Научная статья на тему 'IJTIMOIY ODOB-AXLOQ MEʼYORINI IFODALOVCHI PARALINGVISTIK VOSITALARNING LINGVOMADANIY TADQIQI'

IJTIMOIY ODOB-AXLOQ MEʼYORINI IFODALOVCHI PARALINGVISTIK VOSITALARNING LINGVOMADANIY TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
157
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axloq / odob-axloq me'yorlari / verbal kommunikatsiya / noverbal vositalar / paralingvistika. / ethics / etiquette norms / speech communication / non-verbal means / paralinguistics.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Kurbanov, D. Nabiyeva

Mazkur maqola muloqotda ijtimoiy odob-axloq me'yorlarini ifodalovchi paralingvistik vositalarning lingvomadaniy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, noverbal muloqotda foydalaniladigan urf-odatlar tizimi xalqning milliy madaniyatini dunyoga tanitishda ham muhim oʻrin egallashi ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC STUDY OF PARA-LINGUISTIC MEANS EXPRESSING THE NORM OF SOCIAL ETHICS

This article is devoted to the linguoculturological analysis of paralinguistic means expressing the norms of social etiquette in communication.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY ODOB-AXLOQ MEʼYORINI IFODALOVCHI PARALINGVISTIK VOSITALARNING LINGVOMADANIY TADQIQI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

IJTIMOIY ODOB-AXLOQ ME'YORINI IFODALOVCHI PARALINGVISTIK VOSITALARNING LINGVOMADANIY TADQIQI Kurbanov Muzaffar Abdumutalibovich,

filologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) Nabiyeva Diyora Baxodir qizi

lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7158758

Annotatsiya. Mazkur maqola muloqotda ijtimoiy odob-axloq me'yorlarini ifodalovch paralingvistik vositalarning lingvomadaniy tahliliga bag 'ishlangan bo'lib, noverbal muloqotda foydalaniladigan urf-odatlar tizimi xalqning milliy madaniyatini dunyoga tanitishda ham muhim o'rin egallashi ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: axloq, odob-axloq me'yorlari, verbal kommunikatsiya, noverbal vositalar, paralingvistika.

ЛИНГВИСТИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ ПАРАЯЗЫЧНЫХ СРЕДСТВ, ВЫРАЖАЮЩИХ НОРМУ СОЦИАЛЬНОЙ ЭТИКИ

Аннотация. Данная статья посвящена лингвокультурологическому анализу паралингвистических средств, выражающих нормы социального этикета в общении.

Ключевые слова: этика, нормы этикета, речевое общение, невербальные средства, паралингвистика.

LINGUISTIC STUDY OF PARA-LINGUISTIC MEANS EXPRESSING THE NORM OF

SOCIAL ETHICS

Abstarct. This article is devoted to the linguoculturological analysis of paralinguistic means expressing the norms of social etiquette in communication.

Keywords: ethics, etiquette norms, speech communication, non-verbal means, paralinguistics.

KIRISH

Axloq deganda jamiyatda ko'p asrlar davomida shakllangan va unda shaxsning to'g'ri rivojlanishiga xizmat qiladigan xulq-atvor normalari, axloqiy qadriyatlar, asoslar, buyruqlar va ko'rsatmalar ham tushuniladi. Jamiyatda belgilangan me'yorga zid bo'lgan xatti-harakatlar sodir etilganda, axloqsizlikka yo'yiladi. Shuning uchun axloqiy me'yorlar orasida avloddan-avlodga o'tib kelayotgan urf-odatlar, uzoq vaqtlardan buyon davom etib kelayotgan xatti-harakatlarga akohida e'tibor qaratiladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Aytish joizki, har bir xalqning madaniyati, ma'naviyati va urf-odati ularning umuminsoniy qadriyatlarga, jahon tamadduniga qo'yishgan hissasi bilan belgilanadi. Nafaqat Sharqda, balki butun jahonda qadimiy millatlardan biri bo'lgan o'zbek xalqining milliy madaniyati uzoq tarixga ega. O'zbeklarning har bir harakati, holati asrlar davomida katta hayotiy tajribadan o'tganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko'ra, o'zbek muloqotida qo'llanadigan har bir noverbal vosita xalqning dunyoqarashi, xarakteri, madaniyati, ma'naviyati, fikrlash qobiliyati, kayfiyati va suhbatidan ko'zlangan maqsadlarini batamom ochib berishga xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, insonning nima demoqchi ekanligi har bir harakatidan, yuz-ko'zidan bilinib turadi.

