Научная статья на тему 'TURK MAQOLLARIDA FARZAND OBRAZINING METAFORIK TALQINI'

TURK MAQOLLARIDA FARZAND OBRAZINING METAFORIK TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvomadaniyatshunoslik / konsept / lisoniy manzara / maqol / farzand / metafora / Linguistics / concept / linguistic landscape / proverb / child / metaphor

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Altinboyev, Nuriddin Abdumannonovich

Ushbu maqolada turk xalqi madaniyatida farzand obrazining talqini, tutgan o‘rni maqollardagi metaforalar tahlili orqali yoritiladi. Bunda ushbu konseptning xalq lingvomadaniyatida o‘ziga xos lisoniy vositalar orqali namoyon bo‘lishi va turli metaforalar yordamida yuzaga chiqishi tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METAPHORICAL INTERPRETATION OF THE IMAGE OF A CHILD IN TURKISH PROVERBS

In this article, the interpretation of the image of the child in the culture of the Turkish people, its role in proverbs is analyzed through the analysis of metaphors. In this, the manifestation of this concept in the folk language and culture through specific linguistic means and its appearance with the help of various metaphors is analyzed.

Текст научной работы на тему «TURK MAQOLLARIDA FARZAND OBRAZINING METAFORIK TALQINI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

TURK MAQOLLARIDA FARZAND OBRAZINING METAFORIK TALQINI

Altinboyev Nuriddin Abdumannonovich

JOKU katta o'qituvchisi nuriddinaltinbaev@gmail .com

Ushbu maqolada turk xalqi madaniyatida farzand obrazining talqini, tutgan o 'rni maqollardagi metaforalar tahlili orqali yoritiladi. Bunda ushbu konseptning xalq lingvomadaniyatida o 'ziga xos lisoniy vositalar orqali namoyon bo 'lishi va turli metaforalar yordamida yuzaga chiqishi tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: lingvomadaniyatshunoslik, konsept, lisoniy manzara, maqol, farzand, metafora

Madaniyat xalqning ijtimoiy va tarixiy jarayonida vujudga kelgan, jamiyat taraqqiyotida tarixan erishilgan, sivilizatsiya bosqichini xarakterlaydigan moddiy va ma'naviy xususiyatlarning majmuidir1. Til madaniy ma'lumotlarni uzatish vositasi sifatida xalqlarning madaniyati, dunyoqarashi, moddiy va ma'naviy turmushining xususiyatlarini yaqqol namoyon qiladi. Til - madaniyat ko'zgusi, unda xalqning o'z-o'zini anglashi, mentaliteti, milliyligi, hayot tarzi, an'analari, urf-odatlari, axloqiy me'yorlari, qadriyatlar tizimi, dunyoqarashi, olamga munosabati aks etadi2. Bu esa tilshunoslikka shaxsni shakllantiruvchi gumanitar bilimlarning majburiy qismi sifatida qarash imkonini beradi.

Lingvomadaniyatshunoslik V. Teliya boshchiligidagi iboralar maktabi tadqiqotlari asosida Y. Stepanov, N. Arutyunova, V. Vorobyev, V. Shaklein, V. Maslova kabi izlanuvchilarning ishlari bilan bog'liq ravishda rivojlandi3. V. Maslova xalqning o'tmish asrlarga oid qarashlari tildagi maqollarda, frazeologik birliklarda, metaforalarda va madaniy ramzlarda hozirgi kunimizga qadar saqlanib qolishini bayon qilib, mazkur fanning tadqiqot doirasini belgilab berishini ta'kidlaydi.4 Maqollar har bir xalq madaniyatida muhim o'rin tutadi. Turk tilida oilaga oid maqollar juda ko'pchilikni tashkil qiladi va hayotiy tajribalar mahsuli bo'lgan maqollarni bugungi kun kishilariga yo'l-yo'riq ko'rsata oladigan "donishmand

1 Мардиев Т.К. Инглиз ва узбек тилларида инсон туйгулари ифодаланишининг концептуал та^лили, PhD илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация, Самарканд.:2019, 11 б.

2 Тер-Минасова С.Г. Язык и межкультурная коммуникация. - М., 2000. - С. 14.

