Научная статья на тему 'TURKIYALIK ILOHIYOTSHUNOS OLIM HUSAYN ATAY ILMIY FAOLIYATI'

TURKIYALIK ILOHIYOTSHUNOS OLIM HUSAYN ATAY ILMIY FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
152
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Yangi kalom ilmi” / Husayn Atay / imon / qazo va qadar / Qur’onga qaytish / aql / an’anaviy madaniyat / yangilik. / "New Kelam Science" / Hussein Atay / faith / “qaza and qadar” / Return to the Qur'an / mind / traditional culture / innovation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — P. Rajapov

Maqolada “Yangi kalom ilmi” yo‘nalishi vakillaridan biri Husayn Atayning qarashlari ochib berilgan. Atay kalom ilmida yangilanish Qur’onga qaytish orqaligina bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Lekin, uning faqatgina Qur’ondan hukm olish tushunchasi xorijiylar va soxta salafiylarning qarashlaridan tubdan farq qiladi. Shuningdek, Husayn Atay an’anaviy madaniyatga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lgan. Atayning tanqidiy yondashuvlari uning ahli sunna aqidasida haqiqatdan ham mavjud bo‘lgan ba’zi masalalarga ham bid’at sifatida qarashiga olib keldi. Jumladan, qazo va qadar borasida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC ACTIVITY OF TURKISH THEOLOGIST HUSSEIN ATAY

The article reveals the views of Hussein Atay, one of the representatives of the ";New Kelam Science" movement. Atay emphasized that the renewal of kelam could only be achieved through a return to the Qur'an. However, his concept of judging only from the Qur'an is radically different from that of kharijites and Salafism. Hussein Atay was also critical to the traditional culture. Atay's critical approach has led him to view some of the issues that really exist in the Sunni creed as heresy. For instance, “qaza and qadar”.

Текст научной работы на тему «TURKIYALIK ILOHIYOTSHUNOS OLIM HUSAYN ATAY ILMIY FAOLIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TURKIYALIK ILOHIYOTSHUNOS OLIM HUSAYN ATAY ILMIY FAOLIYATI

Rajapov Pirnazar Sardor o'g'li

O'zXIA Islomshunoslik fakulteti kotib-ish yurituvchisi https://doi org/10.5281/zenodo.7019965

Annotatsiya. Maqolada "Yangi kalom ilmi"yo'nalishi vakillaridan biri Husayn Atayning qarashlari ochib berilgan. Atay kalom ilmida yangilanish Qur'onga qaytish orqaligina bo'lishi mumkinligini ta'kidlagan. Lekin, uning faqatgina Qur'ondan hukm olish tushunchasi xorijiylar va soxta salafiylarning qarashlaridan tubdan farq qiladi. Shuningdek, Husayn Atay an'anaviy madaniyatga nisbatan tanqidiy munosabatda bo'lgan. Atayning tanqidiy yondashuvlari uning ahli sunna aqidasida haqiqatdan ham mavjud bo'lgan ba'zi masalalarga ham bid'at sifatida qarashiga olib keldi. Jumladan, qazo va qadar borasida.

Kalit so'zlar: "Yangi kalom ilmi", Husayn Atay, imon, qazo va qadar, Qur'onga qaytish, aql, an'anaviy madaniyat, yangilik.

НАУЧНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ТУРЕЦКОГО БОГОСЛОВА ХОСЕЙНА АТАЯ

Аннотация. В статье раскрываются взгляды Хусейна Атая, одного из представителей направления «Новая наука о мире». Атай подчеркивал, что обновление в науке о слове может произойти только путем возвращения к Корану. Однако его концепция получения суждения только из Корана в корне отличается от взглядов хариджитов и лжесалафитов. Также Хусейн Атай критически относился к традиционной культуре. Критический подход Атая заставил его рассматривать некоторые вопросы, которые на самом деле присутствуют в вере Ахль ас-Сунна, как ересь. В частности, о судтбе.

Ключевые слова: «Новое знание слова», Хусейн Атай, вера, наказание и судьба, возвращение к Корану, разум, традиционная культура, новаторство.

