Научная статья на тему 'TURKISTON VATANPARVARLARI'

TURKISTON VATANPARVARLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Jamoliddinov Temur Nuriddin O‘G‘Li

Ushbu maqolada XX-asrga tegishli nodir manbaalar yoritilib, Darxon, gazetasida 20-30yillarda Bolshaveklar bosqiniga qarshi turgan, Istiqlol uchun kurashgan, Vatan deb jon bergan Turkiston Vatanparvarlari haqida so‘z boradi. Lenin va Stalin tomonidan o‘sha mustabit tuzimi davrning siyosiy, mafkuraviy, g‘oyaviy fonida buyuk siymolarimizni Bosmachibosqinchi deya ataldi va gazeta jurnallarga bosildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTON VATANPARVARLARI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

TURKISTON VATANPARVARLARI

Jamoliddinov Temur Nuriddin o'g'li

Namangan muhandislik- qurilish instituti Mustaqil izlanuvchi j amoliddinovtemur884@gmail .com

Annotatsiya. Ushbu maqolada XX-asrga tegishli nodir manbaalar yoritilib, Darxon, gazetasida 20-30- yillarda Bolshaveklar bosqiniga qarshi turgan, Istiqlol uchun kurashgan, Vatan deb jon bergan Turkiston Vatanparvarlari haqida so'z boradi. Lenin va Stalin tomonidan o'sha mustabit tuzimi davrning siyosiy, mafkuraviy, g'oyaviy fonida buyuk siymolarimizni Bosmachi- bosqinchi deya ataldi va gazeta jurnallarga bosildi.

Kalit so'zlar. Turkiston vatanparvarlari, XX- asr, 20-30-yillar, siyosiy, mafkuraviy, g'oyaviy, maqola, Bosmachilar, qo'rboshi, Turkiston, Istiqlol, Ozodlik, Islomqul, Xudoyqul, Shermat, Ermat, Ahmadali, Akromqul, Abdullajon, Tulak toshmat o'g'li. Andijonda, Farg'onada, Buxoroda.

Abstract. In this article, rare sources of the 20th century are highlighted, and Darkhan newspaper talks about Turkestan patriots who resisted the invasion of the Bolsheviks in the 20s and 30s, fought for independence, and gave their lives for the Motherland. In the political, ideological and ideological background of that era, Lenin and Stalin were called the "Invader" of our great figures, and newspapers were printed in magazines.

Keywords. Patriots of Turkestan, 20th-century, 20-30s, political, ideological, ideological, article, Invader, leader, Turkestan, Istiqlal, Freedom, Islamqul, Khudoyqul, Shermat, Ermat, Ahmadali, Akramqul, Abdullajan, Tulak the son of toshmat. In Andijan, Fergana, Bukhara.

Kirish.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Mavzuning dolzarbligi. Ayni murakkab davr ya'ni XX- asrning 20-30-yillarida Turkiston ko'p millatni bag'riga olgan bo'lishi bilan birga ko'plab Ma'rifatparvarlar, ziyolilar, Istiqlol uchun, mustaqillik uchun kurashgan minglab insonlar qoni mustabit tuzum oqibatida nohaq ayiblar bilan oqizildi. Bugungi mustaqil demokratik prinsiplarga asoslangan hayotimizda ushbu yo'lda jon bergan Chor Rossiyasi, Bolshaveklar siyosati qurbonlarini nomini oqlash hali yakuniga yetganicha yo'q, shu o'rinda dolzarb masalalardan bo'lib kelmoqda.

Ilmiylik jihatdan. Ko'plab olimlarimiz mustaqil izlanishlar, kitoblar, risolalar, Monografiyalar yozdilar. Shuningdek Tarixchi olim, manbaashunos Tohirjon Qozoqov yuzlab maqolalari qatorida "Farg'ona vodiysida jadidchilik harakati"19 nomli maqolasini ko'rishimiz mumkin. Va yana Tarixchi olim Rajabov Qahramon tomonidan yozilgan "Turkiston qo'rboshlari", "Turkiston tarixida o'tgan 55 buyuk siymo"20 nomli kitoblari ilmiy ahamiyatga molikdir.

Asosiy qism.

Voqeani shafof va adolatli yoritib berishda biz 20-30- yillarida nodir manbaalar fondida gazeta-jurnallarda chop etilgan maqolalarni boricha tarjima qilib, o'qiguvchiga taqdim qilishni lozim topdik. Toki shubha- gumonlar tarqoq bo'lsin. Sho'ro jumhuriyatida Bolshaveklar tomonidan Istiqlolchilarga qarshi keng va ayovsiz harakat amalga oshiriladi. Bu harakatni ikki ko'rinishda o'sha davr matbuoti va badiiy adabiyotida ko'ramiz:

- Bosmachilarga o'lim. (Bosmachilar bilan kurash);

- Yarog' topshirish xaftasi (oyligi).

