Научная статья на тему 'Matnning o’qib tushunish ko’nikmasi orqali mantiqiy fikrlashni o’stirish'

Matnning o’qib tushunish ko’nikmasi orqali mantiqiy fikrlashni o’stirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
769
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
matn / tushunish / psixologiya / fikrlash / individual / matn tilshunosligi / mantiqiylik / jumboq / o’qib tushinish metodi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nigina Botir Qizi Fayzullayeva

Maqolada matn mazmunini o’qib tushunish orqali inson psixologiyasiga ta’sir etish va matn o’qish orqali individual fikrlashni rivojlantirish kabi masalalr ko’rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Matnning o’qib tushunish ko’nikmasi orqali mantiqiy fikrlashni o’stirish»

Matnning o'qib tushunish ko'nikmasi orqali mantiqiy

fikrlashni o'stirish

Nigina Botir qizi Fayzullayeva fayzullayevanigina665@gmail. com Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali

Annotatsiya: Maqolada matn mazmunini o'qib tushunish orqali inson psixologiyasiga ta'sir etish va matn o'qish orqali individual fikrlashni rivojlantirish kabi masalalr ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: matn, tushunish, psixologiya, fikrlash, individual, matn tilshunosligi, mantiqiylik, jumboq, o'qib tushinish metodi

Developing logical thinking through the ability to read and

understand the text

Nigina Botir kizi Faizullayeva fayzullayevanigina665@gmail. com Samarkand State University Kattakorgan branch

Abstract: The article examines such issues as influencing human psychology by reading and understanding the content of the text and developing individual thinking by reading the text.

Keywords: text, understanding, psychology, thinking, individual, text linguistics, logic, puzzle, reading comprehension method

Bugungi kunda, ya'ni rivojlanib borayotgan jamiyatda yoshlarimizni mustaqil va mantiqiy fikrlashga o'rgatishimiz zarur. Shu sababdan darsliklarimizda matnlar va matnga doir topshiriqlar ko'paymoqda. O'zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarilishida N.M.Turniyozov, B.Yo'ldoshev, A.Mamajonov, E.Qilichev, M.Hakimov, M.Yo'ldoshev, S.Boymirzayevaning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Tilshunoslikda matnni psixolingvistik jihatdan o'rganish ham o'ziga xos tarixiga ega. Ayniqsa, tilshunoslar I.Lisakova, A.A.Leontev, N.S.Evchik, A.Shtern, T.A.Drozdovalarning bu boradagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.

Ma'lumki, oldingi darsliklarda ko'proq grammatik qoidalar va grammatik topshiriqlar ko'p edi ammo o'quvchi tayyor qoidalar asosida ishlash bilan cheklanib qolgan edi, mustaqil fikrlamas edi. Hozirgi vaqtga kelib matnlarimizni tahlil qilishda,

www.openscience.uz / issn 2181-0842 1009

og'zaki va yozma nutqni shakllantirishda matnni o'qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so'zlash va yozma savodxonlik kabi tamoyillardan foydalanilmoqda. Bulardan o'qib tushunish tarmog'i o'quvchini o'ylashga, fikrlashga undaydi.

O'qib tushunish-matnni mazmunan anglashga doir nutqiy faoliyat turi. Shuningdek, eshitish organlaridan ko'ra ko'rish organlari ancha layoqatli, shu sababdan matn ko'rinishidagi xabar eshitilgan xabardan ishonchliroqdir. Matnni o'qish davomida ijodkor aytmoqchi bo'lgan tagma'no mazmunni sezishimiz lozim va unga o'zimiz xulosa bera olishimiz kerak.

G.A.Asilova - ped. fan. doktori (DSc) ToshDO'TAU professori o'qib tushunish haqida shunday deydi: "O'qib tushunish - nutqiy faoliyatning turlaridan biri sifatida murakkab psixofiziologik jarayon bo'lib, faqat muayyan lingvistik poydevor, ya'ni fonetik va leksik-grammatik bilimlar asosida amalga oshiriladi. O'qish ko'nikmalarini rivojlantirishda ushbu jarayonning 2 tomoni, ya'ni yozma xabarni qabul qilishga tayyorlaydigan o'qish texnikasini hamda axborotni sodir bo'lgan nutqiy faoliyat mahsuli sifatida anglashni inobatga olish zarur. Buning muhim sharti esa tizimli va maqsadga qaratilgan maxsus mashqlarni bajarishdir. O'qishni nazorat qilish obyekti matnning til materiali emas, uning mazmunini tushunishdir. Nutqiy faoliyatning barcha turlari bo'yicha o'zaro bog'liq ta'limning maqsadga muvofiqligi va samarasi haqidagi metodik qoida o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish boshqa nutqiy ko'nikmalar, avvalambor gapirish ko'nikmalari bilan parallel tarzda rivojlantirilishini taqozo etadi". O'qib tushunish ko'nikmasi orqali inson ongiga, tafakkuriga ham ta'sir etish mumkin va o'quvchini mantiqiy fiklashga chorlaydi. Bu borada matn yuzasidan keltiriladigan topshiriqlar ham katta rol o'ynaydi. Chunki o'quvchi anglamay qolgan mazmunga topshiriqlar turtki beradi va uning tushunishiga ko'maklashadi.