SCIENTIFIC ACTIVITY OF TURKISH THEOLOGIST HUSSEIN ATAY

Abstract. The article reveals the views of Hussein Atay, one of the representatives of the "New Kelam Science" movement. Atay emphasized that the renewal of kelam could only be achieved through a return to the Qur'an. However, his concept of judging only from the Qur'an is radically different from that of kharijites and Salafism. Hussein Atay was also critical to the traditional culture. Atay's critical approach has led him to view some of the issues that really exist in the Sunni creed as heresy. For instance, "qaza and qadar".

Keywords: "New Kelam Science", Hussein Atay, faith, "qaza and qadar", Return to the Qur'an, mind, traditional culture, innovation.

KIRISH

Kalom ilmi sultoni Imom Moturidiyning hayot va ilm yo'li hukumatimiz tomonidan alohida e'tirof etilmoqda. 2020-yilning 11-avgustida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'grisida"gi qarori natijasi o'laroq O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi [1]. Natijada Imom Moturidiy ilmiy merosini o'rganish kun tartibidagi dolzarb masalaga aylandi.

Xorijiy tadqiqotlar bilan tanishar ekanmiz, Moturidiyning hayoti, ijodi va ilmiy merosiga oid bir qator kitoblarning turk tilida chop etilganini ko'ramiz. Shuni ham

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

alohida ta'kidlash joizki, bugungi kunda Moturidiylik ta'limotini o'rganish va tadqiq etish bo'yicha Turkiya peshqadamlik qilib kelyapti. Shu bilan bir qatorda biz ilmiy tadqiqot ishlarida, darslik va o'quv qo'llanmalar tuzishda qaysi moturidiyshunos olimlarning kitoblari va ilmiy ishlaridan foydalana olish-olmasligimizni ham belgilab olishimiz lozim. Chunki, ayrim shaxslar o'z kitob va maqolalarida sof islom aqidasiga zid g'oyalarni ham ilgari surishgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Maqolani yozishda Cagfer Karada§, Hüseyin Atay, §aban Ali Düzgün, Salih At9eken, Mehmet Salih Gecit kabi turk olimlarining kitoblaridan foydalanildi. Maqolada qiyosiy-tahliliy, mantiqiy, manbalarni taqqoslash usullaridan foydalanildi.

TADQIQOT NATIJALARI

Husayn Atay 1930-yil Turkiyaning Rize viloyatining Ikizdara tumani Guneyje qishlog'ida tug'ilgan. Otasi va amakisi "Hofizi qur'on" bo'lib, Husayn ular yordamida Qur'oni Karimni yod oldi. Guneyjede boshlang'ich ta'limni Guneyjeda boshlab, Qadirga tumanida tamomladi. Litsey ta'limini (Ilohiyot fakultetida) esa 1948-yil Bag'dodda yakunladi. Maktab davrida, asosan, Islomshunoslik fanlari va Arab tilini o'rgandi. 1954-yil bakalavr darajasiga ega bo'ldi (Bag'dod). 1960-yil "Qur'oni Karimga ko'ra imon asoslari" dissertatsiyasini yozib doktor unvonini oldi. 1962-yil Ibroniy tilini o'rganish maqsadida Isroilga bordi va 2 yil o'sha yerda istiqomat qildi. 1965-yilda esa Chikagoga borib, 2 yil Chikago universitetida faoliyat olib bordi. 1968-yil "Farabi ve ibn-i Sina'ya Göre Yaratma" (Forobiy va Ibn Sino nuqta'i nazarida ijod) ilmiy ishi uchun Islom falsafasi sohasida dotsent unvonini oldi. 1974-yil esa Kalom ilmi bo'yicha professor unvonini qozonib, Ilohiyot kafedrasi mudiri etib tayinlandi[10].

Husayn Atay 1980-1982-yillarda Anqara universitetida Ilohiyot fakulteti dekani sifatida faoliyat yuritdi. Dunyoning turli universitetlari, jumladan, Garvard, Chikago, Qirol Fahd neft va kon kabi xalqaro universitetlarda dars berdi. 1989-yil esa Turkiyaga qaytib, Anqara universitetida fakultet dekani vazifasini davom ettirdi. 1997-yil iste'foga chiqdi[10].

