Научная статья на тему 'YAPON VA O’ZBEK TILLARIDA NOVERBAL MULOQOTNING MILLIY VA MADANIY XUSUSIYATLARI'

YAPON VA O’ZBEK TILLARIDA NOVERBAL MULOQOTNING MILLIY VA MADANIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniyatlararo muloqot / tarjima / imo-ishora / ta’zim / noverbal muloqot / madaniyat / madaniyat / xulq-atvor.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Davletmuratova Aysanem Paraxatovna

Ushbu maqolada yapon noverbal kommunikativ uslubining ba’zi turlari ko‘rib chiqilgan va o‘zbek milliy madaniyati noverbal muloqoti bilan qiyoslangan. Bunda asosan ikki millat salomlashuvda ta’zim turlari, biznes muloqotda taklifnoma almashinuvi kabi xususiyatlar ko‘rib chiqildi. Ushbu maqola yapon tilida tarjimonlik faoliyatini olib borayotgan tarjimonlar uchun amaliy ahamiyatga egadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YAPON VA O’ZBEK TILLARIDA NOVERBAL MULOQOTNING MILLIY VA MADANIY XUSUSIYATLARI»

YAPON VA O'ZBEK TILLARIDA NOVERBAL MULOQOTNING MILLIY VA

MADANIY XUSUSIYATLARI Davletmuratova Aysanem Paraxatovna

Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti, Toshkent, O'zbekiston aysanem.d@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10819447

Annotatsiya. Ushbu maqolada yapon noverbal kommunikativ uslubining ba'zi turlari ko'rib chiqilgan va o'zbekmilliy madaniyati noverbalmuloqoti bilan qiyoslangan. Bunda asosan ikki millat salomlashuvda ta'zim turlari, biznes muloqotda taklifnoma almashinuvi kabi xususiyatlar ko'rib chiqildi. Ushbu maqola yapon tilida tarjimonlik faoliyatini olib borayotgan tarjimonlar uchun amaliy ahamiyatga egadir.

Kalit so'zlar: Madaniyatlararo muloqot, tarjima, imo-ishora, ta'zim, noverbal muloqot, madaniyat, madaniyat, xulq-atvor.

Аннотация. В данной статье рассматриваются некоторые типы японского стиля невербального общения и сравниваются с невербальным общением узбекской национальной культуры. В основном рассматривались такие особенности, как виды поклонов при приветствии, обмен визитными карточками в деловом общении. Эта статья имеет практическое значение для переводчиков, занимающихся переводом с японского языка.

Ключевые слова: Межкультурная коммуникация, перевод, жест, поклон, невербальное общение, культура, поведение.

Abstract. This article considers some types of Japanese style of nonverbal communication and compares it with nonverbal communication of Uzbek national culture. Such features as types of bowing in greeting, exchange of business cards in business communication were mainly considered. This article is of practical relevance to translators who translate from Japanese.

Keywords: Intercultural communication, translation, gesture, bow, non-verbal communication, culture, behavior.

Muloqot turli xil belgili tizimlaridan iborat bo'lib unga, lingvistik, paralingvistik (ohang, tin olish), kinesika (imo-ishora, mimika, holat) qo'llaniladigan murakkab ko'p bosqichli jarayon hisoblanadi. Muloqot jarayonida imo-ishoralar suhbatning shakli va ma'nosiga sezilarli ta'sir qiladi. Chunki, ular ham komunikativ harakatning natijasi sanaladi. Hissiy ifodalarni og'zaki yetkazish qiyin bo'lgan holatlarda, imo-ishorali muloqot yordam berishi mumkin.

