O'ZBEK MULOQOTIDA MUROJAATNING NOVERBAL SHAKLLARI Nizomova Zarifa Kamoliddin qizi
Namangan davlat universitet filologiya fakulteti II kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo. 7709335
Annotatsiya. Maqolada paralingvistik vositalar haqida qisqacha ma'lumot berilgan hamda ularning o'rganilish darajasi va ahamiyati ochib berilgan. Murojaatda noverbal shakllari ham keng tahlil qilingan. Shuningdek, lingvistik va nolingvistik aloqalar, ular o'rtasidagi o'zaro ta'sir va qarama-qarshiliklar , ma'lum ta'svirni yaratish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Muloqot jarayonida noverbal vositalarning xususiyatlar masalasi ham yoritilgan.
Kalit so'zlar: Noverbal muloqot, noverbal vositalar, noverbal shakl, lingvistik va nolingvistik aloqa, jestlar, imo-ishoralar.
NONVERBAL FORMS OF ADDRESS IN UZBEK COMMUNICATION
Abstract. The article provides a brief overview of paralinguistic tools and their level of study and importance. In the application, non-verbal forms are also extensively analyzed. Linguistic and non-linguistic and non-linguistic relations, interactions and contradictions between them, possibilities of creating a certain image are also discussed. The question of the characteristics of non-verbal means in the process of communication is also covered.
Key words: Nonverbal communication, nonverbal means, nonverbal form, linguistic and nonlinguistic communication, gestures, gestures.
НЕВЕРБАЛЬНЫЕ ФОРМЫ ОБРАЩЕНИЯ В УЗБЕКСКОМ ОБЩЕНИИ
Абстракт. В данном статье представлен краткий обзор паралингвистических средств, их уровня изученности и значимости. В приложении также подробно анализируются невербальные формы. Также обсуждаются языковые и внеязыковые отношения, взаимодействия и противоречия между ними, возможности создания определенного образа. Также освещается вопрос о характеристиках невербальных средств в процессе общения.
Ключевые слова: Невербальная коммуникация, невербальных средства, невербальная форма, языковая и неязыковая коммуникация, жесты.
Kirish
O'zbeklar muloqot odatida murojaatning bir qancha noverbal shakllari mavjud: qo'lini suhbatdosh yelkasiga (orqadan kelganda), qo'liga (yonma yon turganda) tekkizish, qo'l bilan niqtab ko'rsatish (ko'pchilikdan ajratish uchun), boshni ichki tomonga irg'ash(yoniga chorlash uchun) kabilar, shuningdek, bir qator lug'aviy ma'nosiz tovushlar tizimi (tamoq qirish, hushtak chalish...) hamda yuklamalar ham murojaatni ifodalay oladi: hey, huy, hoy, ey...kabi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, murojaatning bu shakllari mukammal muloqotda oqlanmaydi: mensimaslik, hurmatsizlik kabi pragmatik tus beradi. Masalan: " - Hoy, dedi u o'n qadamcha nariga borib qolgan Matqovul orqasidan. Matqovul to'xtadi. Mirshabning osilib turgan qovog'ini, yuzidan tomib turgan zaharini ko'rib, Matqovul allaqanday bo'lib ketdi...
-Bu yoqqa kel, - deb o'shqirdi mirshab, oldidagi katta odam emas-u, yosh boladek".(Mirzakalon Ismoiliy. Farg'ona tong otguncha.)
Bunday shakllar turlicha konsituatsiyalarda aktual bo'lgan holatlar ko'p uchraydi.
Quyidagi parchaga e'tibor beraylik: "Mingboshi gapni nimadan boshlashni bilmay yerga uzoq tikilib turdi. Keyin boshini og'ir ko'tarib G'ulomjonga qaradi. G'ulomjon so'z navbati o'ziga kelganini angladi." (Mirzakalon Ismoiliy. Farg'ona tong otguncha.) Bu konsituasiyada mingboshi
G'ulomjonga tuhmat qilgan va tuhmatini isbotlay olmagan. Uning G'ulomjonga so'z bermay iloji yo'q, biroq uning ismini aytgisi ham yo'q. Shuning uchun ko'z ifodasi bilan murojaat qilmoqda.
