Научная статья на тему 'TURKISTON JADIDLARINING TA’LIM ISLOHOTIDA TARIXNAVISLIK MASALALARI'

TURKISTON JADIDLARINING TA’LIM ISLOHOTIDA TARIXNAVISLIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

16
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadid / tarixshunoslik / usul-i jadid / qadimchilik / ilm / tarix / ma‟rifatparvar / taqvodor / chor hukumati.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Alisher Abdisamadovich Nazarov

Maqolada ma'rifatparvarlarning XX asr boshlarida koʻplab sohalarda yangilik qilishlari jumladan o'lkani isloh qilishda qaratilgan sa‟y harakatlarida ta'lim va tarixnavislik sohalarini qayta ko'rib chiqish va yaxshilash borasidagi fikrmulohazalari keltirilib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTON JADIDLARINING TA’LIM ISLOHOTIDA TARIXNAVISLIK MASALALARI»

TURKISTON JADIDLARINING TA'LIM ISLOHOTIDA TARIXNAVISLIK

MASALALARI

Alisher Abdisamadovich Nazarov

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Maqolada ma'rifatparvarlarning XX asr boshlarida ko'plab sohalarda yangilik qilishlari jumladan o'lkani isloh qilishda qaratilgan sa'y harakatlarida ta'lim va tarixnavislik sohalarini qayta ko'rib chiqish va yaxshilash borasidagi fikr-mulohazalari keltirilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: jadid, tarixshunoslik, usul-i jadid, qadimchilik, ilm, tarix, ma'rifatparvar, taqvodor, chor hukumati.

ABSTRACT

The article presents the views of enlightened people of the early twentieth century on innovations in many areas, including the revision and improvement of the fields of education and historiography in efforts to reform the country.

Keywords: jadid, historiography, colonialism, usul-i jadid, antiquity, science and history, enlightenment, religion, eshon, pious, Tsar administrators.

АННОТАЦИЯ

В статье представлены мнения просвещенных людей начала ХХ века по поводу нововведений во многих областях, в том числе пересмотра и совершенствования сфер образования и историографии в усилиях, направленных на реформирование страны.

Ключевые слова: джадид, историография, колониализм, усул-и джадид, древность, наука и история, просвещение, религия, эшон, благочестивые, царские администраторы.

Turkistonda xalq ta'limini isloh qilishga jur'at etgan ma'rifatparvarlar a'ananaviy ta'lim jarayoni va radikal qarashlarga ega odamlardan bir jihati bilan farq qilar edilar, ular qo'rqmasdan chorizm va xonlar tuzumidan tashqariga ilm va istiqlol uchun yangi yo'llarini izlashga bel bog'laydilar. Bu harakat turkiy madaniyatni saqlab qolish va isloh qilish hamda ta'lim tizimini takomillashtirishni nazarda tutdi. O'sha davr amaldorlari va dindorlari ushbu madaniy-ijtimoiy mutafakkirlarning tushunchalaridan foyda olishlarini tasavvur ham qila olmasdilar. Amirlar, podshohlar

286

va xonlar atrofidagi amaldorlar zamonaviy ta'lim tizimi va usullarini o'z gartirilishi, jamiyatda uning yangilanishga olib kelishi haqidagi g'oyani tushuna olmasdilar. Chor ma'murlari va hukmdorlar bu mo'tadil harakatlarga qattiq munosabatda bo'lishdi va bu bilan uyg'onish va qadimchilik o'rtasida ziddiyat keltirib chiqardilar.

Ma'rifatparvar islohotchilar XX asrning dastlabki yillarida Buxoro, Xiva va Turkistonda o'z ta'sirini o'tkaza boshladilar. Ozarbayjon, Tatariston, Afg'oniston, Misr, Eron va Turkiyadagi voqealar hamda ruslarning Markaziy Osiyo hayotiga kirib borishi haqidagi xabarlar mahalliy ziyolilar, hunarmandlar, ayniqsa mustahkam o'rnashib olgan hukmron amaldorlar, dindorlar o'rtasida konstruktiv munosabatni uyg'otdi. Jadidlar o'lkaning tub aholisi uchun oltita vositani o'z maqsadlariga erishish yo'li deb bildilar. Bular ta'lim islohoti, tarixshunoslik, adabiyot, matbuot va nashriyot, din, teatr. Bular hech qanday muvofiqlashtirilgan mahalliy reja yoki sa 'y harakatlarga muvofiq amalga oshirilmagan va ba'zilari mamlakatga yot begonalarning aralashuvi bilan sodir bo'ldi. Biroq, bularning barchasi Turkiston sivilizatsiyasiga ta'sir qilmay qolmadi.

