlari bo'yicha to'plangan ma'lumotlarimiz 1.1- jadvalda keltirilgan.

Bug'doy navlarining sut pishish fazasida suv almashinuv xususiyatlari. 1.1-jadval.

Barglarda:

№ Navlar. Umumiy suv miqdori,% Transpiratsiya 9 jadalligi, g/m s Suv taqchilligi,% Suv saqlash c]obiliyati,%

1 Andijon-1 73,5 23,5 6,8± 0,01 5,8± 0,03

2 Andijon-2 75,0 22,2 5,3± 0,05 5,3± 0,06

3 Asr 75,4 21,1 5,0± 0,03 5,7± 0,05

4 Omad 78,5 18,4 4,3± 0,06 4,9± 0,01

5 Grom 79,1 16,7 4,1± 0,08 4,5± 0,04

6 Tanya 83,3 14,7 2,7± 0,04 3,5± 0,02

Jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan aniqlanishicha, o'simliklar bargida suv almashinuv xususiyatlari ulaming nav xususiyatlari asosida bir - biridan farq qiladi. Barglardagi umumiy suv miqdori Andijon 1 navida 73,5% ga teng bo'lsa, Andijon 2 navida 75,0% ga teng. U Andijon 1 naviga nisbatan 1,5 % ko'p ekan. Asr bug'doy navi barglarida umumiy suv miqdori 75,4% gat eng u Andijon 1 naviga nisbatan 1,9% ko'p ekan. Omad bug'doy navi barglarida umumiy suv miqdori 78,5% bo'lsa, u Andijon 1 navi barglaridagi umumiy suv miqdoridan 5,0% ga ko'p ekanligi aniqlandi. Grom navi barglaridagi 79,1% umumiy suv miqdori bo'lsa, u Andijon 1 navidan 5,6% ga ko'p. Tanya bug'donavi barglarida 83,3% suv bo'lib, Andijon 1 naviga nisbatan 9,8% ga ko'pligi aniqlandi.

Ma'lumotlardan aniqlanishicha, Andijon-1 bug'doy navining barglaridagi umumiy suv miqdoriga nisbatan Tanya navining barglarida suv eng ko'p bo'lishi aniqlandi.

Transpiratsiya jadalligi ham o'simliklarning suv almashinuv xususiyatini ko'rsatuvchi ko'rsatgichlardan biri hisoblanadi. 1.1-jadvalda keltirilgan ma'lumotlar asosida Andijon 1 bug'doy navi barglarining 1m2 barg sathidan 1 soat davomida 23.5 g suv parlatgan bo'lsa, Andijon 2 bug'doy navi barglarida shu muddatda 22,2 g suv bug'latgan ya'ni Andijon 2 navi Andijon 1naviga nisbatan 1,3 g kam suv parlatgan. Asr bug'doy navi 21,1 g suv parlatgan bo'lsa, Andijon 1 navidan 2,4 g kam suv parlatgan. Omad va Grom bug'doy navlari Andijon 1 bug'doy naviga nisbatan 5,1g va 6,8 g suv kam parlatgani kuzatildi. Tanya navi 1 soat davomida barglaridan 14,7 g suv parlatgan, Andijon 1 navidan 8,8 g kam suv parlatgan. Bu ko'rsatgichlar navlarning transpiratsiya jadalligi bo'yicha ham bir -biridan keskin farq qilishini ko'rsatmoqda.

Suv taqchilligi ham nav xususiyatlariga bog'liq holda o'zgarar ekan, Andijon 1 navi barglarida suv taqchilligi 6,8 % bo'lsa Tanya navidagi bu ko'rsatgich 2,7 % ga teng. U Andijon 1 naviga nisbatan 4,1 % ga kam ekanligi kuzatildi. Qolgan navlar ham oraliq o'rinni egallab Andijon 1 naviga nisbatan suv taqchilligi kamroq ya'ni Andijon 2 navi 1,5 %, Asr navi 1,8 %, Omad navi 2,5 %, Grom navi 2,7 % ekanligi aniqlandi.