Husayn Atayning ilohiyotshunos, faylasuf, mutakallim sifatida mashhur bo'lishiga sabab bo'lgan omil uning oz sohasiga jiddiy yondashuvi, uning tadqiqot metodi va u suyangan samarali prinsiplari edi.

Atayning shunday maqomga erishishida boshidan kechirgan hayot sarguzashtlari, asosan, o'z yurtidagi mavjud Islom muhitini yaqindan tanish imkoniga ega bo'lishini, uning diqqatini tortgan Islom mutafakkirlarining asarlarini bir faylasuf qarashi bilan tahlil qilishini e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi. Atayni fikrlarini ochiqlashiga turtki bo'lgan omil, o'zi yashayotgan jamiyatda Musulmonlarning deyarli har sohada kelishmovchiliklarining guvohi bo'lgach, bu muammolarni hal qilish yo'llarini anglab, vijdoni bir mas'uliyatni his qilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Uning uslubining xususiyati esa e'tiqod va unga bog'liq sa'y-harakatlarning asosi sifatida Islom dinining asosiy manbasi Qur'oni Karimga tayanishidir [8:13].

Anqara universiteti Kalom kafedrasi raisi Prof. Dr. Shaban Ali Duzgun "Demokrasi Platformu" jurnalining 7-sonida chop etilgan "Kur'an'a Dönü§te Öncü Bir isim: Hüseyin Atay" nomli maqolasida, "Turkiyada Qur'onga qaytish bir harakat sifatida nomlansa, bu harakatni boshlab bergan Husayn Ataydir. Atay "Kur'an'a Göre

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

iman Esaslarinin Tespit ve Mudafaasi" (Qur'onga ko'ra imon asoslarini belgilash) sarlavhasi ostida tayyorlagan doktorlik dissertatsiyasida imon asoslarini ilk marotaba Qur'onga asoslanib belgilagan va insonlarning nima qilishlarini anglash ma'nosida qadar tushunchasini imon asoslari tarkibidan chiqargan edi" deya Atayning qarashlaridan to'lqinlanib fikrlarini keltirgan [5:11].

Doktorlik dissertatsiyasi nomidan ham yaqqol sezilib turibdiki, Husayn Atay Turkiyada Qur'onga qaytish tushunchasi va yondashuvining tashabbuskori sifatida ko'riladi. Uning fikricha, Islom tafakkurida yangilik g'oyasini ro'yobga chiqara oladigan tashabbus faqat Qur'onga qaytish orqaligina bo'lishi mumkin. Biroq, uning Qur'onga qaytish yoki Qur'onga murojaat qilish tushunchasi xorijiylarning va keyingi davr salafiylarining qarashlaridan tubdan farq qiladi. Chunki, uning Qur'onga qaytish tushunchasini uning falsafiy asosga tayanganligi belgilab beradi. Husayn Atay o'zining falsafiy bilimlari ta'sirida Fazlurrahmon (1919-1988) ilgari surganidek aql va zamon talablarini birinchi o'ringa qo'yadi [6:142].

Atayning ta'kidlashicha, aqlning anglash va mustaqil ravishda qaror qabul qilish kabi ikkita funksiyasi bor. Birinchisi, odatda, har bir insonda mavjud bo'ladi. Lekin ikkinchisi sodir bo'lishi uchun harakat va g'ayrat lozim. Bundan fikrlash va tafakkur qilishga yo'nalmoq kelib chiqadi. Aqlga yuklagan ma'no bilan Atay birinchi navbatda Mo'tazila hamda butun mutakallimlarning qarashlarini chetlab o'tib, aqlning Qur'ondek hukm chiqarishidan va aql chiqargan hukmning shariat hisoblanishini bayon qilgan. Atayning e'tirof etishicha, aql lafzga tayanmaydigan og'zaki vahiydir. Bu holatda uning Qur'onga qaytish tushunchasini aql bilan uni izohlash va undan chiqariladigan umumiy tamoyillar bilan hayotiy izohlash va tartiblash mazmunida qabul qilish kerak. Aks holda, ham Qur'onga qaytish, ya'ni uni yagona manba sifatida olish hamda aqlni Qur'onga teng deb qabul qilish va ekvivalent hisoblashdek bir qarama-qarshilikka ro'baro' bo'lamiz. Aslida Atay shunday yondashuvga borarkan, Fazlurrahmonda kuzatilganidek o'zi mansub bo'lgan hanafiylik ruhida o'sib-ulg'ayganidan unumli foydalana oladi. Shu xususda hanafiylarning istihson, ya'ni insonlar manfaati uchun qiyosning zarurligi hukmini qo'yib, boshqa bir kukmni olish tushunchasini qabul qilgan deyish mumkin. Bu bilan Atay aqldan faqat tushunish vositasi emas, ayni paytda qaror qabul qiluvchi faktor sifatida ko'rgan. Chunki aqlni faqat anglash vositasi sifatida cheklab qo'yish unga shunchaki yondashuvdan boshqa narsa emas [6:142].

