Научная статья на тему 'TURKISTONDA 1916-YIL MILLIY-OZODLIK KURASHLARI XUSUSIDA YANGICHA QARASHLAR'

TURKISTONDA 1916-YIL MILLIY-OZODLIK KURASHLARI XUSUSIDA YANGICHA QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turkiston / milliy ozodlik qo’zg’aloni / o’lka / mahalliy xalq / urush orti / mardikorlik / uyezd / sabablar / oqibatlar. / Turkestan / national liberation movement / country / local people / post-war / labor / uyezd / causes / consequences.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shaymurzayev, Jafar Isanmurot Oʻgʻli

Ushbu maqolada Turkiston o’lkasida 1916-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan olib borilgan siyosati natijasida ko’tarilgan qo’zga’lonlar va ularning o’lkaning turli hududlariga yoyilishi, uning sabab va oqibatlari turli manbalar orqali qosqacha tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEW VIEWS ON THE NATIONAL LIBERATION STRUGGLES OF 1916 IN TURKESTAN

In this article, the uprisings that arose as a result of the policy of the Russian Empire in Turkestan in 1916 and their spread to different regions of the country, its causes and consequences are analyzed in detail through various sources.

Текст научной работы на тему «TURKISTONDA 1916-YIL MILLIY-OZODLIK KURASHLARI XUSUSIDA YANGICHA QARASHLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

TURKISTONDA 1916-YIL MILLIY-OZODLIK KURASHLARI XUSUSIDA

YANGICHA QARASHLAR

Shaymurzayev Jafar Isanmurot o'g'li,

Nizomiy nomidagi TDPU "Iijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi"

yo'nalishi 2-kurs magistri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Turkiston o'lkasida 1916-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan olib borilgan siyosati natijasida ko 'tarilgan qo 'zga 'lonlar va ularning o 'lkaning turli hududlariga yoyilishi, uning sabab va oqibatlari turli manbalar orqali qosqacha tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Turkiston, milliy ozodlik qo'zg'aloni, o'lka, mahalliy xalq, urush orti, mardikorlik, uyezd, sabablar, oqibatlar.

NEW VIEWS ON THE NATIONAL LIBERATION STRUGGLES OF 1916 IN

TURKESTAN

Shaymurzayev Jafar Isanmurot ugli,

TSPU named after Nizomiy, "Methodology of teaching social and humanitarian

sciences", 2st year master

ABSTRACT

In this article, the uprisings that arose as a result of the policy of the Russian Empire in Turkestan in 1916 and their spread to different regions of the country, its causes and consequences are analyzed in detail through various sources.

Key words: Turkestan, national liberation movement, country, local people, post-war, labor, uyezd, causes, consequences.

НОВЫЕ ВЗГЛЯДЫ НА НАЦИОНАЛЬНО-ОСВОБОДИТЕЛЬНУЮ БОРЬБУ 1916 ГОДА В ТУРКЕСТАНЕ

Шаймурзаев Джафар Исанмурат угли,

ТДПУ им. Низоми, «Методика преподавания социальных и гуманитарных

наук», магистратура 2-го курса

АННОТАЦИЯ

В данной статье на основе различных источников подробно анализируются восстания, возникшие в результате политики Российской

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

империи в Туркестане в 1916 году и их распространение на разные регионы страны, их причины и последствия.

Ключевые слова: Туркестан, национально-освободительное движение, страна, местное население, послевоенное время, труд, уезд, причины, последствия.

KIRISH

Rossiya imperiyasining Turkistondagi bosqinchilik siyosati va hukmronligiga qarshi olib borilgan kurashi voqealari mustabid tuzum davrida mafkuraviy bosim va tazyiqlar ostida real hayotga va tarixiy haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan rasmiy andozalarda yozib kelindi. Ammo kommunistik mafkuraning barham topishi barcha tarixiy manbalardan xolisona foydalanish, mustaqil ravishda o'z fikrlarini bayon etish imkoniyatini berdi. Endi bu muammoni xolis tarixiylik nuqtai nazaridan haqqoniy va ilmiy tarzda asoslashga imkoniyat yaratildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1916-yildagi Turkiston milliy-ozodlik kurashi tarixini ilmiy asoslangan va haqqoniy talqinini yuzaga keltirish imkoni tug'ildi. Bugungi kunga qadar tadqiqotchilar mazkur muammoni o'rganishning quyidagi yo'nalishlarida o'rganishga kirishdi[1]:

Birinchidan, Turkistondagi 1916 yilgi qo'zg'alonlarning avval noto'g'ri tarizda aks ettirilgan,haqiqatdan uzoqlashtirilib buzib ko'rsatilgan masalalarini qaytadan ko'rib chiqish. Ikkinchidan, mazkur qo'zga'lonlarni Turkistonning bugungi O'zbekiston hududlariga kirgan 3 ta viloyati-Samarqand, Farg'ona, Sirdaryo viloyatlari misolida va butun Turkiston miqyosida batafsil va atroflicha yoritish.

