УДК: 633.11-631.52
ФЕНОЛОГИЧЕСКИЕ И БИОМЕТРИЧЕСКИЕ, ПОКАЗАТЕЛИ КАЧЕСТВА ЗЕРНА И СОДЕРЖАНИЕ ЖЕЛЕЗА В ЗЕРНЕ СОРТОВ МЯГКОЙ ПШЕНИЦЫ
Джураев Диёр Турдикулович Бегматов Бекзод Элмуродович
Научно-исследовательский институт Южного Земледелия
Хужакулова Севара Рустамовна Ташкентский государственный аграрный университет
Каршиева Умида Шукуровна Термезский институт агротехнологий и инновационного развития
Цель исследования - сравнить фенологические, биометрические, качественные показатели зерна 60 сортов мягкой пшеницы и определить зависимость этих показателей от количества железа в зерне. Поступление железа в разные фазы роста пшеницы, накопление атомарного железа в тканях растений, особенно в эндосперме.
Ключевые слова: Клейковина, мягкая пшеница, зерно нарута, ИДК, содержание белка, содержание железа, стекловидность зерна, концентрация.
PHENOLOGICAL AND BIOMETRIC, GRAIN QUALITY INDICATORS AND IRON CONTENT IN THE GRAIN OF SOFT WHEAT VARIETIES
The purpose of the study is to compare the phenological, biometric, grain quality indicators of 60 varieties of soft wheat and determine the dependence of these indicators on the amount of iron in the grain. Assumption of iron in different growth phases of wheat, accumulation of atomic iron in plant tissues, especially in endosperm.
Keywords: Gluten, soft wheat, grain naruta, IDK, protein content, iron content, grain vitreousness, concentration.
YUMSHOQ BUG'DOY NAVLARINING FENOLOGIK VA BIOMETRIK, DON SIFAT KO'RSATKICHLARI VA DONDAGI TEMIR MODDASI MIQDORI
Tadqiqotdan maqsadyumshoq bog'doyning 60 ta navining fenalogik, biometrik, don sifat ko'rsatgichlari bir-biriga taqqoslab bu ko'rsatgichlarning don tarkibidagi temir miqdoriga bog'liqligini aniqlash. Bug'doyning turli o'suv fazalarida temirni o'zlashtishi, atomar temir moddasinining o 'simlik to 'qimalarida xususan endospermda to 'planishi.
Kalit so'zlar: Kleykovina, yumshoq bug'doy, don narutasi, IDK, oqsil miqdori, temir miqdori, don shishasimonligi, konsentratsiya.
Tadqiqotning dolzabligi. Tadqiqot natijasida kuzgi yumshoq bug'doyning Davlat reyestriga kiritilgan navlari doni tarkibidagi temir moddasi miqdorlari o'rganilib, temir to'plash xususiyati yuqori navlar va tizmalar tanlab olindi. Shuningdek, temirga bosh biostimulyatorlarni qo'llash natijasida dondagi temir miqdorini oshirish bo'yicha tadqiqotlar olib borilib, natijadorligi yuqori variantlar aniqlandi hamda ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Metod va metadalogiya. Dala tajribalari Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining Qarshi tumani bo'limi tajriba dalasida olib borildi. Laboratoriya sharoitida tajribalar institutning "O'simliklar biokimyosi va sifat ko'rsatkichlarini baxolash laboratoriyasi" va "Organo-mineral o'g'itlar va agrokimyoviy yalpi tahlillar laboratoriya"larida aniqlandi.
Tadqiqotning maqsadi. Seleksiya usullari yordamida respublikamiz tuproq iqlim sharoitlariga moslashgan kuzgi yumshoq bug'doyning temir to'plash hususiyati yuqori navlarini yaratish, temirga boy biostimulyatorlar qo'llash agrotexnologiyasini ishlab chiqish, navlar urug'chiligini tashkil qilish va fermer xo'jaliklariga joriy qilishdan iborat.
Temir to'plash hususiyati yuqori bo'lgan yangi seleksion genotiplarni yaratish ilmiy tadqiqotlari davomida Janubiy dehqonchilik ITI ning sug'oriladigan maydonlarida 2022 yil hosili uchun ekilgan tajribalarni olib borishda yumshoq bug'doyning Davlat reyestriga kirgan va yangi navlar 60 ta, respublikamizning turli xududlaridan yig'ib kelingan 15 ta qadimiy mahalliy navlar, dunyoning turli ekologik-geografik mintaqalaridan keltirilgan 45 ta nav va tizmalar, institutda shu kunga qadar bajarilgan loyihalar davomida yaratilgan don sifati yuqori 35 ta tizmalar, 100 ta donor navlar va sintetik bug'doy tizmalarini dala sharoitida tajribalari tashkil etilib, nav va tizmalarni o'sishi va rivojlanishi, mahsuldorlik ko'rsatkichlari baholandi.
