Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
NUTQNING PARALINGVISTIK VA EKSTRALINGVISTIK VOSITALARI
HAQIDA MULOHAZALAR
Nursulton Shayxislamov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'quv-uylubiyot departamenti o'quv ishlari
bo'yicha inspektori
Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning yo'nalishi bo'lgan sotsiolingvistikaning bir qismi - nutqning paralingvistik va ekstralingvistik vositalari haqida ma'lumot beriladi. Ularning o'zbek tiliga ta'siri xususida fikr va mulohazalar yuritiladi.
Kalit so'zlar: sotsiolingvistika, paralingvistik vositalar, ekstralingvistik vositalar, kontekst, nutq jarayoni, lisoniy vositalar, muloqot, nutq maqsadi, paralingvistik vositalarda me'yor
REVIEWS OF PARALINGUISTIC AND EXTRALINGUISTIC MEANS OF
SPEECH
This article provides information on the paralinguistic and extralinguistic means of speech, a part of sociolinguistics that is a branch of modern linguistics. There are opinions and comments about their impact on the Uzbek language.
Keywords: sociolinguistics, paralinguistic tools, extralinguistic tools, context, speech process, linguistic tools, communication, purpose of speech, norms in paralinguistic tools
Sotsiolingvistika til va jamiyatning ijtimoiy munosabatlarini o'rganuvchi tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlaridan biri sanaladi. Tabiiyki, til nutq orqali ro'yobga chiqadi. Nutq esa emotsionallikni talab qiladi. Shularni e'tiborga olgan holda nutq paralingvistik va eksrtalingvistik vositalardan foydalanadi.
Ekstralingvistik vositalar deganda bevosita lisoniy birliklar (fonemalar, morfemalar, leksemalar, grammatik qoidalar va qonuniyatlar, uslubiy vositalar)ga borib taqalmaydigan barcha vositalar kiradi. Jumladan, kontekst, nutq sharoiti, tinglovchi va so'zlovchi saviyasi, nutq jarayonida ularning xatti-harakatlari, qolaversa, nutq maqsadi - barchasi ekstralingvistik, lisoniy birliklardan tashqari, vositalardir.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Paralingvistik vositalar ekstralingvistik hodisalarning bir turi bo'lib, nutq jarayonida lisoniy birliklarga hamroh bo'ladigan vositalarni atab keladi. Chunonchi, biz birovga salom berar ekanmiz, odob nuqtayi nazaridan qo'lni ko'ksga qo'yib, boshni sal egib, ta'zimga yaqin harakat qilib salom berishimiz - o'zbek urfi. Shunda, albatta, "Assalomu alaykum!" iborasi ishlatilishi zarur. Mana shu salom berish jarayonida "Assalomu alaykum!", uning o'ziga xos talaffuz ohangi lisoniy, lingvistik vosita, qolgan - bu iboraga hamroh belgi-harakatlar, tana holati paralingvistik vositadir.
O'zbek tilshunosligi 90-yillarga qadar, asosan, sotsial tilshunoslik yo'nalishida rivojlanganligi sababli paralingvistik va ekstralingvistik vositalarni nolingvistik, nolisoniy hodisalar sifatida mutlaqo o'rganmas edi. Keyingi davrlarda jahon tilshunosligida sotsiolingvistik tadqiqotlarning salmog'i osha borishi ta'sirida o'zbek nutqining paralingvistik vositalariga ham e'tibor berila boshlandi. Bu yo'nalishda Siddiq Mo'minov, Sharifa Iskandarova, Ma'murjon Saidxonov kabilarning tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Umuman olganda, o'zbek nutqiy muloqotida paralingvistik va ekstralingvistik vositalar o'z tadqiqotlarini kutib turgan masalalardan biridir.
So'zlovchi ham, tinglovchi ham o'z nutqini va tinglash jarayonini paralingvistik vositalar - turli xil harakatlar, imo-ishoralar bilan birga olib boradi. Hatto kitob o'qiyotganda ham tinglovchi, ya'ni kitobxon goh qoshlarini chimiradi, goh jilmayib qo'yadi, gohida yuzida ajablanganlik belgilari sezilib turadi, gohi yig'laydi. Bularning barchasi paralingvistik vositalardir.
O'zbek erkak kommunikantlari uchun xos bo'lmagan paralingvistik vositalar sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
• Qosh uchirib, chimirib gapirish;
• Noz qilishni ifodalovchi ko'z suzish;
• Sababsiz og'izni to'sib gapirish;
• Hayronlik, bexabarlik, mensimaslik ma'nosida lab burish;
• Achinish ma'nosida tilini tishlab, boshini qimirlatish;
• Jimjiloqni labiga tekizib, uyalib yerga qarab turish;
• Ko'rsatkich barmoqni iyakka qo'yib o'y surish;
• Kommunikant bilan o'ta yaqin (50-60 santimetrdan qisqa) masofada turib so'zlashish va boshqalar.
O'zbek ayol kommunikantlari uchun xos bo'lmagan paralingvistik vositalar sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
• Kommunikantning yuziga tik boqib turib gapirish (tinglash);
• Qo'lini arra (paxsa) qilib gapirish;
• Qo'lini "chars" etkazib urib, siltab, mahkam qisib, tortib ... so'rashish;
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
• Bosh barmoqni orqaga qayirib "men" ma'nosida ko'kragiga ishora qilish;
• Baland ovozda "xo-xo"lab kulish;
• Muhabbat izhori ma'nosida "do'st" deb ko'krakka urish.
Paralingvistik vositalar muloqot xulqiga kommunikantlarning jinsiga xosligi bilan birga, ularning muloqot xulqida o'ziga xosligini ko'rsatadi. Ayniqsa, o'zbeklar muloqot xulqida paralingvistik vositalarning faol qo'llash ularning muloqot xulqi uchun xos bo'lgan muhim belgilaridan biridir.