XIX asr oxiri-XX asr boshlarida mamlakat butunlay mustamlaka hukmronligi ostida bo'lgan bo'lsada, o'lka aholisi kamida XIV asrdan beri mustaqil xonliklar va amirliklar siyosatida ta'limni rivojlantirish islohotini olib bordilar. Shunday qilib, jadidlar harakatining avj pallasida (taxminan 1913-1916 yillar) eng muhim, uzoq yillar kutilgan maqsad sifatida ko'rilgan narsa amalga oshirildi. Ziyolilarning tarafdorlari yashaydigan hudud uchun yagona Turkiston termini ma'rifatparvarlarning birlashish uchun asosiy maqsadiga aylandi. Ular bu atamani Rossiyaning ikkita protektoratidan tashqaridagi barcha janubiy Markaziy Osiyoni qamrab olgan holda Turkiston deb atashdi. Ushbu ziyolilar musulmon xalqi uchun yagona jamiyat kontseptsiyasini bitta kuchli hal qiluvchi omil sifatida shakllantirdi.

Ta'limda yangi badiiy janrlar, shakllar, mavzular, til, uslub va vositadagi yangilik eski uslubdagi o'qitish an'analari va yozuvlarni siqib chiqara boshladi. Jamiyatning o'ziga xosligiga bo'lgan katta qiziqish nafaqat Turkiston tarixnavisligi haqidagi yangicha fikrlashga, balki uning yangi davrining maktab kitoblari va adabiyotida ham paydo bo'la boshladi. Oltita islohotdan ta'lim eng erta boshlangan, eng uzoq umr ko'rgan va ehtimol Markaziy Osiyo aholisiga eng uzoq muddatli ta'sir ko'rsatgan omil sifatida baholandi. Umuman olganda, vaziyatga ta'sir ko'rsatish uchun birinchi intellektual urinishlardan biri zamonaviy Turkiston tarixshunosligini yaratishga qaratilgan.

Ba'zi ziyoli Turkistonliklar XX asrning boshida tarix yozuviga ilg'or xalqlarnikiga o'xshash tarixiy ilmni yaratish ustida izlanishlar olib bordilar. Samarqandlik Hoji Muin ibn Shukrulloh kabi peshqadam jadidlar "Ilmsiz, ittifoqsiz

287

millatlarning yashay olmasligi tabiiydir" hamda tarix tuyg'usi bo'lmagan millatning tiriklik uchun asosi yo'qligini e'tirof etadi. [1] Islohotchilar, tarixchilar o'z asarlarida xalq og'zaki merosini sharhlab, o'quvchilar va tinglovchilarga tarix yozishda didaktik maqsad to'g'risidagi zamonaviy Turkiston g'oyasini yana bir bor ilgari surishini ta'kidlaydilar. Bunday qadam islom yoki jahon tarixi yozuvchilarining an'anaviy yondashuvini ulug'lashni emas, balki xalqning umumiy ta'limini nazarda tutgan. Yangi davrning mashhur islohotchilaridan biri Samarqandda Mahmudxo'ja Behbudiy ziyolilar harakatiga turtki berib, Turkistonda sodir bo'layotgan tarixiy voqealarning rolini yangi siyosat bilan bog'laydi. Bu jarayon avvalo mantiqiy ravishda Samarqand va Andijonda sodir bo'lib, u erda hech bir tubjoy millat o'z tafakkuriga gegemonlik va an'anani qo'llamagan. Jadid tafakkurida tarix xon bilan emas, balki xalq jamoasi bilan birlasha boshladi. Ushbu qayta uyg'onish yangi davr odamlarining dunyoqarashini tubdan o'zgartirdi va ularning barcha nazariyalari va harakatlari uchun asos yaratdi.