TADQIQOT NATIJALARI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bilamizki, verbal kommunikatsiya muomala jarayonida odamlar haqida axborot olish, ularga baho berishda asosiy vositalardan biridir, ammo olimlarning ta'kidlashlaricha noverbal belgilar - mimika, vizual aloqa (ko'z kontakti), muomalaning masofa va vaqt o'lchamlari, jestlar, tana harakatlarini o'qiy olish samarali muloqotning muhim shartidir. Shu bilan birga, noverbal vositalar milliy madaniyat, urf-odat va qadriyatlarni saqlab qolishning eng qulay vositasidir. U kelajak avlodga oddiy so'z bilan ta'riflab bera olmaydigan o'ta nozik muloqot shakllarini yetkazib berishga xizmat qiladi. Qolaversa, musiqa, teatr, haykaltaroshlik, rassomlik, she'riyat, naqqoshlik kabi san'at turlarini tushunish, ularning sir-asrorlarini anglab yetishda noverbal vositalar muhim halqa vazifasini o'tamoqda. Shu bois noverbal vositalar tilshunoslar qatori sotsiologlar, psixologlar, madaniyatshunoslar, faylasuflar, san'atshunoslar, tarixchilar, adabiyotshunoslar va boshqa soha vakillarining tadqiqot ob'ektiga aylandi.

Noverbal vositalarga har bir madaniyat o'z izini qoldiradi, shuning uchun ham butun insoniyat uchun umumiy bo'lgan me'yorlar yo'q. Boshqa mamlakatlarning tilini o'rgangan kabi uning noverbal tilini o'rganish ham zarurdir. Masalan, T.Nikolayeva asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib o'tayotgan milliy urf-odat va madaniyatni huddi til kabi tadqiq qilish lozimligini uqtiradi.

Nurmonovning aytishicha, bir tilda gaplashuvchi xalq vakilining ikkinchi tilda gaplashuvchi xalq ichida ham erkin muomala qila olishi uchun bu xalqning tilini mukammal bilish bilan birga uning muomala madaniyati, urf-odati, imo ishoralarning xarakterli tomonlarini ham chuqur o'rganish lozim. Jahondagi xalqlar o'rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi bularni o'rganishga ehtiyojning yanada ortishiga olib kelmoqda.

Noverbal signallarning qimmati shundaki, ular beixtiyor, ongsiz ravishda yuzaga keladi va so'zdan farqli o'laroq, doimo haqiqiy tuyg'ularni aks ettiradi. Noverbal xatti-harakatlar milliy va madaniy asosga ega. Har bir millat, mamlakat kishilari o'z madaniy, milliy xususiyatlariga mos ravishda yurish- turish, turli imo-ishoralar, tana harakatlari mimikalardan iborat bo'lgan noverbal vositalar tizimiga egadir. Birgina keng tarqalgan qo'l berib so'rashish harakatini har bir millat vakillari turli usullar bilan amalga oshiradi. Masalan, Rossiyada jamoa otasida faqatgina bir inson bilan alohida qo'l berib so'rashish mumkin bo'lsa, Bolgariyada butun jamoa a'zolari bilan birma-bir salomlashib chiqishga to'g'ri keladi. Ammo, Frantsiya va Italiyada uzatilgan qo'lingizni albatta siqishadi, Angliyada esa cho'zilgan qo'lingiz "havoda muallaq qolib ketishi" mumkin. Afrika va Yaqin Sharq xalqlarida suhbatdoshga teginib gaplashish muloqotning zarur sharti bo'lib hisoblansa, yapon muomala madaniyatida bevosita yaqin aloqa maqbul ko'rilmaydi. Shuni e'tiborga olish lozimki, har qanday mamlakatda shoshqaloqlik bilan qo'l uzatish mahqullanmaydi.

MUHOKAMA

Yuqorida berilgan fikr-mulohazalarni umumiylashtirish, qiyoslash va tahlil qilish orqali, turli millatlar noverbal muloqotida mavjud noverbal vositalar yordamida xalqlarning milliy-madaniyati, dini va ijtimoiy-siyosiy turmush-tarzini belgilab beruvchi urf-odat va adab shakllarini quyidagi 7 ta guruhga ajratish tavsiya qilindi:

a) milliy urf-odatlar - ayni bir millatga tegishli bo'lgan rasm-rusum va adab shakllari (milliy kiyinish, milliy raqs, mehmonga dasturxon yozish, uni yuqoriga o'tkazish, eshik oldida kutib olish, vilkani chap qo'lda ushlash, taom tanovul qilishni kattadan boshlash va boshqa).

Masalan:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbek tilida: - Juda yaxshi, qani yuqoriga chiqing, mehmon, - dedi. Otabek rahmat aytib joyidan qo'zgalmadi. Usta Farfi uni yana bir qat ko'zdan kechirib olg'ach, cho'k-kalashini buzib chordana qurib oldi. (Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar).