Suv saqlash qobiliyati ham o'simliklarni qurg'oqchilikka chidamligini harakterlaydigan muhim ko'rsatgichdir. Andijon 1 bug'doy navi barglari suv saqlash qobilyati boshqa navlarga nisbatan eng past bo'lib, 1 soat davomida sarflagan suv miqdori 5,8 % bo'lsa, shu muddatda Tanya bug'doy navi 3,5 % ga teng, ya'ni Tanya navi Andijon 1 naviga nisbatan 2,3 % kam suv sarflagan. Andijon 2, Asr, Omad va Grom bug'doy navlari shu muddatda ya'ni 1 soatda sarflagan suv miqdori Andijon 1 bug'doy naviga nisbatan Andijon 2 navi 0,5 %, Asr navi 0,1 %, Omad navi 0,9 %, Grom navi 1,3 % suv kam sarflagan. Bu ma'lumotlar Andijon 1 bug'doy navining suv saqlash qobilyati eng past. Tanya navining suv saqlash qobiliyati eng yuqori ekanligini ko'rsatdi. Qolgan navlar oraliq o'rinlarda joylashdi.

Bug'doy navlarining suv almashinuv xususiyatlariga asoslangan holda ularning qurg'oqchilikka chidamliligi darajasini quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: Andijon 1< Andijon 2 <Asr< Omad < Grom < Tanya ya'ni Tanya bug'doy navi qurg'oqchilikka chidamliligi eng yuqoriligi aniqlandi. Chidamsizi Andijon 1 navi bo'lib chiqdi. Qolgan navlar oraliq o'rinlarda joylashdi.

Bug'doy navlarining qurg'oqchilikka chidamlilik darajasini ko'rsatuvchi eng muhim fiziologik jarayon barglarining suv taqchilligidir. Boshqa ko'rsatgichlarga nisbatan bu ko'rsatgich to'g'ridan-to'g'ri navlarning qurg'oqchilikka chidamlilik darajasini harakterlaydi. Bizning tajribamizda olingan bu ma'lumotlar 1.2-rasmda yanada aniqroq tasvirlangan.

1.2 -rasm. Bug'doy navlarining sut pishish fazasida suv taqchilligi.

Bug'doy navlarining qurg'oqchilikka chidamlilik darajasini ko'rsatuvchi eng muhim fiziologik jarayon barglarning suvni saqlash qobiliyatidir. Boshqa ko'rsatgichlarga nisbatan bu ko'rsatgich to'g'ridan-to'g'ri navlarning qurg'oqchilikka chidamlilik darajasini harakterlaydi

Bug'doy navlarining qurg'oqchilikka chidamlilik darajasini tasvirlovchi ya'ni ularning suv taqchilligi bo'yicha to'plangan ma'lumotlar ko'rsatishicha barcha o'rganilgan navlar o'rtasida nisbatan qurg'oqchilikka chidamli nav bo'lib Tanya navi hisoblanadi. Bu navning barglaridagi 1 soat davomida suv taqchilligi 2,7% ekanligi aniqlandi. Nisbatan chidamsiz hisoblangan Andijon-1 bug'doy navi barglaridan 1 soat davomida 6,8% suv taqchillik kuzatildi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Амонов М.А. Устойчивость пшениц Узбекистана к неблагоприятным факторам среды. Ташкент. Фан. 1978. - 92 с.

2. Amonova G. R., Rashidov N. E. Useful Properties of Medicinal Chamomile (Matricaria Recutita) //European journal of innovation in nonformal education. -2024. - Т. 4. - №. 4. - С. 130-132.

3. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Soybean-as a source of valuable food //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 6. - С. 165-166.

4. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Maktabda tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika fanlarini uyg 'unlikda o 'qitishning afzalliklari //nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1. - №. 4. - С. 259263.

5. Musurmonovich F. S., Baxriddinovna R. U. Oqsil taqchilligini ta'minlashda soya o 'simligining o 'rni //nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1. - №. 4. - С. 254258.

6. Normuminovna Q. D., Musurmonovich F. S. Bioecological Properties of Salvia Officinalis L //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 6. - С. 249-252.

7. Musurmonovich F. S. Bug'doy navlarining gullash fazasida suv almashinuv xususiyatlari //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1. - №. 5. - С. 578-583.

8. Musurmonovich F. S. Dorivor mavrakning bioekologiyasining o'ziga xos xusussiyatlari //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1. - №. 5. - С. 571-577.

9. Fozilov S. The effect of drought on the water regime in the leaves of soybean varieties //Science and innovation in the education system. - 2023. - Т. 2. - №.

9. - С. 25-28.

10. Fozilov S. Effect of stress factors on some physiological parameters of soybean plant //Science and innovation in the education system. - 2023. - Т. 2. -№. 7. - С. 722-74.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.