Laboratoriya sharoitida nav va tizmalarni don sifat ko'rsatkichlari va donidagi temir moddasi miqdori aniqlandi hamda boshqa ko'rsatkichlari bilan o'zaro korrelyativ bog'liqliklari o'rganildi.
Davlat reyestiriga kiritilgan va yangi yaratilgan yumshoq bug'doy navlari Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti markaziy tajriba maydonida ekib o'rganildi. Tadqiqotlarni olib borish uchun O'zbekiston respublikasida ekish uchun ruxsat etilgan va Qishloq xo'jaligi ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan 60 ta yumshoq bug'doy navlari olindi.
Ko'rgazmali navlar ko'chatzorida unib chiqish sanasi 11-13 oktabr sanalariga to'g'ri kelganligi va unib chiqish sanalarida katta bo'lmagan tafavut mavjudligi kuzatildi. Tuplash sanasi kuzatilganda 12-19 noyabr sanalariga tug'ri kelganligi, birinchi tuplash fazasiga o'tgan navlardan kech muddatda tuplash fazasiga o'tgan navlargacha 7 kun farq borligi aniqlanildi.
1-jadval
Reyestrga kiritilgan navlarning fenologik va biometrik ko'rsatkichlari, (Qarshi-2022 yil
S Nav nomi Unib chiqish, sana Tuplash, sana Naychalash, sana Boshoqlash, sana ana s ,h s 1 •a q "o H Vegetatsiya davri, kun O' simlik bo' yi, sm Oxirgi bo'g'in uzunligi, sm Boshoq uzunligi, sm Boshoqchalar soni, dona Delyankadan olingan hosil, kg Hosildorlik, s/ga
1 Yaksart 12 okt 18 noya 14 fev 15 apr 4 iyun 235 110,2 46,7 10,8 20 3,93 78,6
2 G'ozg'on 12 okt 19 noya 16 fev 16 apr 5 iyun 236 115,3 45,6 10,9 22 4,26 85,5
3 Antonina 11 okt 17 noya 18 fev 15 apr 9 iyun 241 92,6 36,2 12,1 22 3,57 71,3
4 Bunyodkor 13 okt 15 noya 6 yanv 4 apr 4 iyun 234 101,3 44,7 13,6 24 4,22 84,3
5 Shams 11 okt 16 noya 6 yanv 31 mar 1 iyun 233 84,2 35,9 10,2 18 3,98 79,6
6 Krasnodarskaya-99 12 okt 18 noya 17 fev 16 apr 235 107,3 42,7 13,6 22 2,92 58,4
7 Hisorak 11 okt 12 okt 15 fev 17 apr 7 iyun 239 88,7 34,2 8,7 18 3,92 78,4
8 Turkiston 11 okt 16 noya 10 fev 15 apr 4 iyun 236 116,3 43,6 13,2 24 2,46 49,2
9 Bezostaya-100 13 okt 15 noya 15 fev 15 apr 5 iyun 235 119,8 39,7 11 18 3,36 67,2
10 Brigada 12 okt 16 noya 17 fev 17 apr 3 iyun 234 75,4 28,5 11,4 22 3,78 75,6
11 Navbahor 11 okt 19 noya 10 fev 15 apr 7 iyun 239 95,4 35,1 10,3 22 3,36 67,2
12 Davr 13 okt 18 noya 11 fev 15 apr 4 iyun 234 102,7 44,4 8,9 21 3,18 63,6
13 Grom 11 okt 19 noya 14 fev 16 apr 4 iyun 236 96,3 33,6 11,1 22 3,96 79,2
14 Chillaki 13 okt 17 noya 16 fev 28 mar 4 iyun 234 108,4 45,2 12,6 23 2,94 58,8
15 Mars 12 okt 15 noya 7 yanv 26 mar 7 iyun 238 95,2 39,4 11,6 20 1,44 28,8
16 Do'stlik 12 okt 16 noya 7 fev 17 apr 4 iyun 235 109,1 45,7 8,8 23 3,66 73,2
17 Kroshka 11 okt 17 noya 7 fev 14 apr 7 iyun 239 103,5 33,6 12,7 21 3,80 76