Yana bir holat: Shayxulislom cho'qqi soqolini ushlab, bosh chayqadi va go'yo saroy ahli eshitishini istamaganday:
-Dorussaltanatga qaytmoq darkor, onhazratim!- dedi sekin.
(Odil Yoqubov. "Ulug'bek xazinasi" romani)
Bu o'rinda shayxulislomning mudhish voqeaga bo'lgan ishorasi aks etgan.
Matnda nolisoniylikka bo'lgan lingvosentrik yondashuv mavjud bo'lib, u nolisoniy vositalarni lisoniy vositalar va ularning o'zgarishlari uchun to'ldiruvchi vositalar sifatida o'rganishni nazarda tutadi. Ushbu nuqtayi nazarni yirik tilshunos olimlar Emil Benvenist va Rey Berdvistellar rivojlantirdi. Rey Berdvistelning fikricha, tana harakatlari sistemasini oddiy tana harakatlari alifbosiga o'xshatish mumkin. Berdvistel ularni semiotik sistemaning tarkibiy qismlari - kinemalar va lisoniy gap, jumlalar qurilishi tamoyili bo'yicha tana harakatlarini birlashtirib turuvchi «jumlalar» deb nomladi. Ushbu farazni kamunum deyish mumkin: ko'p bosqichli sistema faqat tilning semiotik sistemasiga xosdir va harakatlarning ketma-ketligi, ekvivalent lisoniy jumla, shu bilan birga erkin semiotik belgining mohiyati haqida gapirish, mantiqsizdir. Axborotni imo-ishora va ohang vositalari orqali uzatish diskursli kontekstda amalga oshadi va ushbu vositalar alohida mustaqil ma'noni kam tashish xususiyatiga ega1.
Nolisoniy muloqotni o'rganish jarayonida mimika, imo-ishora va tana harakatlarini o'rganish tarixi, insonning imo-ishoralar, tana harakatlari, yuzi ifodalari, ko'zlarining harakati yordamida turli ruhiy holatlarini namoyon qila olishi, ularni nazorat qila olishi va boshqarishini asosiy muammo sifatida tadqiq qilish o'ta qiziqligi bilan diqqatni jalb etadi.
Muloqot ishtirokchilari uchun so'zlovchining ovozi va imo-ishoralari, yuz ifodalari, so'zlashuv jarayonida foydalanadigan so'z birikmasi ham muhimdir. Ushbu vositalar bilan ifodalangan hissiy ma'lumotlar intellectual jihatdan qo'shimcha bo'lib, har qanday aloqa jarayonining majburiy elementini ifodalaydi, ko'pincha bu jarayonni aniqlaydi. Insonning atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri muayyan hissiy bo'yoqqa ega. Muloqot jarayonida kommunikantlarning his-tuyg'ulari tabiiy ravishda namoyon bo'ladi2.
Hozirda lisoniy va nolisoniy muloqot, ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va ziddiyatlar hamda ma'lum bir imidjni yaratish maqsadida qaysidir odatiy imo-ishoralar va harakatlarni o'zgartirishga qaratilgan imkoniyatlarga doir masalalarni tadqiq qilish o'ta dolzabrdir.
Zamonaviy ilm-fanda tana tilini o'rganish tarixi, imo-ishoralarning batafsil tasnifi va ichki ruhiy holatning boshqa nolisoniy ko'rinishlariga oid tafsilotlar keltirilgan. Nolisoniy muloqot nutqni idrok qilish jarayoninig asosini tashkil etadi. Chunki notiqning nutqini nafaqat tinglashadi, balki uni muhokama ham qilishadi.
O'zbeklar muloqotida nafaqat gapiruvchining nolisoniy vositalari, balki tinglovchining nolisoniy vositalari ham muhim o'rin tutadi. Jonli suhbatda (dialog) bir-birlarini ko'rib turgan suhbatdoshlar uchun nolisoniy vositalar yordamida faol tinglash usullarining bir qancha variantlari mavjud, masalan:
1. Tinglovchi va manfaatdor kishi. Manfaatdor kishi stul suyanchig'iga suyanmay, oldinga suhbatdoshiga sal egilib o'tiradi. Suhbatdoshning yoshi katta bo'lsa, boshini egadi.
