Научная статья на тему 'Matn vositasida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish'

Matn vositasida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
224
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
matn / matn tahlili / “soʻz mavjlanganda” matni / tinglab tushunish / oʻqib tushunish / yozma savodxonlik / xalqaro IELTS sertifikati

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shahzoda Abbos Qizi Olimova, Mahliyo Ibraximjanovna Djakbarova

Mazkur maqolada matn orqali oʻquvchilarning bilimlarini hamda koʻnikmalarini rivojlantirish yuzasidan tuzilgan topshiriqlar, matn tahlili boʻyicha nazariy ma’lumot, matn orqali oʻquvchilar dunyoqarashini kengaytirish va Xalqaro IELTS imtihonlari bilan matn koʻnikmalarini qiyosiy tahlil etish toʻgʻrisidagi fikrlar va mulohazalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Matn vositasida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish»

Matn vositasida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish

Shahzoda Abbos qizi Olimova shahzodaolimova874@gmail.com Ilmiy rahbar: Mahliyo Ibraximjanovna Djakbarova mahliyoibraximj onovna@gmail. com Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada matn orqali o'quvchilarning bilimlarini hamda ko'nikmalarini rivojlantirish yuzasidan tuzilgan topshiriqlar, matn tahlili bo'yicha nazariy ma'lumot, matn orqali o'quvchilar dunyoqarashini kengaytirish va Xalqaro IELTS imtihonlari bilan matn ko'nikmalarini qiyosiy tahlil etish to'g'risidagi fikrlar va mulohazalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: matn, matn tahlili, "so'z mavjlanganda" matni, tinglab tushunish, o'qib tushunish, yozma savodxonlik, xalqaro IELTS sertifikati

Formation of knowledge and skills through text

Shahzoda Abbos kizi Olimova shahzodaolimova874@gmail.com Scientific supervisor: Mahlyo Ibrahimzhanovna Dzhakbarova

mahliyoibrakhimj onovna@gmail. com Samarkand State University Kattakorgan branch

Abstract: This article covers tasks for developing students' knowledge and skills through text, theoretical information on text analysis, broadening students' outlook through text, and comparative analysis of text skills with International IELTS exams.

Keywords: text, text analysis, "when the word waves" text, listening comprehension, reading comprehension, written literacy, international IELTS certificate

Ma'lumki, bugungi kunda yurtimiz yoshlari uchun, ularning sifatli ta'lim olishlari uchun davlatimiz tomonidan qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, kelajak avlodni barkamol, yetuk va dono yetishib chiqishi uchun ham barcha zarur harakatlar olib borilmoqda. Shu xususda, maktab ona tili darsliklarining yangi nashrlarda chop etilishi va o'zgartirishlar kiritilishi yuqoridagi gaplarimizning yorqin dalilidir. Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi. Matnni

tadqiq etishda uni so'z birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham o'z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos M.X.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag'ishlangan dissertatsion ishida bu haqda shunday yozadi: "Matn" so'zining lug'aviy ma'nosida birikish, bog'lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o'zaro qaysidir bog'lovchilar yordamida birikishini o'rganish «Matn tilshunosligi» sohasining asosiy muammolaridan biri bo'lib qoldi. Matn birliklarining o'zaro bog'lanishini ifoda etuvchi takror va uning bir necha ko'rinishi, olmosh turkumiga oid ba'zi so'zlar, gapning so'roq shakliga хos bo'lgan ko'rinishining matn hosil qilishdagi vazifalari matn tilshunosligida alohida o'rin tutadi.1 Shunga ko'ra, tilshunoslikda o'tgan asrning 70-yillaridan boshlab matn lingvistikasi yo'nalishi tez sur'atlarda rivojlana boshladi. G'arbiy Yevropa mamlakatlarida matn lingvistikasi bo'yicha davriy nashrlar, ilmiy maqolalar to'plami, monografiya, o'quv qo'llanmalari, darsliklar nashr qilindi. Rus tilshunosligida matn lingvistikasining shakllanishi va rivojlanishida I.R.Galperin, K.Kojevnikova, E.A.Referovskaya, G.Ya.Solganik, V.G.Gak, M.V.Lyapon, O.I.Maskalskaya, O.L.Kamenskaya kabi olimlarning хizmati katta bo'lgan. Matnni o'qib tushunish va uni qayta bayon etishda adabiy til me'yoriga rioya qilish,matn asosida yozma nutq shaklini yaratishda matn uslubini hisobga olgan holda til birliklaridan foydalana olish ko'nikmasini shakllantirish,orfoepik va orfografik me'yorlar bo'yicha ko'nikmalarni rivojlantirish "Matn va lug'at ustida ishlash" fanining asosiy maqsad va vazifalaridan hisoblanadi. Shu o'rinda fikrimizni amaliy isboti sifatida quyidagi: 8-sinf ona tili darsligida keltirilgan "So'z mavjlanganda"matni asosida ko'rib chiqamiz. Matn asosida tinglab tushunishga, yozma nutq va og'zaki nutq ko'nikmalarini shakllantirishga doir mashq va topshiriqlar tuzib chiqiladi