18 Polovchanka 13 okt 19 noya 10 fev 16 apr 3 iyun 233 112,4 51,1 9,8 20 3,56 71,2
19 Starshina 11 okt 19 noya 11 fev 14 apr 8 iyun 240 100,5 32,4 10,3 20 3,52 70,4
20 Tanya 11 okt 18 noya 15 fev 15 apr 4 iyun 236 90,3 35,9 10,5 21 3,01 60,2
21 Alekseyvich 12 okt 17 noya 16 fev 17 apr 8 iyun 239 90,4 39,8 13,2 24 4,28 85,6
22 Nodr 13 okt 18 noya 17 fev 15 apr 7 iyun 237 89,7 42,7 9,9 16 3,38 67,6
23 Asr 12 okt 16 noya 16 fev 15 apr 7 iyun 238 82,3 30,6 10,1 20 3,12 62,3
24 Bobur 11 okt 17 noya 15 fev 17 apr 5 iyun 237 108,6 43,8 9,6 21 2,80 56
25 Qadr 11 okt 19 noya 17 fev 17 apr 7 iyun 239 105,2 42,7 11,4 20 3,36 67,2
26 Yog'du 13 okt 18 noya 16 fev 15 apr 2 iyun 232 97,3 43,2 9,3 16 3,34 66,7
27 Pervitsa 12 okt 17 noya 15 fev 4 apr 5 iyun 236 101,4 37,5 10,4 16 3,62 72,4
28 Drujba 11 okt 16 noya 14 fev 14 apr 5 iyun 237 107,6 36,8 10,7 18 3,46 69,2
29 Velena 11 okt 16 noya 14 fev 14 apr 3 iyun 235 90,3 40,7 10,1 18 3,68 73,6
30 Zvezda 13 okt 17 noya 17 fev 16 apr 7 iyun 237 89,4 41,2 9 18 2,20 44
31 O'zb. Mus.-25 11 okt 18 noya 8 fev 16 apr 9 iyun 241 107,1 43,6 11,3 18 2,50 50
32 Aziz 12 okt 19 noya 10 fev 16 apr 4 iyun 235 99,3 35,2 11,4 20 3,74 74,8
33 Durdona 13 okt 18 noya 15 fev 15 apr 4 iyun 234 90,4 36,5 10,2 16 2,84 56,8
34 Gurt 11 okt 19 noya 16 fev 15 apr 8 iyun 240 91,2 40,1 12,3 22 3,84 76,8
35 Omad 12 okt 16 noya 7 yanv 31 mar 9 iyun 240 86,3 37,6 12 18 2,10 42
36 Yuka 13 okt 19 noya 10 fev 17 apr 7 iyun 237 92,7 36,2 10,4 16 3,48 69,6
37 Andijon-2 12 okt 18 noya 11 fev 16 apr 8 iyun 239 91,3 37 10,1 20 2,92 58,4
38 Ishonch 12 okt 15 noya 8 yanv 4 apr 8 iyun 239 98,6 45,2 11,6 18 4,22 84,3
39 Andijon-4 11 okt 18 noya 16 fev 16 apr 7 iyun 239 85,4 35,6 14,1 20 3,38 67,6
40 Aleksiy-2 12 okt 17 noya 14 fev 15 apr 7 iyun 238 89,3 44,1 10,8 18 3,48 69,5
41 Matonat 11 okt 15 noya 7 yanv 31 mar 3 iyun 235 93,1 37,4 11,2 19 3,34 66,8
42 Vexa 13 okt 18 noya 7 fev 16 apr 10 iyun 240 87,3 32 10,7 22 4,12 82,3
43 Yangi hayot 11 okt 17 noya 9 fev 18 apr 4 iyun 236 82,5 40,8 12,4 20 4,20 84
44 Sardor 12 okt 18 noya 11 fev 15 apr 10 iyun 241 92,4 34,3 10,9 21 3,88 77,5
45 Shijoat 12 okt 16 noya 9 yanv 5 apr 5 iyun 236 80,9 35,2 10,7 17 4,06 81,2
46 Ziyokor 1 noya 19 noya 15 fev 16 apr 5 iyun 216 77,8 32,6 8,9 17 3,98 79,6
47 Roxat 13 okt 15 noya 9 yanv 1 apr 8 iyun 238 69,9 31,8 12,6 17 4,46 89,2
48 Turon 12 okt 18 noya 14 fev 14 apr 7 iyun 238 83,4 39,7 9,7 16 4,46 89,2
49 Yuksalish 11 okt 18 noya 16 fev 1 apr 7 iyun 239 85,7 38,6 15,2 22 4,67 93,4
50 Sarbon 12 okt 15 noya 6 yanv 4 apr 7 iyun 238 77,9 35,4 13,6 24 3,50 70
51 Shukrona 13 okt 16 noya 6 yanv 5 apr 5 iyun 235 91,2 42,7 9,9 16 4,62 92,3
