Научная статья на тему 'Matn tahlilida didaktemaning o’rni, ahamiyati va o’quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi vosita sifatida'

Matn tahlilida didaktemaning o’rni, ahamiyati va o’quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi vosita sifatida Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
341
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
so’z / til / lisoniy tarkib / badiiy ifoda / matn / immanent / representative / eksplekativ matn / didaktik / dedaktema / fikrlash / tinglash / o’qib tushinish / nutq so’zlash / fikrlab yozish / mantiq / “Sa’va” matni / sa’va va ko’rshapalak

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sharofat Abduxalil Qizi Abdiyeva, Xurshida Tolibjon Qizi Mardiyeva

Ushbu maqolada didaktema o’zi nima? Matn tahlilida didaktemalarning qanday o’rni va ahamiyati, maqsad va vazifalari borligi haqida so’z yuritiladi. Shuningdek matn orqali yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlashga undovchi maxsus topshiriqlarni dars davimida berib borish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Matn tahlilida didaktemaning o’rni, ahamiyati va o’quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi vosita sifatida»

Matn tahlilida didaktemaning o'rni, ahamiyati va o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi vosita

sifatida

Sharofat Abduxalil qizi Abdiyeva sharofatabdiyeva14 @gmail. com Xurshida Tolibjon qizi Mardiyeva xurshida.mardiyeva.02@bk.ru Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada didaktema o'zi nima? Matn tahlilida didaktemalarning qanday o'rni va ahamiyati, maqsad va vazifalari borligi haqida so'z yuritiladi. Shuningdek matn orqali yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlashga undovchi maxsus topshiriqlarni dars davimida berib borish.

Kalit so'zlar: so'z, til, lisoniy tarkib, badiiy ifoda, matn, immanent, representative, eksplekativ matn, didaktik, dedaktema, fikrlash, tinglash, o'qib tushinish, nutq so'zlash, fikrlab yozish, mantiq, "Sa'va" matni, sa'va va ko'rshapalak

The role and importance of didactema in text analysis and as a tool for developing students' logical thinking

Sharofat Abdukhalil kizi Abdiyeva sharofatabdiyeva14 @gmail. com Khurshida Talibjon kizi Mardiyeva khurshida.mardiyeva.02@bk.ru Samarkand State University Kattakorgan branch

Abstract: What is didactema in this article? In the analysis of the text, it is discussed about the role and importance, goals and tasks of didactems. As well as expanding the worldview of young people through the text, giving special tasks that encourage logical thinking during the lesson.

Keywords: word, language, linguistic content, artistic expression, text, immanent, representative, explicative text, didactic, dedactema, thinking, listening, reading comprehension, speaking, thinking, writing, logic "Sa'va" text, sa'va and bat

Adabiyotning so'z san'ati ekanligi haqidagi haqiqat juda qadim zamonlardan beri takrorlanib kelinadi. Demakki, adabiyotning bosh unsuri so'z, umuman, tildir. Adabiy asarning san'at darajasiga ko'tarila olishi uning lisoniy tarkibi va asar muallifining

www.openscience.uz / issn 2181-0842 954 [m^^^hl

badiiy ifoda balog'atiga bog'liq ekanligi shubhasiz. Shunday ekan, har qanday adabiy asarning mohiyatini xolis baholamoq uchun, eng avvalo, uning lisoniy tarkibining o'ziga xosligi tahlil etilmog'i lozim.

Adabiyotni bezab turuvchi omil bu badiiy asar hisohlansa, ona tilining asasiy quroli matndir. Xush matn o'zi nima? U qanday ma'nolarda keladi?

Matn - [lotincha - "textus" - mato, birikma] ma'lum moddiy tashuvchiga bog'langan inson belgilarining umumiy izchil va to'liq ketma-ketligi. "Matn" tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent [kengaytirilgan falsafiy qarashlarga yo'g'rilgan] va reprezentativ [asosan, xususiy munosabatlar aks etgan]. Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirilib, uning ichki tuzilishini, uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e'tibor qaratishni nazarda tutadi. Representativ yondashuv esa matnni tashqi voqelik haqidagi ma'lumotni taqdim etishni maxsue shakli sifatida ko'rib chiqishni anglatadi. Tilshunoslikda "matn" atamasiga keng doirada, jumladan og'zaki nutq namunalarida ham qo'llanadi. Matnn idrok etish matn lingvistikasi va psixolingvistika doirasida o'rganiladi.[1]

Bundan tashqari matnlar eksplikativ matnlarga ham bo'linadi. Eksplikativ matn bu-didaktik matnning ikkinchi nomi hisoblanadi. Didaktik matnlar matnda kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar asosida tarbiyalash yoki aytilganlarga xulosa chiqarishga o'rgatish istagi asosida tuzilgan matn-didaktik matn deyiladi. Yana shunga ox'shash matnlardan yana bir ko'rinishi bu-didaktema matnidir. Matnda muayyan maqsad bilan qo'llanilgan maqol, matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallar-didaktema deyiladi. Didaktemalarning matn ichiga singdirish tarzi turlicha bo'ladi. Muallif bunday didaktemalarni matnga to'g'ridan-to'g'ri olib kiradi va qaysi janrga oid ekanligi aytib o'tadi. Masalan: "1. Qo'lingdan kelmaydigan ishga va'da berma. Qo'lingdan keladigan ishni esa, va'da bermasdan ham bajarsa bo'ladi. 2. Yomonning yaxshisi bo'lgandan ko'ra yaxshining yomoni bo'l. Yomondan yomonlik yuqadi. Yaxshidan yaxshilik. 3. Hech qachon osmonga tupurma! Osmon qahrli. Tupuging o'zingga qaytib tushadi! Hech qachon yerga ham tupurma! Yer mehrli: Tupuging yuzinnga sachramaydi. Ammo shu Yer seni ko'ksida ko'tarib yuradi! 4. Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor, deydilar. To'g'ri gap, ammo bu dunyoda javob qiiinmaydigan narsalar ham bo'ladi. Sen birovga yaxshilik qilsang, javobini kutma. Undan qaytmasa, boshqadan qaytadi. Birov senga yomonlik qilsa javob berma. Sendan qaytmasa, boshqadan qaytadi". (O'tkir Hoshimov)[2]