Muloqot deganda biz birgalikda o'zaro axborot almashinuvini tushunamiz. Bunda munosabatning kommunikativ jihati muhim o'rin tutadi. Odamlar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir muhim jihati shundaki, o'zaro nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot qilib kommunikatsiya qilish mumkin. Muloqot jamiyatning barcha sohalarida muhim o'rin tutadi. Masalan, biznes muloqotni olib qaraylik. Biznes muloqot axloqiy va ish muhitini yaratish, hamkasblar bilan samarali ishlash uchun sharoit yaratadi. Unda turli xil hamkorlar bilan uchrashuvlar olib boriladi, kelishuvlar va bitimlar tuziladi, ma'lum bir turdagi mehnat faoliyati jarayonida odamlar o'rtasida o'zaro munosabatlar o'rnatiladi. Muhim maqsadlarga erishishda, umumiy ish muvaffaqiyatini ta'minlashda tildandan tashqari noverbal muloqotning o'rni ham kattadir.

Noverbal muloqot bo'yicha T.B. Reznikova, S.V. Neverov, A.I. Razdorskiy, T. Suzukining ishlari ko'rib chiqildi. Bu masala bo'yicha ilmiy adabiyotlarning ko'pligi yapon madaniyatida bu soha chuqur o'rganilganini bildiradi.

Ko'plab tadqiqotchilarning fikricha, yapon muloqotida "e'tibor suhbatdoshiga yo'naltirilgan bo'ladi". Bunda muloqotga kirishuvchilar uchun o'zini namoyon qilish emas balki, suhbatdosh bilan uyg'unlikni saqlash asosiy o'rin tutadi. Suhbat chog'ida rad etishning o'ziga xos xususiyatlari, kelishuvni ifodalash va kelishmovchilik kabi o'ziga xos jihatlari ifodalanadi. Yaponlar uchun suhbatdoshning kayfiyatini tushunishda og'zaki ifodalanmaydigan imo-ishoralarni ishlatish muhimdir.

Madaniyatlararo muloqot haqida gap ketganda, noverbal xulq-atvorning milliy va madaniy xususiyatlarini hisobga olmaslik mumkin emas. Muloqotga kirishgan inson tegishli til va madaniy kod orqali suhbatning qisman ma'nosini xatti-harakatlar orqali foydalanadi. Boshqa tilda suhbatga o'tganda ham, odamlar odatda imo-ishoralardan foydalanish va idrok etishda ham o'ziga xos bo'lgan, madaniy arxetiplar, tabular, xulq-atvor stereotiplari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan o'ziga xos belgilar ya'ni, kinesik tizimidan foydalanadilar. Reznikovaning fikriga ko'ra kinesik belgilar tashkil topgan etnik guruhning umumiy kognitiv asosi inson sanaladi.

O'zbeklardan sezilarli darajada farq qiladigan yaponlarning noverbal harakatlarining kinesik tizimini va madaniy kodlarini bilish madaniyatlararo muloqotni muvaffaqiyatli o'rganish uchun zarur. Shuningdek, yapon tili mutaxassislarni tayyorlash dasturiga kiritilsa ayni muddao deb hisoblaymiz. Ushbu maqoladagi yig'ilgan materiallar yapon madaniyatiga qiziqqan har bir o'rganuvchi uchun foydali bo'lishi mumkin.

Muloqotni boshlashda salomlashish imo-ishoralari muhum bo'lib, <fcifi®[o-jigi] ta'zimni ifoda qilishda quyidagi turlarga ajratiladi:

• [eshaku] kichik ta'zim;

• [mokurei] bir qarash bilan bosh irg'atib salomlashish;

• ^^L [mokurei] so'zsiz ta'zim;

• ^^L [keirei] hurmatni ifodalovchi ta'zim;

• itTM [dogeza] o'tirgan holtda chuqur ta'zim qilish (kamdan-kam hollarda uchraydi);

• ft^£L[saikeirei] - eng yuqori darajadagi hurmat ta'zim;

[eshaku] kichik ta'zim. Egilish burchagi 15 daraja bo'lib, bunda salom beruvchi tik turgan holatda joyidan ta'zim qiladi. Ta'na holati esa tizzalar va oyoqlar birga gavdani beldan oldinga taxminan 1,5 metr uzoqlikda egilishi lozim. Ta'zimni bajarayotganda, faqat boshni egib, iyagni bir oz oldinga tortgan holda suhbatdoshga qoshlar ostidan qaralsa, bu odobsizlik hisoblanadi.