3 PA§AOGLU, Canan, Rus ve Türk Dil Dünya Górüíjlerinde Aile Konsepti, Avrasya Uluslararasi Araíjürmalar Dergisi, C.8, Sayi:25, s.165

4 Маслова, В.А., Лингвокультурология, Москва, Academia, 2001, c.17

ANNOTATSIYA

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

maktabi" deb atash mumkin. Maqollarga shu kundga qadar ko'p va xo'p ta'riflar berilgan. Masalan, "qanotli so'z", "nasihat", "javohir so'z", "ibratli so'z", "oltin so'z", "tilning bo'stoni", "xalq maktabi", "xalq hikmati", "ruh tabibi", "aqlning ko'zi" kabi juda ixcham iboralar bilan ataladi5. Umuman, xalq og'zaki ijodi va bu adabiyotni tashkil etuvchi janrlar ham shakliy, ham ichki tuzilish jihatidan butun bir xalqning his-tuyg'ularini, fikr-mulohazalarini, hayotiy qarashlarini ifodalaydi. Ushbu janrlar yaxlit fikrlay oladigan, baholay oladigan va voqealarni yo'naltiruvchi tushunchaga ega bo'lgan donolikning mahsuli 6 hisoblanadi, Bunday asarlar jamiyatning dunyoqarashi, didini ifodalash, shu boisdan ham jamiyatning psixologiyasi, xarakteri va asosiy ruhiy tuzilmalarini o'qib, xulosalar chiqarish orqali ba'zi xulosalarga kelish jihatidan nihoyatda qimmatlidir7. Ifoda qudrati va nutqdagi jozibasi bilan maqollar o'sib ulg'ayib kelayotgan avlodning shaxsini kamol toptirishda, shaxs bo'lib yetishishida oila, ona, ota, ayol kabi tushunchalarning o'rni va rolini didaktik usulda taqdim qiladi. Maqollar ba'zan yoshi ulug' insonning yoshlarga pand-nasihatini, ogohlantirishi mazmunida ifodalansa, ba'zan erkak kishining boshqa jinsdoshiga yo'l-yo'riq ko'rsatishini, ta'qiqlar haqida xabarini beradi, ba'zan esa ayol kishining dunyoqarashidan kelib chiqqan holda uning tilidan bayon qilinadi.

Metaforik talqin

Erkaklar va ayollar turli tillardan foydalanishlari sotsiolingvistikada yillar davomida o'rganilayotgan asosiy masalalardan biridir. Ayol ishlatadigan til erkak ishlatadigan tildan farq qilishidan tashqari, Lakoff jamiyatda ayollar va erkaklarga nisbatan qo'llaniladigan til ham turlicha ekanligini ta'kidlaydi. Til jins vakillarining fikrlarini qadrsizlantirishi yoki jamiyatdagi o'rnini pasaytirishi mumkin. U jinsga asoslangan ijtimoiy stereotiplar majmuini yaratadi. "Erkaklar shafqatsiz" yoki "Ayollar matematikani tushunmaydilar" kabi. Jamiyatda ayollar va erkaklarga nisbatan qo'llaniladigan tilni o'rganish ana shu stereotiplarni ochishga yordam beradi8. Aristotel davridan beri faqat adabiy tilning bir qismi sifatida ko'rilgan va ritorikadagi ritorikadan biri bo'lgan metafora san'ati kundalik tilning ajralmas qismi bo'lib, madaniy xulq-atvorni ochib berish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega. Metaforik so'z - bu o'xshash tushunchani ifodalash uchun ishlatiladigan bir yoki bir nechta so'zlarning odatiy, an'anaviy ma'nosidan tashqari, tushuncha uchun ishlatiladigan lingvistik elementlardir. Bu bir semantik maydonni boshqa semantik

5 Cobanoglu, Ö. Türk Dünyasi Ortak Atasözleri Sözlügü. Ankara: AKM Yayinlan, 2004, 3.s.

6 Öztürk, A. Türk Anonim Edebiyati. istanbul: Bayrak Yayincilik, 1986, 9s.