-Bosmachilik bilan kurash.

(Birdan to'rtasi)

Darxon gazetasi. 1923- yil 30-iyun.

Islomqul qo'rboshig'a qarashliq qo'rboshilardan Xudoyqul, Shermat, Ermat va Ahmadali deganlar 15 ta yigitlari bilan Xo'jand uyezdi Qoziq Bo'z degan qishloqda kengash qurib o'ltirg'on ekanlar. Bundan bizning askarlar xabar topib, qolib 2- avgustda bir kichkinagina firqamiz haligilarni o'rab olg'on.

19 https://kitobxon.com/oz/yozuvchi/tohirjon-kozokov

20 https://zarnews.uz/uz/post/turkiston-qorboshilari-turkiston-tarixida-otgan-55-buyuk-siymo

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

4 ta qo'rboshi, 41 ta yigit yarog'lari tortib olinib, bog'lang'onlar. 12 ta besh otar, 2 ta miltig', 1275 ta besh otar o'qi, 15 ta boshqa hil o'qlar, 10 ta har xil boshqa to'pponcha, 30 ta to'pponcha o'qi, 20 ta ot qo'lg'a tushgan.

Shu shirin bazim buzilg'on vaqtda Islomqulning o'zi o'shal joy dan ikki chaqirim naridagi qishloqda ikki yigiti bilan turg'on ekan. Otryadning kelishidan xabar topib olib, kechaning qorong'iliqdan foydalanib, piyoda qochib ketgan. Biz ikki otini qo'lg'a tushirdik. Qocha bersin tulkining aylanib-aylanib keladurg'oni yana po'stunchining do'konida.21

Matbuotda bu voqeani yoritish albatta Qizil qo'shinni ulug'lash obro'sini ko'tarish go'yoki jabirlangan xalqni Bosqinchilardan himoya qilinayotganligi siyosiy maqsad qilib olinadi. Aslini olganda Bosmachi, qo'rboshi deya atalayotganlar Turkiston fuqarosi shu o'lkaning mavjud viloyatlarida yashab kelayotgan Vatanparvarlar edi. Ularning birdan- bir maqsadi- hurriyat edi. Yuqoridagi voqia aslida kichik bir talofat edi Qizil askarlar divizasini esa ushbu qo'rboshilar birgalikda tormor qilgan.

(Bosmachilarni yo'q qilinishi haqida Shtab xabari) Darxon gazetasi. 1923-yil 27-iyun

17- iyuldan 27- iyulgacha bir bosmachi o'ldirilgan 8 yigit tutilg'on 7 ta yordamchi ushlang'on. Osobiy Otdel tomonidan 18- iyulda 7 yigit 20 ta yordamchi ushlangan. 42 yigit bizga qo'shildi. qo'lg'a tushgan yarog'lar: 47 ta har-xil miltiq (hammasi deyarlik besh otarlik) 23 ta har-xil topponcha, 3 qilich, 1 granat, 1 ot qo 'lg'a tushirildi. Chinobodda Sulton qo 'rboshining ikki birodari ushlandi.22

Bu kabi Shtab xabarlari doimiy ravishda e'lon qilib borilgan hukumat tomonidan esa, qo'rboshilar "Bosmchi" deya tamg'a ostiga olindi. Xalq esa, Matbuot yordamida qilingan Provakatsiyaga ishonib, qo'rboshilarga nisbatan nafrat ko'zi bilan qaray boshladi.

Farg'onada Bosmachilar. (Shtab xabari) Darxon gazetasi. 1923-yil 27-iyun

21 Darxon gazetasi -1923- yil 30-iyun. №13. - B. 3

22 Darxon gazetasi -1923-yil 27-iyun №2. - B. 2

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Marg'ilon tumani Oltiariq degan joyda Kichik Qoraboy to'dasidan 2 yigit 1 Mauser, 1 besh otar, 1 berdanka bilan topshirildi. Yigitlardan Xon Usmon degan o'z qo'rboshchisi bo'lg'on Kichik Qoraboyni o'ldirg'on.

Askarlardan 12 kishi Yo'lchi va Bute degan ikki Qo'rboshini 17 yigiti bilan Chek degan qishloqda berkinib yotg'onini bilib qolg'onlar. Bosmachilar ko'p bo'lib, ular oz bo'lsa ham "Uraa-qiyqirib" hujum qilg'onlar. Natijada Bosmachilar 2 yigit, 2 ot, 1 berdanka, 109 ta topponchalaridan ajrag'onlar. Melitsiya quvalag'andan so'ng Bosmachilar tog' tomonga qochg'onlar.