[keirei] hurmatni ifodalovchi ta'zim (egilish burchagi 30 daraja); ft^£L[saikeirei] -eng yuqori hurmat ta'zim (egilish burchagi 45 daraja). Odatda bunday ta'zim turlari, mansabi yoki yoshi kichikroq bo'lganlar tomonidan birinchi bo'lib amalga oshiriladi. Agar suhabtdoshning yoshi kattaroq bo'lsa yoki mansabi sezilarli darajada yuqori bo'lsa, egilish burchagi maksimal 45 daraja bo'lib, suhabatdosh boshini ko'tarmaguncha yoki hatto u ketguncha ta'zim qilish yapon xalqining odobi hisoblanadi. [o-jigi] (ta'zim) qilganda ayollar va erkaklar o'rtasida

tananing holatida farq bo'ladi: ayollarda qo'llar oldinda bir-birining ustida, erkaklarda esa qo'llar yonida yoki biroz orqada bo'ladi.

ШШ [seiza] o'tirgan holatda ta'zim qilish. Bunda tana holati tekis, kaftlar oldinga yerga qo'yilib ikki qo'lning ko'rsatkich barmoqlari va bosh barmoqlari burun sohasida uchburchak hosil qilinadi. IEM[seiza] holatida ta'zim qilish odatda tatamida - choy marosimida, uzoq muddatga xayrlashganda yoki uzoq muddat ko'rishmagandan keyin uchrashganda amalga oshiriladi.

[eshaku] yoki @£L[mokurei] ta'zimi hamkasblar va tanishlar uchrashganda, bir-birini uzoqdan ko'rganda, yaqinlashib salomlashishga vaqt bo'lmaganda bajariladi.

Ш[keirei] uchrashish va xayrlashish, boshliqlarning ko'rsatmalarini tinglash, mehmonlar va mijozlarni, suhbatdoshni kutib olishda amalga oshiriladi. Chuqur rasmiy ta'zim martabali mehmon bilan uchrashganda, ibodatxonaga tashrif buyurganda, turli marosimlarda, minnatdorchilik bildirishda amalga oshiriladi. Bu ta'zim nafaqat salomlashganda balki, xayrlashganda ham amalga oshiriladi. [o-saki-ni shitsure-shimas.]

Uzr, sizdan oldin ketyapman (So'zma-so'z tarjima); [o-tsukare-sama-des]; CS

^Ш^^о [go-kuro-sama] Ishingiz uchun rahmat (So'zma-so'z tarjima), deb gapiriladi.

Yuqorida keltirilgan &ШШ [o-jigi] ta'zim turlari juda ko'p ishlatiladi. Ba'zan ta'zimlar bilan birgalikda —■i'iM^te o furu] qo'l silkitish, —-^Ülf ^[te o ageru] - qo'l ko'tarish kabi imo-ishoralar bilan birgalikda bajarilish holatlari ham kuzatilishi mumkin.

O'zbek xalqi salomlashuvining noverbal muloqot jihatlari chuqur o'rganilganligi, uning ma'lum bir etiket qoidalari belgilanib ko'rsatilganligi kuzatilmadi. O'zbeklarning sharqona ko'rishishlarini yozuvchilarning asarlaridan misol qilib keltirishimiz mumkin A. Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanida Kumushning qaynota bilan ko'rishganini misol qilib olaylik.

"Kumush uyalib zo'rg'agina salom berdi va Yusufbek hojining yaqiniga kelib bo'yin egdi. Xoji qo'li bilan Kumushning yelkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayig'a tegizib olgan o'z qo'lini o'pdi..." (A.Qodiriy. "O'tgan kunlar" 346 b.)