52 Kesh-2016 11 okt 16 noya 9 yanv 5 apr 7 iyun 239 86,3 30,6 10,1 20 4,50 90
53 Dovon 12 okt 15 noya 8 yanv 31 mar 2 iyun 233 92,7 43,8 9,6 21 3,34 66,8
54 Istiqbol 13 okt 16 noya 14 fev 1 apr 5 iyun 235 91,3 42,7 11,4 20 4,77 95,3
55 Navro'z 11 okt 16 noya 7 yanv 28 mar 5 iyun 237 98,6 43,2 9,3 16 3,82 76,4
56 Parvoz 12 okt 15 noya 6 yanv 26 mar 3 iyun 234 85,4 37,5 10,4 16 4,18 83,6
57 J.Gavhari 11 okt 15 noya 6 yanv 25 mar 7 iyun 239 89,3 36,8 10,7 18 2,18 43,6
58 G'allakor 13 okt 16 noya 9 yanv 5 apr 9 iyun 239 93,1 40,7 10,1 18 2,48 49,6
59 Ravon 11 okt 18 noya 16 fev 8 apr 4 iyun 236 87,3 41,2 9 18 3,38 67,6
60 Oqsaroy 12 okt 15 noya 8 yanv 5 apr 5 iyun 236 82,5 43,6 11,3 18 3,92 78,4
Eng past ko'rsatkich 11 okt 12 okt 6 yanv 25 mar 1 iyun 216 69,9 28,5 8,7 16 1,44 28,8
O'rtacha ko'rsatkich 12 okt 16 noya 2 fev 10 apr 5 iyun 236 93,7 38,9 10,9 19,5 3,5 70,1
Eng yuqori ko'rsatkich 11 okt 19 noya 18 fev 18 apr 10 iyun 241 119,8 51,1 15,2 24 4,77 95,3
Navlarda naychalash fazasi kuzatilganda 6 yanvardan 18 fevralgacha naychalash fazasi davom etganligi kuzatildi. Bunga ko'ra erta muddatda naychalash fazasiga Bunyotkor, Shams, Sarbon, Shukrona va Janub Gavhari navlari 6 yanvar sanasida, Mars, Do'stlik, Kroshka, Omad, Matonat va Vexa kabi navlar 7 yanvar sanasida qolgan navlarga nisbatan erta muddatda naychalash fazasiga o'tganligi kuzatildi. Antonina navi 18- fevral sanasida qolgan navlarga nisbatan kech muddatda naychalash fazasiga o'tganligi aniqlandi.
Boshoqlash fazasi kuzatilganda 25- mart sanasidan 18-april sanasigacha davom etganligi ko'zatilib, bahorgi yumshoq bug'doy navlari hisoblangan Navro'z, Parvoz va Janub Gavharilar erta muddatda 25-28 mart sanalarida boshoqlash fazasiga o'tganligi kuzatildi. Kech muddatda boshoqlashga o'tgan Yangi hayot, Sardor va Ziyokor kabi navlar 15-18 aprel sanalariga to'g'ri kelganligi kuzatildi.
O'simliklarda to'liq pishish fazasi ko'zatilganda 1-10 iyun sanalari oralig'iga to'g'ri kelganligi Shams, Yog'du va Davon navlari 1-2 iyun sanalarida to'liq pishganligi kuzatildi. Shu o'rinda Antanina, Omad, Vexa, Sardor va G'allakor navlari 9-10 iyun sanalarida qolgan navlarga nisbatan kech pishish sanasini qayt etdi.
Markaziy tajriba maydonida ekib o'rganilgan ko'rgazmali navlarni o'nib chiqishdan pishishgacha kun hisoblab chiqilganda 216-241 kungacha bo'lganligi aniqlanildi, Ziyokor navi
216 kunda pishib, qolgan navlarga nisbatan erta muddatda pishib yetilganligi aniqlanildi. Antonina, Starishina, O'z-Mus-25, Gurt, Omad, Andijon-2, Andijon-4, Ishonch, Vexa, Sardor, Kesh-2016, G'allakor hamda Yuksalish navlari 239-241 kungacha pishib yetilganligi aniqlanib, qolgan navlarga nisbatan kech muddatda pishib yetildi.