7 Akbalik, E. Türk Atasözlerinde Cinsiyet Algisi, Dumlupinar Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi - Sayi 36 - Nisan 2013, 81.s

8 Alagözlü, N. Dil ve Cins: Türkge Atasözlerinde ve Deyimlerinde Kadin Üzerine Egretilemeler ve Toplum-Bili§sel Yapi, International Journal of Central Asian Studies, Volume 13, 2009, 38.s.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

maydon bilan aniqlashdir. Metaforalar nafaqat fikmi tasvirlash va insonning xohish-istaklari, his-tuyg'ulari va fikrlarini yoritish uchun emas, balki ijtimoiy xulq-atvor modellari va munosabatlarini ham ochib beradi. Til va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlik yoki tilning madaniyatni aks ettirish kuchi yangi nuqtayi nazar emas. Ushbu g'oya va uning asosidagi jarayonlarni chuqur o'rganishni birinchi bo'lib Lakoff va Jonson o'zlarining "Biz bilan yonma-yon yashayotgan metafora"9 asarida amalga oshirgan. Ular ilgari surgan "Konseptual metafora nazariyasi" bilan metafora nafaqat til bezaklari, balki tafakkur tizimi va madaniyatining ifodasi ekanligini ham taklif qildilar.

Lakoff va Jonsonning kontseptual metaforalari ikki qismdan iborat: manba kontseptual soha va maqsadli kontseptual soha. Ushbu ikkita kontseptual soha uchun ikkita asosiy vazifa mavjud: metafora ifodalari uchun "manba domen" (source domen) va biz tushunishga harakat qilayotgan "nishon domen" (target domen). Xarita deb ataladigan tasvir maqsad va manba maydonlarini tashkil etuvchi elementlar o'rtasidagi tizimli aloqalar seriyasidir. Maqsadli hududning ko'plab elementlari manba hududidan keladi. O'xshashning barcha xilma-xil tomonlari bu taqsimotda o'xshash va o'xshatish o'rtasidagi munosabatda taqdim etiladi va uni har tomonlama tavsiflaydi. Ushbu taqsimotni miyadagi kontseptual metaforalarga misol sifatida keltirish mumkin, Lakoff va Jonson ishidagi "vaqt" tushunchasi. Vaqt tushunchasini "pul" tushunchasi yordamida tushuntirish yoki tushunish mumkin10. Masalan, u sarflanadigan, qimmatli narsa. Yana "hayot" tushunchasi sayohat tushunchasi bilan izohlanadi. "Hayot - bu sayohat". "Uning boshlanishi va oxiri bor", "Bu jarayon", "Uning maqsadi bor", "Bu harakat" kabi.

Metafora va idrok o'rtasidagi taxminiy munosabat metafora va mafkura (dunyoga qarash) munosabatini ham ko'rsatadi va nutqning g'oyaviy tuzilishini tizimli ravishda o'qishni ta'minlaydi. Metafora til dunyoqarashini aks ettirishda katta rol o'ynaydi. Ta'riflanayotgan yoki tavsiflanadigan tushuncha bilan bog'liq bo'lgan boshqa tushunchalar turkumining ijobiy yoki salbiy ma'nolarni yuzaga keltirishi tasvirlanayotgan tushunchaga munosabat va qarashlarni ochib beradi.

Mazkur fikrlardan kelib chiqqan holda ushbu maqola doirasida turk xalqi madaniyatida farzand obrazi maqollarda qay tariqa berilganligini tahlil qilamiz.

Farzand obrazining metaforalar orqali ifodalanishi

Farzand turk madaniyatida oila mavjudligini belgilab beruvchi asosiy omil sanaladi. Turk jamiyatida farzand er-xotin aloqalarning mustahkamlovchi, ayolning oiladagi o'rnini belgilovchi, otaning jamiyatdagi mavqeyini ko'rsatuvchi asosiy

9 Lakoff G.,Johnson M. Metaphors We Live by, The University of Chicago Press, Chicago - 1980

10 Lakoff G.,Johnson M. Ko'rsatilgan asar, Chicago - 1980, p.9

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

faktor hisoblanadi. Farzand, ega bo'linishi kerak bo'lgan va hayotning go'zalligini oshiradigan qadriyat sifatida qaralib, uning yo'qligi qat'iy qoralanadi va tanqid qilinadi: Çocuksuz kadin meyvesiz agaç gibidir (Befarzand ayol mevasiz daraxtga o'xshaydi), Oglani kizi olmayan avrattan, eski hasiryegdir (O'g'il qizi yo'q xotindan eski bo'yra yaxshi), Çocuk evin meyvesidir (Bola uyning mevasidir), Çocuklu ev pazar, çocuksuz ev mezar (Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor), Evlâdi olmayanda merhamet olmaz (Bolasi yo'qning shafqati bo'lmaydi). Farzand meva, bozor, shafqat so'zlari bilan turk madaniyatidagi o'z o'rnini aniq ko'rsatib bergan. Farzandsiz insonlar, asosan, ayollarga nisbatan salbiy qarashni kuzatish mimkin.