O'zining pozitsiyasini shu tarzda belgilab olgan Husayn Atay an'ana va an'anaviy ruhdagi madaniyatga nisbatan tanqidiy fikrdadir. Chunki, an'analar uni o'z qobig'iga o'rab, uning imkoniyatlarini cheklaydi. Yangilik ruhidagi tushunchalarni haqiqatga aylantirish uchun mavjud to'siq va cheklovlarni yorib o'tishi lozim. U so'zsiz vahiy deb ataydigan aql kuchi va lafziy vahiy Qur'oni karimni o'tmish to'siqlari va qaydlaridan mustaqil ravishda talqin qilinishi va yangi shariat paydo qilish kerakligini ta'kidlagan. Buning uchun, birinchi navbatda, eski qaydlar va o'lchov-mezonlar yig'indisi bo'lgan an'ana bartaraf qilinishi lozim. Lekin, uning tanqidlari tamomila asossiz emas va bu borada yangicha ruhdagi qarashlarni ro'yobga chiqarish uchun a) to'g'rilik va xato, b) haqiqat, d) shaxsiy va ijtimoiy manfaat kabi uchta mezon belgilaydi. To'g'rilik va xato bilan obyektivlikni, haqiqat bilan borliqning tabiatga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uyg'unligini, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar bilan joriy qilinadigan tartib-qoidalarning ham shaxs ham jamiyatga foyda keltirishini ta'minlaydi. Ushbu mezonlar bilan an'anaga baho bergan Atay an'anaviy madaniyatda xalqning dini, ulamoning dini va Qur'onning dini kabi uch taraflama tuzilma mavjud deya ta'kidlaydi. Atay bu uch tuzilma orasida ham nomuvofiqlik hamda mantiqsizlik borligini bayon qilib, Qur'onning dini tuzilmasini afzal ko'radi va buning aql, ilm va har bir insonning shart-sharoitlariga muvofiq kelishini ilgari suradi. Uning fikricha, din aql va Qur'ondan iborat va bu jihati bilan hadislar hamda diniy muassasalarning so'zlariga asosida hukm keluvchilarning joriy qilgan madaniyatdan butunlay farq qiladi. Chunki, biri ilohiy, yana biri insoniydir. Insoniy bo'lgani makon va zamon bilan chegaralangan bo'lsa, ilohiy bo'lgani makon va zamondan tashqaridadir. Boshqacha aytganda, Qur'onda kelmagan so'z, fikr va ijtihodlar dindan tashqarida bo'lib, diniy madaniyatga oid elementlardir. Payg'ambar alayhissalom, sahobalar va bizdan oldin yashab o'tgan butun ulamolarning so'z va ijtihodlari ham diniy madaniyat tarkibiga kiradi. Ushbu holatda o'tmishda sodir bo'lgan yoki shunday deb taxmin qilingan ijmolar ham ham shu diniy madaniyat doirasida deb hisoblanishi kerak. Bu o'rinda o'tmishda bo'lib o'tgan va o'zgarmay barqaror qolgan ijmoni qo'yib, Qur'onda ishorat qilingan narsaga qaytish kerak. Bu ayni paytda taqlidni tark etib, qaytadan ijtihodga qaytishni keltirib chiqaradi. Aslida ijtihod faqatgina fiqh sohasida emas, balki butun ijtimoiy va texnik sohalarda ham ilm hosil qilish va fikr yuritishning umumiy nomidir. Shu ma'noda asri saodat buning uchun maqsad yoki model emas, harakat nuqtasi, oyoqqa turish makoni yoki barkamollik o'zagini o'zida mujassam etgan tarixiy bo'limdir [4: 278-280].

