Научная статья на тему 'YUMSHOQ BUG‘DOYNING AGROEKOLOGIK RAQOBAT NAV SINOVIDA MAHSULDORLIK HAMDA SIFAT KO‘RSATKICHLARI'

YUMSHOQ BUG‘DOYNING AGROEKOLOGIK RAQOBAT NAV SINOVIDA MAHSULDORLIK HAMDA SIFAT KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

51
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mahsuldorlik / ANOVA / hosildorlik / boshoq / agroekologik sinov / raqobat / productivity / ANOVA / productivity / spike / agroecological test / competition

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Z. M. Ziyayev, A. B. Elmurodov, A. E. Xakimov, S. K. Baboev

Yumshoq bug‘doy nav-namunalari ustida 2020 – yilda o‘tkazilgan nazorat tajriba natijalaridan kelib chiqib, eng yuqori mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan navlar raqobat sinovi uchun tanlab olindi. Tanlab olingan navlar ikki xil tuproq iqlim sharoitida o‘rganildi va andoza sifatida shu hududda yuqori hosil berib kelayotgan navlar olindi. Mazkur maqolada, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida olib borilgan raqobat nav sinov tajribasi asosida, yangi navlarni standart navlarga qiyosan bir xil sharoitlarda har tomonlama o‘rganish va baholash ishlari natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Based on the results of a 2020 control experiment on soft wheat variety-samples, varieties with the highest productivity indicators were selected for competition testing. The selected varieties were studied in two different soil climates, and by default varieties were obtained that were giving high yields in the same area. In this article, on the basis of competitive varietal Test experience conducted in Tashkent and Fergana regions, the results of comprehensive study and evaluation of new varieties in the same conditions as standard varieties are presented.

Текст научной работы на тему «YUMSHOQ BUG‘DOYNING AGROEKOLOGIK RAQOBAT NAV SINOVIDA MAHSULDORLIK HAMDA SIFAT KO‘RSATKICHLARI»

YUMSHOQ BUG'DOYNING AGROEKOLOGIK RAQOBAT NAV SINOVIDA MAHSULDORLIK HAMDA SIFAT KO'RSATKICHLARI

Z. M. Ziyayev, A. B. Elmurodov, A. E. Xakimov, S. K. Baboev

O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti

igebr_anruz@mail.ru

ANNOTATSIYA

Yumshoq bug'doy nav-namunalari ustida 2020 - yilda o'tkazilgan nazorat tajriba natijalaridan kelib chiqib, eng yuqori mahsuldorlik ko'rsatkichlariga ega bo'lgan navlar raqobat sinovi uchun tanlab olindi. Tanlab olingan navlar ikki xil tuproq iqlim sharoitida o'rganildi va andoza sifatida shu hududda yuqori hosil berib kelayotgan navlar olindi. Mazkur maqolada, Toshkent va Farg'ona viloyatlarida olib borilgan raqobat nav sinov tajribasi asosida, yangi navlarni standart navlarga qiyosan bir xil sharoitlarda har tomonlama o'rganish va baholash ishlari natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: mahsuldorlik, ANOVA, hosildorlik, boshoq, agroekologik sinov, raqobat.

ABSTRACT

Based on the results of a 2020 control experiment on soft wheat variety-samples, varieties with the highest productivity indicators were selected for competition testing. The selected varieties were studied in two different soil climates, and by default varieties were obtained that were giving high yields in the same area. In this article, on the basis of competitive varietal Test experience conducted in Tashkent and Fergana regions, the results of comprehensive study and evaluation of new varieties in the same conditions as standard varieties are presented.