O'g'il farzand ko'rish istagining nisbatan ustunligi haqida gapirish mumkin bo'lsa-da, qiz farzand ko'rish ham talab qilinadigan holat: Bir anaya bir kiz, bir kafaya bir göz (Bir onaga bir qiz, bir boshga bir ko'z), Kizi kim istemez, kimiz kim içmez (Kim qiz istamas, qimiz kim ichmas) kabi maqollar buni tasdiqlasa ham, qiz farzandli bo'lish ko'p qiyinchiliklar va muammolarga duchor bo'lishni talab etuvchi holatdir. Boshga ko'z qanchalik kerak bo'lsa, qiz farzand ona uchun shunday ahamiyatlidir. Oiladagi yumushlarni, odatda, xotinidan keyin qiz farzandlar o'z zimmasiga oladi. Qiz bola otasiga sidqidildan xizmat qiladi (qimiz keltirib beradi). Shunday bo'lishiga qaramasdan, qizlarni har jihatdan himoya qilish, ularga g'amxo'rlik qilish, ularning tarbiyasi, odob-axloqi, or-nomusi, turmush qurishi, turmush o'rtog'ini to'g'ri tanlashi kabi masalalar har tomonlama ota-onaning zimmasida bo'lganligi sababli qiz farzandli bo'lish "og'ir" sanaladi: Oglan doguran övünsün, kiz doguran dövünsün (O'g'il tug'gan maqtansin, qiz tug'gan tizzasin mushtlasin), Kiz doguran tez kocar (Qiz tug'gan tez qatiydi), Kizin var, sizin var (Qizing bor, muammong bor), Bir ev (gemi) donanir, bir kiz (çiplak) donanmaz (Bir uy (kema) jihozlanishi mumkin, qiz esa yo'q). Qizlar o'g'il bolalardan ham jismonan, ham ruhiy jihatdan zaifroq hisoblanganligi sababli, ular himoya va yashirinishga muhtoj bo'lib ko'riladi. Shu ma'noda qizlarning ta'lim-tarbiyasi va nazorati katta ahamiyatga ega. Qizlar to'g'ri qaror qabul qilishda, irodasidan to'g'ri foydalanishda qiynaladi. Shuning uchun turk xalqi nazdida ular har doim oila nazorati va himoyasida bo'lishlari kerak: Kizini dövmeyen dizini döver (Qizini urmagan, tizzasin mushtlar), Kizi kendi gönlüne birakirsan ya davulcuya varir ya zurnaciya (Qizning ko'ngliga qarasang, yo do'mbirachini, yo surnaychini tanlaydi), Oglun pazar a§i tatmasin, kizin kom§u evinde yatmasin (O'g'ling bozor oshi totmasin, qizing qo'shni uyida yotmasin).

Endi farzand bilan bog'liq metaforik o'xshatislarni ko'rib chiqamiz. Farzand bilan bog'liq umumiy tushunchalar qismida bularga aslida biroz to'xtalib ham o'tdik.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Yegulik: Evlat kismi §irin lokmadir, ne iyisinden gegilir, ne kötüsünden (Bola degani shiringina luqmadir, na yaxshisidan, na yomonidan kecha olasan), Herkes pi§irdigini sogutsun, dogurdugunu büyütsün (Hamma o'zi pishirganini sovutsin, tug'ganini katta qilsin), Qocuk evin meyvesidir (Farzand uyning mevasidir), Armut dalinin dibine dü§er (Nok shoxining tagiga tushadi), Evladin hami tatli olur (Bolaning pishmagani(xomi) shirin bo'ladi), Oglani doguran ana sevinmesin de, ekmegini yiyen sevinsin (O'g'il tug'gan ona emas, nonini yegan ona suyunsin), Oglaninki ogul bali, kiznki bahge gülü (O'g'ilniki asil asal, qizniki hovli guli) Anasiz gocuk evde gürür, babasiz gocuk garrida (Onasiz bola uyda chiriydi, otasiz bola -bozorda) maqollarida farzand luqma, pishgan narsa, meva, nok, xomi, non, asal kabi obrazlar orqali beriladi.