1 http://dissertations.tversu.ru/system/dissertations/theses/.
2 A^MegoB E.P. npoKceMHKaHHHr reHgepo^orHK xycycuaraapH. "Y36eKHCTOHga HŒMHH-aManHH Tag^HRora^ap" MaB3ycugaru pecny6^HKa 27-Kyn TapMO^^H himhh Maco^aBHH OH^aÔH KOH^epeHCHHCH. 35-37-6eraap
2. Suhbat mavzusiga qiziqib qolgan tinglovchi quloqlarini suhbatdoshiga yo'naltirib
o'tiradi.
3. Suhbat paytida boshqa ishlarga chalg'ishga yo'l qo'ymaslik kerak.
4.Tabassum-suhbatdosh bilan muloqot qiziqarli va ishonchli bo'layotganini ko'rsatadi.
Ushbu mulohazalarni umumlashtirish orqali «mukammal tinglovchi» qiyofasini chizish
mumkin. Mukammal tinglovchi yot va begona ishlarga chalg'imaydi, ular bilan mashg'ul bo'lmaydi ham, soatiga tinimsiz qarashdan o'zini saqlaydi, suhbatdoshi ko'zlariga bezor qiladigan, asablariga tegadigan darajada qaramaydi.
Bunday odamlar o'zini suhbatga qiziqayotgan, undan manfaatdor kishilardek qilib ko'rsatadi, suhbat jarayonida suhbatdoshiga juda qisqa, muxtasar savollar beradi, o'rinli hissiy (emotsional) hayajonlar, undashlar bilan javob beradi, o'z hayajonlarini bildiradi, hazillar bo'lganda, kuladi. Agarda muloqot jarayonida suhbatdoshlardan biri qo'lini og'ziga solsa, sochini tekislasa, tamoq qirsa va bir xil ishoralarni doimiy takrorlasa bu uning hurmatsizlik va madaniyatsizlik madaniyati xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi. Telefon orqali bo'layotgan muloqot jarayonida butun bir noverbal muloqotning ma'no yuki undovlar, tovushlar va boshqalar yordamida faol tinglash, eshitishga yuklanadi. Bunday holatlarda suhbatdosh imkon darajasida o'zini telefon oldida turganday, tinglayotganday va axborotlar mazmun-mohiyatini anglab, o'qib qabul qilayotganday qilib ko'rsatadi. Shu bilan birga u faol tinglash jarayonida suhbatdoshi gaplarini bo'lmasdan savollari, undov so'zlarini suhbat jarayonida gaplar orasida hosil bo'lgan to'xtamlar paytida berish bilan bir vaqtda his-hayajonlarini ham bildirishga intiladi.
Mukammal tinglovchining asl qiyofasiga qarab uning aksi bo'lgan nomukammal tinglovchi qiyofasini ham chizish mumkin. Nomukammal tinglovchi qiyofasini taxmin qilish oson. Bunday odam suhbatdoshini mutlaq sukut saqlab yoki boshqa narsalarga chalg'igan, o'z ishlari bilan band holda tinglashi mumkin. Bu esa suhbatdoshni ko'ngilsiz, noxush, yoqimsiz, sovuq, yomon, xunuk vaziyat - muloqotdagi noqulaylikka olib kiradi. Bunday noxush vaziyatda nomukammal tinglovchi bilan suhbatdosh yaxshi, chiroyli suhbat qura olmaydi, u bilan til topisha olmaydi, suhbatga torta olmaydi.
Nomukammal tinglovchining yoqimsiz xulq-atvorli bo'lishining sababi uning ushbu muloqotdan to'liq manfaatdor emasligi, o'z ishiga to'liq berilib ketishidir. Masalan, suhbat paytida u o'z kompyuterida o'ynashi, elektron pochtasini titkilashi, yoki ko'ngilochar saytlarni birma-bir ko'zdan kechirishi hamda shu vaqtning o'zida telefon orqali muloqotda bo'lishi mumkin. Telefon orqali suhbatda bunday tinglovchi muloqotning boshidan oxirigacha jim turishi (o'zining boshqa biror bir ishlari bilan mashg'ul bo'lishi), to'g'ridan-to'g'ri savol berilganda, noo'rin javob qaytarishi uning suhbatdan, unga berilayotgan savoldan hech qanday manfaat ko'rmayotganligini ko'rsatadi.
