Научная статья на тему 'Paralingvistik vositalarning verbal tasviri'

Paralingvistik vositalarning verbal tasviri Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
766
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Paralingvistika / paralingvistik vositalar / imo-ishoralar / noverbal vositalar / noverbal ma’no / verbal tasvir

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shohsanam Alisherjon Qizi Jurayeva

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning yo’nalishining asosiy qismi bo’lgan paralingvistik vositalarning verbal tasviri badiiy adabiyotlardan olingan misollar yordamida ochib berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Paralingvistik vositalarning verbal tasviri»

Paralingvistik vositalarning verbal tasviri

Shohsanam Alisherjon qizi Jurayeva

NamDU

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning yo'nalishining asosiy qismi bo'lgan paralingvistik vositalarning verbal tasviri badiiy adabiyotlardan olingan misollar yordamida ochib berishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: Paralingvistika, paralingvistik vositalar, imo-ishoralar, noverbal vositalar, noverbal ma'no, verbal tasvir

Verbal representation of paralinguistic tools

Shohsanam Alisherjon kizi Jurayeva

NamSU

Abstract: In this article, an attempt is made to reveal the verbal description of paralinguistic tools, which are the main part of the direction of modern linguistics, using examples taken from fiction.

Keywords: Paralinguistics, paralinguistic tools, gestures, non-verbal tools, nonverbal meaning, verbal image.

Shiddat bilan rivojlanayotgan ilm-fan davrida rivojlanayotgan tilshunoslik ham ko'plab sohalar bilan boyib,kengayib bormoqda.Bugungi kunda tilshunoslik nazariyadan amaliyga qarab ketmoqda.Zamonaviy tilshunoslik tilning amaliy ahamiyatini o'rganish,jonli muloqot jarayonining o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilishni maqsad qilgan.Shu jihatdan, fanda paralingvistika, pragmalingvistika, lingvokultirologiya, psixolingvistika kabi sohalarda bir qator dolzarb masalalari o'z yechimini kutmoqda. Ayniqsa, tilning noverbal vositalarini o'rganuvchi paralingvistika va uning tadqiqot obyektini aniqlash bo'yicha olimlarda turli nazariy qarashlar mavjud.

"Paralingvistika" grekcha so'zdan olingan bo'lib, "para" - yonida, lingvistika tilshunoslik demakdir. Paralingvistika fanda ikki xil ma'noda ifodalanadi.

1. Lisoniy (verbal) vositalar bilan hamrohlikda ishlatiluvchi nolisoniy (noverbal) vositalarni o'rganuvchi tilshunoslikning bir bo'limi.

2. Nutqda, o'zaro muloqot jarayonida ishlatiluvchi nolisoniy vositalar umumlashmasi.

Paralingvistika nutq vaziyatida yuzaga keladigan imo-ishora,mimika kabi fikriy tana harakatlarini o'rganadi. Paralingvistikada aloqa aralashuvida, muomalada muhim vazifa bajaradi. Agar nutq ushbu vositalar ko'magisiz tinglovchiga ifodalanilsa fikr unchalik ham ta'sirchan bo'lmaydi. Aytiladigan ma'lumot quruqligicha qolaveradi. Shuni ta'kidlamoqchimizki, har qanday fikrning o'z ta'sirchanligiga, jozibadorligiga, mushohada tabiatiga bo'lishi talab etiladi. Shu jihati bilan paralingvistika nutqni obrazlantiradi va jonli qiladi.

Adabiyot tahlili va metodologiya

O'zbek tilshunoosligida Abdulhamid Nurmonov, Ma'murjon Saidxonov, Siddijon Mo'minov, Sharifa Iskandarova, Aziza Aripova kabi olimlarning bu boradagi izlanishlari ahamiyatli. Noverbal vositalarning turlari, ularning kommunikatsiya jarayonidagi ahamiyatini tilshunos olim Abdulhamid Nurmonov tahlilga tortadi va o'z ishida yoritib berishga intiladi.Tilshunos olim I.B.Glub nutq ta'sirchanligini shakllantirishda paralingvistik vositalarning o'rnini tilining tasvir vositalari bilan bir qatorga qo'yadi. Glubning fikricha, paralingvistika fikr (tushuncha)ning drijyoridir. Buni quyida ko'rib, kuzatib, tahlil qilamiz.