O'simlik: Ekin ektim yel aldi, degirmen yaptim sel aldi, ogul yeti§tirdim el aldi (Ekin ekdim yel oldi, tegirmon qurdim sel oldi, o'g'il o'stirdim el oldi), Karpuz kökeninde büyür (Tarvuz tubida o'sadi), Karpuz sulandikga büyür (Tarvuz suvlagan sari o'sadi), Kiz büyür bahti beraber büyür (Qiz o'sadi, baxti o'zi bilan birga o'sadi), Agag ya§ iken egilir (Daraxt novdaligida egiladi), Oglaninki ogul bali, kiznki bahge gülü (O'g'ilniki asil asal, qizniki hovli guli) maqollarida farzand o'stirmoq (yeti§tirdim), tarvuz (karpuz), o'smoq (büyür), daraxt (agag), hovli guli (bahge gülü) obrazlari oqali tasvirlangan.

Narsa-buyum: Bir ev donanir, bir kiz donanmaz (Bir uy jihozlanadi, qiz jihozlanmaydi), Bir evde ikki kiz, biri guvaldiz, biri biz; bir evde iki oglan, biri devlet biri mihnet (Bir uyda ikki qiz, biri juvaldi(katta igna), biri bigiz, bir uyda ikki o'g'il, biri davlat, biri mashaqqat),

Tashvish, dard, muammo, qiyinchilik: Qocugu olanin bin, olmayanin bir derdi var (Bolasi borning ming, bolasi yo'qning bir dardi bor) yoki Evladin varsa bin derdin var, evladin yoksa bir derdin var (Farzanding bo'lsa, ming darding bor, farzanding yo'q bo'lsa, bir darding bor), Evladin var mi, derdin var (farzanding bormi, darding ham bor), Bir evde ikki kiz, biri guvaldiz, biri biz; bir evde iki oglan, biri devlet biri mihnet (Bir uyda ikki qiz, biri juvaldi(katta igna), biri bigiz, bir uyda ikki o'g'il, biri davlat, biri mashaqqat), Qocuk büyütmek ta§ kemirmek (Bola katta qilish tosh kemirish), Qocuk isteyen belasini da istemesi gerek (Bola tilagan balosini ham tilashi kerak), Kizi olan tez kocar (Qizi bor odam tez qariydi) , Kizin var, sizin var (Qizing bor bo'lsa, o'g'rig'ing ham bor), maqollarida farzand dard (derdin var), mashaqqat (mihnet), tosh kemirish (ta§ kemirmek), tez qarish (tez kocar), o'g'riq (sizin var) obrazlari orqali talqin qilingan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Qimmatbaho buyum: Kiz ile altin gizli gerek (Qiz bilan oltin yashirilishi kerak), Qocuk kari koca arasinda altin toptur (Bola er-xotin orasidagi oltin to'p) maqollarida farzand oltin (altin), oltin to'p (altin toptur) obrazlarida namoyon bo'ladi.

Xarajat, to'ymas "mavjudot": Oglanin karasi para kesesi, kizin karasi can tasasi (O'g'ilning yomoni - hamyonga jabr, qizning yomoni joningga jabr), Bir kaz doymaz, bir kiz (Bir g'oz to'ymaydi, bir qiz), Kiz bogazi kirk bogum olur (Qiz tomog'i qirq bo'g'im bo'ladi), Yavru ku§un agzi büyük olur (Polaponning og'zi katta bo'ladi) E§ege 'sipan oldu' demi§ler, 'sirtimdaki yükümü atacak degil ya, onümdeki yemimi alacak' demi§ (Eshakka "xo'tikchali bo'lding" deyishibdi, "ustimdagi yukni olmaydi, oldimdagi yemni oladi" debdi) maqollarida esa hamyon (para kesesi), to'ymaydi (doymaz), qirq bo'g'im (kirk bogum), og'zi katta (agzi büyük), yem (yemimi alacak) so'zlari orqali metafora hosil bo'lgan.

