Научная статья на тему 'TURKISTON JADIDLARI MA’NAVIY MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI'

TURKISTON JADIDLARI MA’NAVIY MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadid / gazeta / jurnal / darslik / Mahmudxo‘ja Behbudiy / Munavvarqori Abdurashidxonov / Abdurauf Fitrat / Yangi O‘zbekiston.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raxmatxonov Ayubxon Jahongir O‘g‘li

Maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida yuzaga kelib, rivojlangan jadidchilik harakatining juda ko‘plab namoyandalari tomonidan qoldirilgan ma’naviy meros tahlil qilingan. Jadidlarning ma’naviy merosi bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTON JADIDLARI MA’NAVIY MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI»

TURKISTON JADIDLARI MA'NAVIY MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

Raxmatxonov Ayubxon Jahongir o'g'li

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi ORCID: https://orcid.org/0009-0002-8051-5110 https://doi.org/10.5281/zenodo.13895479

Annotatsiya. Maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida yuzaga kelib, rivojlangan jadidchilik harakatining juda ko'plab namoyandalari tomonidan qoldirilgan ma'naviy meros tahlil qilingan. Jadidlarning ma'naviy merosi bugungi kunda ham dolzarb bo'lib, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: jadid, gazeta, jurnal, darslik, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Yangi O'zbekiston.

Аннотация. В статье анализируется духовное наследие, оставленное многочисленными представителями джадидского движения, возникшего и развивавшегося в Туркестане в конце XIX - начале XX века. Духовное наследие джадидов остается актуальным и сегодня, играя важную роль в воспитании молодежи.

Ключевые слова: джадид, газета, журнал, учебник, Махмудходжа Бехбуди, Мунавваркори Абдурашидхонов, Абдурауф Фитрат, Новый Узбекистан.

Abstract. The article analyzes the spiritual heritage left by numerous representatives of the Jadid movement, which emerged and developed in the late 19th and early 20th centuries in the Turkestan region. The spiritual legacy of the Jadids remains relevant today andplays an important role in the education of the younger generation.

Keywords: jadid, newspaper, journal, textbook, Mahmudhoja Behbudi, Munavvarqori Abdurashidkhonov, Abdurauf Fitrat, New Uzbekistan.

KIRISH. XIX asr oxiri - XX asr boshida Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy vaziyat jiddiy bir vaziyatda millatning uyg'oq qatlami ma'rifatparvar shaxslar - jadidlar tarix sahnasiga chiqdilar. Jadid ma'rifatparvarlar millatni uyg'otish, uni taraqqiyoti yo'lida ishni matbuot ya'ni gazeta ta'sis etishdan boshlagan. "Tarjimon", "Oyina", "Taraqqiy", "Sadoyi Turkiston", "Sadoyi Farg'ona", "Najot", "Hurriyat", "Al-isloh" kabi bosma nashrlar orqali milliy istiqlol, hurriyat, ma'rifat kabi hayotbaxsh g'oyalarni xalq ichiga olib kirishga intilganlar. So'nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan jadid ma'rifatparvar bobolarimizning Vatan taraqqiyoti, millat ravnaqi yo'lidagi sa'y-harakatlarini yanada keng tadqiq etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev jadidlar faoliyatini o'rganish zarurligini: «Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g'oyat og'ir sharoitda ilm-ma'rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g'oyalarini dadil ko'tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o'rganishimiz lozim. Ularning ulug' maqsadlar yo'lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O'zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo'lib xizmat qilishi zarur» - deya ta'kidlagan edilar.

Jahon madaniy merosi taraqqiyoti tarixida jadid ma'rifatparvarligining ijtimoiy-iqtisodiy, falsafiy g'oyalarini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan o'rganish yoshlar milliy-ma'naviy qiyofasini shakllantirishda, ularni axloqiy yuksaltirishda, turli xil yot g'oyalardan saqlashda, ular ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega hisoblanadi. O'zLiDeP Siyosiy ta'lim markazi rahbari Nasimjon Alimov "jadid" tushunchasi haqida shunday fikr