Turkiston adabiyoti, pedagogikasi, o'tmishi va xalq og'zaki ijodi jamiyatda ziyoli odamlar qo'lida saqlanib qolgan yozma esdaliklar hamda o'lkaning shaxsiy kutubxonalarida aylanib yurgan tarixiy kitoblar orqali kirib kelgan. 1903-1914 yillarda bir qancha ma'rifatparvar O'rta Osiyo tarixchilari o'lkaning voqealarga boy tajribasi to'g'risida yilnomalar yozib tugatdilar. "Tarix" nomli kitobning 7-bobida XX asr boshlarida Mirzo Abdal Azim Samiy va Muhammad Yusuf Bayoniylar bitgan mang'it va qo'ng'irot sulolalari yilnomalari hozirgi tarix izlanishlari uchun zamin yaratdi. 1870-yildan boshlab Toshkentda nashr etilgan ruslarning turkiy tilidagi hukumat gazetasi "Turkiston viloyati g„azetsi"ning O'rta Osiyo bo'yicha muharriri mulla Olim Maxdum hojidan tomonidan nashr qilindi. U 1908, 1909, 1910, 1914 va 1915 yillarda nashr sahifalarida o'zining "Ta'rix-i Turkiston" asarini ketma-ket nashr etishga muvaffaq bo'ldi. Keyinchalik u maqolalrni yig'ib, ularni yangi sahifalar bilan to'ldirib, o'zi Turkiston deb atagan hududning, jumladan, Buxoro, Xiva va Qo'qonning alohida tarixini shakllantirdi. Mulla Olim Maxdum hoji turkistonliklarga jadid go'yalari haqida yozadi. Jadidlar tomonidan ilgari surilgan dunyoviy bilimlar Markaziy Osiyodagi asosan qadimchi (konservativ) aholiga tahdid solgan. Mulla Olim Maxdum hojining keyingi maorifdagi xizmati jadidlardan tashqari barcha musulmon dindor ulamolari qarshilik ko'rsatsada u o'z tarixini taqdim etdi. Rossiya general-gubernatorligining turkiy tilidagi gazetasida mahalliy muharrir lavozimini egallagan mulla Olim Maxdum hojiga tarix kitobini yozish juda qiyin vazifa bo'lgan, biroq uning ba'zi maqsadlari jadidchilarga ilhom bergandek tuylardi. U, shubhasiz, musulmon dindorlariga qarshi, Qur'onda Muhammad payg'ambar orqali yetkazilgan xudo kalomining uchta jihatining uchinchisi ajdodlar jamoasiga haqida ekanligini

288

ta'kidlaydi. Muharrirning ta'kidlashicha, "qadimgilarning holati va malumotlarini yozish uchun intizom va bilim sohasiga ega bo'lish kerakligi aytib o'tadi" [2] Muallif o'quvchilaridan tarixchi sifatida kamchiliklarini kechirishlarini so'rab, XVII asrda Abulg'ozi Bahodirxonning mashhur shoh tarixini izohlar ekan, u o„z asarini oddiy chig'atoy turkiy tilida yozganini ta'kidlaydi. Mulla Olim Maxdum hoji Turkistonlik birodarlariga aytganidek, 1865-yilda Toshkentning Rossiya tomonidan bosib olinishi fonida, Turkistonda katta ijobiy o'zgarishlar bo'ishi haqida aytadi. U arab tilida "muvaffaqiyat Allohga bog'liq", deb qo'shimcha qiladi. [3] Ajoyib taqvodorligiga qaramay, rus qudratini maqtagan so'zlari va mustamlakachi rejimga xiz mat qilgani uchun gazetaning muharriri islohotchi jadidlar tomonidan qoralandi. O'lkadagi rasmiy yoki alohida ruslar bilan haddan tashqari yaqin aloqada bo'lgan o'qimishli turkistonliklar, musulmon jamiyati tomonidan aziyat chekdilar. Ta'lim va adabiyot sohasidagi bunday harakatning boshqa misollari qatorida 1867-yilda Chimkentda ruslar bilan tanishib, ularga rus-mahalliy maktab o'qitish dasturida xizmat qila boshlagan Sattarxon Abdalg'afar o'g'li (1843-1901) ham bor. Qolaversa, u russ kiyimida yurar, uyini qisman ruscha jihozlaydi va boshqa yo'llar bilan O'rta Osiyo an'analarini chetga surib qo'yadi. Tahlilchilar Sattorxonni ish joyi va kelajakka umidini yo'qotgan deb hisoblashardi, chunki "u o'z dindoshlari bilan tabiiy aloqalarini uzgan edi, o'z xalqini tashlab ketgani uchun ko„p musulmonlar Sattorxonni qoraladilar" Qolaversa, Rossiyadagi qiyinchiliklardan qutulish maqsadida O'rta Osiyoga tez-tez kelib turadigan mahalliy ruslar ham turkistonliklarga nisbatan yomon xulq-atvor va o'zboshimchalik bilan vaziyatga aralashib turardi. 1873 yilda mintaqaga tashrif buyurgan amerikalik diplomat ruslarning mustamlkachilik siyosatini amalga oshirgan harbiy hukumatdagi yuqori lavozimdagi rus zobiti tomonidan yozilgan hisobotning nusxasini oladi. Ismi oshkor etilmagan ofitser ofitserlar korpusi Rossiya obro'siga putur etkazadigan "haqiqiy ofat" ekanligini yozadi. Bu mintaqaning armiyasi haqida yozar ekan, "armiya rus mahalliy harbiy jamiyati uchun boshpana bo'lib xizmat qilgan" Bundan tashqari boshqarmamiz amaldorlarining aksariyati o'zlarining yomon fe'l-atvori bilan ajralib turardi". Harbiy va fuqaro rus mustamlakachilari o'rtasidagi janjal va korruptsiya shu darajada o'sdiki, imperator hukumati rasmiy tergov qilishni so'raydi va oxir-oqibat keskin natijalarga olib kelardi.[4]