Glubning aytishicha,har qanday shaxs o'z fikrini (tushunchasini) bu vositalar yordamida oson hamda erkin ifodalay oladi. Bizningcha, nutqning ifodaliligi ham aynan shu vositalarni o'z o'rnida qo'llay olishdadir.

Bizga ma'lumki imo-ishorralar jamiyat taraqqiyotida til(nutq)dan ancha ilgariroq paydo bo'lgan. Hatto paralingvistik vositalar shaxslarning aloqa alamashishi, gapirishi, fikr ifodalashi uchun asosiy omil bo'lib xizmat qilgan. Odamlar uzoq asrlar mobaynida imo-ishoralar yordamidan unumli foydalanishgan. Balki shuning uchundir ko'plab imo-ishoralar tilidan, dinidan, millatidan qat'i nazar tushunilaveradi. Bu xususida tilshunos olim V.N.Teliya shunday deydi:

Imo-ishoralarning tarjimoni bo'lmaydi. Paralingvistika so'z ma'nosining ochilishiga xizmat qilish bilan birga, ular tinglovchini o'ziga rom qilish xususiyati ham mavjud.

Natijalar va muhokama

Ko'rinadiki, imo-ishoralar so'z ma'nosi bilan birgalikda reallashadi. Shu jihatidan kelib chiqib, paralingvistik vositalar ham xilma-xil bo'lib, turli vaziyatda rang-barang kommunikativ vazifalar bajaradi. Nutq jarayonida fikr ifodalash uchun qarshilik qancha kuchli bo'lsa, paralingvistik vositalar shunchalik ko'p ishlatiladi. Imo-ishora, mimika, badan harakatlari, ovozdagi turli holatlar kommunikatsiyada ishtirok etuvchi qo'shimcha vositalar sanaladi va ular uzatish, mazmunan to'ldirish, aniqlik kiritish vazifalarni bajaradi. Kishi jonli so'zlashuv nutqida ma'lumotni qisqa va lo'nda ifodalashga, fikrning emotsionalligi va ta'sirchanligini oshirishda holat va sharoitdan kelib chiqib tilga yondosh bo'lgan noverbal vositalardan foydalanadi. O'zbekona aloqa-aralashuvda, ma'lum axborotni tinglovchiga yetkazish jarayonida

qo'l, bosh, yelka, gavda, yuz harakatlari, ovozning baland-pastligi, cho'ziq, to'xtatib talaffuz qilish orqali ham ma'lum ma'no ifoda etiladi. Shuni ta'kidlash joizki, noverbal vositalarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari turlichadir. Ular qo'l, yelka, lab, ko'z, qosh, gavda, bosh harakatlari orqali ifodalanadi. So'zlovchi ham, tinglovchi ham o'z nutqini va tinglash jarayonini paralingvistik vositalar - turli xil harakatlar, imo-ishoralar bilan birga olib boradi. Hatto kitob o'qiyotganda ham tinglovchi, ya'ni kitobxon goh qoshlarini chimiradi, goh jilmayib qo'yadi, gohida yuzida ajablanganlik belgilari sezilib turadi, gohi yig'laydi. Bularning barchasi paralingvistik vositalaridir.

Quyida biz paralingvistik vositalarning verbal tasvirini kuzatib chiqamiz.

1. Otabek Raxmatning so'zini ixlos bilan eshitdi va "sen nima deysan?" degandek qilib Homidga qaradi.(A.Qodiriy,"O'tkan kunlar")

Ushbu olingan misolda "tikilib qarash" ostida "sen nima deysan?" degan savol ma'nosi nazarda tutiladi va ijodkor buni chiroyli qilib ochib bergan.

2. - Bugun chiqarilsa kerak, borasizmi? - deb so'zladi Usmonov. - Ha, deb bosh qimirlatdi (U. Umarbekov).

Bunda bosh qimirlatish "rozilik, rizolik"ni ifodalab kelgan.