bildiradi: "Jadid degani - yangi degani bo'lsa, demak, Yangi O'zbekiston yangilik va yaxshilik tarafdori bo'lgan jadidlarning orzusi ham edi, desak yanglishmagan bo'lamiz"[3].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Jadidlar yangi usul maktablari ochib, bolalarga butunlay yangicha usulda ta'lim berganlar. Yangi usul maktablari ochilgach, ularning oldida maktablar uchun darsliklar yozish muammosi turardi. Tarix va geografiya fanlarining jamiyat hayotidagi ahamiyatini yaxshi tushungan jadidlar ushbu fanlar darsliklarini yaratishga katta e'tibor qaratganlar. Turkistondagi jadidlarning yo'lboshchisi Mahmudxo'ja Behbudiy Abduqodir Shakuriyning yangi usul maktabini o'z uyiga ko'chirib keltirgach, 1904-1909-yillarda o'zbek va tojik tillarida shu maktab bolalari uchun "Risolai asbobi savod" ("Savod chiqarish kitobi",1904), "Risolai jug'rofiyai umroniy" ("Aholi geografiyasiga kirish",1905), "Muntaxabi jug'rofiyai umumiy" ("Qisqacha umumiy geografiya",1906), "Amaliyoti islom"(1908), "Kitobat ul-atfol"("Bolalar xati", 1908), "Tarixi slom"(1909), "Muxtasar jug'rofiyai Rusiya"("Rossiyaning qisqacha geografiyasi") darsliklarini yozgan [6:31].

MUHOKAMA. Jadidlarning yangi usul maktablari uchun yozgan darsliklari o'sha davr uchun inqilobiy ahamiyatga ega edi. Chunki darsliklarda jadidlarning o'zlari yashagan davr ilm-fani bilan qadriyatlar uyg'unligiga, darslikda ma'lumotlarni taqdim qilishda o'lka aholisining bilimi va saviyasini nazardan chetda qolmaganiga guvoh bo'lamiz. Jadidlar orasida ayniqsa Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratlar alohida ajralib turganlar[4:53]. Jadidlar ayniqsa, tarix va geografiyaga oid darsliklarni mukammal qo'llanma bo'lishiga katta ahamiyat berganlar[8:632]. Filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyev jadid darsliklari haqida shunday fikr bildiradi: "Millatning asosiy qismi musulmon farzandi bo'lgani uchun ham ilk islomiy bilimlarni berishga harakat qildilar. Bu yo'lda Mahmudxo'ja Behbudiy "Muxtasar islom tarixi" (1913), Abdulla Avloniy "Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom" (1913), Abdurauf Fitrat "Muxtasari tarixi islom" (1915) va boshqalarning boshlang'ich maktablar uchun yozgan muxtasar islom tarixlari arzirli qadam bo'ldi"[7:202-205]. Ular xalq ongiga ma'rifat orqali o'lka aholisini bilimini oshirishga e'tibor berganlar. Bu borada Behbudiyning quyidagi fikrlari hozirgi globallashuv zamonida ham dolzarbdir: "Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol bo'lur"[5:15]. Jadidlar ta'lim sohasini isloh qilish hamda maktablarda «usul ul-jadid» yoki «yangi usul»ni tatbiq qilish va rivojlantirgan. Bu yo'lda ular imkoniyatida mavjud jamiki resurslar -iste'dodlari, shaxsiy mablag'lari, uy-joylari, siyosiy va madaniy institutlar, matbuot hamda teatr, ma'rifat uylari va hokazodan to'liq foydalandilar, hatto aziz umrlarini ham fido qilishdi. Avval chor hukumati, keyin sho'rolar davlati, ichki qora kuchlar - mutaasib, dinni noto'g'ri talqin qilgan johil ulamolar tomonidan ko'rsatilgan zulm-zo'ravonliklar, tazyiqlar, quvg'inlar, suiqasdlarga qaramay, jadidlar o'zlari tanlagan yo'ldan qaytmadilar[1:6].

NATIJALAR. Jadidlar xalqni zamonaviy ilmlardan xabardor etish maqsadida yozgan darsiklarini ko'radigan bo'lsak deyarli har birlari geografiya faniga oid darsliklar yozishgan. Bunga Munavvarqori Abdurashidxonovning "Yer yuzi" va Mahmudxo'ja Behbudiyning yuqorida darsliklari misol bo'ladi[9:352-354]. Jadidlarning, ayniqsa, Mahmudxo'ja Behbudiyning geografiyaga oid bilimlarni aholi orasida keng tarqatishga bunchalik ko'p harakat qilganining asosiy sababi, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston aholisi orasida geografiyaga oid noto'g'ri ma'lumotlar, fikrlar va qarashlar tarqalgan edi. Shu tariqa jadidlar o'lka aholisini yanada bilimli, yanada ma'rifatli qilish, tom ma'noda "uyg'otish" uchun harakat qildilar. Ularni Yangi O'zbekistonning ma'naviy asoschilari deyish mumkin. Buni O'zLiDeP Siyosiy ta'lim markazi rahbari Nasimjon Alimovningquyidagi fiklari ham tasdiqlaydi "Jadid degani - yangi degani bo'lsa,