Mukammal tinglovchi strategiyasi bir qator sabablarga ko'ra manfaatli, foydaliroq.
Birinchidan, bunday tinglovchi o'z suhbatdoshida yoqimli hislarni qoldiradi va shu bilan birga u bilan muloqotga kirishish qulay va yoqimli bo'ladi, demak, muloqotni bemalol suhbatlashib davom ettirish istagi paydo bo'lishi ham mumkin.
Rasmiy ish muloqoti doirasida olib borilgan suhbatning foydali natijasi, so'zlashuvchi fazilatlari, shaxsiy jozibasi, xususan tinglay bilish madaniyatiga bog'liqdir. Mukammal tinglovchi muvaffaqiyatga erishishning ko'plab imkoniyatlariga ega. Ushbular kasbiy muloqot -xizmat doirasidan kelib chiqib, ko'plab odamlarni qabul qilish, ularga xizmat ko'rsatish va ular bilan bevosita ishlash vakolatiga ega bo'lgan ma'lum bir kasb egalari: tibbiyot, ta'lim, ishonch xizmati xodimlari va boshqalarga ham taalluqlidir.
O'zbek xalqida og'zaki bo'lmagan muloqotni haddan tashqari va izchil ishlatish va bunday ramziy imo- ishoralar insonning ijtimoiy va madaniy holat kambag'al, past ekanligini ko'rsatadi. Shuning uchun bunday odamlar kamdan- kam hollarda yaqin atrofdagi odamlar bilan chiqishib keta olishadi va ularni ommaviy axboratlarda deyarli uchratmaysiz.
Faol tinglash shaxslararo muloqotda ham foydalidir. Chunki odam o'z diqqat-e'tibori va suhbatdan manfaatdor ekanligini namoyish qilishi orqali ko'plab do'stlar orttiradi, nomukammal, ya'ni diqqat-e'tiborsiz, qiziqishlari yo'q tinglovchidan ko'ra muloqot orqali yoqimli tanishuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshiradi.
O'zbek xalqidagi kasbiy ishlarda ham noverbal vositalarnong o'rni juda katta ro'l o'ynaydi. Masalan: o'qituvchilik kasbida ustoz o'quvchilarga yanfi mavzuni tushuntirib berayotgan vaqtda pedagogik mahoratga albatta, e'tiborli bo'lgan holda o'quvchilarga teskari bo'lmagan holatda, qo'llari bel sohasidan pastlamagan va yelka qismidan ko'tarilmagan holda mavzuni yoritish kerak. Shu jarayonda biror o'quvchisiga tanbeh bermoqchi bo'lsa, ko'z harakatlaridan yoki ovoz tonini ma'lum miqdorda ko'targan holatda anglatib o'tadi. Hozirgi vaqtda o'qituvchi o'quvchilarni faniga qiziqtirish uchun quyidagi noverbal vositaga oid so'rovnomalardan foydalanmoqda:
Tibbiyot sohasida noverbal vositalarning o'rni ham o'ziga xos xususiyatlarni o'zida kasb
etadi.
Bemor butunlay kasal bo'lganida, hamshira u bilan muloqotga kirishadi, unda psixologik jihatdan motivatsiya berishga harakat qiladi. Agar hamshira bilan bemor bir jins vakillari bo'lsa, qo'llar orqali yupatib teginishi, pediatriyada chaqaloqlar baland ovozda yig'laganda, hamshira ularni muloyimlik bilan silashi mumkin va natijada bolalarda sevgi,xavfsizlik kabi tuyg'ular paydo bo'ladi.
Reklamalar- o'zbek reklamalarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, oziq-ovqatlar asosan islom dinidan kelib chiqqan holda reklama qilinadi. Masalan: "To'xta Niyoz " ota nomli
dudlangan go'shtning qadog'ida va reklamasida holollikni bildirish uchun molni rasmi tushirilgan bo'ladi.
Telefon orqali suhbatlarda murojaatni ifodalovchi o'ziga xos imo-ishoralar bo'lmaydi.