O'simlik bo'yi bug'doy navlarida qurg'oqchil sharoitda katta ahamiyatga ega hisoblanadi, chunonan past bo'yli navlar baland bo'yli navlarga nisbatan yotib qolish qobiliyatiga moyilliligi kam bo'ladi. Ekib o'rganilgan navlarda o'simlik bo'yi aniqlanilganda 69,9-119,8 sm gacha bo'lganligi tadqiqotlar davomida kuzatildi. O'rganilayotgan navlardan 14 ta nav 100 sm dan yuqori bo'lganligi va 46 ta nav 69,9-100 sm oraliqda bo'lganligi aniqlandi.
Ekib o'rganilgan navlarda oxirgi bug'in uzunligi o'lchanganda 28,5-51,1 sm gacha bo'lganligi kuzatildi. Oxirgi bug'in uzunligi 40 sm va undan yuqori bo'lgan Yaksart, G'ozg'on, Bunyodkor, Krasnodarskaya-99, Turkiston, Davr, Chillaki, Do'stlik, Polovchanka, Nodr, Bobur, Qadr, Yog'du, Velena, Zvizda, O'zbekiston Mustaqilligi-25, Gurt, Ishonch, Aleksiy kabi navlar shular jumlasidandir.
Navlarning boshoq uzunligi aniqlanganda 8,7-15,2 sm gacha bo'lganligi kuzatildi, bunga ko'ra Xisorak, Davr, Do'stlik, Polovchanka, Nodr, Bobur, Yog'du, Zvezda, Ziyokor, Turon, Shukrona, Navro'z, Ravon kabi navlarda boshoq uzunligi 8,7-10 smgacha bo'lganligi aniqlandi. Boshoq uzunligi bo'yicha yuqori ko'rsatkichni qayd qilgan Yuksalish navi 15,2 sm ni tashkil qildi.
Ko'rgazmali navlar ko'chatzorida o'rganilgan navlarda boshoqdagi boshoqchalar soni 1624 donagacha bo'lganligi, eng kam ko'rsatkich Yuka navida, yuqori ko'rsatkich Bunyodkor, Turkiston, Aleksiyivech va Sarbon navlarida bo'lganligi kuzatildi.
Hosildorlik o'simliklarda eng muhim ko'rsatkich hisoblanadi, ushbu o'rganilgan navlarda hosildorlik ko'rsatkichi aniqlanilganda 28,8-95,3 s/ga hosildorlikni qayd etganligi aniqlandi. Hosildorlik ko'rsatkichi past bo'lgan Mars navi 28,8 s/ga ni tashkil etgan bo'lsa, yuqori hosildorlikni qayd etgan Yangi hayot 84 s/ga, Bunyodkor 84,3 s/ga, Roxat 89,2 s/ga, Turon 89,2 s/ga, Yuksalish 93,4 s/ga, Shukrona 92,3 s/ga va eng yuqori Istiqbol 95,3 s/ga hosildorlikni qayd etdi.
Davlat reyestriga kiritilgan va yangi yaratilgan yumshoq bug'doy navlari don sifat ko'rsatkichlari va dondagi temir moddasi miqdori
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining markaziy tajriba maydonida Davlat reyestriga kiritilgan navlardan 60 tasi ekib o'rganildi.
O'simlik navlarida 1000 dona don vazni hosildorlikni belgilab beruvchi unsurlardan biri hisoblanadi. 1000 dona don vazni har-bir navga hosligini inobatga olsakda, 1000 dona don vazni yuqori bo'lishligi agrotexnik tadbirlar va oziqlantirishga ham bog'liqlik tamoni ham mavjud.
O'rganilgan navlarda 1000 ta don vazni aniqlanilganda o'rta hisobda 26,91-50,04 g gacha bo'lganligi aniqlanildi. 1000 ta don vazni eng kam bo'lgan Xisorak navida 26,91 g, Durdona navida 27,5 g ko'rsatkichga ega bo'lganligi, shu o'rinda Davon navida eng yuqori bo'lib 50,04 g bilan boshqa navlarni ortda qoldirganligi aniqlandi.