Keywords: productivity, ANOVA, productivity, spike, agroecological test, competition

KIRISH

Har qanday seleksion dasturning asosiy talabi mahsuldorligi yuqori genetik potensialga ega bo'lgan navlar yaratishdan iborat. Yumshoq bug'doyda navning hosildorligini mahsuldor poyalar soni, boshoq kattaligi, boshoqchalar soni, boshoq va boshoqchalardagi don soni, 1000 dona don vazni, boshoq va o'simlikning mahsuldorligi ta'minlaydi. Hosildor navni tanlashda o'simliklarning mahsuldorlik qonuniyatlarini va uning tarkibiy qismlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Bunday ishlar dunyo

April, 2023

5

ISSN: 2181-1385

ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

olimlari tomonidan ko'plab olib borilmoqda. Turli mualliflar tomonidan olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki belgilarning irsiylanish harakteri duragaylashga jalb etilayotgan navning genetik xususiyatlariga, tadqiqot olib borilayotgan hududning tabiiy iqlim sharoitlariga bog'liq [1; 2]. Shuning uchun ham bir sharoitda va populyatsiyada olingan ma'lumotlarni boshqa sharoit va populyatsiyaga qo'llash ijobiy natija bermaydi [3].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIA

Boshoqdagi boshoqchalar soni hosildorlikning samaradorligini bildiradi. Boshoqdagi don soni va 1000 ta don vazni belgilari esa tashqi muhit bilan o'zaro bog'liqdir. Ko'p hollarda boshoq uzunligi bilan boshoqchalar soni o'rtasida ijobiy bog'liqlik bo'lib, o'z navbatida boshoq zichligi bilan chambarchas bog'liqdir [4].

2021-yilda raqobat nav sinovi ko'chatzori institutning Do'rmon tajriba xo'jaligi va Farg'ona viloyatining Bag'dod filiali tajriba dalalarida olib borildi. Ma'lumki bug'doyning gullash davrida harora.tning yuqori bo'lishi boshoqdagi don sonining kamayishiga va natijada hosildorlikni 20 foizga pasayishiga olib keladi. Mazkur davr uchun eng maqbul o'rtacha kunlik harorat 16-200C, namlik yetarli bo'lganda esa 230C hisoblanadi. Juda past harorat o'simlikning boshoqlash-pishish davrini o'tishini sekinlashtiradi, haroratning ko'tarilishi va havo namligini kamayishi don olishini tezlashishiga va uning sifatini yomonlashishiga olib keladi.

Don to'lishish davrida yog'ingarchilikning ko'p bo'lishi va haroratning past bo'lishi don to'lishish davrining uzayishiga sabab bo'ladi. Don to'lishish davri uchun maqbul harorat 26 0C hisoblanadi, past harorat esa don pishishi davrining uzayishiga bog'liq bo'ladi. Haroratning yuqori bo'lishi va havoni nisbiy namligining pasayishi, ya'ni havoning quruq bo'lishi donning tezda pishishiga sabab bo'ladi, oqibatda don burishgan va hosildorlik nisbatan kamayadi.

Toshkent viloyati Do'rmon tajribasida ekilgan bug'doy raqobat ko'chatzorining o'suv davri va mahsuldorlik ko'rsatkichlari. Aynan donli ekinlar rivojlanishining shu davrida yuqori haroratga ta'sirchanligi yuqori darajada bo'ladi. Har ikkala mintaqa sharoitida tajriba olib borilgan yilda urug' ekilib, sug'orilgandan so'ng 7-10 kunda to'liq unib chiqishi qayd qilindi. Unib chiqish - boshoqlash davri Toshkent viloyati sharoitida esa 152.7-155.3 kunni tashkil etdi. Statistik tahlillarning ko'rsatishicha unib chiqish va boshoqlash kuni bo'yicha genotilar o'rtasida ishonarli farq yo'qligini ko'rsatdi (1-jadval).

April, 2023

1-jadval. Toshkent viloyati Do'rmon tajribasida ekilgan bug'doy raqobat ko'chatzorining o'suv davri va mahsuldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha ANOVA statistik

taxlillari

№ Genotiplar Boshoq-lashgach a bo'lgan kun Pishishga -cha bo'lgan kun O'simlik poya balandligi, sm Oxirgi bo'g'in uzunligi, sm Boshoq uzunligi, sm Boshoqcha -lar soni, dona Boshoq og'irligi, gr 1000 ta don vazni, gr Hosil kg / 10 m2