Tarixchilarning ta'kidlashicha, mustamlaka ma'muriyati o'z atrofida rus mahalliy jamiyatining savodisiz qatlamini to'plagan. Russ aholisining bunday bechora qatlamining Turkiston jamiyatida bilan birga yashashi, mustamlaka turkistonliklarni norozi qildi va musulmon hamda nasroniy ma'muriyat o'rtasidagi adovatni kuchaytirdi. Ko'rinib turibdiki, jadidlar mulla Olim Maxdum hojining

289

"Turkiston tarixi" asarini uning O'rta Osiyodagi rus tuzumi bilan aloqasi tufayli bulg'angan deb baholaganlar va bu zamondosh solnomachi hamda uning asari mavjud bo'lmagan deb hisoblashganlar.[5]

G'arbiy Turkiston xalqi 1900-yillarning boshlarida o'zining ajoyib merosini yaqqol anglagan holda qadimgi asrlarda yashagan ajdodlari va qahramonlariga to'la hudud bo'lganligini ta'kidlaydi. Shunga qaramay, tarixning o'zi - intellektual fan, asrlardan xabar bervchi yozuv yoki mashhur yozma manba sifatida beqarorligicha qoldi. Bu texnologik taraqqiyotning etishmasligi va rivojlanishning asrlar davomida ilm cho'qqisidan tushib ketgani uchun emas, balki ma'rifat va bilim markazlari mafkuraviy siqilishdan kelib chiqqan xodisa sifatida sof jaholat va qo'rquvga aylanib ketgan anti-intellektualizmni bir kurinishi deb hisobladi. Jadidlar endi o'z yurtdoshlari ongida bo'lgan o'sha g'ayrioddiy tushunchani yo'q qilib, ularni o'zlarining yuksak o'tmishdoshlari erishgan ijobiy yutuqlar bilan tanishtirishga kirishadilar.

XIX asr o'rtalarida Buxoro amiri Nasrulloh Bahodirxon atrofida diniy aqidaparastlar birlashadi va ma'rifatga qarshi xurofotni ko'tarishadi. 1900 yildan keyin Turkistonning ulkan qo'lyozma fondlarida saqlangan manbalarda e'tirof etishicha bu vaziyat murakkab tarixiy manbalarda aks etib, ilm olishga qarshi bunday adovat tarix sahnasidagi haqiqiy tomosha edi. Mahalliy va xorijiy olimlar bu boy bilim fondlari mavjudligidan xabardor bo'lishdi, ammo o'sha davrtda diniy ulamolar yangi tarix yozishga va eski asarlardan foydalanishga qarshi chiqdilar.

Mahmudxo'ja Behbudiy muqaddas kitob ham, Muhammad payg'ambarimizning urf odatlari ham tarix saboqlarini to'g'ri qabul qilishni ma'qul ko'rishini ta'kidlab, dindorlarning tarix yozuvi faqat g'ayritabiiy va ma'nosiz maqsadlarga xizmat qilishi mumkin degan ayblovlarini inkor etish uchun jadidchilar harakatiga boshchilik qildi. Behbudiy Qur'oni karimdagi oyatlarda o'tmishga oid tarixiy voqea va ma'lumotlarga oid ko'plab parchalar borligini ta'kidlaydi: "Olloh taoloning payg'ambarlari bir qator oyatlarida tarixiylik va Islom qabilalarining voqealarini va holatlarni bayon qilganlar. Va ular, albatta, eng muhim qabilalar (qavm) va odamlar (xalq) va eng muhim kishilarning hayoti va tarixiy holati va voqealarini yoritib berdilar".[6]