Don naturasi tahlil qilinganda Oqsaroy navida 840 g/l, Vexa navida 841 g/l, Ziyokor navida 842 g/l, Bezoztaya-100 navida 850 g/l va Sardor navida 856 g/l bilan yuqori ko'rsatkichga ega bo'lganligi aniqlandi. Yog'du navida ushbu ko'rsatkich kam bo'lganligi yani 726 g/l ni tashkil qildi.
2-jadval
Yumshoq bug'doyning ko'rgazmali navlar ko'chatzori don sifat ko'rsatkichlari va
dondagi temir moddasi miqdori. __(Qarshi, 2022 yil.) _
№ Nav nomi 1000 ta don vazni, g Don naturasi, g/1 Oqsil miqdori, % Don namligi, % % % ,ir o d qi im a ni £ o 2 IDK % % igi "3 o mi is a -= si is s n o D Don tarkibidagi Fe miqdori, 100 g/mg Un tarkibidagi Fe miqdori,100 g/mg
1 Yaksart 34,88 788 18,1 7,3 31,8 87,3 88,5 1,3 1,0
2 G'ozg'on 45,52 838 17,4 7,8 30,3 104,7 70,5 1,3 1,1
3 Antonina 40,16 812 18,4 8,2 29,7 90,3 90,5 1,4 1,0
4 Bunyodkor 36,8 786 17 7,4 28,5 99,5 55 1,6 1,2
5 Shams 33,69 788 18,9 7,6 30,4 88,9 90,5 1,3 1,0
6 Krasnodarskaya-99 34,34 818 18,1 8 31,1 96,7 88,5 1,3 1,0
7 Hisorak 26,91 767 17 8,4 27,9 102,5 83 1,3 1,0
8 Turkiston 36,64 771 16,5 7,9 29,3 90,5 68 1,5 1,0
9 Bezostaya-100 31,4 850 18,1 7,2 29,7 94,9 60 1,6 1,2
10 Brigada 36,86 832 17,9 7 28,9 89,1 31 1,1 1,0
11 Navbahor 36,4 790 17,6 8,8 31,8 91,1 80 1,3 1,1
12 Davr 32,42 790 16,8 7,2 30,4 88,1 55 1,4 1,1
13 Grom 29,51 798 17 7,6 29,7 86,1 86 1,2 1,2
14 Chillaki 40,51 794 15,2 7,5 27,9 85,6 58 1,6 1,2
15 Mars 33,51 780 17,1 8,1 29,7 85,9 73 1,4 1,2
16 Do'stlik 29,48 771 16,5 8,3 31,4 99,3 67 1,3 1,1
17 Kroshka 29,56 800 15,1 7,1 29,8 85,4 68 1,3 1,1
18 Polovchanka 36,42 790,4 16,1 8,2 28,9 90,7 79,5 1,3 1,0
19 Starshina 32,52 798 18,1 7,2 31,7 89,5 53,5 1,2 1,1
20 Tanya 31,94 813 17 7,4 30,7 97,3 71 1,3 1,0
21 Alekseyvich 34,92 840 14,8 7,7 29,4 92,3 88,5 1,0 1,0
22 Nodr 36,48 830 17,3 7,5 26,6 99,7 85,5 1,2 1,0
23 Asr 41,13 818 15,8 8 31,4 95,7 66 1,3 1,2
24 Bobur 37,56 782,1 16,3 7,9 28,78 95,5 75,5 1,1 1,0
25 Qadr 29,45 784 15,62 8,2 29,4 90,7 69 1,2 1,0
26 Yog'du 33,98 726 18 7,5 27,6 90,6 72 1,2 1,1
27 Pervitsa 28,65 780 16 7,3 29,6 89,5 71 1,3 1,0
28 Drujba 29,33 795 15,9 7,9 29 102,5 78 1,3 1,0
29 Velena 31,78 800,2 17,7 7,5 30,1 88,5 85 1,2 0,9
30 Zvezda 28,55 760 15,7 7,7 27,8 101,3 49,5 1,2 0,9
31 O'zb. Mus.-25 29,64 760 17,4 8,4 28,5 84,1 49 1,2 1,0
32 Aziz 29 800 16 8,3 30,4 92,7 80 1,3 1,1
33 Durdona 27,5 790,1 17,3 7,1 31 100,7 73,5 1,3 1,0
34 Gurt 37,56 750 15,7 8,2 29,4 90,1 84,6 1,6 1,1
35 Omad 29,08 785 16,1 7,7 31,7 90,7 84,5 1,8 1,1
36 Yuka 36,92 832 17,3 7,6 29,1 116,9 30,5 1,2 1,1
37 Andijon-2 39,67 818 17,8 8,2 30,5 94,7 74,5 1,2 1,0
38 Ishonch 43,25 830 15,6 7,6 28,6 92,7 83,5 1,0 1,0
39 Andijon-4 38,94 825 16,6 8,1 31,4 96,9 66 1,3 1,0
40 Aleksiy-2 39,25 831 16,5 7,3 30,9 78,7 79,5 1,3 1,1