Ko'rnamak

Jahonga mashhur Xusrav davrida shohlar yeydigan ba'zi bir taomlarni fuqaroning yeyishi man qilingan, agar o'sha taomni qora xalqdan biror kishining yegani ma'lum bo'lib qolsa, qattiq jazolanar ekan. Bir odam podshohga yaqin yasovulni mehmon qilibdi va uning oldiga hukmdorlar yeydiga anvoyi taomlardan keltirib qo'yibdi. Yasovul bu uydan chiqishi bilanoq qog'oz, qalam olib, men falon kishining uyida mehmon bo'ldim, dasturxonga shohlarga xos anvoyi taomlar keltirib qo'ydi, azbaroyi hazrati oliylariga ixlosim baland bo'lgani uchun bu hodisani ma'lum qilyapman, deb yozibdi.

Xusrav qog'ozning orqasiga shunday javob yozibdi: "Bu qilmishing uchun senga aytadigan arzon tahsin - ofarinim yo'q, ammo u odamni podshohlar yeydigan taomni pishirgani uchun emas, balki yomonlikni ravo ko'radigan ko'rnamakni mehmon qilgani uchun jazolayman" ("Adolat tarozisi"dan)

1-topshiriq.

Yuqoridagi matn mazmuniga mos maqol, hikmatli so'z va iqtiboslarni toping.

www.openscience.uz / issn 2181-0842 1010

Tuzini yeb, tuzlug'iga tupurmoq. (maqol)

Ko'rnamak odabdan ham mudhishroq yana kim bo'lishi mumkin? (V.Shekspir)

Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom ber. (maqol)

Dili qora - tili qora. (maqol)

Yomon bilan yo'ldosh bo'sang, yomondan burun o'lasan. (maqol)

Yomon oshga o'rtoq boshga-to'qmoq. (maqol)

2-topshiriq.

Ko'rnamak - So'ziga izoh bering va sizningcha kimning qilgan ishi xato?

Ko'rnamak - Yaxshilikni qadrlamaydigan, yaxshilikka yomonlik qiladiga, tuzingni ichib tuzlug'inga tupuradidan inson, nonko'r.

Matndan ko'rinib turibdiki, inson yaxshilik qilib yaxshilik ololmadi. Balki o'sha oddiy odamning o'zida ham katta xato bordir, chunki shohlarga xos taomdan iste'mol qilyapti. Yasavulning qilmishini esa kechirib bo'lmaydi. Agar u hukmdorga shu darajada sodiq bo'lganida o'sha taomni iste'mol qilmasdan shohga xabar berar edi.Bu o'rinda Xusravning ishini eng to'g'ri yo'l deb olsak bo'ladi, chunki agar o'sha odam taomni yasavulga bermasdan o'zi yeganida ham jazodan qutilib qolishi mumkin edi, ammo u yana bir kishiga taomdan berdi, u kishi nonkur ham chiqdi. Xusrav bu o'rinda yomonga qo'l cho'zsang o'zingni tortib ketadi ma'nosida o'sha odabga tanbeh berib jazolaydi.Yasavulga esa hech qanday jazo tayinlamaydi. Bundan ko'rinib turibdiki ko'proq yasavulga taom bergan kishining ishi noto'g'ri.

3-topshiriq.

Matndan kelib chiqib unga mos xulosa keltiring.

a) Beli og'rimaganning non yeyishini ko'r.

b) Birovga choh qazisang, o'zing tushasan.

c) tuzini yeb tuzlug'iga tupurish tupurish.

Xulosa qilib aytganda, inson o'zini, ichki dunyosini, tafakkurini, fikrlashini o'stirishida o'qib tushunish tamoyili katta yordam beradi. Bu usul orqali shaxs psixologiyasini boshqarish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Muxitdinova X.S. O'zbek tilini o'qitish metodikasi (o'zga tilli guruhlarda) / Monografiya. T., 2021.

2. Yo'ldoshev R.A. Ta'lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o'zbek tilini o'qitish metodikasi / Monografiya. T., 2015

3. Балыхина Т.М. Методика преподавания русского языка как неродного (нового) / Учебное пособие. М., 2007

4. 11-sinf ona tili darsligi "O'qituvchi" Toshkent- 2020.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.