Behbudiy shuningdek, tarix va tarixiy voqealar Qur'onning chorak qismini tashkil etishi hamda "Ilm u Tarix " haqida bir faktni ham keltirgan. Jadidlar sardori turkistonliklarga shuni eslatib o'tadi: "Ollohu taollo va aziz zotlar tomonidan bayon etilgan bu voqealar tarix fanining mohiyati va asosini tashkil etadi hamda biz musulmonlarga o'tmish voqealarini o'rganish bilan bir qatorda tarix fanini ham o'rganishni buyuradi" Keyinchalik tahlilchilar Islomning muqaddas kitobining

290

tarixiyligiga ishora qilib, masalan, Payg'ambar alayhissalomning olloh taolo bilan bo'lgan munosabatlarini va Nuh payg'ambarning o'z yaratgan egasiga bergan javoblarini 11:31 surada keltirgan. [7]

Islohotchilarning XX asr Turkistonida tarix mavqeini yuksaltirishga qaratilgan sa'y-harakatlaridagi ikkinchi qadam, dindorlarning ziyolilarga qarshi ochiqdan-ochiq hujumi bo'ldi. Behbudiyning yozishicha: "Afsuski. . . ba'zilar o'ylamasdan gapirib, tarix va geografiyani o'rganishni gunoh (bid'at) deb ataydilar". Gunoh Mahmudxo'ja Behbudiyning ta'kidlashicha, bunday munosabatda odamlarni ayanchli darajada olib kelishi mumkin. 1907-yillarda Samarqandda Behbudiy ishtirok etgan Qur'on anjumanida sodir bo'lgan sharmandali voqea sharmandali xatolarga olib kelishini aytib o'tib quyidagi voqeani eslatadi:

U yerda 200 xonadondan iborat katta mahallaning imom-xatibi, ilmli eshonning shogirdi va imomi, o'sha yerda o'zini ozi olim deb bilgan, omma oldida so'radi: "Eshon! Payg'ambar zamonlarida Qur'onga tafsirlar bo'lganmi? Hayratda qolgan Behbudiy o'z o'quvchilariga bunday sharhlarning yozilishi payg'ambar zamonlaridan bir necha asrlar o'tib boshlanganini eslatdi" Taqvodor jadid ushbu voqeadan keyin "Tarixni o'rganmaslik gunohdir" degan xulosaga kelgan. [8] Mahmudxo'janing mulla bo'lmagan bu mulla haqidagi hikoyasi ikki barobar kinoyali tuyuldi, chunki Turkistonlik ma'rifatparvarlar ham tarix va geografiyani bilishardi chunku bu fanlar musulmon madrasalari o'quv dasturlarida o'qitilgan.

Mahmudxo'ja Behbudiy tarixnavislik haqida dindor muxoliflariga qarshi bahsini davom ettirar ekan, avvalgi Markaziy Osiyo bitiklarida keng tarqalgan madaniyat yo'lboshchilariga shunday ishora qiladi. Jadid muallifining fikricha, odamlarning "hozirgi dunyoda yashashi, aql-zakovat, komil va adolatli bo'lishlari uchun tarixni o'rganishi va bilishi kerak" Tarixni o'rganish podshoh, vazir, davlat amaldori va siyosatchi uchun ham zarurdir. Yana bir jadid ziyolisi tarixni shunchaki o'qishdan ko'ra, uni yozish uchun qo'shimcha sabablarni aytib o'tadi. U o'zining yozma milliy tarixnavislik an'anasiga ega bo'lib, ilg'or jamiyat tarixini yozgan va ana shunday an'anaviylikdan zamonaviylik sari dastlabki qadamini tashlagan. "Milliy tariximizni bilish yo'lida birinchi qadamni qo'yish vaqti hali kelmagan bo'lsa, hech bo'lmaganda, biz doimo ana shu aniq yo'ldan borishga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Agar biz turkistonliklar milliy tariximiz ga aynan shu kundan boshlab e'tibor berib, o'rganish va izlanishga kirishsak, albatta, sekin-asta to'liq asarlar paydo bo'ladi" [9]

Noma'lum mahalliy muallif, shubhasiz, jadidchi bo'lib o'z mulohazalariga tayanib, 1914-yilda jadid jurnallaridan birida "Turkiston tarixiga ehtiyoj" haqida yozgan va u tarixiy manbalardan xabardorligini bildirgan hamda Turkiston tarixiga

