TURK MULOQOT MADANIYATIDA 'BA§ EGMEK' BIRIKMASINING
QO'LLANILISHI XUSUSIDA
d https://doi.org/10.5281/zenodo.14262232
Imamova Xolida Kamalovna
Dots. PhD. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Roman-German tilleri kafedrasi Toshkent/O'zbekiston E-mail: [email protected] / [email protected]
ORCID ID: 0000-0002-3438-5514
Annotatsiya. Ushbu maqola turk tilidagi 'ba§ egmek' birikmasining hurmat kategoriyasida paralingvistik vositalar orqali ifoda etiladigan xususiyatlar haqida so 'z yuritadi. Hurmat ifodalashning o 'ziga xos xususiyatlari bosh orqali ifodalanadigan ta'zim harakatlarida qay tarzda amalga oshirilish va ularning antonimli, sinonimli tomonlari yoritiladi.
Tayanch so'z va iboralar: hurmat kategoriyasi, paralingvistika, bosh, ta'zim, sinonim, antonim.
ОБ УПОТРЕБЛЕНИИ СЛОВОСОЧЕТАНИЯ 'BA§ EGMEK' ПРИ
ОБЩЕНИИ
Аннотатция. Данная статья посвещенно паралингвистическим особенностям проявления категория вежливости в турецком языке. В число особенности включается движение головой и т.д. Входе исследования выявления синонимичные и антонимичные случии репрезентации отмеченных особенностей.
Опорные слова и выражения: категория вежливости, паралингвистика, голова, наклон, синоним, антоним.
ON THE USE OF THE COMBINATION 'BA§ EGMEK' IN TURKISH COMMUNICATION CULTURE
Imamova Xolida Kamalovna
PhD., Assoc.Prof., University of World Economy and Diplomacy, Department
of Romano-German language Tashkent/Uzbekistan E-mail: [email protected] / [email protected]
ORCID ID: 0000-0002-3438-5514
Abstract. The present article confides paralinguistic peculiarities of the category of politeness the presentation in the Turkish language like had, body bowingetc. There are synonymous and antonymous tips of this representation.
Key words and expressions: politeness, had, body bowingetc, paralinguistic, peculiarities, representation, synonymous, antonymous.
Kirish
Ma'lumki, o'rganish sohasini ajratib olish nutai nazaridan tilshunoslik ikki turga ajraladi: mikrolingvistika (kichik tilshunoslik) va makrolingvistika (katta tilshunoslik) [Irisqulov M.T. 1992, 4-5 b.].
Mikrolingvistika tilning faqat ichki ya'ni fonetikasi, leksik va grammatik tuzilishini o'rgansa, makrolingvistika tilni boshqa fanlar bilan qo'shib o'rganadi. Tilning paydo bo'lishi, uning taraqqiyot qonunlari, tilning ijtimoiy mohiyatini, tafakkur bilan munosabatini, til va boshqa signal sistemalari orasidagi o'xshash va farqli tomonlarni, tilning tarqalishini qamrab olar ekan etnolingvistika, psixolingvistika, paralingvistika, sotsiolingvistika, areal lingvistikasi bilan birga biz o'rganayotgan muloqot madaniyatini ham qamrab oladi.
Muloqot jamiyat qatlamlarining a'zolari orasida til bilan birga nutqga hamrohlik qiluvchi turli vositalarni ifodalaydi. Shu jihatdan yondashib, paralingvistik vositalarni ifoda etuvchi 'ba§ egmek' birligi va uning ma'no xususiyatlarini quyidagicha tasnifladik.
Asosiy qism
Bosh inson tanasining muhim qiymatga ega bo'lgan, fikrlash, fahmlash, boshqaruv funktsiyasini bajaradigan qismidir. Insonlar o'zaro munosabatda turli xil bosh harakatlari bilan tasdiqni, inkorni, norozilikni, ma'qullashni, salomni, xayrlashuvni, uyalishni va shular qatori hurmatni ham ifodalaydi. Xususan, turklarda bosh harakatlari bilan hurmat ifodalanishini quyidagi misollarda ko'rish mumkin.
Ba§la selamlamau:
- Yeni fransizca muallimimiz Feride Hanim.
Bulundugum yerden ba§imla selamladim:
- Buyuk bestekarimizi tanidigima çok memnun oldum efendim, dedim [Guntekin R.N.1992, Ç., 239] 'Yangi frantsuz tili o'qituvchimiz Farida xonim. Turgan joyimdan bosh ishorasi bilan salom berdim: - Taniqli bastakorimiz bilan tanishganimdan behad mamnunman afandim, - dedim.
