Научная статья на тему 'TURKIYADAGI TEMURIYLAR DAVRIGA OID MADANIY MEROSNING SHAKLLANISH JARAYONI'

TURKIYADAGI TEMURIYLAR DAVRIGA OID MADANIY MEROSNING SHAKLLANISH JARAYONI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniy meros / qoʻlyozma / Temuriylar / Usmoniylar / Samarqand / Turkiya / Istanbul / Mirzo Ulugʻbek / Ali Qushchi / Alisher Navoiy / Xusayn Boyqaro / Cultural heritage / manuscript / Timurids / Ottomans / Samarkand / Turkey / Istanbul / Mirzo Ulugbek / Ali Qushchi / Alisher Navoi / Hussein Boyqaro

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sh.A.Miraliyeva

Oʻzbekistonga oid madaniy merosni xorij muzey va kutubxonalarida saqlanishining sabablaridan biri bu aynan oʻsha davrda turli davlatlar bilan madaniy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarning oʻrnatilgani, turli tarixiy vaziyatlarning yuzaga kelganligidir. Ushbu maqolada Temuriylar davrida yuz bergan ayrim tarixiy jaryonlar natijasida bugungi kunda Turkiya muzeylarida saqlanib kelinayotgan Temuriylar davriga oid madaniy merosning shakllanishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROCESS OF FORMATION OF CULTURAL HERITAGE DATING BACK TO THE TЕMURID PERIOD IN TÜRKIYE

One of the reasons for preserving the cultural heritage of Uzbekistan in foreign museums and libraries is the establishment of cultural, economic and political ties with different countries, as well as the emergence of peculiar historical events. This article highlights the formation of the heritage of the Temurid era currently stored in Türkiye as a result of some historical circumstances that took place during the Temurid period.

Текст научной работы на тему «TURKIYADAGI TEMURIYLAR DAVRIGA OID MADANIY MEROSNING SHAKLLANISH JARAYONI»

UDK 069.02(560):94(575.1) TURKIYADAGI TEMURIYLAR DAVRIGA OID MADANIY MEROSNING SHAKLLANISH JARAYONI

Sh.A.Miraliyeva Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, k.i.x.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo'lim mudiri*

Kalit so'zlar: Madaniy meros, qo'lyozma, Temuriylar, Usmoniylar, Samarqand, Turkiya, Istanbul, Mirzo Ulugbek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Xusayn Boyqaro.

O'rta Osiyo XIV asr oxirida Amir Temur boshchiligida qudratli davlatning vujudga kelishi oqibatida qaytadan rivoj topa boshladi. Samarqandning poytaxt qilinishi katta boyliklarning to'planishiga sabab bo'ldi. Me'moriy yodgorliklar, maqbaralar, masjid-madrasalar, saroylar qurildi. Amir Temur zabt etgan mamlakatlardan qadimiy qo'lyozmalar, xon, amirlarga tegishli yozishma va elchilik hujjatlari, shu jumladan, musulmon dunyosining muqaddas kitobi bo'lmish, "Usmon Qur'oni"ning asl nusxasini Samarqandga keltirdi.

Biroq, tarixning turli davrlarida yurtning istilochilar tomonidan zabt etilishi bois, xalq ana shu boy, madaniy merosidan ayrildi, milliy boyliklar talon-taroj etildi. D.Alimova rahbarligidagi tadqiqotda o'zbek xalqining ma'naviy kuch-qudratini zaiflashtirish siyosati, milliy-madaniy boyliklarning hududdan zo'ravonlik bilan olib ketish, mustabid tuzumning o'zbek xalqining madaniy-ma'naviy merosiga bo'lgan huquqini cheklash siyosati olib borilganini ko'rishimi mumkin [1, 432 b]. O'zbekistonga oid milliy-madaniy boyliklarning olib chiqib ketish sabablarini bu borada tadqiqot olib borgan olimlar turlicha izohlarda keltirishadi. Masalan D.Qurbonova o'zining tadqiqotlarida: arxeologiya, etnografiya va boshqa sohalar bo'yicha ilmiy ekspeditsiyalar o'tkazish maqsadida turli asori atiqalar yig'ib olingan; to'plangan asori atiqalardan turli ko'rgazmalar uyushtirilib, yuqori tabaqa vakillari, yohud mehmonlar ularni sotib olishi mumkin bo'lgan; xonliklarning tarqoqligi tufayli, ma'naviy-madaniy boylikka e'tibor sust ravishda bo'lgan; sovet davrida Markazdan kelgan mehmonlarga milliy boyliklar taqdim etilgan hamda katta miqdordagi pulga sotib yuborilgan - deb izoxlaydi [2, 75 b].