Paralingvistik vositalarning milliy o'ziga xosliklari, muloqot aktidagi o'rni bilan bog'liq jihatlari to'g'risida fikrlar bildirilgan bo'lsa-da, hozircha maxsus tadqiq etilmagan.
So'zlovchi tinglovchi holatini, nutq jarayoniga munosabatini uning ko'zlaridan, yuzidan biladi. Adresantning jonli xatti-harakatlari - paralingvistik vositalari: ovoz tembri, qosh chimirishi, qo'l harakati, yuz ifodasi va h.k.lar tinglovchi diqqatini unga tortishga, adresatni zerikishdan saqlashga xizmat qiladi. Haqiqiy notiq eng fojiaviy voqeani tasvirlashda tinglovchini yarim saot ichida uch marta jilmayishga majbur qilishi shart. Aks holda tinglovchi charchaydi, nutq, muloqot o'z maqsadiga erishmaydi.
Lekin paralingvistik vositalarning me'yordan ko'pligi ham zararlidir, me'yordan ko'p xatti-harakatlar, imo-ishoralar tinglovchi diqqatini chalg'itadi, uni tinglovchiga emas, balki tomoshabinga aylantirib qo'yadi. Nutq o'z maqsadiga erishmaydi. Shuning uchun adresant (xususan, o'qituvchi va ma'ruzachilar) o'z nutqlari mavzusi, uning tayanch tushunchalari, algoritmi haqida o'ylaganda "ijro payti"dagi paralingvistik vositalarni ham o'ylab ishlatishlari lozim.
Ko'p hollarda notiqlarning nutqi matnida (advokatlarning sudda chiqishlarida, ma'ruzachilarning, artist-deklamatorlarning nutqida) ovoz tembri, o'qish tezligi, qo'l yoki bosh harakatlari, tana holati kabi paralingvistik vositalar nutq mazmuni, maqsadi, tinglovchi saviyasi va holati bilan muvofiqlashtiriladi. Shuning uchun paralingvistik vositalar nutqni jonlantiruvchi, uning samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biri sifatida hisobga olinishi, o'rganilishi va ommalashtirilishi lozim.
1. Ne'matov H., Jo'rayeva B. Sotsiolingvistika. Buxoro, 2004
2. Usmonova Sh., Iskandarova G. Sotsiolingvistika. Toshkent, 2014
3. R.Rasulov. Umumiy tilshunoslik (oliy ta'lim muassasalkarining bakalavriat talabalari uchun darslik). Toshkent - 2012.
4. Shayxislamov, N. (2021). TOPONIMIK KONVERSIYA HAQIDA TUSHUNCHA. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(1), 73-77.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
5. Шайхисламов, Н., & Шайхисламова, Р. (2022). ПРЕЗЕНТАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯСЫ ЖЭНЕ ОНЫ ЭДЕБИЕТ САБА^ТАРЫНДА ^ОЛДАНУ ЭД1СТЕМЕС1. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(5), 339-345.
6. Шайхисламов, Н., & Шайхисламова, Р. (2022). ГРАММАТИКАЛЫЩ ТАЛДАУ ЭД1С1 АР^ЫЛЫ АНА Т1Л1Н О^ЫТУДЫЦ ТИ1МД1Л1КТЕР1. Scientific progress, 3(5), 134-139.
7. Шайхисламова, Р. Б. (2022). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ЖАНРА КОМЕДИИ В МИРОВОЙ ЛИТЕРАТУРЕ. Scientific progress, 3(7), 28-31.
8. Туляганова, Р. Б. (2022). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ЖАНРА КОМЕДИИ В МИРОВОЙ ЛИТЕРАТУРЕ. Scientific progress, 3(Special Issue 1), 55-60.
9. Туляганова, Р. (2022). ЗЛОБОДНЕВНЫЕ И ВЕЧНЫЕ ПРОБЛЕМЫ В РОМАНЕ М. БУЛГАКОВА «МАСТЕР И МАРГАРИТА». Scientific progress, 3(Special Issue 1), 61-67.
10. Шайхисламова, Р. Б., & Сергеева, Э. С. (2022). ФОРМИРОВАНИЕ «ВЕЧНЫХ ТЕМ» В ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ДРАМАХ АН ОСТРОВСКОГО. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 302-309.
11. Shayxislamov, N. (2021). JOY NOMLARINING PAYDO BO 'LISHI TO 'G 'RISIDA MULOHAZALAR. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(2), 60-63.
12. Shayxislamov, N. (2021). OT SO 'Z TURKUMIDA METONIMIYA HODISASI. Scientific progress, 2(6), 1883-1888.
13. Шайхисламов, Н. (2021). ТИЛДА ЛАКУНА МУАММОСИ ВА УНИНГ ЕЧИМИ. Scientific progress, 2(7), 1285-1290.
14. Шайхисламов, Н. (2021). УЗБЕК ТИЛИ АССОЦИАТИВ ЛУГАТИНИНГ ТУЗИЛИШИ ТУГРИСИДА МУЛОХДЗАЛАР. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(1), 20-25.
15. Shayxislamov, N. (2021). JAHON LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASIDA TARKIBIY QISMLAR MASALASINING O 'RGANILISHI. Scientific progress, 2(5), 333-337.
16. Шайхисламова, Р. (2022). ПОНЯТИЕ ЗЛОБОДНЕВНОГО И ВЕЧНОГО В СОВРЕМЕННОЙ ЛИТЕРАТУРЕ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(7), 39-42.
17. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2022). AKADEMIK LITSEYLARNING MUTAXASSISLIK YO 'NALISHLARIDA ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(4), 296-300.