Ma'lumki, insonlar o'zaro munosabatda ko'p hollarda paralingvistik vositalardan foydalanmaydi. Paralingvistika so'zlovchi bilan tinglovchi orasidagi munosabatdan tashqari, yuqorida ta'kidlanganidek, til sohiblarining yashash tarzi, madaniyatiga ham bog'liq. Munosabat, hurmat ham o'z-o'zidan yuzaga kelmaydi. U
tinglovchi bilan so'zlovchining dunyoqarashiga, tushunchasiga bog'liq bo'ladi. Bunda psixolingvistikaning ahamiyatini ham chetda qoldirish mumkin emas. Neytral hurmat yuzasidan salomlashganda paralingvistik vositalar qo'llanmasligi mumkin. Xoh etiket nuqtai nazaridan salomlashganda, xoh etiketdan tashqari qo'shimcha munosabat bildirilganda psixolingvistik vositalar asosida hurmat darajasi orttiriladi. Ba§ i§areti:
Nazik bir ba§ i§aretiyle uzaktan selam verdi, hafifçe egilerek: - Burhanettin bendeniz [Guntekin R.N, 1992. Ç., 291] 'Kiborlik bilan bosh ishorasi orqali uzoqdan salom berdi, bir oz egilib: - Kamina Burxoniddin.
Yuqoridagi har ikki misolimizda ba§ selami orqali hurmat bildirilsa-da, birinchi misolda lingvistik vositadagi maqtov-buyuk bestekarimiz paralingvistik hurmat ifodasini to'ldiribgina qolmay, yanada kuchaytiradi. Ikkinchi misolda ba§ içareti birligi hurmatni nozik tarzda ifoda etish bilan birga hafifçe egilerek birligidagi mazmun bilan uyg'un ravishda hurmatni ta'kidlashga xizmat qilgan, bendeniz so'zi kamtarlik uslubi orqali hurmatga yanada yuqori darajada qo'shimcha bo'yoq bergan. So'zlovchining tinglovchiga bildiradigan munosabati, dastavval, psixolingvistik mazmunda shakllanib, paralingvistikada aks etadi. Paralingvistik vositalar lingvistik birliklar orqali ifodalanib, ular bilan birga qo'llanib, hurmat ma'nosining mazmunini boyitishga xizmat qiladi:
...§imdi artiksizden musaade istiyecegim.
Hafif bir ba§ selamiyla yurudum [Guntekin R.N.1992, Ç.,108] '...Endi mumkin bo'lsa ruxsatingiz bilan ketsam. Astagina boshim bilan ta'zim ko'rsatib, yurib ketdim.
Bir qaraganda yuqoridagi har uch misolda bir xil harakat bajarilmokda. Bu harakat birligi ba§ selami (içareti) bilan ifoda etilishiga qaramay, ular turli ma'nolarni bildiradi. Birinchi va ikkinchi misolimizda adresant salomlashish ma'nosida hurmat ko'rsatib, bosh egish harakatini ifodalagan bo'lsa, uchinchisida xayrlashish ma'nosida ko'rsatilgan hurmat, bosh eggan holda ta'zim bilan ketishga ruxsat so'rash mazmunini bildiradi. Demak, paralingvistik aspektdagi birliklar ifodasida ham leksik birlikning turli mazmun ifodalashga xizmat qilishi ma'lum bo'ladi. Masalan, ba§ selami ham antonimik (salomlashish, xayrlashish), ham sinonimik (ba§ selami, ba§ içareti, ba§ egmek, ba§ kesmek), ham ommonimik (salomlashish, ta'zim ko'rsatish, ruxsat so'rash, xayrlashish) semantik munosabatlarini ifoda etadi. Ikkinchi jihati esa, lingvistik vositalarga qo'shimcha bo'yoq berib, hamrohlik vazifasini namoyish etadi va yuqori darajadagi hurmat ifodalashga xizmat qiladi. Uchinchi misolning birinchi va ikkinchi misollardan farqi unda, avvalo, hurmat ifoda etishning lingvistik jihati birlamchi, paralingvistik tomoni esa keyingi o'rindadir. Ba§ini egmek:
Ellerini tatli bir teslimiyetle ellerimin içine birakarak beni dinleyen Necmunnisa, daha ziyade ba§ini egdi, çokyava§ bir sesle:
- Ziyani yok Cemil Bey ... Soyleyiniz, dedi [Guntekin R.N.1992, SY., 55] 'Qo'llarini qo'llarimning kaftlari orasiga ohista qo'yib, meni tinglayotgan Nejmunisa, yanada ko'proq boshini egib, juda sekin bir ovozda: - Zarari yo'q Jamil bey ... Aytavering, - dedi.
