Научная статья на тему 'KUZGI BUG’DOY NAVLARINING SUV ALMASHINUV XUSUSIYATLARI'

KUZGI BUG’DOY NAVLARINING SUV ALMASHINUV XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bug’doy navlari / o‘sish / rivojlanish / don / transpiratsiya / ekologik omillar / Triticum v. growth / development / number of grain / transpiration / ecological factors

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qodirova D.N.

Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida turli bug’doy navlarining gullash fazasida suv almashinuv xususiyatlari o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF WATER EXCHANGE OF WINTER WHEAT VARIETIES

It has been learned features of water exchange during the flowering phase of wheat varieties in soil climatic condition in surkhandarya region

Текст научной работы на тему «KUZGI BUG’DOY NAVLARINING SUV ALMASHINUV XUSUSIYATLARI»

Qodirova D.N.

TerDUBoshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri, dotsent, b.f.n.

KUZGI BUG'DOY NAVLARINING SUV ALMASHINUV

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida turli bug'doy navlarining gullash fazasida suv almashinuv xususiyatlari o 'rganildi.

Tayanch so'zlar: bug'doy navlari, o'sish, rivojlanish, don, transpiratsiya, ekologik omillar

Kadirova D.N. associate professor Head of the Primary Education Department

TerDU

CHARACTERISTICS OF WATER EXCHANGE OF WINTER WHEAT

VARIETIES

Abstract. It has been learned features of water exchange during the flowering phase of wheat varieties in soil climatic condition in surkhandarya region

Key words: Triticum v. growth, development, number of grain, transpiration, ecological factors.

Hozirgi kunda viloyat sharoitida yetishtirilayotgan bug'doylar bir necha navlardan iborat bo'lib, ular umumiy hosildorligi va hosil sifatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Ayrim yillarda yog'ingarchilik kam bo'lishi va sug'orish uchun ishlatiladigan suvlarning ham rejadan kam bo'lishi umumiy hosil miqdoriga va sifatiga salbiy ta'sir etadi. Shuning uchun ham bug'doy navlarining qurg'oqchilikka chidamlilik darajasini aniqlash va nisbatan chidamli navlarni ishlab chiqishga tavsiya etish dolzarb muammo bo'lmoqda.

O'simliklarning suv almashinuv xususiyatlari ularning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatini ta'minlaydigan asosiy ko'rsatgichlardan biri bo'lib hisoblanadi. [4].

O'simliklar hayotida suvning o'rni, o'simliklar to'qimalari tarkibining 7095% suvdan iborat. O'simlikning barcha organlarida suv bo'ladi: bargda-90%, novdada-70-80%, ildizda-50-60%, urug'da-10%, vakuolada-98%, sitoplazmada-80%, qobiqda-50% atrofida suv uchraydi. Ayrim ho'l mevalarda juda ko'p: pamidorda-94%, tarvuzda-92% gacha suv bo'ladi [1,3].

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqgan holda, biz bug'doy navlarining suv almashinuv xususiyatlarini, ularning o'sish va rivojlanish fazalari bo'yicha o'rgandik.

Barglarda:

№ Navlar Umumiy Transpiratsiya Suv Suv saqlasli

suv miqdori, % jadalligi, g/iirs taqchilligi,% qobiliyati,%

1. Andijon-1 75,6 25,0 6,8± 0.04 6,09=t 0,03

2. Andijan-2 77,3 21,1 6,3± 0.01 5,33=t 0,04

3. Asr 78,2 20,0 6,5= 0.03 5,63=t 0,03

4. Omad 78,9 16,7 5,0=1= 0.05 3,94=1= 0,02

5. Grom 82,4 13,2 4,5= 0.02 3,37=t 0,05

6. Tanya 84,4 10,5 2,5= 0.01 2,59=t 0,04

Omad bug'doy navi bargida umumiy suvning miqdori 78,9 % ga teng bo'lib, Andijon 1 naviga nisbatan 3,3 % ga ko'p ekanligi kuzatildi. Grom navining umumiy suv miqdori 82,4 % gat eng bo'lib, Andijon 1 ga nisbatan 6,8 % ga ko'p ekanligi aniqlandi. Tanya bug'doy navining 84,4 % ga suv bo'lib, u Andijon1 naviga nisbatan 8,8 % ko'pligi aniqlandi.

Bu ma'lumotlardan aniqlanishicha, Andijon 1 bug'doy navining barglaridagi suv miqdoriga nisbatan Tanya bug'doy navining barglarida suv eng ko'p bo'lishi va boshqa navlar oraliq o'rinda ekanligi aniqlandi.

O'simlik barglarida sodir bo'ladigan transpiratsiya jadalligi ham o'simliklarni suv almashinuv xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Jadvalda ko'rsatilgan (1.1-jadval) ma'lumotlardan aniqlanishicha Andijon 1 bug'doy navining barglarining 1 m2 barg sathida 1soat davomida 25,0 g suv parlatilgan bo'lsa shu muddatda Tanya bug'doy navining barglaridan 10,5 g suv bug'langan ya'ni shu muddatda Tanya navi Andijon naviga nisbatan 14,5 g suv kam parlatgan. Qolgan navlar ham oraliq o'rinlarni egallab Andijon 1 naviganisbatan kamroq suv parlatgan, ya'ni Andijon 2 navi 3,9 g, Asr navi 5,0 g, Omad navi 8,3 g, Grom navi 11,8 g kam suv parlatgan. Bu ko'rsatgich navlarning transpiratsiya jadalligi bo'yicha ham bir-biridan keskin farq qilishini ko'rsatadi.