Turkiyada respublika davrida yangilik va o'zgartirish talablarini yuqori darajaga olib chiqqan mutakallimlarning boshida Prof. Dr. Husayn Atay xarakteri muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Usmoniylar davri ilm-fan tajribasini yoshligida fuqaro sifatida kuzatgan Atay madrasa ta'lim tizimi, zamonaviy arab ta'lim madaniyatini Bag'doddagi Ilohiyot fakultetida, zamonaviy G'arb madaniyati va falsafasini esa Garvard va Chikago universitetlarida olib borgan tadqiqotlari orqali tanish imkoniga ega bo'ldi. Bu uchta turli xil ta'lim tizimini samarali ravishda uyg'unlashtirgan Atay aqidaviy qarashlarida ham har uch tizimning uyg'unligini yaqqol aks ettiruvchi izoh va tahlillar bergan. Bu jihatni e'tiborga olganda, Atay o'zidan avvalgi "Yangi kalom ilmi" olimlaridan tubdan ajralib turadi.

Atayning tafakkur olamida boshqa fanlar qatori kalom ilmida ham mutlaq yangilikka ehtiyoji borligi seziladi. Bu yangilikning ham ikkita alohida yo'nalishi mavjud. Birinchisi Qur'oni karim, ikkinchisi esa zamonaviy fanlar va aqliy-falsafiy ilmlar uyg'unligidir [2:295].

Tafsir, hadis, fiqh va kalom ilmlarining bugungi kungacha yetib kelgan me'rosi va yutuqlari haqida so'z borarkan, bu ikki mezon doimo faol va samarali ravishda hukmron bo'lishi kerak. Atay shu shakldagi metodologiyani ma'qul ko'rarkan, boshqa ilmiy fanlar va bu faoliyat sohalarida mashhur bo'lgan tendensiyalarni qattiq tanqid qilishdan to'xtamasdi. Agar Atay va Mustafo Sabriyni bir-biriga qiyoslaydigan bo'lsak, dunyoqarashlarida katta farqlar bo'lishiga qaramay, tutgan yondashuvlari jihatidan ularning o'xshashliklari borligini sezishimiz mumkin. Mustafo Sabriy XX asrning yangilik tarafdori bo'lgan ziyoli qatlamini tanqid ostiga olgan bo'lsa, Husayn Atay esa

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'tgan asrlarning an'anaviy ruhdagi ulamolariga, sahobalarning ba'zilariga, hatto kibor sahobalarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo'lgan [7:939].

Atayning fikricha, imon asoslari qayta va to'g'ridan-to'g'ri Qur'on asosida belgilanishi kerak. Bu xususda Muhammad (s.a.v.) ning murabbiy sifatida yuborilishi (risolat) va Qur'onning nozil bo'lishi sabablari to'g'ri tahlil qilinishi kerak. Atay "Qur'onda imon asoslari va kadar masalasi" asarida shunday kirish qilib, tavhid mavzusini qayta qalamga oladi va an'anaviy kalom-falsafa uyg'unligi bilan bir qatorda zamonaviy ilmiy madaniyatdan ham unumli foydalangan. Masalan: "Allohning borliq olamiga xos sifatlari" nomi ostida ilm, qudrat, iroda, yaratuvchi, adolat, rahmat sifatlarini ta'kidlab o'tgan. Shunday qilib, Atay an'anaviy tarzda davom etib kelayotgan Allohning zoti, salbiy va tanzihiy sifatlarini tasniflash o'rniga o'z talqiniga ko'ra Allohning sifatlarini qayta tasniflash va izohlashga harakat qilgan. Tavhid tushunchasiga izoh berarkan, Qur'onda kelgan tavhid aqidasiga urg'u bergan Atay mavzuni johiliya davridagi diniy e'tiqodlar bilan solishtirgan holda taqdim etib, bugungi kunda tavhid borasidagi noto'g'ri qarashlarni yoki yaratuvchi xususida musulmonlar orasida kechayotgan ba'zi tasavvurlarning johiliya davri butparastligiga borib taqalashini ta'kidlagan.