1 BEZOSTAYA 100 (andoza) 153.3 194.7 103.3 38 9.67 19 2.10 41.57 5.29

2 KB-20-YT-IR 9808 155.3 193 101.3 37.33 9.67 16.33 1.96 41.2 4.99

3 KB-20-YT-IR 9812 155 197.7 109.3 40.33 11 19 2.21 41.6 6.96

4 KB-20-YT-IR 9815 154 198.3 111.3 37 12 21.33 1.89 41.63 7.18

5 KB-20-YT-IR 9816 156 196 109.3 37 10.33 21 1.84 39.93 6.90

6 KB-20-YT-IR 9818 154.7 195.3 103.3 40 11 18.67 2.11 40.57 6.45

7 KB-20-YT-IR 9820 154.7 196.3 106.7 36.67 10.67 18.33 1.79 40.27 4.80

8 KB-20-YT-IR 9825 153.7 195 105 34.67 9.67 17.33 1.88 39 6.20

9 KB-20-YT-IR 9829 154 193.3 102 34 8.67 17.33 1.91 39.67 5.78

10 KB-20-YT-IR 9841 155.3 194.7 96.3 31.67 10.67 18 1.70 40.4 6.30

11 KB-20-YT-IR 9842 153.7 196 93.7 30.33 10 18.67 1.87 40.97 6.52

12 KB-20-YT-IR 9843 153 194.7 96 33.67 9.67 17.67 2.12 37.83 5.51

13 KB-20-YT-IR 9846 152.7 195.7 104 36.67 10.67 18.67 1.93. 40.07 6.16

14 KB-20-YT-IR 9847 154 194.3 99.3 37.33 8.67 17 2.11 40.3 6.44

15 KB-20-YT-IR 9821 153.3 194.3 103.7 36 11.33 20.67 1.97 42.13 6.73

P (>F) 0.05 % 0.062 0.367 0.027 0.103 0.021 0.017 0.043 0.101 <.001

LSDo.O5 2.2 3.9 9.7 6.07 2.4 2.6 0.21 2.45 0.650

CV 0.86 1.20 5.64 10.08 3.44 8.56 1.04 3.63 6.33

Shuningdek Toshkent viloyati iqlim sharoitida olib borilgan tadqiqotlarda unib chiqish pishish (P>0.367) va oxirgi bo'g'in uzunligi (P>0.103) belgilari orasida genotiplar statistik jihatdan ishonarli farqlanmadi. O'simlik poya balandligi, boshoq uzunligi, boshoqchalar soni, boshoq og'irligi va don hosildorligi belgilari orasida genotiplar statistik jixatdan ishonarli tarzda farqlanishi kuzatildi. Pishish fazasi bo'yicha nav namunalarida 193-198.3 kunni tashkil qilib asosan o'rtapishar navlar guruhiga kirishi qayd qilindi. Boshoq uzunligi genotilarda KB-20-YT-IR 9829 nav namunasida 8.67 sm ni tashkil qilgan bo'lsa andoza Bezostaya 100 navida esa 9.67 sm ni va eng yuqori ko'rsatkich KB-20-YT-IR 9821 nav namunasida 11.33 sm tashkil etdi. Shungidek boshoqchalar soni ko'rsatkichi bo'yicha eng kam KB-20-YT-IR 9808 nav namunasida 16.33 donani va andoza Bezostaya 100 navida 19 dona hamda eng yuqori ko'rsatkich KB-20-YT-IR 9815 namunasida 21.33 donani tashkil etdi. Boshoq og'irligini yuqori bo'lishi bu har gektar maydondan olinadigan pirovard hosilga to'g'ridan to'g'ri bog'liq va bu muhim qimmatli xo'jalik belgilaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotlarda boshoq og'irligi 1.70-2.21 gr ni va barcha namunalarda o'rtacha 1.83 gr ni tashkil etdi. Tajribada o'rganilgan 14 ta namunalardan 12 namunalarning hosildorligi

April, 2023

7

bo'yicha andozan navdan yuqori ekinligi aniqlandi. Eng yuqori hosildorlik KB-20-YT-IR 9815 namunasida 7.18 t/ga hisobida hosil olindi. Andoza navida esa bu ko'rsatkich 5.29 t/ga ni tashkil etib KB-20-YT-IR 9815 namunasidan 1.89 t/ga hosil kam berganligini aniqlandi. Shuningdek tadqiqotlardagi nav namunalardan quyidagilar KB-20-YT-IR 9812 (1.67 t/ga), KB-20-YT-IR 9816 (1.61 t/ga), KB-20-YT-IR 9821 (1.44 t/ga), KB-20-YT-IR 9818 (1.16 t/ga), KB-20-YT-IR 9847 (1.15 t/ga) andoza navdan yuqori hosil berganligini kuzatildi.