Madaniy merosimizni xorij muzey va kutubxonalarida saqlanishining yana bir sabablaridan biri bu aynan o'sha davrda madaniy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarning o'rnatilganligi, turli tarixiy vaziyatlarning yuzaga kelishidir. Biz ushbu maqolada Temuriylar davrida yuz bergan ayrim tarixiy jaryonlar natijasida Turkiyada saqlanib kelinayotgan Temuriylar davriga oid madaniy merosning shakllanishi haqida so'z yuritmoqchimiz.

Azaliy qardoshlikka asoslangan O'zbekiston-Turkiya o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik aloqalari keyingi yillarda yangi bosqichga ko'tarilib, jadal rivojlanib borayotgani xalqlarimizning asriy orzu-intilishlari hamda tub manfaatlariga javob beradi. Tili va dini, tarixi va madaniyati o'zaro mushtarak xalqlarimiz o'rtasidagi yaqinlik va qardoshlik rishtalarini mustahkamlashda adabiy aloqalar azal-azaldan beqiyos o'rin tutib keladi. Ayniqsa, o'zbek milliy davlatchiligi, ilm-fani, madaniyati, san'ati va adabiyoti yuksak bosqichga ko'tarilgan XV asrda xalqlarimiz o'rtasidagi adabiy aloqalar har tomonlama rivojlangani yaxshi ma'lum [3, 5 b].

Amir Temur saltanati Turkiya bilan savdo-sotiq ishlari, madaniy aloqalar olib borgani tarixiy manbalarda keltirilgan. O'z davrining ma'rifatli kishilari, olimlar, xunarmandlar, rassomlar, darvishlar bir o'lkadan ikkinchisiga bemalol o'tib yurganlar hamda o'zlarini hamma yerda o'z

* Shaxnoza Abduraximovna Miraliyeva - Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, k.i.x., Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo'lim mudiri.

98

uylaridagidek his qilganlar. Bursadagi Amir Sulton hamda Samarqanddagi Qozizoda Rumiy bunga yorqin misol, hatto xozir ham ularning qabrlariga Bursa va Samarqand aholisi ziyoratga kelib turishadi. Amir Sulton Buxoro Sayidining o'g'li bo'lib, Boyazidning kuyovi edi [4, 19 b]. Amir Sulton Usmonlilar davrida yashagan, tafsir, hadis, kalom olimi va mutasavvufdir. Ismi Muhammad bin Ali al-Husayniy al-Buxoriy bo'lib, laqabi Shamsiddindir. Hijriy 1368-yilda Buxoroda tug'ildi. Buxoroda voyaga yetgan Amir Sulton ilm talabida Makka va Madinaga boradi. Haj vazifasini ado etganidan so'ng niyati Madinaga joylashish edi. Biroq u yerda ko'rgan bir tush sababli fikrini o'zgartiradi va Turkiyaning Bursa shahriga yo'l oladi. Buxoroda tug'ilgani uchun unga "Muhammad Buxoriy", Sayyid (ya'ni Payg'ambarimiz avlodidan) bo'lgani uchun "Amir Buxoriy", Yildirim Boyazidxonga kuyov bo'lganidan keyin esa unga "Amir Sulton" nasablari berilgan. Bursada Shamsiddin Fanoriy degan ulug' zotdan dars oldi. Shamsiddin Fanoriy unga tabarruk dasxati bilan vasiqa - shahodatnoma yozib berdi. Hijriy 833-(milodiy 1430) yilda Bursada vafot etdi. Qabri Bursadagi uning nomi bilan ataluvchi jome masjidi yonidadir [5, elektron resusr].