Turk tilida: - Allah'a, Kur-an'a, Vatana, Bayraga yemin olsun. (Sari I. Ülkücü §iirleri).

Ingliz tilida: - The man was still silent, but suddenly he bowed down almost to the ground, touching it with his finger. 'What is it?' cried Raskolnikov. (Dostoevsky F. Crime and Punishment).

b) madaniy urf-odatlar - jamiyatda insonning boshqalarga o'rnak bo'ladigan va doimiy bajariladigan madaniy, axloq harakatlari va adab shakllari (hurmat o'rnida o'ng qo'lini ko'ksiga qo'yib salom berish, otliqning piyodaga birinchi salom berishi, salomlashganda shlyapasini yechish va boshqa).

O'zbek tilida: - Temurbek otdan irg'ib tushdi va qo'llarini ko'ksiga qo'yib bu yerda turganlarga ta'zim qildi. (Ahmedov B. Amir Temur).

Turk tilida: - Sonsuz bir keyifle gördüm ki ge9it alayi kenarda §apkasini 9ikarmi§ saygiyla selam veren Goethenin yanindan ge9ti. (Büke A. Beethoven).

Ingliz tilida: - He approached the other door, and taking off his hat respectfully, said, "Madame, will you permit me to offer you my services? (Dumas A. The Three Musketeers).

d) diniy urf-odatlar - inson yoki jamoaning o'z diniy qarashlari va me'yor talablari asosida bajariladigan rasm-rusum va amallari (musulmon olamida har bir ezgulik uchun duo qilish xislati, barcha dinlarda bo'lgani kabi taom tanovul qilishdan avval minnatdorlik amallari va boshqa).

O'zbek tilida: - Mariyaga darrov boshdan-oyoq musulmoncha kiyim kiydiradilar, namozni, har xil duolarni va qur'ondan bir necha surani yod o'qishga o'rgatadilar. (Oybek. Qutlug' qon).

Turk tilida: - Beni affediniz beyefendi, dedim. Kaza vallahi... Daha dogrusu dikkatsizlik... Bu masum yalvarma jesti mektepte sörler ve dindar talebelerin Meryem ve Isa kar§isinda dua ederken aldiklari bir jestti. (Güntekin R. £aliku§u).

Ingliz tilida: - He did not remember him at all, but he had been told about his little brother, and whenever he visited the graveyard he used religiously and reverently to cross himself and to bow down and kiss the little grave. (Dostoevsky F. Crime and Punishment).

e) oilaviy urf-odatlar - jamiyatda ayni bir harakatlarni oilaviy bajarishga o'rganganlik an'nasi va rasm-rusumlari (oilada chaqaloqning alohida belgisiga ko'ra ism qo'yish, erta tongda kelinsalom va boshqa).

O'zbek tilida: - Ertalab, odat bo'yicha, Nuri to'r ro'mol yopinib beshikdagi boladan to keksalarga qadar hammaga salom qilar ekan, "nega senga oldin salom qiladi?" deb kundoshlari bir-biri bilan achchiqlashib qolishgandi. (Oybek. Qutlug' qon).

Turk tilida: - I§te o günden sonra adim unutulmu§ ve herkes beni "Caliku§u" diye 9agirmaya ba§lami§ti. Bilmem nasil, sonradan bu isim, aile arasinda aldi yürüdü ve Feride adi bayram elbiseleri gibi pek sayili günlerde kullanilan resmi bir ad olup kaldi. (Güntekin R. £aliku§u).

Ingliz tilida: -"He sent me a Christmas cards," she said. (Babitz E. Eve's Hollywood).

f) ijtimoiy urf-odatlar - jamiyatda insonning ijtimoiy xulq-atvorini belgilab beruvchi xulq-atvor, harakatlar va adab shakllari (inson tashqi ko'rinishi va ijtimoiy mavqeiga ko'ra

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kiyinishi, muloqot qilishi yoki munosabati). Bu odatlar ham har bir tilda o'ziga xos shakllarga ega.

O'zbek tilida: - Bu ikki bola bir joyda suhbatga kirishsalar, chetdagi bir kishi Anvarni yirtiq bo'z kiyimlar ichida va Nasimni shohi-adraslar bilan g'arq holda ko'rib, albatta "bu gadoybachcha bilan bekbachchaning o'zaro nima munosabatlari bor?" deb taajjublanar, lekin do'stlar hali buning ayirmasini idrok qilmaslar edi. (Qodiriy A. Mehrobdan chayon).