SO'Z MAVJLANGANDA

Xoja Fazlulloh Abullaysiy - Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqhda ani Abu Hanifayi Soniy derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib kaffasida tutarlar erdi. Sayid Sharifning shogirdi erdi va Sayid o'z xatlari bila ulumi dars ayturg'a ijozatnomalar aning uchun bitib erdi. Faqir ikki yil alarning qoshida sabaq o'qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, «farzand» der erdilar. Bovujudkim, Samarqandning a'lami ulamosi erdi, she'r va muammog'a dag'i moyil erdi. Bu matla' alarningdurkim:

Qadi chun sarvi tu jon ast maro, balki ravon,

So'yam, ey sarv, ravon shavki, fido sozam jon.

Xoja Samarqandda Tangri taolo rahmatig'a bordi va o'z xonaqohida jaddining gunbazida madfundur.

«Majolis un-nafois»

Demak, yuqoridagi matnni,eng avvalo, og'zaki nutq ko'nikmasini rivojlantirish uchun ifodali o'qib chiqiladi. Shu bilan birga, matn o'qituvchi tomonidan audio matn

tarzida tayyorlanib, o'quvchilarga taqdim etiladi, bu orqali o'quvchilarning tinglab tushunish ko'nikmalari shakllanadi. Matnni tinglagandan so'ng, shu matn asosida topshiriqlar beriladi.

Quyida yuqorida berilgan matn asosida tuzilgan topshiriqlarni ko'rib chiqamiz:

1-topshiriq. Matnda ajratib ko'rsatilgan so'zlarning izohini, "Izohli lug'at"dan toping va yod oling.

So'zlar izohi:

Iltifot [ar.-o'girish, burish, lutf qilish, marhamat, e'tibor]. Kishiga qilingan marhamat, diqqat-e'tibor, yaxshi munosabat. (O'TIL.II jild.199-b).

Fiqh [ar.-bilim, tushuncha; musulmon huquqi]. Din, shariat qonun-qoidalari haqidagi fan, islom huquqshunosligi, ilohiyot. (O'TIL.IV jild.350-b)

Xonaqoh [f.-xilvatxona, uzlat, darvishlar makoni]. Masjidning namoz o'qiladigan odatda, keng va katta xonasi. (O'TIL.IV jild. 412-b).

Shogird [f.-o'rganuvchi, xalifa; izdosh, o'quvchi]. Biror usta, mutaxassis yoki olimdan hunar, kasb, bilim o'rganayotgan shaxs. (O'TIL.IV jild.590-b)

Farzand [f.-bola, o'g'il-qiz;nasl]. Bitta ota-onadan dunyoga kelgan bola, o'g'il yoki qiz bola. (O'TIL.IVjild.378-b).

Avlod [a.-o'g'illar, bolalar, nasl]. Ota-bobodan qolgan nasl (ajdodga nisbatan). (O'TIL.I jild. 32-b).

2-topshiriq. Matn mazmunini uchta gap bilan ifoda eting.