"Assalomu alaykum!" uning o'ziga xos talaffuz ohangi lisoniy, lingvistik vosita, qolgan barcha xatti-harakatlar, tana, qo'l harakatlari paralingvistik vositalardir. Masalan, Salomalaykum, xola. - A-lekum, bolam! - Opa qo'lini yengi ichiga tortib, yigit bilan ko'rishdi va uyga qarab: - Rasul - deb qo'ydi-da, Eshquvvatdan gina qildi (Sh.Xolmirzayev). - Assalomu alaykum, xonim, - dedi odob bilan. - Ziyoratlar qabul! Yaxshi keldingizmi? (O'. Hoshimov). - Assalomu alaykum, domla! - dedi Tursunboy yangicha shiddat bilan o'zini g'oz tutib. - Nima yana burga tepdimi?! (O'.Hoshimov).

O'ng qo'l kafti suhbatdosh tomonga ochilgan holatida tirsakdan pastki qismi(bilak qismi) tepaga bir marta ko'tariladi. Bu harakat suhbatdoshning harakatini to'xtatish uchun ishlatiladi, Harakatni davom ettirish inkor qilinadi. Verbal vositalardagi bo'lishsiz fe'lli inkor gaplarning kompensasiyasi bo'lib keladi, Ba'zan mazkur imo-ishora bilan birga, "bas qil", "etar", "to'xta" kabi verbal vositalar ham ishlatilishi mumkin.

Masalan, Ixtiyorsiz oldinga intildi-yu, bir nima demoqqa chog'landi, lekin maxdum o'ng qo'lini ko'tardi. - Bas! - dedi u. (M.Ismoiliy)

Bu harakat harakatning davom etishiga to'siq qo'yishni tasvirlovchi imo-ishoradan kelib chiqqan bo'lishi kerak.

1. Lablar cho'chchaytirilib, o'ng qo'l ko'rsatkich barmog'i bilan lab uchiga tekkiziladi. Bu harakat suhbatdoshning nutq harakatini inkor qilish uchun ishlatiladi. Ba'zan mazkur imo-ishoradan so'ng "jim", "gapirma", "churq etma" kabi verbal vositalar ham ishlatiladi.

Masalan: Ochil buva mo'ylovining bir uchi bilan kulib, labiga barmoq bosdi: «jim». (A.Muxtor)

Bu imo-ishora og'iz ochmaslik tasvirini ifodalashdan kelib chiqqan bo'lishi kerak

2. Hozir garchi etiket (adab) shakllari bo'lsa-da, muayyan harakatlar axborot uzatilgani sababli aloqa-aralashuvda noverbal vosita sifatida ahamiyatli sanaladi.

-Azizjonni aytayapsizmi? -Voy bechoraa-a! Yoshgina ediya! -Qachon? Birinchi bo'lib qorovul tog'a o'zini bosib oldi. «Xudo rahmat qilsin», deb yuziga fotiha tortdi.1