MUHOKAMA

Atayning nuqta'i nazarlari orasida an'anaviy sunniylik ta'limoti bilan muvofiq kelmagan eng ahamiyatli qarashi qadar masalasidir. Bu masala borasida bir qator da'volar bildirib, taqdir tushunchasi o'rniga erkin fikr qarashi (özgür dü§ünce görü§ü) tushunchasini istifoda qilgan. Uning bu boradagi qisqacha ifodasi quyidagicha: "Qadar bor joyda iroda erkinligi bo'lmaydi, iroda erkinligi bor joyda qadar yo'qdir. Qadarning mavjudligi insoniylikni ham, ilohiy vahiyni ham poydevoridan yo'q qiladi, insonni hayvon kabi mas'uliyatsiz qiladi [3:7]."

Atayning fikricha, qadarga ishonish haqida Qur'onda ishora kelmagan. Butparast arablarning qadar borasidagi e'tiqodi hijriy III asrdan so'ng musulmonlarda ham humron bo'ldi. An'om surasi 148, 149 va nahl surasi 35-oyatlarida kelgan "Mushriklar kufrni Allohning irodasiga bog'laydilar" mazmunidagi jumlani dalil sifatida keltirib, qadarga ishonganlar ham ayblarini Allohga bog'lashini ta'kidlaydi va qadarga ishonish shirk va butparastlikka borib taqalishini asoslagan [3:9].

Butparastlarning qadarga ishonishini Islomga ilk marotaba kiritganlar sifatida "xalifalik maqomini o'ziga Allohning kiydirgan to'ni" deya tavsiflagan Usmon (r.a.) va Umaviylar hukumatini javobgar deb topgan. Atayning so'zlariga ko'ra, rasululloh (s.a.v.) dan keyingi Islom olamining mushkul ahvoliga qadarga ishonish tushunchasi kirib kelib, insonlar ongidan mas'uliyat hissiyoti yo'qolishi sabab bo'lgan [7:940].

Atay kadarga ishonish mavjud emasligini aytarkan, Qur'on va sunnatda kelgan taqdir haqidagi matnlarni shunday ta'vil qilgan: "Qur'onda kelgan qadar kalimalari o'lchov-mezon ma'nosidadir. Ya'ni Qur'ondagi "qadar" kalimasi va uning ishtiqoqlari inson irodasi bajarishga majbur bo'lgan azaliy yozib qo'yilgan taqdir mavjudligiga dalolat qilmaydi. Bular sunnati ilohiyaning boshqa shakllarda sodir bo'lganini ko'rsatadi. Hadisi shariflar esa ohod xabarlar bo'lib, ahli sunnadagi "imon masalasida ohod xabarning qabul qilinmasligi" tamoyiliga ko'ra bu borada dalil

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bo'lolmasligidan bunday hadislarga tayanib, kadarga ishonishga asos keltirish Islom ruhiga zid harakat qilish demakdir [3:141-142]."

Atay inkor qilgan kadar tushunchasi hamma narsa azaldan Alloh tomonidan belgilab qo'yilganligi sabab bandalar irodasi tamomila ularning qo'lidan olingani va iroda erkinligini butunlay bekor qilib sodir etilgan gunohlar, tamballiklar, yuzaga kelgan tanazzullarni Allohga izofa qilib, majburiy qadar tushunchasi vositasida mansabdorlarning xalqqa qilgan zulmlarini oqlash uchun qadar bilan bog'liq diniy matnlardan foydalanib, har narsani Allohga nisbat qilgan siyosiy qadar tushunchasidir [3:145].

Atay shu mazmundagi qadar tushunchasini rad qilgan edi: "Ularning qadar tushunchasiga bergan ta'rifidan inson taqdiri anglashiladi. Bu esa insonning bu dunyoda nimalar qilmoqchiligi uning tug'lishidan oldin yozilgan, chizilgan va xulosa qilingan, uni o'zgartirib bo'lmaydi, deganidir. Bundan Jannat yoki do'zaxga tushishi o'ziga bog'liq emasligi kelib chiqadi. Shu yo'sinda qadarga ishongan aslida Qur'on oyatlari va payg'ambar alayhissalom sunnatini tubdan rad etibdi. Natijada Atay ham ahli sunnaning juz'iy iroda tushunchasini shakllantirib, majburiy qadar tushunchasini rad etganini va u yoqlab chiqqan kadar tushunchasining Qur'on ruhiga uyg'unligini ifodalagan.