Ilm-fan o'rganish va tahsil olish uchun Markaziy Osiyoga kelgan Qozizoda Rumiy aslida hozirgi Turkiyaning shimoli-g'arbidagi Marmara dengizidan janubroqdagi Bursada tavallud topgan. Qozizoda boshlang'ich ma'lumotlarini Bursadagi madrasada olib, astronomiya va matematika bilimlarini mavlono Shamsiddin Fanoriydan o'rganadi. Lekin u yoshligidan Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning yuksak darajada ekanligini eshitib, u yerga ketishga taraddud ko'ra boshlaydi. Bu haqda XX asr boshlaridagi turk tarixchisi Solih Zakiy bunday yozadi: "Mavlono Fanoriydan Xuroson va Movarounnahr ulamosining ulumi riyoziyadaki ovozai shuhratini eshita-eshita, nihoyat ikmoli tahsil uchun u joniba getmakka qaror vermish". U Xuroson va Movarounnahrga kelib olimlardan tahsil olib, bilimini kamolotga yetkazadi. Xususan u Temurning saroy astronomi Mavlono Ahmaddan astronomiya va matematika fanlaridan chuqur ma'lumotlar oladi. Amir Temurning yetti yillik yurishi tugagach, 1404-yil yozida Salohiddin birinchi marta Movarounnahr poytaxti Samarqandga keladi [6, 169-170 b]. U bu yerda qolib ketgan va Shohizindaga dafn qilingan. Ularning hech biriga mazhabdoshlari o'z e'tiqodidan qaytgan kishi deb qaramagan, aksincha ularni avliyo sifatida hurmat qilganlar. Bu o'zaro ta'sir tufayli noyob bo'lgan xodisadir. Bunday jonli intelektual va estetik aloqalar savdo yo'llari, karvansaroylar, savdo shirkatlarini o'z ichiga olgan mustahkam iqtisodiy zaminda taraqqiy etgan. Biz Amir Temurning Anadolida tutgan siyosatida hamda uning Izmirni ishg'ol qilishida iqtisodiy manfaatlar to'g'risida g'amxo'rlik qilganligini ko'ramiz. Oqibatda qirg'oq bo'yidagi ushbu maskan bir tomondan Markaziy Osiyoni O'rta Yer dengizi bilan, ikkinchi tomondan Xitoy bilan bog'langan savdo yo'llarining eng yuqori nuqtasi bo'lib qoldi [4, 20 b].

"O'z davrining Batlimusi" deb tanilgan Ali Qushchining Turkiyaga ketishi madaniy merosimizni keng yoyilishi va bugungi kunda u yerda saqlanishiga katta sabab bo'lgan. Ali Qushchi boshlang'ich va shar'iy bilimlarni Samarqand olimlaridan, matematik va astronomik bilimlarni esa Qozizoda Rumiy bilan Ulug'beqdan oladi. Ali Qushchi umrining ko'p qismini Samarqandda o'tkazadi. 1451-yili bir vaqtlar Ulugbek tarbiyasida bo'lgan Temuriylardan Sulton Abu Sayd Samarqand taxtini egalladi. U Ulug'bekning yaqinlariga, jumladan, Ali Qushchiga ham homiylik qildi. Abu Said o'limidai so'ng (1469) do'stlari va homiylaridan ajragan keksa olim bunday sharoitga bardosh berolmay o'z vatanini tark etib, o'zga ellarga ketishga majbur bo'lgan. U 1471-yili ko'pgina qarindosh-urug'lari va Samarqandda yozilgan asarlarning ancha qismini olib, haj qilish bahonasida Samarqanddan Tabrizga qarab yo'l oladi va Oqquyunlilar sulolasidan bo'lgan Uzun Hasan (14531479) huzuriga boradi. Olimni bu yerda zo'r hurmat bilan qarshi oladilar. Ali Qushchi ikki yil chamasi Uzun Hasan huzurida bo'lgach, uni Turkiya sultoni Muxammad Fotih (1457-1481) Istanbulga taklif qiladi. Olim Uzun Hasanning roziligi bilan 1472-yili Sulton Muhammad Fotih huzuriga Istanbulga boradi va Ayo Sofiya madrasasida bosh mudarrislik qiladi. Ali Qushchi Istanbulda 3 yilcha yashab, 1474-yili 71 yoshida vafot etadi [7, 57 b].