41 Matonat 48,46 838 15,3 8,3 28,6 90,9 76,5 1,4 1,1
42 Vexa 39,04 841 16,8 7,6 26,8 107,3 92 1,2 1,0
43 Yangi hayot 32,53 820 16,1 8,6 30,4 85,1 86,5 1,2 0,9
44 Sardor 48,26 856 16,4 8,2 26 88,1 75,5 1,1 0,9
45 Shijoat 44,2 818,5 15,6 7,9 31,2 82,8 83 1,2 0,9
46 Ziyokor 46,09 842 14,6 7,7 29 94,3 86,5 1,2 0,9
47 Roxat 40,2 798,3 16,3 8,3 28 92,9 84 1,3 0,9
48 Turon 47,36 805,2 17,4 8,6 30,4 91,5 73,5 1,3 1,0
49 Yuksalish 48,26 790 16,6 8,8 27,5 98,7 55 1,2 0,9
50 Sarbon 39,85 825 17,2 7,5 31,2 86,9 86 1,1 0,9
51 Shukrona 38,65 748 16,2 7,7 28,5 101,1 82 1,2 0,9
52 Kesh-2016 39,52 819 16,5 7,6 29,6 98,9 76 1,0 1,0
53 Dovon 50,04 830 16,3 8,2 30,7 97,4 84 1,0 0,9
54 Istiqbol 42,58 812,3 15,9 7,6 29,4 85,1 79,5 1,0 0,9
55 Navro'z 43,38 810 16,8 8,1 28,7 100,5 78 1,0 1,1
56 Parvoz 47,84 822 16,6 7,3 30,5 112 84 1,4 0,9
57 J.Gavhari 36,54 830 14,6 8,3 29,5 107,7 60 1,4 1,0
58 G'allakor 38,38 792 17,2 7,6 27,8 94,9 81,5 1,1 1,1
59 Ravon 42,32 770 15,4 8,6 31,5 98,7 59 1,3 1,3
60 Oqsaroy 46,38 840 16,7 8,3 28,4 87,5 66,5 1,2 1,0
Davlat reyestridagi va yangi navlar kuchatzorida o'rganilgan navlarning oqsil miqdori tahlil qilindi, tahlil natijalari shuni kursatdiki o'rganilgan navlarda 14,6-18,9 foiz gacha oqsil miqdoriga ega ekanligi aniqlanib, Yaksart, Antonina, Krasnodarskaya-99, Bezostaya-100, Starshina va Yog'du navlari o'z navbatida 18-18,9 foiz bilan qolgan navlardan ustunligi aniqlandi.
Don namligi bug'doy navlarida muhim sifat ko'rsatkichlaridan biri hisoblanib, ushbu navlarda don namligi tahlil qilinganda 7-8,8 % ni tashkil qilganligi aniqlandi.
Bug'doyning yangi navlarini yaratishda uning kleykavina miqdoriga e'tibor qaratilishi talab etiladi, shunonan kleykovina miqdori yuqori bo'lgan bug'doy navlaridan tayyorlangan non mahsulotlarining sifati yuqori bo'lishligini ta'min etadi. O'rganilgan yumshoq bug'doy navlarining kleykovina miqdori tahlil qilinganda 26-31,8 % ni tashkil etgani tahlillar natijasida aniqlandi. Kleykovina miqdori eng yuqori bo'lgan Ravon navida 31,5 %, Sarbon navida 31,2 %, Andijon-4 navida 31,4 %, Asr navida 31,4 %, Starshina navida 31,7 %, Krasnodarckaya-99 navida 31,1 %, Yaksart navida 31,8 % bilan qolgan navlardan yuqori ko'rsatkichni tashkil etdi.
IDK ko'rsatkichi tahlil qilinganda G'ozg'on navida 104,4, Xisorak navida 102,5, Drujba navida 102,5, Zvezda navida 101,3, Durdona navida 100,7, Yuka navida 116,9, Vexa navida 107,3, Shukrona navida 101,1, Navro'z navida 100,5, Janub Gavxari navida 107,7 ni tashkil etib qolgan navlardan ushbu ko'rsatkich bo'yicha pastligi aniqlangan bo'lsa, biroq talab etilgan ko'rsatkich bo'yicha Aleksiy-2 navi 78,7 bilan qolgan navlarga ustunlik qilganligi aniqlandi.