291

nisbatan hukm surayotgan loqaydlikni tanqid qilgan: "Biz turkistonliklar o'tib ketgan ota-bobolarimizning ahvolidan, Turkiston voqealarining tarixiyligidan mutlaqo bexabarmiz. Zero, Turkiston tarixiga oid yangi-yangi izlanishlar bilan yozilgan tizimli va foydali, mukammal asar haligacha vujudga kelgani yo'q. To'g'ri, turkiy o'g'lonlar orasidan haligacha bunday tarixchi chiqmagan va bu jihatdan turkiy xalqning mustamlakaga aylangani uchun bizda haqiqiy tarix yozuvchisi yo'q." Muallif o'quvchilarni Turkistonning yangi yozma tarixi yo'qligini mantiqiy bo'rtirmaslikka chaqirdi. U afsus bilan Markaziy Osiyoni jaholatga botganligi haqida o'ylardi va bizning tariximiz borligini ta'kidladi. Turkiston va turkiylarning o'tgan asrlardagi voqealari va ahvoli haqida turkiy, forsiy va arab tillarida qanchadan-qancha tarix kitoblari yozilganligini bot-bot takrorlaydi. Bu kabi tarixiy kitoblarning aksariyati haqida hammamiz ma'lumotga ega emasmiz, lekin ba'zilari haqida ma'lumotga ega bo'lsak ham, ularni nashr etish va chop etishga ahamiyat bermaymiz.[10]

Markaziy Osiyo tarixiy asarlarning boy manbalariga ega. Olimlar Aleksandr L. Kun, Petro I. Lerx, Yevgeniy Shuyler, Arminiy Vamberi, Edvard Olvort, Seymor Bekker, Ahmad Zaki Validiy, Boymirza Hayit va boshqalar XIX asr oxirlarida Yevropa, Rossiya, Amerikadan Turkiston, Buxoro va Xivaga sayohat qilib, o'lka bozorlaridan, musodara qilingan kutubxonalardan va alohida shaxslardan qo'lyozmalarni olishadi. Jadid yetakchilari ruslar va yevropaliklardan o'z qo'lyozmalarini sotib olib, vatanlariga qaytarishadi. 1913 yilda Farg'ona vodiysi shaharlariga kelgan yosh turkiy olim Ahmad Zaki Validiy ham Turkiston materiallarining tarqalib ketganligini aytib o'tadi. Qozon universitetining arxeologiya, tarix va etnografiya jamiyati ushbu tashabbuskor tadqiqotchi va bo'lajak boshqird olimiga sobiq Qo'qon xonligining markazlari va uning markazlariga boradigan yo'llarda sotiladigan qo'lyozma va tarixiy manbalarni o'rganishni topshiradi. Imperator Fanlar akademiyasining Markaziy va Sharqiy Osiyoni o'rganish bo'yicha Rossiya qo'mitasi uni xuddi shunday maqsadda Buxoroga jo'natadi. Shundan so'ng Ahmad Zaki Validiy Farg'ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Shahrisabz shaharlarida safarda bo'ladi, asosiy maqsadi maxalliy noyob qo'lyozma manbalarni to'plash va tadqiq etisshga kirishadi. Keyinchalik faoliyatini 1920 yilda Xivada, 1923 yillarda Turkmaniston, Eron va Afg'onistonda davom ettiradi. Safarlarini dunyo bo'ylab davom ettirgan Validiy 1924 yilda Yevropaning mashhur shaharlari Paris va London, 1925 yilda Vengriya, 1938 yilda Avstriya kabi shaharlarida bo'lib kutubxonalarda tadqiqotlar oilb bordi va tarix, din, falsafa, geografiya, etnografiya, toponomika, antropologiya kabi yo'nalishlardagi asarlarni tadqiq etib, ilmiy dunyoqarashani yanda boyitadi. Zaki Validiy e'tirof etishicha Buxoro madrasalarida