Lekin u Istanbulda kam vaqt bo'lgani bois bu yerda yirik ishlarni amalga oshirishning imkoni bo'lmadi. Lekin shu qisqa muddat ham va umuman uning Istanbulga kelishining o'zi ham nafaqat Usmonli turk fani tarixida, balki dunyo fanida muhim bir voqea bo'ldi. Chunki Usmonli turklar 1453-yili Istanbulni fath etganidan so'ng biroz o'tmay bu shahar Sharq va G'arb madaniyatlarining

99

uchrashuv joyi bo'lib qoldi. Ma'lumki, o'sha davrda Ovro'poda Sharq fani va madaniyatiga qiziqish juda katta bo'lib, Ovro'po Sharqning ilmiy yutuqlarini chanqoqlik bilan o'ziga singdirayotgan edi. Istanbulga Italiya, Germaniya, Avstriya va Gollandiyadan rassomlar, muhandislar, harbiy mutaxassislardan tashqari astronomiya va matematika mutaxassislari ham to'plangan edi. Shu tariqa Ali Qushchining Turkiyada yozgan va tugallagan risolalari Turkiyada tarqaladi. Ali Qushchining xizmatlari bilan Mirzo Ulug'bek va uning "Zij"i haqidagi xabarlar milodiy XV asr oxiridayoq nafaqat Turkiya balki Ovro'poga ham yetdi [6, 176-177 b].

L.Kerenning "Ulug'bek maktabi va uning Usmoniylar Turkiyasi astronomiyasiga hissasi" deb nomlangan ma'ruzasida [8, 132-133 b] Turkiyada aniq fanlar rivojiga Samarqand maktabi tadqiqotlarining ko'rsatgan ta'siri aks etgan. Ali Qushchi ustozining o'limidan so'ng Turkiyaga boradi va u yerda o'zining ilmiy faoliyatini davom ettirib, o'zidan keyin bir guruh iqtidorli shogirdlar qoldiradi. Ularning mehnatlari natijasida Samarqand maktabi Turkiyadagi turli fan sohalaridan mustahkam o'rin oldi. Mazkur ma'ruzada Ulug'bek maktabidagi qator shogirdlar va izdoshlardan tashqari, L. Keren fikricha, ayrim ishlarda ta'kidlanganidek, Ali Qushchi va Qozizoda Rumiyning nabirasi emas, balki chevarasi bo'lgan Miram Chalabiyning ilmiy faoliyatiga dahldor bo'lgan ma'lumotlar ham keltiriladi. L. Kerenning fikricha, O'rta Osiyo madaniy an'analari Usmoniylar saltanati orqali Yevropadagi astronomiya rivojiga ham o'z ta'sirini ko'rsatishi natijasida, bu qit'ada XVI asr ikkinchi yarmidan tiklanishni boshlagan. Shunday qilib, muallif astronomiya fani rivoji geografiyasining o'ziga xos: O'rta Osiyo - Turkiya - Yevropa zanjirini yaratadi. O'z nuqtayi nazarini muallif: "Shu asnoda, yarim asr mobaynida Ulug'bek maktabi yorqin yog'du bo'lib, Sharq va G'arb fanini yoritdi va turk astronomiya maktabi uchun samara keltirdi", - degan xulosalar bilan umumlashtirdi [9, 208-209 b].

Turkiyada Mirzo Ulug'bek va Ali Qushchi merosini keng yoyilishida Miram Chalabiyning ham xizmati katta. Mahmud ibn Muhammad Miram Chalabiy degan nom bilan fan olamida mashhur bo'lgan. Olim XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning boshlarida yashagan. Miram Chalabiy yetuk astronom bo'lgan va bu sohaga oid asarlar yozgan. U Samarqand rasadxonasida ishlagan. Ulug'bek astronomiya maktabining iste'dodli namoyondalaridan biri bo'lgan. Keynchalki Edirne va Bursada faoliyatini olib boradi. Uning "Dastur al-amal va tas'hih al-jadval" ("Dastur al-amal va jadvalga tuzatish") asari fors-tojik tilida yozilgan. Asar Ulug'bsk jadvallariga yozilgan sharhdan iborat bo'lib, turk sultoni Boyazid II ning (1481 —1512) iltimosiga ko'ra yozilgan. Uningg qo'lyozma nusxalari Parij va Istambul kutubxonalarida saqlanmoqda [7, 74-74 b].