Haqiqatdan ham, yuqorida ko'rsatib o'tilgan birinchi yo'nalishda muammoning buzib noto'g'ri ko'rsatilgan masalalari qayta ko'rib chiqildi. Birinchi navbatda, mutlaqo noto'g'ri bayon etilgan Jizzax qo'zg'aloni haqqoniy talqinini yaratishga alohida urg'u berildi[2]. Matbuot manbalarida aslida milliy-ozodlik uchun olib borilgan Jizzax qo'zg'aloni sovet davri maqolalari va manbalarida "reaksion chiqishlar" sifatida aks ettiriladi. Mana shu hududda olib borilgan qo'zg'alonlar boshlanishi, rivojlanib borishi va boshqa qo'shni hududlarga yoyilishi haqidagi oldin yetarlicha e'tibor berilmagan va yangi ma'lumotlar e'lon qilindi, voqea tafsilotlari aniq va to'g'ri ochiqlandi, uning ayanchli va fojiali oqibatlari ko'rsatib o'tildi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Tadqiqotchilar tomonidan bayon etilishicha, sovetlar davri adabiyotlarida Jizzax qo'zg'alonlariga faqat din peshvolari rahbarlik qilgan deyiladi. Lekin aslida esa, Hayitboy Haydarovning ma'lum qilishicha, Rossiya imperiyasi podshosi aholini mardikorlikka safarbar etish to'g'risidagi farmoni e'lon qilingach, Jizzax uyezdidan 10531 nafar kishini mardikorlikka safarbar etish buyurilgan[3]. Ana shu vaziyatda Jizzax shahrining oqsoqollari-Ziyoqori Abdullayev va Muhammadrahim Abdurahimov Nazirxo'ja eshon uyida yig'ilishadi va unda Zomin, Yangiqo'rg'on, Sangzor va Bog'don volostlarida hukumatga qarshi qo'zg'alon uyushtirishga kelishib olishadi va o'sha tunning o'zidayoq shaharning barcha hududlariga o'z odamlarini jo'natib ushbu xabar bilan hammani ogoh qiladilar.

Sovet davri adabiyotlarida yuqorida keltirilganidek, Jizzax qo'zg'alonining asl haqiqati quyidagidan iborat ekanligi ilgari suriladi: "din peshvolari" tomonidan mahalliy aholi ruslarga qarshi "g'azavot" qilishga chorlandi, milliy-ozodlik uchun kurash esa "reaksion qo'zg'alon" sifatida baholandi.Lekin, aslida esa bunga ishonish biroz mushkul[4]. Chunki buni isbotlaydigan aniq dalillar va ma'lumotlar qayd etilmaydi. Aniq dalillarning oshkor etilmasligiga asosiy sabab esa-- aniq ma'lumotlar bu harakatlarning ochiqdan ochiq Rossiyadan ajralish uchun olib borilgan kurash ekanligini yaqqol isbotlab qo'yadi. Bunday aniq ochiqlanmagan manbalar qatoriga yozuvchi Nazir Safarovning Jizzax voqealari haqidagi xotiralari, hujjatlari shular jumlasidan bo'lib, ular hali-hanuzgacha to'liq muomalaga kiritilmaganligi achinarli holdir.

1916-yilgi qo'zg'alonlarni atroflicha o'rganish hozircha Sirdaryo va Farg'ona bilan cheklangan. Bugungi kunda ko'plab tadqiqiotchi-tarixchilar tomonidan bu yo'nalishda keng tadqiqotlar olib borishga harat qilinmoqda. Sovet manbalarida 1916-yil Sirdaryo viloyati voqealari doirasida ko'proq 1916-yil 11-iyulda Toshkentda bo'lib o'tgan qo'zg'alonlarga urg'u berishga harakat qilingani holda uyezdlarda sodir bo'lgan milliy-ozodlik kurashlariga juda kam e'tibor berilgan[5]. Xususan, O.Suyunovaning tadqiqotlariga ko'ra, 1916-yilda shu viloyatda bo'lib o'tgan voqealarga atroflicha to'xtalib, sovet davrida atayin e'tiborsiz qoldirilgan muhim manbalarni aniqlash asosida Sirdaro viloyatida ham boshqa viloyatlardagi kabi 1916-yil qo'zgalonlari nihoyatda keng, ommaviy va keskin-fojiali tus olganligini isbotlab berdi[6].