2-jadval.

Farg'ona viloyatida bug'doy raqobat ko'chatzorining o'suv davri va mahsuldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha ANOVA statistik taxlillari.

№ Genotiplar Boshoqlas h-gacha bo'lgan kun Pishish -gacha bo'lga n kun O'simli k poya balandli gi, sm Oxirgi bo'g'in uzunligi , sm Boshoq uzunligi , sm Boshoq -chalar soni, dona Boshoq og'irligi, gr 1000 ta don vazni Hosil kg / 10 m2

1 BEZOSTAYA 100 (andoza) 156 207 102 34.67 9.33 16.67 1.92 39.37 4.54

2 KB-20-YT-IR 9808 162 204 105.33 37 9.67 16.67 1.77 41.17 4.98

3 KB-20-YT-IR 9812 159.7 209 105.33 38 12 20.33 1.87 43.23 6.34

4 KB-20-YT-IR 9815 159.7 207 105 37 10 19.67 2.12 41.63 5.05

5 KB-20-YT-IR 9816 159.3 206.7 103.33 35 10.33 20.33 1.93 41.1 6.79

6 KB-20-YT-IR 9818 162 209 102 43.67 10 19.33 2.11 40.83 5.72

7 KB-20-YT-IR 9820 163.7 206.7 97.67 33 11 18.67 1.97 40.67 5.33

8 KB-20-YT-IR 9825 160.7 206.3 106 35 10.67 19.33 2.0 41.03 5.57

9 KB-20-YT-IR 9829 161.3 207.3 95.67 33 9.67 18 1.95 40.97 5.43

10 KB-20-YT-IR 9841 159 206.7 96 29.67 10 16.67 2.21 38.93 4.76

11 KB-20-YT-IR 9842 161 207 90.67 29.33 10.33 18.67 1.89 41.77 6.08

12 KB-20-YT-IR 9843 151.7 195.3 92.67 30.33 10 17 1.84 38.2 5.74

13 KB-20-YT-IR 9846 160.3 208 93.33 30 9.67 17.33 2.12 41.47 5.38

14 KB-20-YT-IR 9847 160 205.3 92.67 35.67 8.33 17.33 1.81 41.2 5.33

15 KB-20-YT-IR 9821 159.3 206.7 93.67 31 11.33 20.67 1.84 41.93 5.93

P (>F) 0.05 % 0.294 0.247 <.001 <.001 0.138 0.013 0.023 <.001 <.001

LSDo.O5 3.2 8.1 6.714 5.7 1.99 2.577 0.14 1.643 0.43

CV 2.70 2.35 4.06 9.98 11.72 8.35 1.14 2.40 4.65

Boshoq uzunligi bo'yicha (P>0.138) statistik jixatdan

April, 2023

ishonarli farqlanmadi 2-jadval. Buning sabab fikrimizcha namunalarni tanlashda boshoqlash va pishish muddatlari bo'yicha erta hamda kechpiishar navlarni tanlanmaganligidir. Raqobat nav sinovidagi barcha namunalar o'rtapishar navlar guruhiga kirishi kuzatildi. O'simlik poya balandligi bo'yicha andoza navi 102 sm ni tashqil qilib qolgan namunalarda eng past ko'rsatkich 92.67 sm ni eng yuqori ko'rsatkich esa 2 ta namunada KB-20-YT-IR 9808 hamda KB-20-YT-IR 9812 105.33 sm ni tashqil etdi. Umuman ikki xududda xam KB-20-YT-IR 9808 namunasi yotib qolishga chidamsiz ekanligini kuzatdik. Albatta bu esa o'z navbatida hosilning kamayishiga olib keldi. Boshoqchalar soni bo'yicha 16.67-20.67 dona ni hamda boshoq og'irligi bo'yicha 1.77-2.21 gr ni tashkil qildi. Boshoq og'irligi va 1000 ta don vazni bo'yicha ikki huddudda ham andoza nav bilan katta farq kuzatilmadi. Toshkent viloyatida 1000 ta don vazni bo'yicha 37-41.3 gr ni, Farg'ona viloyatida tajribalarda 38.2-43.2 gr ni tashkil qildi. Tadqiqotlarda ayrim namunalarga tashqi muhitning ta'siriga ta'sirchan ekanligini kuzatishimiz mumkin. Jumladan KB-20-YT-IR 9815 va KB-20-YT-IR 9841 namunalarida hosildorlik ikki hududda keskin farqlanlangi aniqlandi (1-diagramma). Toshkent va Farg'ona viloyatlari ob-havo sharoitidan katta farq qilmasada namunalar ikki hududda ham hosildorligi bilan farq aniqlandi. Farg'ona viloyatida olib borilgan taqdiqotlarda andoza navida hosildorlik 4.54 t/ga ni tashkil etgan bo'lsa barcha namunalar andoza navga nisbatan yuqori hosil berganligi aniqlandi va bu statistik tahlil natijalarida o'zini isbotini topdi.