Temuriylar davri, xususan XV asr, o'rta asrlar islom san'ati va madaniyati yuqori avj nuqtalaridan biri hisoblanib, u fors va turk-chig'atoy adabiyotining mashhur asarlari bilan belgilangan. Uning gullab-yashnagan so'nggi davri Hirotda Sulton Husayn saroyida so'fiy shoir Abduraxmon Jomiy va davlat arbobi, shoir Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan nodir asarlar bilan belgilanadi va bu davr keyingi islom sulolalarining fax-iftixoriga aylandi. Aynan shu davrda Jomiy va Navoiyning usmoniylar davlatchiligiga ta'siri o'zining eng yuqori cho'qqisiga yetadiki, bunga bu buyuk zotlarning Turkiya kutubxonlarida hozirgacha saqlanib kelayotgan asarlarining nusxalari guvohlik beradi [3, 54 b].

Tarixiy kitoblar shundan dalolat beradiki, Alisher Navoiy asarlari Turkiyaga uning hayotligi davridayoq kirib borgan. Chunonchi, turk sultoni Boyazid Ikkinchi bilan shaxsan tanish bo'lgan Alisher Navoiy 1481-yilda unga 33 g'azalini yuboradi. Turk sultoni ularni Bursaga - o'sha davrning mashhur shoiri Ahmad Poshoga yuborib, ushbu g'azallarga nazira yozishni so'raydi. G'azallar shoirda kuchli taassurot qoldiradi va ularning barchasiga nazira bog'laydi. Aytishlaricha u karvonlar orqali yetkazib berilgan Navoiyning eng so'nggi g'azallarini sabrsizlik bilan kutishga odatlangan [3, 55 b]. XV-XVI asrlarda 70 ga yaqin turk shoirlari Navoiydan ilhomlanib, uning she'rlariga naziralar yozganlari adabiy manbalarda keltirilgan. Ulug' shoir asarlarining yuksak g'oyaviy-badiiy ta'siri doirasidan kichik osiyolik turkigo'y mualliflar ham chetda qolmaganlar. Jumladan, Alisher Navoiy g'azallaridan ilhomlanib Fuzuliy, Ahmad Posho, Saydi Ali Rais Kotibiy (Alisher Navoiy ijodining chinakam muxlisi bo'lib, uning ko'plab g'azallariga nazira yozgani uchun "Alisheri soniy" (Ikkinchi Alisher) degan nom bilan shuhrat qozongan), Ulviy, Ja'far Chalabiy, Mehri Xotun, Shamiy Dada

100

usmonli turk shoir, shoira va hukmdor ijodkorlari naziralar bitishgan hamda shu orqali turk mumtoz she'riyatining yangi taraqqiyot davrini boshlab berishgan. Shu tariqa Navoiy tufayli turk she'riyati taraqqiyoti tarixida yangi bir davr boshlandi. Bu Navoiy ijodining jahonshumul ahamiyatidan darak beruvchi yana bir misoldir [10].

Navoiyning mashhurligi Hirotning so'nggi xukmdori Sulton Husaynning zurriyodi Badiuzzamonning Istanbulga kelib yashaganidan keyin yanada oshdi. XVI boshlaridagi tarixiy voqealar oqibatida xattotlar, sahhoflar va rassomlar ham o'z manzillarini tashlab ketishga majbur bo'lganlar va ular Hirot, Buxoro, Tabriz va Istanbul shaharlari orasida ko'chib yurganlar. Asosan 1514-yili Childiranda usmoniylar g'alabasidan keyin Istanbulga olib ketilgan o'ljalar safaviylarning saroy kutubxonasidan olingan katta miqdordagi qo'lyozmalarni o'z ichiga olgan bo'lishi, ulardan ba'zilari Hirotdagi temuriylarning kutubxonasidan, ehtimol, ancha yillar oldin safaviylar tomonidan o'lja sifatida olib kelingan bo'lishi mumkin.