Do'st-dushman: Yilana yavrusu dü§man olur (Ilonning bolasi o'ziga dushman bo'ladi), Ogul babaya, kiz anaya yar olur (O'g'il otaga, qiz onaga do'st bo'ladi), Qocuk kismi hem aglatir, hem güldürür (Bola ham kuldiradi, ham yig'latadi), Qocuk kismi hem dost, hem dü§man (Bola ham do'st, ham dushmandir), Qocukla gikmayola, dü§ersen güler, dü§erse aglar (Bola bilan yo'lga chiqma, yiqilsang kuladi, yiqilsa yig'laydi) maqollarida farzand dushman (dü§man), do'st (yar, dost), kuldiradi (güldürür), yig'latadi (aglatir), yiqilsang kuladi (dü§ersen güler) so'z va birikmalar orqali talqin qilingan.

Ishonchsizlik va xavf: Ogluna güvenme, koluna güven (O'g'lingga ishonma, bilagingga ishon), Büyükler evde soyler, gocuklar damda soyler (Kattalar uyda gapirishadi, bolalar tomda aytishadi), Qocuga emniyet olmaz (Bolaga ishonib bo'lmaydi), Qocugun bulundugu yerde dedikodu olmaz (Bola bor joyda mish-mish bo'lmaydi), Kadina, gocuga, sarho§a sirrini agma (Ayolga, bolaga, sarxushga siringni aytma) maqollarida farzand ishonma (güvenme), aytib qo'yadi (damda soyler), ishonch yo'q (emniyet olmaz), mishmish bo'lmaydi (dedikodu olmaz), siringni aytma (sirrini agma) kabi so'z va so'z birikmalari yordamida ifodalangan.

Haq so'z: Haberin dogrusunu oglandan al (Xabarning to'g'risini o'g'londan ol), Qocuktan al haberi (Boladan xabarni(haqiqatni) bilib ol) maqollarida rost xabar (haberin dogrusunu) va haqiqat, xabar, ma'lumot (haber) so'zlari orqali bolalar yolg'on gapirmasliklari, haqiqatni yashirmasliklari bayon qilingan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, turk madaniyatida farzand oilaning eng asosiy omillaridan biri bo'lishiga qaramay, farzand bilan bog'liq maqollarning aksariyati bolaning salbiy jihatlarni ko'rsatgan. Shunday bo'lishiga qaramasdan, turk xalqi "ming dardni bir darddan" afzal ko'radi. Oila konseptini ochib berishda farzand obrazi muhim rol o'ynaydi. Turk xalqining lisoniy manzarasida farzand ramziy tarzda narsa-buyum, yegulik, o'simlik, haq so'z, boylik, dard, tashvish, xarajat(chiqim) kabi bir qator tushunchalarni ifodalab keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Maрдиев Т.К. Инглиз Ba узбек rnrnap^Aa инсон тyЙFyлaри ифодaлaнишининг ^H^nryan Tax^ra^ PhD илмий дaрaжaсини олиш y4yH тaкдим этилгaн диссертaция, Сaмaркaнд.:2019

2. Тер-Mинaсовa С.Г. Язык и межкyльтyрнaя коммyникaция. - М., 2000

3. Paçaoglu, Canan, Rus ve Türk Dil Dünya Görü§lerinde Aile Konsepti, Avrasya Uluslararasi Araçtirmalar Dergisi, C.8, Sayi:25

4. Maсловa, В.А., лингвокультурология, Mосквa, Academia, 2001

5. Çobanoglu, Ö. Türk Dünyasi Ortak Atasözleri Sözlügü. Ankara: AKM Yayinlari, 2004

6. Öztürk, A. Türk Anonim Edebiyati. Istanbul: Bayrak Yayincilik, 1986

V. Akbalik, E. Türk Atasözlerinde Cinsiyet Algisi, Dumlupinar Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi - Sayi 36 - Nisan 2013

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

8. Alagozlu, N. Dil ve Cins: Turkfe Atasozlerinde ve Deyimlerinde Kadin Uzerine Egretilemeler ve Toplum-Bili§sel Yapi, International Journal of Central Asian Studies, Volume 13, 2009

9. Lakoff G.,Johnson M. Metaphors We Live by, The University of Chicago Press, Chicago - 1980

10. Aksoy, Omer Asim. Atasozleri ve Deyimler Sozlugu. Istanbul 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.