Tahlil natijalariga ko'ra don shishasimonligi tahlil qilinganda o'rta hisobda 30,5-92 % ni tashkil etganligi aniqlandi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Antonina va Shams navlari 90,5 % ni va Vexa navi 92 % bilan qolgan navlardan yuqoriligi tahlillar davomida aniqlandi.
O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan yumshoq bug'doy navlarining don tarkibidagi temir moddasi miqdori o'rganilganda 1,0-1,8 mg ni tashkil etganligi aniqlandi. Don tarkibidagi temir miqdori nisbatan yuqori bo'lgan 6 ta navlar aniqlandi. Don tarkibidagi temir miqdori Omad navida 1,8 mg, Chillaki, Bezostaya-100, Gurt, Bunyodkor navlaridan 1,6 mg, Turkiston navida 1,5 mg ga teng ekanligi aniqlandi.
Un tarkibidagi temir miqdori reyestrdagi yumshoq bug'doy navlari donidan olingan unda
0.9.1,3 mg ni tashkil etganligi tahlil natijalariga ko'ra aniq bo'lidi. Un tarkibidagi temir miqdori yuqori bo'lgan navlar Ravon navida 1,3 mg, Bezostaya-100, Asr, Grom, Chillaki, Mars, Bunyodkor navlarida 1,2 mg ni tashkil etdi. Don va un tarkibida temir miqdori yuqori bo'lgan, temir to'plash hususiyati yuqori yumshoq bug'doy navlarini ishlab chiqarish sharoitida keng maydonlarga joriy qilish tavsiya etildi.
Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, ekib o'rganilgan navlarda oxirgi bug'in uzunligi o'lchanganda 28,5-51,1 sm gacha bo'lganligi kuzatildi. Oxirgi bug'in uzunligi 40 sm va undan yuqori bo'lgan Yaksart, G'ozg'on, Bunyodkor, Krasnodarskaya-99, Turkiston, Davr, Chillaki, Do'stlik, Polovchanka, Bobur, Qadr, Yog'du, Velena, Zvizda, O'zbekiston Mustaqilligi-25, Gurt, Ishonch, Aleksiy kabi navlar shular jumlasidandir.
Don tarkibidagi temir miqdori nisbatan yuqori bo'lgan 6 ta navlar aniqlandi. Don tarkibidagi temir miqdori Omad navida 1,8 mg, Chillaki, Bezostaya-100, Gurt, Bunyodkor navlaridan 1,6 mg, Turkiston navida 1,5 mg ga teng ekanligi aniqlandi.
Yoridagi natijalardan xulosa qildigan bo'lsak aksariyat oxirgi bo'g'ini uzun o'simliklar yani qurg'oqchilikka chidmli o'simliklar doni tarkibida temir miqdorining ko'pligini ko'rishimiz mumkin. Demak qurg'oqchilikka chidamlilik va temir to'plash xususiystlari o'zaro bog'liq xususiyatlar sirasiga kiritish mumkin.
ADABIYOTLAR:
1. SH.Mirziyoyev. "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz"Toshkent.:O'zbekiston, 2017 y.
2. Ahmadi, J.; Pour-Aboughadareh, A.; Ourang, S.F.; Mehrabi, A.A.; Siddique, K.H.M. Wild relatives of wheat: Aegilops-Triticum accessions disclose differential antioxidative and physiological responses to water stress. Acta Physiol. Plant. 2018, 40, 1-14.
3. Arora, S.; Cheema, J.; Poland, J.; Uauy, C.; Chhuneja, P. Genome-Wide Association Mapping of Grain Micronutriyents Concentration in Aegilops tauschii. Front. Plant Sci. 2019, 10, 54.
4. Balyan, H.S.; Gupta, P.K.; Kumar, S.; Dhariwal, R.; Jaiswal, V.; Tyagi, S.; Agarwal, P.; Gahlaut, V.; Kumari, S. Genetic improvement of grain protein content and other health-related constituents of wheat grain. Plant Breed. 2013, 132, 446-457.
5. Bassi, F.M.; Bentley, A.R.; Charmet, G.; Ortiz, R.; Crossa, J. Breeding schemes for the implementation of genomic selection in wheat (Triticum spp.). Plant Sci. 2016, 242, 23-36.