292

15 ga yaqin kutibxona mavjud bo'lib, Amir Nasrulloh davrida butunlay yakson qilingan. Samarqandda Shahobiddin Marjoniyning ustozi Abu Said Samarqandiyning kutibxonasi turli tarixiy yo'nalishlarga ko'ra eng boy kutibxona hisoblangan. Ushbu kutubxonaning bir qismi samarqandlik sharqshunos V. L. Vyatkinning qo'liga o'tadi. [11] Zaki Validiy turkman shoiri Maxtumquli "Devon"ining eng mukammal nusxasini Ashurali Zohiriydan oladi. Shu bilan birga Farg'onada Yunusjon Dodxoh Muhammedov qo'lyozma xazinasidan jami 23 ta noyob qo'lyozmalar bilan tanishadi. Zaki Validiy 1967-yilda Markaziy Osiyoga safarlari chog'ida Turkiston jadidlariidan biri Mahmudxo'ja Behbudiy bilan uchrashganini aytadi. Validiy Samarqand va Farg'ona jadidlari bilan yaqin aloqada bo'lib, turkiy tarix va nasroniy bo'lmagan davr haqidagi bilimini boyitadi. Bundan tashqari mashhur qrim-tatar islohotchisi Ismoil Gaspirali O'rta Osiyoga tashrif buyuradi va yana mahalliy jadidlarning ta'lim, tarix va tilga oid g'oyalari yanada mustahkamlanadi.

O'sha davr gazeta o'quvchilari jadidlarning "Sadoi Turkiston" gazetasi muharriridan Turkiston milliy tarixini kim yozadi deb so'rashadi. "Bizningcha, bunday tarixni yozish nihoyatda qiyin ish bo'ladi va hozirgi vaqtda uning to'liq bajarilishi bizning imkoniyatlarimizdan tashqarida ko'rinadi. Muharrir, turkistonliklar bu ishni yosh muxarrir, tarixchi, Turkiston tarixidan xabardor bo'lgan shaxs Ahmad Zaki Validiy Afandi qilishini aytadi. Yosh boshqird tarixchisining bu ishga roziligi va turkiy dunyoga yaqinligi hamda turkistonliklarning O'rta Osiyo uchun muhim madaniy tarixga ega ekanligini ko'rsata olishiga ko'zlari yetardi. Ahmad Zaki Validiy O'rta Osiyoga qilgan safarlari orqali Turkistonliklarning ishonchini qozongan bo'lsada, o'zi nashr etgan "Turkiy va tatar tarixi" nomli birinchi tarixiy asaridan ko'proq hurmatga erishishga umid qilgan. Turkistonliklarga tanish bo'lgan arab yozuvida tatar tilida chop etilgan ushbu tadqiqot XIII asrdagi Buyuk Turk-Mo'g'ul xoqonligining xaritasini, eskiz xaritasida O'rta Osiyoni, boshqalarda esa ulamolar nusxa ko'chirishda foydalangan bir qancha o'rta asr alifbolaridan yozishmalarni keltirdi. Ahmad Zaki Validiy Yusuf Xos Xojibning "Qutadg'u bilig" asarini Markaziy Osiyoda eng yaxshi davlat va axloq bo'yicha yozilgan asar deb aytadi va asarni tavsiflab fanga ma'lum qilgan. Ahmad Zaki Validiy o'z kitobida turkistonliklarni tatarlarga, boshqirdlarni esa buxoroliklarga bog'lagan. Turkiston jadidlari o'lkadagi islohotchilik tarafdorlaridan hech kim bunday tarixni diqqat bilan yoza olmasligini tan oldilar va bu ularning hamkasblari va jurnal o'quvchilari uchun juda og'riqli masala bo'ldi.[13]

XIX asr ikkinchi yarmi -XX asr boshlarida Turkistonda xalq ta'limi tizimida bir qancha kamchiliklar yuzaga keldi. Tarixni o'rganishni o'z darslaridan chetlab o'tgan o'lkadagi boshlang'ich maktab, o'qimishli ziyolilar orasida hech qanday