Ayrim tadqiqot ishlarida muloqot jarayonida imo-ishoralarning nimalarga qodirligi ko'rsatib berilgan:
Imo-ishoralardan tashqari, nolisoniy muloqotda supersegment birliklardan biri -ohangning qo'llanishi ham muhim ahamiyatga ega.
Kommunikativlik ohangning birinchi va asosiy vazifasidir. Ohang yordamida jumlalarning maqsadlari aniqlashadi. Demak, ohang jumlalarni maqsadiga ko'ra - savolni javobdan, tasdiqdan va boshqalardan farqlashga imkon beradi. Bunda jumladagi u yoki bu sintagmani ohang yordamida mantiqan ajratgan lahza, payt o'ta muhimdir.
Diqqat, diqqat!-hovliqib, xirillab gapira boshladi Hayitvoy,-o'g'rini qidiryotganlar diqqatiga. Hozirgina qochgan bola 12-13 yoshlarda edi. ( Xudoyberdi To'xtaboyev. "Sariq devni minib" romani).
Ohangli ajratmani aniqlash va boshqa shunga o'xshash hodisalardan chegaralash, ajratish murakkab jarayondir. Ma'lumki, ohang bilan so'zni ajratish holati jumla ichida fikrni bayon qilish doirasida ro'y beradi. Fikr bayonida urg'uning vazifalari lisoniy birliklarsiz amalga oshmaydi, ya'ni tilning barcha sathlariga tegishli birliklar ohang funksiyalarining amalga oshishini ta'minlaydi. Jumlada axborotning ohangli ajratilishi uch xil toifadagi hodisalar - ohangli markazning mavjudligi, sintagmatik bo'linish va mantiqiy urg'u bilan bog'liq. Ularning har biri ohangli ajratma uchun vosita bo'lishi mumkin, biroq uni to'liq ajratmaydi. O'zbeklar muloqotning tabiati - institutsional, maishiy ekanligi, muloqot qatnashchilarining gender, ijtimoiy, yoshga oid farqlariga ko'ra turlicha ohang tanlaydilar. Baland ovozda gapirish deyarli barcha muloqot turlarida salbiy baholanadi.
Gapda axborot nafaqat ohang yordamida, balki leksik jihatdan ham ajratilishi mumkin. Ushbu holatda ham nolisoniy vositalarning qo'llanishi ahamiyatga ega. Axborotning leksik jihatdan ajratilishi albatta, ohang ishtirokida hamohang tarzda amalga oshadi. Aktual bo'linish bir gapning boshqa gapga bog'lanishini ta'minlaydi va gapning asosiy vazifasini - mazkur axborot negizida yangi axborotni kiritishni amalga oshiradi. Chex tilshunosi V.Matezius tomonidan kiritilgan gapning ma'lum (tema) va yangi axborot (rema)ga ajralishi3 har doim ham ohangli ajratmaga mos kelavermaydi.
Gapning remasi har doim ham gapiruvchi nazdida o'ta muhim bo'lavermaydi. Biroq remaning o'zi gapning ohang bilan ajratilgan tarkibiy qismi, mantiqiy urg'u tashuvchisi, ayrim hollarda esa lug'aviy vositalar yordamida ajratilgan elementdir. Aktual bo'linish gapning ma'noviy shakllanganligi hamda uning keyingi gaplarga bo'lgan munosabatini belgilab beradi.
Shunday qilib, ohangli ajratma tovushiy (intonasion) shakllanganlik, aktual va lug'aviy bo'linish bilan chambarchas bog'langan. Ammo na ushbu hodisalardan biri va na hammasi birgalikda, jamlangan holda ohangli ajratmaga o'xshamaydi, u bilan bir xil emas.
Ohangli ajratma - vaziyat mahsuli, natijasi emas, balki o'qish uchun kod hisoblanadi. Ushbu holatda uning o'ziga xosligini olamning lisoniy manzarasiga, olamning til yordamida bo'linishiga qiyoslash mumkin. Arablar tilida tuyaning ko'plab nomlarining mavjudligi ushbu
3 Матезиус В. О так называемом актуальном членении предложения // Пражский лингвистический кружок: Сб. статей. - М., 1967. - С. 239-245.
xalq yashaydigan joylarda tuyalarning xili ko'p degan ma'noni bildirmaydi. Aksincha, ushbu hayvonning o'sha xalqning moddiy va ma'naviy madaniyati uchun o'ta muhimligini ko'rsatadi.