Baland Qayrog'och degan yerda bizning askarlar Ahmad Polvonni quvlab yetdilar bo'lg'on urushda Sulton Qo'rboshi bilan 7 yigiti o'ldirildi. 7 yigit yarador bo'ldi. 1 ot qo'limizg'a tushdi.23

Jazo mahkamalarida

(Akromqul Mahmudboy o'g'li)

Darxon gazetasi. 1923-yil 30-iyun

Andijon uyezi, Mingyer bulisi, Kungay Chuvama qishloq fuqarosi Akromqul Mahmjudboy o'g'lining 1920-yilda Mahkam hoji to'dasiga yigit bo'lib, aralashg'oni to'g'risidagi ish qaraldi.

Mazkur Mahmudboy o'g'li, haqiqatdan ham Mahkam hoji to'dasiga aralashg'on bo'lsa ham nodonliq va bilmasliq bilan aralashg'on. To'daning ichida yurg'onda ham ko'p qattiq ihlos bilan ishlamagan. To'dani tezgina tashlab ketgan va ketgandan keyin unday yomon ishlarg'a aralashmag'on.

Manashularni nazarda tutib Jazo mahkamasi, mazkur Mahmudboy o'g'lini sinab ko'rish sharti bilan 3 yil qamoqqa hukm qildi.

Abdullajon G'ofir o'g'li

Andijon Eski shahar fuqarosi Mulla Abdullajon Mulla Abdulg'ofur o'glining, Bosmachilarg'a yordam qilg'onlig'i to'g'risidagi ish qaraldi.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Ishni haqiqat qiling'onda bilindikim, mazkur Abdullajon Qosim Ponsotg'a xalqdan oziq-ovat va pul yig'ib bergan shuni ko'zda tutib, Jazo mahkamasi mazkur Abdullajonni 5 yil qamoqqa hukm qildi. Mol-mulki hukumat qo'lig'a olinur.

Tulak Toshmat o'g'li

Andijon shahari fuqarosi Mulla Tullak Mulla Toshmat o'g'li o'zi Sho'rolar hukumatining xizmatida bo'lib turib, Bosmachilarg'a yordam qilg'oni va ularning besh otarini saqlag'oni, tegishlik guvoh va isbotlar bilan sobit qiling'ondan so'ng, otilishg'a hukm qilindi.24

Bu kabi mustabit tuzimni qurboni bo'lgan asl vatanparvarlar ro'yhatini davom ettirishimiz mumkin. Lekin biz uchun esa ularni nomini oqlash va haqiqatni qaror toptirish eng oily maqsatdir. Chunki asrlardan buyon nomi, sha'ni toptalib bu kungacha mavhumligicha qolmoqda.

- Yarog' topshirish haftasi (oyligi).

Qurol-yarog' topshirishda xalq yordam bersin.

Darxon gazetasi. 1923-yil 30-iyun

Bosmachilar bilan kurash boshlang'oniga besh yil bo'lib, qoldi. Bu muddat ichida qizil qo'shin, qizil melitsiya va xalqdan ko'p kishilarni yostig'i quridi. Bosmachilarni yo'qotish uchun harakat ko'p bo'lsa ham, ishda barokat bo'lmadi.

Siyosiy va iqtisodiy sabablar bu damgacha bosmachilarni yo'qotishg'a yo'l qo'ymadi. Bosmachilar harakati shu besh yillik kurashda shu qadar jong'a tegdikim, o'rtoq chidashga sira imkon qolmadi.

Mana shuning uchundur kim, hukumatimiz. Qizil qo'shin va Qizil melitsiya ushbu yil ichida Andijondan boshlab butun Farg'onani bosmachilardangina emas, hatto uning yordamchilaridan ham tozalamoqg'a: Farg'onani burungvudek Turkistonning jannati holig'a qaytarmog'uncha to'htamaslikka so'z berdi.

Albatta bu daabdabalik va'dani yuzaga chiqarmoq uchun xalqning, ko'pchilikning yordami kerak. Xalqning yordami bo'lmasa bir Qizil qo'shin o'zi ish qilolmas. Shuning uchun xalqning ko'ngli hukumat tomonida bo'lish bilangina ish bitmaydir.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Bosmachilarni biritirish ularni qochirish yo'li bilan emas, balki uni ildizidan quritish bilan bo'ladir. Shunday bo'lg'ondan keyin xalqning vazifasi: bosmachilarni ro'yhat qilib topshirishi, ularg'a yo'l bermaslik, qayerda ko'rinsa tutib berishlikdir. Chunki, bosmachilarning qayerdalig'i qo'shindan ko'ra xalqqa ma'lumdir.