Bug'doy navlari barglaridagi suv taqchilligi ham nav xususiyatlariga bog'liq holda o'zgaradi. Andijon 1 navining barglarida suv taqchillik 6,8 % ga teng bo'lsa, Andijon 2 naviniki 6,3 % teng bo'lib, u Andijon 1 naviga nisbatan nisbatan 0,3 %, Omad navida 1,8 %, Grom navida 2,3 % va Tanya navida 4,3 %. Andijon 1 bug'doy navi barglariga nisbatan suv taqchilligi kamroq ekanligi aniqlandi.

Huddi suv taqchilligiga o'xshash barglarining suv saqlash qobilyati ham o'simliklarning qurg'oqchilikka chidamlilik darajasini harakterlaydigan eng

muhim ko'rsatgich hisoblanadi. Andijon 1 bug'doy navi barglarining suv saqlash qobilyati boshqa navlarga nisbatan eng past bo'lib, 1 soat davomida sarflagan suv miqdori 6,09 % ga teng bo'lsa, Andijon 2 bug'doy navi shu muddatda 5,33 % suv sarflagan va ular o'rtasidagi farq 0,76 % ga teng.

Asr bug'doy navi barglaridan sarflangan suv miqdori 5,63 % ga teng bo'lib, u 0,46 % ga kamroq, Omad bug'doy navining barglari shu muddatda 3,98 % suv parlatgan bo'lsa, Andijon 1 naviga nisbatan 2,15 %, Grom bug'doy navi 1 soatda 3,37 % suv parlatib Andijon 1 ga nisbatan 2,72 % va Tanya bug'doy navi 1 soat davomida 2,59 % suv parlatib, Andijon 1 navidan 3,5 % kam suv parlatgan.

Bu ma'lumotlar Andijon 1 bug'doy navining suv saqlash qobilyati eng past, Tanya bug'doy navining suv saqlash qobilyati eng yuqori ekanligini ko'rsatadi. Qolgan navlar suvni saqlash qobilyati bo'yicha oraliq o'rinni egallaydi. Shunday qilib bug'doy navlarining suv almashinuv xususiyatlariga asoslangan holda ularning qurg'oqchilikka chidamligi darajasini quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: Andijon 1 <Andijon 2 <Asr< Omad < Grom <

Tanya ya'ni o'rganilgan navlar o'rtasida Andijon 1 navining qurg'oqchilikka chidamligi eng past bo'lsa, Tanya bug'doy navining qurg'oqchilikka chidamligi eng yuqori va qolgan variantlar oraliq o'rinda joylashgan.

Bug'doy navlarining qurg'oqchilikka chidamlilik darajasini ko'rsatuvchi eng muhim fiziologik jarayon barglaridagi umumiy suv miqdoridir. Boshqa ko'rsatgichlarga nisbatan bu ko'rsatgich to'g'ridan-to'g'ri navlarning qurg'oqchilikka chidamlilik darajasini harakterlaydi. Bizning tajribamizda olingan bu ma'lumotlar 1.1-rasmda yanada aniqroq tasvirlangan.

85

84

vo 83 cN

8 2

O T3 2" 81 £

> 80

£

79

78

77

76

75

> ► Tanya; 8

J Grom; 8 2,4

/

/

Asr; 78,; Omad; 7 8,9

Andijon 2; 77,3

• Andijon i; 75,6

4,4

Navlar

1.1 - rasm. Bug'doy navlarining gullash fazasidagi umumiy suv miqdori.

Bug'doy navlarining qurg'oqchilikka chidamlilik darajasini tasvirlovchi ya'ni ularning umumiy suv miqdori bo'yicha to'plangan ma'lumotlar ko'rsatishicha barcha o'rganilgan navlar o'rtasida nisbatan qurg'oqchilikka chidamli nav bo'lib Tanya navi hisoblanadi. Bu navning barglaridagi umumiy suv miqdori 84,4% ekanligi aniqlandi. Nisbatan chidamsiz hisoblangan Andijon-1 bug'doy navi barglarida umumiy suv miqdori 75,6% teng. Qolgan navlar oraliq o'rinda joylashgan.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Аманов А.А. Качество зерна коллекционных образцов пшеницы. «Узбекистан кишлок хужалиги» журнали, 2005, №3, 16-17 б.

2. Amonova G. R., Rashidov N. E. Useful Properties of Medicinal Chamomile (Matricaria Recutita) //European journal of innovation in nonformal education. -2024. - Т. 4. - №. 4. - С. 130-132.

3. Байкова Е.В., Королюк Е.А., Ткачев А.В. Компонентный состав эфирных масел некоторых видов рода Salvia L., выращенных в условиях Новосибирска (Россия) // Химия растительного сырья, 2002. № 1.С. 3742.

4. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Maktabda tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika fanlarini uyg 'unlikda o 'qitishning afzalliklari //nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1. - №. 4. - С. 259263.

5. Musurmonovich F. S., Baxriddinovna R. U. Oqsil taqchilligini ta'minlashda soya o 'simligining o 'rni //nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1. - №. 4. - С. 254258.

6. Normuminovna Q. D., Musurmonovich F. S. Bioecological Properties of Salvia Officinalis L //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 6. - С. 249-252.

7. Musurmonovich F. S. Bug'doy navlarining gullash fazasida suv almashinuv xususiyatlari //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1. - №. 5. - С. 578-583.

8. Musurmonovich F. S. Dorivor mavrakning bioekologiyasining o'ziga xos xusussiyatlari //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - Т. 1. - №. 5. - С. 571-577.

9. Fozilov S. The effect of drought on the water regime in the leaves of soybean varieties //Science and innovation in the education system. - 2023. - Т. 2. - №.

9. - С. 25-28.

10. Fozilov S. Effect of stress factors on some physiological parameters of soybean plant //Science and innovation in the education system. - 2023. - Т. 2. -№. 7. - С. 722-74.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.