1- diagramma. Raqobat nav sinovida o'rganilgan nav namunalarning agroekologik nav

sinovidagi hosildorligi. (t/ga)

8,00

7,00 * ™ 6,52

6,00 5,00 4,00 3,00 2,00 1,00 0,00

Ee3-H r 10 r 11 r 12 r 13 r 14 r 15 r 2 r 3 r 4 r 5 100

6,30

5,29

,54

-6,44

,08 6,16 "74

6,73 6,96 7'i8 6

,76

55

38

33

,93

4,4998 ■

34

05

■ TomKeHT ■ ©apFOHa

Tahlillar shuni ko'rsatdiki KB-20-YT-IR 9816, KB-20-YT-IR 9842 va KB-20-YT-IR 9812 bug'doy namunalari ikki

April, 2023

9

hududda ham barqaror hosil berganligini aniqlandi. KB-20-YT-IR 9808 va KB-20-YT-IR 9820 bug'doy namunalari ikki hudud natijalariga ko'ra andoza navi bilan teng yoki kam hosil berganligi aniqlandi.

3-jadval. Raqobat sinovi ko'chatzorining don sifat ko'rsatkichlari bo'yicha ANOVA

statistik taxlillari

№ Genotiplar Toshkent Farg'ona

Oqsil miqdori % Kleykovina miqdori % IDK Sedimen tatsiya Oqsil miqdori % Kleykovina miqdori % IDK Sedi men Tatsi ya

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1 BEZOSTAYA 100 (andoza) 13.93 26.83 89.9 53.43 14 27.8 108.1 56.27