Bugungi kunda Fransiya Milliy kutubxonasida (Bibliotheque nationale de Franse) saqlanayotgan "Mu'izz ul-ansob" qo'lyozmasi (№67) ham aslida aynan Badiuzzamonni Istanbulga kelishi bilan bog'liq degan fikrlar mavjud. Sh. Vohidov tadqiqotida F. Rishar va A. Omon kabi tadqiqotchilarning fikricha "Mu'izz ul-ansob" XVI asrning birinchi yarmidayoq Istanbulda mavjud bo'lganligi aytiladi. Taxminlarga ko'ra bu qo'lyozma dastlab Husayn Bayqaro yoki uning davomchisi Badiuzzamon kutubxonasida bo'lgan. 1514-yilda usmoniylar sultoni Salim I hamrohligida Badiuzzamon Tabrizdan Istanbulga olib kelinadi. U yerda qo'lyozma uning qo'l ostidagilar orqali turk kitob bozoriga chiqib ketgan. 1873-yil 9-iyulda qo'lyozma Milliy kutubxonaga kelib tushgan [11, 9-10 b].

Usmoniylar avlodlari izlarining markaziy osiyolik qarindoshlari - temuriylarga nisbatan yaqin madaniy jipslikni his qilishi nafaqat temuriy shoirlardan yoki ularning kitob san'atidan, balki fors mumtoz adabiyotiga qaraganda temuriylarning adabiy-badiiy namunalaridan usmoniylar davri shoirlarining faxr-iftixor tuyg'ulari namoyishida ham yaqol seziladi. XVII asrda turk sayyohi va adibi Avliyo Chalabiy o'zining "Sayohatnoma" asarida usmoniylarning temuriylarga, Xususan Sulton Husaynga nisbatan hurmat-e'tiqodini namoyish qiladi. Asarida usmoniylarning maxsus yig'ilishlari haqida gapirganida ularni "Xusayn Boyqaro majlislari" yoki "Husayn Boyqaro suhbatlari" deb ataydi [12, 83,107,148 b].

Maqolada faqatgina Temuriylar davridagi ayrim tarixiy jarayonlar, o'sha davrda madaniy aloqalarning rivojlanishi va shu asnoda Turkiyada Temuriylar davriga oid madaniy merosning shakllanishi haqida qisqacha so'z yuritdik. Aslida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi hamkorlik uchun har doim salohiyat, imkoniyatlar va xalqlarning hohishi mavjudligi shubhasizdir. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak o'zbek va turk xalqlarining ildizi bir, ma'naviyati mushtarakdir. Imom Buxoriy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro, Alisher Navoiy merosi xalqlarimizning milliy yuksalishiga katta hissa qo'shgan. Hususan Qozizoda Rumiyning Samarqandda mudarrislik qilgani, Ali Qushchi hayotining so'nggi yillarini Istanbulda o'tkazganani, Abdurauf Fitrat, Muhammadsharif So'fizoda, Said Ahroriy kabi ko'plab jadid bobolarimiz Turkiyada tahsil olgani bunga yaqqol misol bo'la oladi. Ilm muhiti asrlar davomida Toshkent bilan Anqara, Samarqand bilan Konyo, Buxoro bilan Bursa, Xiva bilan Edirneni bog'lab, o'zaro boyitgandir.

Adabiyotlar:

1. Alimova D.A. Mas'ul muharrir Mustabid tuzumning O'zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: Tarix shohidligi va saboqlari - Toshkent: Sharq, 2000. 432 b.

2. Qurbonova D. Jahon yirik muzeylarida O'zbekistonga oid kolleksiyalarning shakllanishi va ularni komplektlash tamoyillari. 17.00.05-Muzeyshunoslik; tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta'mirlash va saqlash. Tarix.fan.. doktori..diss.. avtoreferati. - Toshkent: 2020. 75 b.

3. Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi bezakli qo'lyozmalari / Mirziyoyev Sh. Madaniy hamkorlikning yorqin namunasi. Kirish so'zi. O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida. Tom-XIX - Toshkent: "SILK ROAD MEDIA", 2021. 512 b.

101

4. Esanbeka To'g'on. Amir Temur davrida Markaziy Osiyo va Turkiya orasidagi siyosiy, madaniy va iqtisodiy munosabatlar // Amir Temur va uning jahon tarixidagi o'rni mavzuidagi xalqaro konferensiya. - Toshkent: O'zbekiston, 1996. B.19-20.

5. Tilavov A. Buxorolik Amir Sulton - Yildirim Boyazidning kuyovi // 27.04.2018, https://daryo.uz/k/2018/04/27/buxorolik-amir-sulton-yildirim-boyazidning-kuyovi

6. Ma'naviyt yulduzlari. Mas'ul muharrir M.M.Xayrullayev. - Toshkent: "Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi" nashriyoti, 1999. 400 b.

7. Abdullayev I., Hikmatullayev H. Samarqandlik olimlar - Toshkent: Fan, 1969. 104 b.

8. Keren L. Shkola Ulugbeka i yeyo vklad v astronomiyu ottomanskoy Tursii // Materialbi Mejdunarodnoy nauchnoy konferensii, posvya^ennoy 600-letnemu yubileyu Mirzo Ulugbeka (Tashkent -Samarkand, 12 - 16-oktyabrya 1994 g.). Tashkent: Fan, 1994. S. 132-136.

9. Shamukaramova F. Mirzo Ulug'bekning hayoti va ijodi XX asr tarixshunosligida - Toshkent: "Yangi nashr", 2012. 256 b.

10. Ro'zmonova R. Alisher Navoiy an'analarining usmonli turk she'riyatiga ta'siri (Ahmad Posho va Saydi Ali Rais Kotibiy ijodi misolida). Filol. fan.. nomz.. diss. - Samarqand: 2011.

11. Vohidov Sh. Istoriya Kasaxstana i persidskix istochnikax. Mu'izz il-ansab (Proslavlyayu^ee genealogii). III Tom. - Almatbi: Dayk-Press, 2006. 672 s.

12. Evliya Chelebi. Kniga puteshestviy. Seyaxatname. Zemli Zakavkazya i sopredelnwx oblastey Maloy Azii i Irana. Vwp.№3. - Moskva: Nauka. 1983. 225 s.

TURKIYADAGITEMURIYLAR DAVRIGA OID MADANIY MEROSNING SHAKLLANISH JARA YONI

O'zbekistonga oid madaniy merosni xorij muzey va kutubxonalarida saqlanishining sabablaridan biri bu aynan o'sha davrda turli davlatlar bilan madaniy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarning o'rnatilgani, turli tarixiy vaziyatlarning yuzaga kelganligidir. Ushbu maqolada Temuriylar davrida yuz bergan ayrim tarixiy jaryonlar natijasida bugungi kunda Turkiya muzeylarida saqlanib kelinayotgan Temuriylar davriga oid madaniy merosning shakllanishi yoritilgan.

ПРОЦЕСС ФОРМИРОВАНИЯ КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ ТЕМУРИДСКОГО ПЕРИОДА В ТУРЦИИ

Одной из причин сохранения культурного наследия Узбекистана в зарубежных музеях и библиотеках является то, что в то время были установлены культурные, экономические и политические связи с разными странами, произошли различные исторические события. В данной статье описывается формирование культурного наследия периода Темуридов, хранящихся сегодня в музеях Турции, в результате некоторых исторических событий, произошедших в период Темуридов.

THE PROCESS OF FORMATION OF CULTURAL HERITAGE DATING BACK TO THE WMURID PERIOD IN TURKIYE

One of the reasons for preserving the cultural heritage of Uzbekistan in foreign museums and libraries is the establishment of cultural, economic and political ties with different countries, as well as the emergence of peculiar historical events. This article highlights the formation of the heritage of the Temurid era currently stored in Turkiye as a result of some historical circumstances that took place during the Temurid period.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.