O'zbek xalqi an'anasida - o'ng qo'lini ko'ksiga qo'yib biroz ta'zim qilib "Assalomu alaykum" deb salomlashish odat hisoblanadi. Bundan tashqari huddi yaponlar kabi ayrim hollarda do'star bilan ko'rishganda qo'l silkitish, qo'l ko'tarib salomlashish holatlari ham kuzatilishi mumkin.

M. Sattorning "O'zbek udumlari" kitobida, keksa odamlar bir-birlari bilan ikki qo'llab ko'rishishadi. Uzoq vaqt bir-birlarini ko'rmagan qadrdonlar quchoqlashib so'ng qo'l olishib, hol-ahvol so'rashadilar. Keksalar quchoqlshganda bir-birlari kiftlarini, kurak va yelkalarini silab-siypab uqalaydilar ham. Yoshlar yelka qoqib, qo'l berib ko'rishishadi. Ayollarda esa salomlashishda yelka qoqishib o'pishib ko'rishish holatlari ham kuzatiladi deyilgan.

Qo'l berib ko'rishish yapon va o'zbeklarda ham bor. Biroq bu ikki millat madaniyatiga ham qo'l berib ko'rishish g'arb madaniyatidan kirib kelgan. Yapon tilida qo'l berib ko'rishish Ш —[Akushu] deyiladi. Bu salomlashish turi ham yapon ham o'zbek biznes muloqotida keng qo'llaniladigan imo-ishora. U asosan, uchrashganda, bitim tuzilganda, yarashishganda, rasmiy tabrikda amalga oshirilishi mumkin. O'zbeklardan farqli jihati shundaki, yaponlarda qo'l berib ko'rishish do'stlar orasida qo'llanilmaydi, uzoq muddat ko'rishmaganda yoki xayrlashishda qo'l berish mumkin. Bundan tashqar, qo'lni siqish imo-ishorasi ham bor. Yapon tilida—^^^[te-o nigiru] deyiladi. Bu imo-ishora yaxshi munosabatlar o'rnatganda, kelishuvlarda keng qo'llaniladi.

Qo'l berib ko'rishish odobi o'zbek xalqida ham salomlashish odatiga kiradi. Bunday so'rashish asosan erkaklar tomonidan amalga oshiriladi.

Yapon odobiga ko'ra, ayollar erkaklar bilan salomlashganda o'zbek odobidan farqli ravishda birinchi bo'lib qo'lini uzatmaydi. O'zbek udumlariga ko'ra ayol qo'l uzatsagina u bilan qo'l olishib, silkitmay, ko'rishish mumkin.

Salomlashish imo-ishorasi haqida xulosa qilib aytganda, yaponlarda ta'zim qilish madaniyati o'zbek madaniyatiga qaraganda qattiq e'tibor qaratiladi. Yaponlarda ta'zim salomlashganda, xayrlashganda, tabriklaganda, kechirim so'raganda qo'llaniladi. Uning turlari ta'zim darajalarga qarab farqlanadi.

Tashrifnoma almashinuvi, yapon biznes muloqatida keng qo'llaniladigan imo- ishoradir. Bunda pastroq mavqedagilar birinchi bo'lib tashrifnoma - [meyshi] ni tik turgan holda uzatadi. Uni oluvchiga o'qishi uchun qulay holatda beriladi va uni ikki qo'li bilan burchaklaridan ushlab yoki o'ng qo'li cho'zilgan barmoqlariga qo'yiladi, pastdan chap kafti bilan qo'llab ushlash kerak. Tashrifnomani taqdim etayotganda qo'l bir vaqtning o'zida, o'ng qo'lda ushlab va uni chap qo'l bilan suhbatdoshning tashrifnomasini qabul qilish kerak. Uni olgandan so'ng, ikki qo'l bilan olib, o'qib, biroz ko'tarib, ta'zim qilish kerak. [yoroshiku o-negai-

shimas] - "Marhamat", L<o [douzo yoroshiku] - "Rahmat" deb aytish kerak.

Bunda tashrifnomani darhol olib solib qo'yish odobsizlik hisoblanadi.