demak, Yangi O'zbekiston yangilik va yaxshilik tarafdori bo'lgan jadidlarning orzusi ham edi, desak yanglishmagan bo'lamiz".

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 22-dekabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida "Jadid" gazetasini ta'sis etish g'oyasini ham qo'llab-quvvatlab, gazetaning ilk sonini yilning birinchi kunida chop etishni taklif qildi. 2024-yilning 1-yanvar kuni "Jadid" gazetasining ilk nishona soni nashrdan chiqdi. Hozirgi kunda gazetaga O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bosh muharrirlik qilmoqda. Iqbol Mirzo gazetaning nashr qilinishi haqida shunday deydi: "Prezidentimiz o'tgan yil 22-dekabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida jadid bobolarimizning milliy taraqqiyotni har tomonlama jadallashtirish, ziyolilar, ijodkorlarni birlashtirishga daxldor tashabbuslari qatori "Jadid" gazetasini ta'sis etish g'oyasini ham qo'llab-quvvatlab, nashrning ilk sonini yilning birinchi kunida chop etish taklifini ilgari surdi. Biz shu kunning ertasi, ya'ni 23-dekabrdan yangi gazetani chiqarish harakatini boshladik va 1-yanvarda ilk nishona sonini chiqardik. Boshida qiynalsak kerak, muammo ko'p bo'lsa kerak, deb o'ylagandim, lekin bir narsani angladimki, ziyolilarimiz nashr uchun tayyor ekan. Ko'pchilik bizga dolzarb maqolalar, o'rinli takliflar bera boshladi... Ko'rdik-ki, zarurat bor, xayrixohlar ko'p ekan"[2].

XULOSA. Xulosa qilib shuni aytihimiz mumkin-ki, jadidlaring butun faoliyatlari, islohotlari, yangiliklari, yoshlarga milliy qadriyatlarni singdirish barobarida yangi, zamonaviy bilimlar berish haqidagi fikrlari, yozgan darsliklari-yu, gazeta-jurnallariga millatni mustaqillik sari yetkalash uchun edi. Shu sababli jadidlarni Yangi O'zbekistonning ma'naviy asoschilari desak mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. Boltaboyev H. Uchinchi Renessansning milliy poydevori. "Jadid" gazetasi. 1 - son, 2024-yil.

2. Iqbol Mirzo. Jadidlar johillik, qoloqlikning ildizi ilmsizlikda, deb bilishgan(https://uza.uz/posts/565089)

3. Jadidlar merosini o'rganish, anglash - ildizi baquvvat daraxtga aylanish imkonidir(https://uza.uz/posts/457334)

4. Jadidlar. Mahmudxo'ja Behbudiy/Z.Abdirashidov. Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. 156 b.

5. Каримов Н. Махмудхужа Бехбудий. .: Тошкент - 2010.

6. ^осимов Б. Маслакдошлар: Бехбудий, Ажзий, Фитрат.— Т.: Шарк, 1994.— 160 б.

7. Raxmatxonov A., Axmadjonova G. «Jadidlarning maktablarda "Islom tarixi"ni o'qitishga oid qarashlari» // «Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami. Toshkent, 24.05.2024. B. 202-205.

8. Raxmatxonov A., Axmadjonova G. «Mahmudxo'ja Behbudiyning geografiyaga oid darsliklari tahlili» // «Jadidlarning ilmiy-pedagogik merosi: tarix va zamonaviylik» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami(II to'plam).Farg'ona, 29-30-mart, 2024-y. B. 631-636.

9. Raxmatxonov A. «Mahmudxoja Behbudiyning "Muxtasar islom tarixi" darsligi xususida» // «Новости образования: исследования в веке» международный современный научно-практический журнал. № 23(100), июль, 2024 г., -Москва, 352-354-стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.