Atayning an'anaviy ruhdagi diniy tamoyillardan farqli ravishda u ilgari surgan bir qator fikrlar inobatga olinadigan bo'lsa, avvalo, zukkoligi va ishlab chiqqan funksiyasi zikr qilinishi kerak. Uning fikricha, aql Qur'on kabi hukm chiqaradi va uning hukmi shariat hisoblanadi. Aql lafzga tayanmagan og'zaki vahiydir. Shunga ko'ra, Atay, aqlni faqat qur'oniy vahiyni anglash vositasi sifatida emas, ayni paytda o'zi qaror qabul qiluvchi avtoritet sifatida ko'rmoqda. Atay shu tarzda an'anaviy diniy tamoyillarni qattiq tanqid qiladi va an'anani bartaraf qilib, uning to'siqlarining oldini olishga urinmoqda. Uning fikricha, an'anaviy dinda xaqlning dini, ulamoning dini va Qur'onning dini shaklida uchta farqli va bir-biriga qarama-qarshi din tushunchasi borki, u tanlovda uchinchisiga yon bermoqda. "Uning nuqta'i nazariga ko'ra, din aql va Qur'ondan iboratdir, bu jihatdan din hadislardan hamda diniy muassasalarning so'zlaridan hukm chiqarganlar joriy qilgan madaniyatdan tamoman farqlidir [2:296297]." Atayning bu boradagi pirovard maqsadi Qur'onga bog'liq, Qur'on bilan boshlanadigan va Qur'onga qaytgan Qur'on kalomi va Qur'on falsafasi barpo qilishdir.

Husayn Atay ilmiy faoliyatining boshlanishidan hozirgacha bir qancha kitob, maqola, tarjima, tanqidiy nashr yozib Islomshunoslik fanlari rivojiga katta hissa qo'shgan va hissa qo'shib kelmoqda. Uning chop etilgan nashrlaridan tashqari, hali nashrga tayyorlangan, ammo, kitob holiga keltirilmagan ilmiy ishlari talaygina. Atay gazeta va jurnallarda yoritgan maqolalarini keyinchalik yozgan asarlarida yanada takomillashtirib, keng izohlar bilan bergan. Alohida eslab o'tish joizki, uning turk tilida "Qur'on Karim ma'nolar tarjimasi" kitobi mavjud.

Husayn Atayning asarlari bilan bir qatorda Islomshunoslik sohasiga oid ko'plab maqolalari mahalliy va xalqaro jurnal va to'plamlarda bosmadan chiqqan bo'lib, 80 ta maqola, 9 ta tarjima, 6 ta tanqidiy nashr va 9 ta tanitma yazilari (Kirish xatlari) mavjud. XULOSA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Rasman diniy ta'limning to'xtatilishi va diniy muassasalarning yopilishi tufayli 1930-1950-yillar oralig'ida deyarli kalom ilmi doirasida tadqiqotlar olib borilmadi. 1950-yillarga kelib, Ilohiyot fakulteti va Islom institutlari ochilishi bilan kalom ilmi yana kun tartibiga chiqdi. Bu davr mutakallimlari bir tomondan o'zlari savod chiqargan Arab dunyosi (xususan, Bag'dod va Qohira) ilmiy muhitiga taqlid qilarkan, ikkinchi tomondan Usmoniylar sultonligining so'nggi davri va respublika tuzumining ilk davridagi Abdullatif Harputiy va Izmirlik Ismoil Haqqi kabi yangilik tarafdori bo'lgan mutakallimlar yondashuvlariga tayanishardi.