Yuqoridagi ba§ selami bilan baçini egdi lingvistik birliklari hurmat ifodalashda o'ziga xos sinonimik qatorni tashkil etadi. O'z navbatida, sinonimik qatorning har bir komponentida bo'lganidek, farqli jihatlarga ham ega. Birinchidan, ba§ selami qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan harakatni bildirsa, baçini egdi birligi nisbatan uzoqroq vaqt, ba'zan suhbat tugaguncha bo'lgan muddatni ifoda etadi. Ikkinchidan, turk tilidagi ba§ selamida ifodalangan paralingvistik mazmunni sotsiolingvistik nuqtai nazardan jamiyatdagi munosabat va etiket jihatidan tavsiflash ma'qul bo'lsa, ba§mi egdi birligidagi paralingvistik mazmunni psixolingvistik xarakterdagi munosabat ifodalashda shaxs tushunchasi, dunyoqarashiga ko'ra izohlash mumkin. Uchinchidan, ba§ selamida samimiy hurmat bo'lishi ham, bo'lmasligi ham mumkin. Ammo ba§mi egdida chuqur samimiy hurmat mavjud. "Salomni ifodalashga xizmat qiluvchi jest va mimikalar maqol va iboralarni yuzaga keltirmoqda... " [Kuçukbasmaci G., 2015. s. 1691].
Semiotika nuqtai nazaridan bosh - tananing eng muhim, asos qismi. Shu bilan birga, boshqa tana a'zolaridan eng yuqorida turishi bilan farqlanadi. Turk tilida ba§ so'zi mohiyatida "insonning o'zi, butun boshli tanasi, o'zligi" semalari jamlangan. Shu muhim tana qismining egilishi kamtarlikning, boshqalarni o'zidan yuqori ko'rishning, e'zozlashning ramzi sifatida hurmat ma'nosini namoyon qiladi. Semiotikadagi mana shu ma'no tilda hurmat ma'nosini ifodalovchi quyidagi iboralarning yuzaga kelishiga asos bo'lgan: ba§ egmek 'ta'zim qilish, ba§ kesmek 'salom berish, ba§ taci 'qimmatli, qadrli, hurmatli, ba§ ustunde tutmak 'hurmat ko'rsatish, ba§ ustunde yeri olmak 'hurmatga loyiq, baçina tac etmek 'qadrlab hurmat ko'rsatish, baçta taçimak 'hurmat qilish, qadrlash. Ushbu iboralardan yaqqol namoyon bo'lib yuzaga chiqayotgan hurmat ba§ ramzidan foydalanib, adresant ba§ egmek 'ta'zim qilish, ba§ kesmek 'salom berish orqali adresatga kamtarlik bilan hurmat ko'rsatsa, ba§ taci 'qimmatli, qadrli, hurmatli, ba§ ustunde tutmak 'hurmat ko'satish, ba§ ustunde yeri olmak 'hurmatga loyiq, baçina tac etmek 'qadrlab hurmat ko'rsatish, baçta taçimak 'hurmat qilish, qadrlash iboralari yordamida adresatni o'zidan yuqori ko'rib, e'zozlash orqali hurmat bildiriladi. Ushbu iboralar mazmuni asosida, turk tilida bir ba§ ramzi, belgisi asosida adresant adresatga hurmat ko 'rsatish uchun ikki xil yo'l tutishi ma'lum bo'ldi: ramz asosida kamtarlik qilib o'zini adresatdan kichik oladi, adresatni o'zidan ba§ ramzi asosida yuqoriga ko'taradi.
Xulosa
Misollardan kelib chiqib qayd etish mumkin bo'lgan yana bir jihat - hurmat kategoriyasi sof lingvistik hodisa, shu bilan birga paralingvistik vositalar yordamida to'liq reallashadi. Paralingvistika hurmatni aks ettirishda qo'shimcha vosita bo'lib qolmasdan, so'z orqali ifodalab bo'lmaydigan holatlarni ham namoyon etishga yordam beradi. Ko'p hollarda lingvistik vositalarni tejashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Güntekin R. N. Qalikugu. Istanbul: inkilap kitapevi, 1992. - 408 s.
2. Güntekin R. N. Sönmüg Yildizlar. - Istanbul: inkilap Kitabevi, 1992. -174 s.
3. HpncKynoB, M.T. TuRwynocRUKKa Kupuw. TomKeffr: YKHTyBHH. 1992. - 256 6.
4. Küfükbasmaci G. (2015) "Selamlagma Sözleri Agisindan Manas Destani", Turkish Studies international Periodikal For The Languages, Literature and History of Turkish or Turkic Volume 10/8 Spring 2015, p. 1691. DOI Number: http://dx.doi.org/10.7827/TurkishStudies.81442, ISSN: 1308-2140, ANKARA-TURKEY.
5. Türkge Sözlük. Ankara: Türk Tarih Kurumu Basim Evi, 1988. - 504.s.