Paralingvistik vositalardan foydalanish fikrni suhbatdoshga etkazishdan tashqari adresant tomonidan adresatni boshqarib ham boradi. Insonning doimiy ravishdagi mashg'uloti uning jismiga, ruhiyatiga, demakki, muloqot xulqiga ham, albatta, ta'sir etadi. Shuning uchun ham har bir kasb egasining o'z lug'at boyligi, o'ziga xos so'zlash uslubi bo'ladi. Bundan tashqari, muloqot xulqi bevosita yosh bilan bog'liq jihatlari bilan ham xoslanadi. O'smirlarning gapirishi, tahsin aytishi, tanbeh berishi, uydirma to'qishi, gap ohanggi aql-hushini yig'ib olgan odamlarga yoqmaydi. Chunki ular baland ovozda, boz ustiga, bo'g'iq va noaniq ohangda, xuddi minoraning ichida turgan odamga o'xshab, bo'shliqqa qarab gapiradilar. Qolaversa, o'smirlarning aksariyat o'y-fikrlari o'zlarining hayotiy tajribalaridan kelib chiqmaydi, balki yon-atrofidagi o'y-fikrlari gap-so'zlarning, tahsinu-tanbehlarning aks-sadolari yoki nusxasi bo'ladi, xolos. Keksalik, qarilik chog'ida tovushda halimlik, yumshoq, ayrim hollarda esa dag'allik, nordonlik, kinoya paydo bo'ladi. Qanday bo'lishidan qat'i nazar, umuman, o'zbeklar tabiatida kamtarlik va kamsuqumlik, andisha va mulohazakorlik, qolaversa, inson ko'nglini har narsadan ustun qo'yishlik mavjuddir. Nutqda noverbal vositalarning qo'llanishi shaharlik ziyolilarga nisbatan qishloqda yashovchi kishilar nutqida o'z aksini yaqqolroq topadi. So'zlovchi tinglovchining holatini, nutq jarayoniga munosabatini uning ayrim xatti-harakatlaridan, yuzidan biladi. Adresantning jonli xatti-harakatlari, paralingvistik vositalari: ovoz tempi, qosh chimirishi, qo'l harakati, yuz ifodasi va hokazolar tinglovchi diqqatini o'ziga tortishi, adresantni zerikishdan saqlashga xizmat qiladi. Biroq paralingvistik vositalarning me'yordan ortiqchaligi ham zararli, chunki me'yordan ko'p xatti-harakatlar, imo-ishoralar tinglovchi diqqatini chalg'itadi, uni tinglovchiga emas, balki tomoshabinga aylantirib qo'yadi. Nutq o'z maqsadiga erishmaydi. Shuning uchun adresant (xususan, so'zlovchi, ya'ni ma'ruzachi) o'z nutqi mavzusi, uning tayanch tushunchalari, algoritm haqida o'ylaganda "ijro payti"dagi paralingvistik vositalarini ham o'ylab ko'rishi lozim. Suxandonlarning nutqida, san'atkorlarning nutqida boshqa shu kabilarning chiqishlarida ovoz tempi, o'quv tezligi, qo'l yoki bosh harakatlari, tana holati kabi paralingvistik vositalar nutq mazmuni, maqsadi, tinglovchi saviyasi va holati bilan muvofiqlashtiriladi.

XULOSA

1 O'.Hoshimov. So'qqabosh bevagina. - T., SHarq. 2008. 184bet.

Xulosa sifatida shuni aytish joizki, paralingvistik vositalar nutqni jonlantiruvchi, uning samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biri sifatida inobatga olinishi, o'rganilishi zarur. Tabiiyki, inson muloqot jarayonida o'zini qurshab turgan olam haqida axborot beribgina qolmay, balki predmetning tinglovchiga yoki o'zining xabar qilinayotgan predmetga bo'lgan munosabatini ifodalashga moyillik ham bildiradi. Munosabat ifodalashning verbal, noverbal va aralash vositalari ham mavjuddir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Nurmonov N. A. O'zbek tilining paralingvistik vositalari. - Andijon. 1980

yil.

2. Nurmonov.Tanlangan asaralar,3 jildlik.Toshkent, 2001-yil.

3. Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi - Toshkent, 2016-yil.

4. Aripova A. Notiqlik nutqining lisoniy-uslubiy vositalari: Filol. fan. nomz. diss. Toshkent, 2002.

5. Rizayev S. O'zbek tilshunosligida lingvostatistika muammolari. - Toshkent: Fan, 2006.

6. Hoshimov O'. So'qqabosh bevagina. - T.: Sharq, 2008.

7. Qo'ziyev, U. (2022). TILDA SOFLIK MASALASI. " Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning dolzarb muammolari" mavzusidagi onlayn konferensiyasi, 1(8), 76-78.

8. Qo'ziyev Umidjon Yandashaliyevich, Sobirova Madina Mahmudjon Qizi SO'Z O'ZLASHTIRISHDA AKKUMULYATSIYA HODISASI // SAI. 2022. №Special Issue 2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/so-z-o-zlashtirishda-akkumulyatsiya-hodisasi (gaTa oSpa^eHH^: 02.02.2023).

9. D. Nu'Monova, U. Qo'Ziyev Badiiy matnni lingvostatistik tomondan tahlil qilish // Oriental Art and Culture. 2020. №I (2). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/badiiy-matnni-lingvostatistik-tomondan-tahlil-qilish (gaTa oSparneHH^: 02.02.2023).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.