O.Suyunovaning keng tadqiqotlariga ko'ra Toshkent uyezdi-Kelesda 20-iyul kuni 50000 kishilik,7-8 ming kishilik qo'zg'alon G'ishtko'prikda, Chinozda 6000,Qibrayda esa 4-6 ming kishilik qo'zg'alon harakatlari bo'lib o'tgani,Toshkent-Orenburg yo'nalishida temir yo'llarga hujum uyushtirishga urinishlar bo'lganligi aks ettirilgan.Toshkent, Kazalinsk, Perovskiy uyezdlari, Amudaryo bo'limidagi

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

qo'zg'alonlar, ulaming shafqatsiz bostirilib, qo'zg'alonchilarning og'ir jazolanishi, mardikorlikka safarbarlikning amalga oshirilishi, uning oqibatlari haqida yangi-yangi ma'lumotalarni aniqlab ilmiy muomalaga kiritdi, qo'zg'olon tarixini tiklashga munosib hissa qo'shdi.

1916-yil qo'zg'alon harakatlarining Farg'ona viloyatiga oid o'rganish yo'nalishida e'tiborga sazovor tadqiqotlar olib borilmoqda.Matbuotda mana shu muammoni butun bir viloyat va uning ba'zi uyezdlari misolida talqin etuvchi ilmiy maqolalar 1990-yillarda e'lon qilindi.Mana shu maqolalarning muallifi Jannat Ismoilova qo'zg'alon harakatlarining umumiy harakterini aniq maqsad va yo'nalishlarini to'laligicha ochib berishga izchil yondashdi.Sovet manbalarida keltirilishicha, Farg'ona viloyatidagi g'alayonlarga sinfiy nuqtai nazarida qaraladi va qo'zg'alon mahaliy ma'murlar va mulkdorlarga nisbatan sodir etilganligi bayon etiladi.Aslida esa voqealar buning aksidir.Bunday da'volar mutlaqo asossizdir,g'alayonlarda bazi toifa yoki sinflar manfaatlari emas, umummilliy, umumxalq manfatlari ilgari surilgan, degan xulosaga kelindi.

1916-yil qo'zg'alonlarining 80 yilligi respublika ilmiy jamoatchiligi tomonidan 1996-yilda keng nishonlandi. O'zR FA tarix institutida o'tkazilgan davra suhbatlari va ilmiy anjumanda H.Ziyoyev, N.Abdirahimova kabi taniqli olimlar va yosh tadqiqotchilar tomonidan qo'zg'alon sabablari, tarixi va tarixshunosligi masalalariga batafsil to'xtalib o'tib bu boradagi o'z fikr va mulohazalarini ilk bor xolisona, erkin bayon etdilar.

Xulosa qilib aytganda tarixda sodir bo'lgan 1916 yilgi o'lkadagi qo'zg'alonlar aslida xalqning og'ir ahvolidan kelib chiqqan edi. Rossiya imperiyasi hukumatining o'tkazgan mavkuraviy taziyqlari natijasida mahalliy xalqlar qattiq ozor chekkan. Va bu voqealar o'lka tarixida o'chmas iz bo'lib qolgan. Turkistondagi 1916 yilgi qo'zg'alonlarning yanada yangi manbalar orqali o'rganish unga yangicha qarashlarni, asl haqiqatlarni keltirib chiqaraveradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ziyoyeva D. Turkiston milliy ozodlik harakati. T.,G'afur G'ulom nashriyoti, 2000, 6- bet.

2. Validiy A.Z. Bo'linganni bo'ri yer. Turkiston xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi tarixidan xotiralar. T., Adolat,1997, 28-bet.

3. Ziyoyev H. Turkiston mustaqillik uchun kurashlar tarixi. Toshkent, 2005,78-bet.

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

4. Safarov N. Unutilmas kun (1916-yilgi Jizzax qo'zg'alonidan xotiralarim). Toshkent-Boku: 1932,85-bet.

5. Choriyev Z. Turkiston mardikorlari:safarbarlik va uning oqibatlari (1916-1917), Toshkent, 1999, 45-bet.

6. Istiqlolimizning tarixiy ildizlari. Davra suhbati. "Sharq yulduzi".1995, 11-12-sonlari, 3-29-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.