O'zbek biznes muloqoti madaniyati tashrifnoma almashinuvi borasida o'rganilmaganligi va bu haqida ma'lumotlar yo'qligi tufayli qiyoslash qiyinchilik tug'diradi.

T. Suzukining fikriga ko'ra, yaponlar og'zaki emas, balki og'zaki bo'lmagan muloqotni afzal ko'radilar. Chunki imo-ishoralarda gaplashuvchining manfaatlari, his-tuyg'ularini tartibga solish vazifasi yuklatilgan. Yaponlar suhbatdoshning yuzidan va uning ko'zlaridan his-tuyg'ularni o'qishga harakat qiladilar. Shundan keyingina uning his-tuyg'ulari va fikrlarini og'zaki ifodalaydilar. Qizig'i shundaki, bunday suhbatda ular suhbatdoshning ko'zlariga to'g'ridan-to'g'ri qaramaydilar.

O'zbek madaniyatida ham qisman yaponlar kabi suhbatdoshning ko'ziga qaramay muloqot qilish odobi bor. Lekin bunda asosan yoshi kattalarga, keksalarning gapiga quloq solganda, yuqori pog'ona turgan ish o'rnidagilar bilan gaplashganda yoshi kichiklar yoshi kattalarga ko'zga tik qaramaydilar. Ko'zlarga to'g'ridan-to'g'ri qarashdan qochadilar.

Suhbatdosh o'zini aniq ifodalashga hojat qoldirmasdan tushunish, suhbatdoshning his-tuyg'ularini taxmin qilish va undan ham xuddi shunday munosabatni kutish samarali natija beradi, lekin chet elliklar bilan aloqa qilishda ko'pincha qiyinchiliklar yuzaga keladi. Yapon muloqot uslubining o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborsiz qoldiradigan chet elliklar vaziyatni noto'g'ri tushunishiga olib keladi. Ya'ni, to'g'ridan-to'g'ri vizual aloqadan qochish yevropa madaniyati muloqotida nosamimiylikni anglatadi. Xotirjam tabassum - rozilik, sukut saqlash esa norozilikni bildiradi. Ammo yaponlarga bu tabassum suhbatdagi og'zaki bo'lmagan xatti-harakatlarni va uning mantig'ini tushunish unga jiddiy aloqa jarayonida muvaffaqiyatsizliklaridan qochish imkonini beradi.

Xulosa qilib aytganda, muloqot qilganda nafaqat verbal muloqot balki noverbal muloqot ham muhim o'rin tutadi. Bunda xalq madaniyati, urf odati, yoshi, jinsi, ijtimoyiy holati va mavqei kabi xususiyatlar e'tiborga olinadi.

Biznes muloqot jarayonida tarjimon ushdu xususiyatlarni e'tiborga olib etika qoidalaridan ham xabardor bo'lish muhimdir. Chunki, o'zbeklarda imo-ishoralar kam ishlatilsa-da, jumladagi hurmatni tarjimon tarjima qilish jarayonida yaponlarga tushunarli bo'lgan, hurmatni ifodalovchi

imo-ishoradan foydalansa, muvaffaqiyatli tarjimaga erishgan va biznes muloqotni mohirona amalga oshirgan bo'ladi.

REFERENCES

1. Неверов С. В. Особенности речевой и неречевой коммуникации японцев // Национально-культурная специфика речевого поведения. М.,1977; Раздорский А. И. Национально-культурные особенности коммуникации в японском устном диалоге: дис. ... канд. филол. наук. М., 1981.

2. Резникова Т. Б. Словарь языка жестов. М., Издательский дом ВКН. 2028. - 136.c.

2012 - 13pp. Резникова В.М. Словарь японских жестов. - М.: Издательский дом ВКН, 2018 - 3 с.

4. Sattor M. O'zbek udumlari. - Toshkent: "Cho'lpon", 2007. - 59-60 b.

5. f^ft^rfi^X^j . ёШШ ЖЖ, 1973 - 220 pp.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.