Xuddi shunday, ohangli ajratma ham mazkur vaziyatda obyektiv jihatdan markaziyligi uchun emas, balki gapiruvchi uni markaziy deb tan olganligi uchun vujudga keladi. Aynan shuning uchun «ohang bilan ajratilgan - ohang bilan ajratilmagan» dixotomiyasi «ma'lum - yangi» yoki «markaz - chekka (periferiya)» dixotomiyasiga to'g'ri, mos kelishi mumkin, lekin hech qachon uni zaiflashtirmaydi.
Axborotning farqlovchi (distinktiv) funksiyasi ohang yordamida so'zlarning bo'linishi, ajralishi va so'zning chegaralari belgilangan lahzada namoyon bo'ladi. Shunga o'xshash gapning aktual bo'linishi va uning ohangli (tovushiy) konturi o'rtasidagi aloqa ma'lum bir o'ziga xos sathning alohida lisoniy birligi sifatida anglashilishi mumkin yoki agar Lui Yelmslev atamalaridan foydalanib aytadigan bo'lsak, bu - ikki funksiyali vazifa, ya'ni ohang va tema-rematik shakllanishdir.
Аdabiyotlar:
1. Искандарова Ш. Узбек нут; одатининг мулокот шакллари: Филол. фан. номз. ...дисс. -Самарканд, 1993. - Б.105.
2. Выготский Л.С., Лурия А.Р. Этюды по истории поведения. - Москва, 1993. - С.93-95.
3. Тоирова Г. Узбек нуткий мулокотида системавийлик ва информативлик: Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) дисс. - Тошкент, 2017. - Б.42.
4. НурмоновА. Ta^ram^ aсaрлaр III жилдлик .Гжилд . T.2012.- С.213.
5. Юшман Н.В. Экстранормальная фонетика. 1930-х гг. [49,165 с.]
6. НурмоновА. Taнланган aсaрлaр III жилдлик .Пжилд . T.2012.- С.40.
7. ^аранг: Kolshanskiy G.V. Paralingvistika.-Mосква.:Nauka, 1974.-S.6.
8. ^аранг: Горелов И.Н. Невербальные компоненты коммуникациию- Москва:Книжный дом "ЛИБРОКОМ", 2009.-112c.
9. ^аранг: Гаръкавец С.А. Тактилъно-кинестетическая система человека и ее ролъ в межличностной коммуникации:[учебное пособие по психологии невербального общения].-Луганск:Ноулидж, 2012.-184c.
10. Верещагин Е.М. О своеобразии отражения мимики и жестов вербальными средствами. Вопросы языкознания [Текст] / Е. М. Верещагин, В. Г. Костомаров. - М.: Наука № 1, 1981. - С. 36 - 47
11. Горелов В. И. Стилистика китайского языка [Текст]/ В. И. Горелов. -М. : Изд-во военного института, 1974 - 132 с.
12.Экман, П. Узнай лжеца по выражению лица. - Спб.: Питер, 2010.-C.39
13. Гайдаров А. Коннотатив маънонинг фонетик воситаларда ифодаланиши: Филол. фан. номз. ...дисс.- Тошкент, 2009.-Б.136.
14. Тоирова Г. Узбек нуткий мулокотида системавийлик ва информативлик: Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) дисс.-Тошкент, 2017.-Б.157.15Дахаров Узбек ва немис нуткий этикетларининг киёсий тадкики: Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) дисс.- Андижон, 2017.-Б.157.
15. Ахмедов Б.Р. Проксемиканинг гендерологик хусусиятлари. "Узбекистонда илмий-амалий тадкикотллар" мавзусидаги республика 27-куп тармокли илмий масофавий онлайн конференсияси.
16. Исмоилов Х.Т. Суд лингвистикасининг социолингвистик ва психолингвистик аспектлари (Жиноят ишлари буйича суд мажлиси.