293

tashvish tug'dirmadi. Jadid yetakchilari o'z maktablarida, "usul-i jadid" (yangi usul) maktablarida tarix fanini o'qitishni dasturlariga kiritgani uchun dindorlar tomonidan tanqidga uchraydilar. Darhaqiqat, ko'pchilik "usul-i jadid" maktablari o'quvchilari "Tarixi-i islom" (Islom tarixi), Shokirjon Rahimiyning "Tarixi-i muqaddas" ("Muqaddas tarix") va "Tarixi - i anbiyo" ("Tarix") kabi diniy risolalarni o'qidilar. Jadidlar payg'ambarlar kitobi, Rabg'uziyning dunyoviy tarix o'rganmagan o'rta as r asarlarini ommalashtirdilar. Vaqt o'tishi bilan yana bir jadid ma'rifatparvari Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li jadid maktablari hamda turkiylar tarixi va geografiyasi haqia so'z yuritdi. Olimlar jadid tarixini geografiya bilan bog'lab, "Tarixni yaxshi tushunish uchun geografiyani ham bilish kerak" degan go'yani ilgari suradi. Tarix ma'lum bir voqeani tushuntiradi, geografiya esa ushbu voqea sodir bo'lgan joyni va uni keltirib chiqargan sabablarni tasvirlaydi. Ya'ni, tarix va geografiya bir butun fandir va uning mazmuni ham birdir"[14] Munavvarqori geografiyaning matematika, tabiatshunoslik, mineralogiya, botanika, tarix va siyosat bilan bog'liqliq tushunchalarini batafsil bayon qildi va astronomiya va geografiya o'rtasidagi aloqadorlikni ko'rsatib berdi. Bundan tashqari, ma'rifatparvarning ta'kidlashicha, inson to'rtta elementni - olov, havo, suv va yerni, iqlimni, atmosferaning kimyoviy tarkibini, kimyo va meteorologiyani tushunish uchun geografiyadan bilimga ega bo'lishi kerak. Tarixni dunyoviy bilimlar bilan bog'lab, u yer va osmonga oid ilmlarni o'z ichiga olgan geografiyani o'rganish nafaqat zaruriyat, balki avvalgi davrlarda musulmon kitoblarining asosiy mavzusi bo'lib kelganini va bu ilmlar madrasalarda o'qitilganligini aytadi. Madrasalarda ilm-fanda, asbob-uskunalar yoki tajribaning yo'qligi, jadidchining ta'kidlashicha, zamonaviy bilimga intilishni "o't va choynaksiz palov pishirish"ga o'xshatib qo'ygan.[15]

Xulosa qilib aytganda, Turkistondagi jadidchilik g'oyalari diniy-ma'rifiy va ijtimoiy-siyosiy islohotchilik yo'nalishlarida bo'lgan. Jadidlar yangi usuldagi maktablar ochib, ularda dunyoviy ilmlarni o'qitish, G'arb va sharq davlatlari bilan ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy aloqalar o'rnatishida jonkuyarlik qildilar, chorizm m'amurlarining mutsamlaka rejimiga qarshi chiqdilar va ijtimoiy- tarixiy davrni vujudga keltirdilar.

REFERENCES

1. Xoji Muin Sukrullo, Istiqbol qayg'usi, Oyina jurnali, № 2 son (2 noyabr 1913 yil), 10 bet

2. Mirzo Olim Maxdum Hoji. Tarixi Turkiston. Toshkent, Turkiston general gubernatorligi qoshidagi bosmaxonada nashr qilingan, 1915 yil. 3-4 betlar

294

3. Edward A. Allworth. The Modern Uzbeks. The modern Uzbeks from 14 century to Present. A cultural history. Hoover institution Press. Stanford University. California.1990. p. 123

4. Edward A. Allworth. The Modern Uzbeks. The modern Uzbeks from 14 century to Present. A cultural history. Hoover institution Press. Stanford University. California.1990. p. 124

5. Edward Allworth, Uzbek Literary Politics. The Hague. Mouton&Co, 1964. P.27-29

6. M.Behbudiy. Tarix va jug'rofiya//Oyina jurnali, 27 son, 1914 yil 26 aprel, 502 bet

7. M.Behbudiy.Tarix va jug'rofiya//Oyina jurnali, 27 son, 1914 yil 26 aprel, 503 bet

8. M.Behbudiy. Tarix va jug'rofiya//Oyina jurnali, 27 son,1914 yil 26 aprel, 504 bet

9. Hoji Muin."Milliy taix haqinda"//Oyina jurnali, 10 son,1915 yil 28 fevral, 258 bet

10. Mahmudxo'ja Beybudiy. Turkiston tarixi kerak // Oyina. 1914. №38. B. 898-289

11. Валиди А.З. «Диван» Махтумкули... // Шуро. Оренбург. 1913. №12. С.357-360. №13. - С. 393-395-524.

12. Ahmad Zaki Validiy, Turk va tatar tarixi. 1-son. Qozon, Millat Elektro-tipografiya, 1912 y. 268,343, 379 betlar.

13. Edward A. Allworth. The Modern Uzbeks. The modern Uzbeks from 14 century to Present. A cultural history. Hoover institution Press. Stanford University. California.1990. p. 129

295

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.