Kalom sohasida yozgan asarlari va tarbiyalagan shogirdlari bilan XX asr o'rtalari Turkiya tarixida sezilarli iz qoldirgan uch shaxsning nomi alohida ajralib turadi: Anqara ilohiyot fakultetidan Husayn Atay, Istanbul islom instituti/ Marmara universiteti ilohiyot fakultetidan Bekir Topal o'g'li va Ko'nyo Saljuq universiteti ilohiyot fakultetidan Sharafiddin Go'ljuk. Bu mutakallimlar ham o'z asarlari bilan Turkiyada kalom ilmining rivojlanishiga, kalom ta'limotining asosini shakllantirish, shuningdek, o'zlari tayyorlagan shogirdlar bilan yangi mutakallimlar avlodi va oliy ma'lumotli kadrlar yetishib chiqishiga o'z hissalarini qo'shishdi.

Husayn Atayning asosiy hissasi mutakallim kimligi va Anqara universiteti ilohiyot fakultetining ilk kalom o'qituvchisi ifodasi bilan bir qator kalom olimlarining yetishib chiqishidagi g'ayrat va sa'y-harakatlaridir. Shu tarzda ommaning katta qismi undan ta'sirlangani ham haqiqatdir. Anqara universiteti ilohiyot fakulteti haqida so'z ketganda, avvalo, asosiy ilm tarmog'i kalom hamda boshqa barcha ilmiy faoliyat sohalarida, shubhasiz, Husayn Atayning ta'siri yaqqol sezilib turadi. Uning intellektual salohiyati shakllanishida Istanbul, Bag'dod va Chikago shaharlaridagi samarali va mashaqqatlarga boy ilmiy faoliyati yotadi. U uch xil mintaqada erishgan yutuq va tajribalaridan Anqara universiteti ilohiyot fakultetida muvaffaqiyatli ravishda foydalandi.

Shuni ham alohida ta'kidlab o'tish joizki, Husayn Atayning qazo va qadar borasidagi fikrlari sunniylik ta'limotiga muvofiq kelmaydi. Atay qadarga ishonish haqida Qur'oni Karimda ishora kelmagan deya ta'kidlagan. U qadarga ishonishni butparast arablar davridan qolgan bid'at sifatida baholab bu bid'atning islom ta'limotiga kirib kelishida Usmon (r.a.) va Umaviy hukmdorlarni javobgar sifatida ko'rsatgan.

Lekin, Atayning bu fikrlari asossiz. Sunniylik ta'limotiga ko'ra, qadarning yaxshisi ham yomoni ham Allohdan ekaniga ishonish imonning tarkibiy qismlaridan biridir. Bu Qur'oni Karim va hadislarda ko'plab ta'kidlangan. Jumladan, Taloq surasi 3-oyatida hamda Termiziy va Ibn Mojalar Ali (r.a.) dan rivoyat qilgan hadisda qadarga imon keltirishga ishoralar kelgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802-sonli qarori.

2. Cagfer Karada§ (2014). Anahatlariyla Keläm Tarihi. Ensar Yayinlari. - 395 s.

3. Hüseyin Atay (2009). Kur'an'da iman Esaslari ve Kader Sorunu. Atay ve Atay Yayinlari. -212 s.

4. §aban Ali Düzgün (2013). "Hüseyin Atay", £agda§ islam Dü§ünürleri (edit.Cagfer Karada§). Ensar Yayinlari. - 400 s.

5. Salih At9eken (2008). Hüseyin Atay'in dine yakla§imi (yüksek lisans tezisi). - 137 s.

6. Cagfer Karada§ (2009). Günümüz Türkiye'sinde kelam ilmi// Türk Bilimsel Derlemeler Dergisi 2(1). - S. 129-151.

7. Mehmet Salih Gecit (Ekim 2016). Son dönem temsilcileri baglaminda yeni ilm-i kelam hareketi (Anadolu örnegi) // Uluslararasi Sosyal Ara§tirmalar Dergisi, Cilt: 9. Sayi: 46. - S. 931-944.

8. §aban Ali Düzgün (2006). "Kur'an'a Dönü§te Öncü Bir isim: Hüseyin Atay" // Demokrasi Platformu Dergisi, Yil 2. Sayi 7. - S. 13.

9. https://lex.uz/docs/-4945427

10. https://tr.m.wikipedia.org/wiki/Hüseyin_Atay#.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.