Bugungi kunda, ta'lim sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, maktab darsliklarining o'zgarishi bu sifatli ta'limga bo'lgan e'tiborning oshayotganligidan dalolatdir. Ona tili darsliklarida endi faqatgina qoidaga asoslanibgina qolmaymiz. Nafaqat mashq, balki fikrlashni, tinglashni, o'qib tushunishni, nutq so'zlashni, fikrlab yozish ko'nikmasini oshirishga yordam beruvchi matn va topshiriqlar ishlab chiqilmoqda. Matn-o'quvchiga mantiqiy fikrlashini oshirishga, rivojlantirishga

www.openscience.uz / issn 2181-0842 955 lmj^^^h

ko'mak beruvchi sifatli vosita. Mantiq o'zi nima? "Mantiq" arabcha so'z bo'lib, ma'nosi bo'yicha "logika" so'ziga muvofiq keladi. "Logika" atamasiesa, grekcha "logos" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "fikr", "so'z", "aql", "qonuniyat" kabi ma'nolarga ega. Uning ko'p ma'noligi turli xil narsalarni idoda qilishida o'z aksini topadi. Xususan, mantiq so'zi, birinchidan, obektiv olam qonuniyatlarini (masalan, "obektiv mantiq", "narsalar mantiqi" kabi iboralarda), va nihoyat uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o'rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.[3]

Ushbu matn orqali mantiqiy fikrlashga doir mashqlarni ko'rib chiqamiz.

SA'VA

Derazaga osib qo'yilgan qafasdagi Sa'va kechasi bilan tinmay sayrab chiqardi. Uning xonishini eshitgan Ko'rshapalak uchib kelib: "Nima uchun kun bo'yi churq etmaysan-u, nuqul kechasi sayraysan?" - deb so'radi. Sa'va unga javob berdi: "Buning sababi bor: men ilgari kunduzi sayrab yurgan chog'imda nogahon to'rga ilinib qolgandim. Shundan keyin esim kirib, faqat kechalari sayraydigan bo'ldim". Ko'rshapalak unga shunday tanbeh berdi: "Sen ilgari, to'rga ilinmasingdan oldin shunaqa ehtiyotkor bo'lishing kerak edi. Esingning endi kirganidan foyda yo'q" [4] Ezop masallari

Topshiriq.

O'quvchilar 3 guruhga bo'linadi.

1. Matn o'qilmasdan o'quvchilardan sarlovhaga izoh so'raladi. Sa'va qanday qush ekanligi haqida ma'lumot beriladi. (Chumchuqsimonlar turkumiga mansub rang-barang, sayroqi qush.)

2. Derazaga osib qo'yilgan qafasdagi Sa'va kechasi bilan tinmay sayrab chiqardi. Uning xonishini eshitgan Ko'rshapalak uchib kelib: "Nima uchun kun bo'yi churq etmaysan-u, nuqul kechasi sayraysan?" - deb so'radi. Sa'va unga javob berdi: Buning sababi bor:

Buning sababi nima deb o'ylaysiz?

(Dastlab, o'quvchilar javoblari tinglanib, so'ngra o'qituvchi tomonidan to'g'ri javobi o'qiladi. "Buning sababi bor: men ilgari kunduzi sayrab yurgan chog'imda nogahon to'rga ilinib qolgandim. Shundan keyin esim kirib, faqat kechalari sayraydigan bo'ldim").

3. Ko'rshapalak unga shunday tanbeh berdi:

Ko'rshapalak unga qanday tanbeh bergan deb o'ylaysiz? (O'quvchilar mulohazasidan so'ng Ko'rshapalak tanbehi o'qituvchi tomonidan o'qiladi. "Sen ilgari, to'rga ilinmasingdan oldin shunaqa ehtiyotkor bo'lishing kerak edi. Esingning endi kirganidan foyda yo'q").

4. Matndan ramziy timsollarni toping!

(Sa'va, Ko'rshapalak, qafas, to'r,)

4. Sa'va, Ko'rshapalak, qafas, to'r so'zlar ma'nosini izohlang.

www.openscience.uz / issn 2181-0842 956

5. Ramziy obrazlarni hayotimizdagi qanday kishilar timsoli bo'lib kelgan? Shu kabi savol va topshiriqlar asosida yoshlarning intelektual salohiyatini, fikrlash doirasini kengaytirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. To'lanboyeva Mohinur Xurshidbek qizi.Matn tavsifi va matn turlari.Международный научный журнал "Новостиобразования исследование в XXI веке'№8.В.284

2. To'lanboyeva Mohinur Xurshidbek qizi.Matn tavsifi va matn Шг1ап.Международный научный журнал "Новостиобразования исследование в XXI веке"№8.В.286

3. "Falsafa, Mantiq, Etika, Estetika"fanidan ma'ruzalar matni.Toshkent-2018.B.90.

4. 8-sinf Ona tili darsligi.Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2019.B.135.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

957

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.