Hozir hukumatimiz bosmachilikni yo'qotish yo'lida yetti kun muddat bilan "Yarog' topshirish haftasi"ga bag'ishlag'on keraklik chorani ko'rib, turadi. Bu ishga xalqning amaliy yordami bo'lmasa, ko'riladurg'on choralar bekor ketishi mumkin.

Endi xalqg'a bir chekkada qo'rqib turish yaramaydir. Xalq o'zini bosmachilardan saqlag'uchi Qizil qo'shinlar borlig'ini unutmaslig'i kerakdir. Hozir ham bizning bosmachilar bilan kurashishlig'imiz ikkidir:

Birinchisi qo'shin va yarog' bilan yo'qotish, ikkinchisi bu maqsadga yetmak uchun birdan- bir sabab bo'laturg'on xalq ko'pligi bilan qattig' aloqa bog'lab, uning kungli olinadurg'on narsalardan butkul saqlanishdir. Qizil qo'shindanmi, yoki hukumat kishilaridanmi mayli kim bo'lsa- bo'lsin. Xalqg'a biror bir zarar keltiraturg'onlar bo'lsa, ular - Sho'rolar hukumatining qattig' dushmanidir. Chunki ul bosmachilarning tegirmonig'a suv quyg'on bo'ladir.

Hukumatimiz bo'lsa bu safar qanday bo'lsa ham bosmachilarni butkul yo'qotishg'a qattiq kirishdi. Bergan vadalarni to'qtovsiz ado qiladir. Chunki bu kurashni olding'i kurashlardan farqi zo'r. Farqi shundan iborat kim, bu safar kurash ishiga Turkiston hukumati yengini chaqqon shimarib kurashgani kabi, markaz ham jiddiy aralashadir.

Butun Russiya urush komissari va ishchi mehnatkash boshlig'i o'rtoq Trutiskiy ham bu yil bosmachilarni yo'qotishg'a zo'r ahamiyat bergan, shuning uchun ham Turkistonga butun Russiya Qizil qo'shining bosh qo'mondoni o'rtoq Komenif yuborilib, bosmachiliqni bitirishga rejalar chizildi.

Demak maqsadga yetishga imonimiz komil. Uzun so'zning qisaqsi: bosmachilarg'a o'lim, yurt elga tinchliq!25

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Xulosa va taklif. Ha azizlar chor hukumati nima bo'lsa ham ushbu chirkin maqsadlarini amalga oshirdi. Minglab xalq qahramonlari otildi, so'yildi va o'z go'shasidan surgun qilindi. U ham yetmaganidek jamiyat orasida hoyinga chiqarilib, o'z uyini, vatanini qaytarib olmoqchi bo'lganlarni "Bosmachi" deya ataldi. Aslida kim bosmachi? Qariyb 75 yil siquvda tutgan Chor Rossiyasimi? Yoki vatanini qaytarib olish uchun istiqlol uchun kurashgan qo'rboshilar, xalq o'g'lonlarimi?

Shu o'rinda aytamanki va taklif etamanki ular ya'ni bizning jon fido qilgan ajdodlarimizni Bosmachi- bosmachilar deya eslashdan ko'ra holisona baholab, "Turkiston vatanparvarlari" deya atashdir.

Chunki ular "Turkiston vatanparvarlari" kelajak uchun jonini tikkanlar edi. Qaysidir onaizorning ko'z o'ngida ulg'aygan farzandi, jigarporasi, bizning ajdodlarimiz edilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. S. Olimxon, "Buxoro xalqining hasrati tarixi". Toshkent - "Fan nashriyoti" 1991, 4-5 b.

XX- asrdagi Milliy matbuotini nodir manbalari Gazeta va jurnallar ro'yhati:

1. "Darxon" gazetasi. 1923, №3-13. - 3-4 b.

2. "Qambag'al dehqon" gazetasi. 1923, №8. - B.5

3. "Turkiston" gazetasi. 1924, №301. - 2-16 b.

4. "Mushtum" gazetasi. 1927, №6. - 11-12 b

Internet manbalar:

1. https : //kitobxon.com/oz/yozuvchi/tohirj on-kozokov

2. https://zarnews.uz/uz/post/turkiston-qorboshilari-turkiston-tarixida-otgan-55-buyuk-siym

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.