2 KB-20-YT-IR 9808 14.57 28.77 93.87 59.13 14.3 29.07 88.97 55.67

3 KB-20-YT-IR 9812 14.4 27.93 85.77 63.17 14.87 28.63 88.37 62.27

4 KB-20-YT-IR 9815 13.93 27.5 99.47 54.67 15.07 30.23 113.1 3 49.3

5 KB-20-YT-IR 9816 14.17 29.2 86.7 51.87 14.15 30.47 89.4 52.47

6 KB-20-YT-IR 9818 14.4 27.77 93 60.63 15.03 28.73 86.27 54.9

7 KB-20-YT-IR 9820 14.4 28.43 79.5 59.1 14.83 27.27 109.0 3 57.2

8 KB-20-YT-IR 9825 13.77 28.03 73.67 51.3 13.93 29.63 72.57 55.1

9 KB-20-YT-IR 9829 15.5 28.8 81.33 57.5 15.27 29.87 79.4 57.57

10 KB-20-YT-IR 9841 14.9 29.33 79.53 58.97 15.27 29.83 90.77 60.27

11 KB-20-YT-IR 9842 14.5 28.37 81.67 59.17 14.73 30.03 112.4 56.4

12 KB-20-YT-IR 9843 14.17 27.77 82.13 55.53 14.47 29 66.57 57.87

13 KB-20-YT-IR 9846 13.83 27.33 84.33 52.1 15.07 30.37 93.5 62.23

14 KB-20-YT-IR 9847 13.4 27.67 79.3 50.73 14.1 29 111.7 53.07

15 KB-20-YT-IR 9821 14.7 27.23 93.17 54.13 14.9 29.77 58.63 58.77

P (>F) 0.05 % <.001 0.667 0.163 0.04 <.001 <.001 <.001 0.549

LSD0.05 0.492 2.391 11.53 4.562 0.455 1.149 7.717 11.23

CV 2.06 5.09 6.50 5.96 1.86 2.34 5.06 10.64

XULOSA

Yumshoq bug'doy doni texnologik xususiyatlari bo'yicha uch guruhga bo'linadi: kuchli, o'rta sifatli va kuchsiz. Kleykovina bug'doy donining asosiy qimmatbaho tarkibiy qismi bo'lib, uning oziqlilik, texnologik va tovarlik darajasini belgilaydi.

ANOVA statistik tahlillarining ko'rsatishicha ikkita hududda ham barcha o'rganilgan genotiplarning oqsil miqdori bo'yicha statistik jixatdan namunalar o'rtasida yuqori darajada ishonarli farq borligi kuzatildi (P<001). Toshkent viloyatida olib borilgan taqdiqotlarda oqsil miqdori 13.4-15.5 % ni tashkil etib andoza navida bu ko'rsatkich 13.93 % ni tashkil etdi. Tadqiqotlarda o'rganilgan namunalarning 60 foizi oqsil miqdori bo'yicha andoza navdan ustun ekanligi kuzatildi (3-jadval). Farg'ona viloyatida bir nechta

April, 2023

10

ISSN: 2181-1385

ISI: Q,967 j Cite-Factor: G,S9 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

namunalar KB-jumladan 20-YT-IR 9815, KB-20-YT-IR 9818, KB-20-YT-IR 9841 va KB-20-YT-IR 9846 namunalari oqsil miqdori bo'yicha 1-1.5 % foiz yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi. KB-20-YT-IR 9829 namunasi esa ikki hududda ham oqsil miqdori 15.5 foizni tashqil etdi. Tahlillari shuni ko'rsatdiki Farg'ona viloyatida Toshkent viloyatidagi xuddi shu namunalarga nisbatan oqsil miqdori bo'yicha yuqori ko'rsatkichiga ega bo'ldi. Bu esa oqsil miqdorining hosildorlik bilan teskari korrelyatsiya bog'lanishiga ega ekanligini tasdiqlaydi. Xuddi shu qonuniyat asosida kleykoviga miqdorini bilan ham mos kelishini ko'rishimiz mumkin ya'ni Farg'ona viloyatidagi namunalarda kleykovina miqdori sezilarli ravishda yuqori ekanligi tajribalarda tasdiqlandi. Don tarkibidagi kleykovina ko'rsatkichi bo'yicha tahlil natijalari o'rganilganda, o'rtacha kleykovina ko'rsatkichi andoza naviga nisbatan nav va namunalarning deyarli barchasi ikkala mintaqada ham nisbatan yuqori bo'lganligi aniqlandi hamda keyingi bosqichda chatishtirish ishlarida donor sifatida qo'llash uchun tavsiya qilindi. IDK va sedimentatsiya ko'rsatkichlari doirasida keskin farqlanish kuzatilmadi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotdan ko'rish mumkinki tadqiqotlarda o'rganilayotgan nav namunalardan oqsil miqdori bo'yicha davlat andozlari talabiga javob beradigan kuchli bug'doy navlarni yaratishda foydalanish mumkin.

REFERENCES

1. Ali Erkul, Aydin UNAY, Cahit Konak. Inheritance of yield and yield components in a bread wheat (Triticum aestivum L.) cross // Turkish Journal of Field Crops, 2010. 15(2), - P.137-140.

2. Fethi B., Mohamed E.G., Epistasis. Genotype-by environment interaction of grain yield related traits in durum wheat. // Plant Breeding and Crop Sci. 2010. V.2. № 2, -P. 24-29.

3. Шиндин И.М. Наследование количественных признаков гибридами мягкой яровой пшеницы в условиях дальнего востока // Вестник КрасГАУ. 2008. № 4, -

4. Ковтун В.И., Ковтун Л.Н. Озерненность масса зерна с колоса и масса 1000 зерен в повышении урожайности озимой мягкой пщеницы // Известия Оренбургского государственного аграрного университета. 2015. № 3, - С. 27-

С. 66-70.

29.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.