So'z - har qanday qudratga ega kuch.

Ilm insonni doimo yaxshilikka yetaklaydi.

Yuksak iste'dodlar hech qachon unutilmagay.

3-topshiriq. Matn mazmuniga xos hikmatli so'zlar va maqollar keltiring.

• Ustoz - otangdek ulug'. (Xalq maqoli)

• Oz-oz o'rganib dono bo'lur,

Qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur. (Alisher Navoiy)

• Bilmaganni so'rab o'rgangan olim,

Orlanib so'ramagan o'ziga zolim. (Alisher Navoiy)

• Ustozsiz shogird - jonsiz terak. (Xalq maqoli)

4-topshiriq. Matn qaysi uslub qoidalariga mos ravishda yozilganligini aniqlangan.

Matn badiiy uslub qoidalariga mos ravishda yozilgan. Chunki, fiqh, madfun,

iltifot, ulamo kabi so'zlar, asosan, badiiy uslubda ko'p qo'llaniladi.

Yuqorida keltirilgan matn topshiriqlar asosida o'qituvchi bilan birgalikda o'zlashtiriladi, bu o'rinda, o'qituvchining ilmiy salohiyati ham,albatta, katta ahamiyatga ega. Chunki yangi nashrdagi va eski nashrdagi darsliklar o'rtasida anchagina tafovutlar mavjudligini sezish qiyin emas. Xususan, yangi nashr darsliklarining asosiy predmeti matnlar va lug'atlar ustida ishlash bo'lmoqda. Boisi, matnlar orqali o'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish, turli xil vaziyatlarda

ko'nikmalami qo'llay olish kabi birinchi galdagi vazifalarni tashkil etadi. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar metodikasi ham shu yo'sinda olib boriladi va buning natijasi o'laroq o'quvchilarda hayotiy muammolarni hal etishda yetarlicha ko'nikma hosil bo'ladi. Masalan, Xalqaro IELTS imtihonining shakllari ham til darajasini yuqori darajada o'zlashtirganlik mahoratini aynan yozish (writing), o'qish (reading), tinglash (listening), gapirish (speaking) kabi bosqichlarni o'z ichiga oladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, davlatimiz rivoji uchun birinchi navbatda, o'qib-o'rganib kelayotgan yosh avlod, yosh kadrlar malakali va bilimli bo'lishlari zarur. Maktab darsliklari, jumladan, ona tili darsligini eslaganda xayolga faqat qoida yod olish, mashq bajarish kabi mashg'ulotlar keladi. Bu, albatta, barcha o'quvchilar diqqatini tortmaydi, chunki har bir o'quvchi - har bir o'zga olam demak. Zero, ularning hammasi tilshunos yoki adabiyotshunos bo'lmaydi, har birining qiziqishlari rang-barang. Olimlarimiz xuddi shu narsalarni o'ylagan holatda maktab darsliklarida,asosan, matnlar ustida ishlash, ular asosida tuzilgan topshiriqlarni o'quvchilar bilan birgalikda, ularning fikrlarini hurmat qilgan holda bajarish va ularning fikrlash doirasini kengaytirish, o'ylashga imkon topishga majbur etish,nutqiy notiqligini mukammal bo'lmasa-da, har holda me'yoriy holatga keltirish kabi masalalarni ko'zda tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hakimov M. O'zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari. Filol.fan.nomz.dis. Toshkent, 1993, 7-b.

2. S.Muhamedova,M.Saparniyozova.Matn lingvistikasi,Toshkent-2011.5-b. 3.Muhammadjon Qodirov, Hamid Ne'matov. 8-sinf ona tili darsligi, Toshkent, 2019,90-b.

4. O'zbek tilining izohli lug'ati.Toshkent, I jild,32-b.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati. Toshkent, II jild,199-b.

6. O'zbek tilining izohli lug'ati. Toshkent, IV jild, 350-378-412-590-betlar.

7. M.Yo'ldoshev,S.Muhamedova,M.Saparniyazaova,Matn lingvistikasi, O'quv qo'llanma, Toshkent,2020, 5-7-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.