Turk tilida: - Otekini ka§goz i§aretiyle susturdu. Onlarin korkulari bana da bula§ti. (Pamuk O. Benim adim Kirmizi).

Ingliz tilida: - "Standing before the mirror, as I had seen others do, I anointed mine head with oil and covered my face thickly with powder. (Keller H. The Story of My Life).

g) hududiy urf-odatlar - inson yoki jamoa tomonidan doimiy bajarib kelinadigan harakatlarning ayni bir hududga tegishli bo'lishi va boshqa hududlardan farq qilishi (hududga oid milliy raqs, inson nutqidagi farqli imo-ishoralar va hududiy kiyinish odatlari).

O'zbek tilida: - Konvertni olganimiz uchun ikkalamiz ham qo'l qo'ydik, so'ng odob bilan chest berib, shtabdan chiqdik. (Axtamov A. Buxorodan Berlinga).

Turk tilida: - Polis ba§ini sallayarak onayladi ve adam yere diz 9okerek 9antasini yanina yerle§tirdi. (Stoker B. Drakula).

Ingliz tilida: - Boxing Day (December, 26th) is so-called because it's a time when trades people receive a Christmas Box- some money in appreciation of the work they've carried out all year. (URL: https://studfile.net/preview/ 1791080 /page:17).

h) kasbiy urf-odatlar - kasbga oid xizmat majburiyatini bajarishga qaratilgan odatiy harakatlar va adab shakllari (chest berish orqali salomlashish, buyruqqa itoat qilish va boshqa).

O'zbek tilida: - Bu yerliklarning odati bo'yicha choynak qopqog'ini to'nkarib, ichiga choy haqi qo'yib, chiqib ketdi. (Nuriy D. Begona).

Turk tilida: - Her yil mart ayinin ilk gecesinde istanbul halki evlerindeki kirik testi, 9atlak saksi, kullanilmaz hale gelmi§ kavanoz, surahi, bardak gibi cam ve toprak e§yalari pencerelerden di§ari atar ve "Mart i?eri, pire di§ari" diye bagirirlardi. (URL: https://www.yenisafak.com/kultur-sanat/istanbulun-100-adeti-kitaplastirildi-554089).

Ingliz tilida: - Of the four sword-dances described in these pages, two were collected in Yorkshire, one in Durham, and one in Northumberland. (Cecil J. The Sword Dances of Northern England).

Mazkur urf-odatlar nutqda vaziyat, muhit, vaqt, o'rtadagi munosabat, ruhiy holat va xalqaro odab-axloq normalariga muvofiq turli xil kichik guruhlarga, o'z navbatida ular ham boshqa bo'limlarga ajralishi mumkin. Chunki misollardan ko'rinib turibdiki, ayni bir xil noverbal vositalar davrlar o'tishi yoki muloqot mazmuniga ko'ra, hattoki bir vaqtni o'zida ham milliy-madaniy, ham ijtimoiy-madaniy ma'no kasb etishi mumkin.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, noverbal muloqotni to'liq tadqiq qilishdagi muammo yechimi, natija va xulosalari mamlakat madaniyatining taraqqiyoti rivojiga hissa qo'shadi. Lingvistik nuqtai nazardan olganda, noverbal vositalarni tadqiq qilish va undan to'g'ri foydalanishga o'rgatish, o'zga millatning tili va nutqini o'zlashtirishga qulay imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, umuminsoniy qadriyatlar o'zgacha ahamiyat kasb etayotgan, millatlar va xalqlar bir-birlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda o'zaro hamkorlik qilishga intilayotgan bugungi tezkor va shiddatli zamonda millatlar va xalqlarga tegishli bo'lgan noverbal vositalarni to'liq

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'zlashtirish yuqoridagi jarayonlarni osonlashtirishga, dunyo hamjamiyatini birlashtirishga,

insonlarning bir-birini yaqindan bilishiga va tushunishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Nurmonov A. O'zbek paralingvistik vositalari // Tanlangan asarlar. 1-jild. -T.: Akademnashr, 2012. -S. 157.

2. Nikolaeva T., Uspenskiy B. Yazbikoznanie i paralingvistika // Lingvisticheskie issledovaniya po obshey i slavyanskoy tipologi. -M.: Nauka, 1966. -S. 65.

3. Kaykovus. Qobusnoma. Forschadan Muhammad Rizo Ogahiy tarjimasi/Nashra tayyorlovchilar: S.Dolimov, U.Dolimov. - Toshkent: Meros, 1992.- 176 b

4. Kurbanov M.A. Noverbal muloqotni ifodalovchi vositalar / Monografiya.-Andijon: "STEP BY STEP PRINT" MChJ, 2021-61 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.